Ziyoratning ham odobi bor

Har bir inson tuğilibdiki özidan yaxşi nom, ezgu amallar qoldirişga harakat qiladi. Intilişlari samarasi ölaroq, ayrimlariga ulguradi, baʼzilariga esa…

Ziyorat — faqatgina ötganlarni eslaş, ularning haqqiga duolar qiliş bilan çeklanmaydi, balki qadamjo atrofini tozalaş, körkam holatga keltiriş ham ziyorat amallaridandir. Ayniqsa, yöqlab turiş bilan insoniyatning sönggi manzilini eslab turiş ham ziyoratga kiradi. Hozirgi kunda yurtimizda ziyoratgohlarga eʼtibor, Yaratganga şukrki, kuçaydi. Taʼmir talablari körkam holatga keltirildi. Yangi maqbaralar, masjidlar qurilmoqda, atrofida boğ-roğlar barpo etilayapti. Ziyoratga, namozga kelganlar ham tozalikka rioya qilişib, öz burçlarini ado etişayotgani quvonarli, albatta.

Lekin…

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda bir suratga közim tuşdi. Buxoro şahri atrofida tarixda yaşab ötgan uluğ allomaning qadamjosi yonidagi daraxt şoxlari, novdalariga turli xil lattalar boğlab taşlanibdi. Xayolimdan ötgani: nahotki pirlar makon tutgan, odamlar faxriga aylangan yurtda hali ham irim-sirimlar bor bölsa?..

Eng yomoni, baʼzi bir ziyoratgohlarda ayrim “tadbirkor” akalarimizning “biznesi” ham yurişgandan-yurişadi. Yana qanaqasiga deng, şahar markazidagi kitob dökonlaridan arzimagan pulga kitoblar sotib olib, ziyoratgohda ikki barobar qimmatiga sotişadi. Bir parça lattaga majmuaning nomini yozdirib, uni ham pullaşadi. Narxini körib yoqangizni uşlaysiz. Dinimizda aytilgan tarozidan urmanglar, halol savdo qilinglar singari ögitlar göyo ziyo­rat maskanlariga taalluqli emasdek fikr uyğotadi odamda.

Ayniqsa, oziq-ovqat, turli xil öyinçoqlarni ham bemalol sotaverişadi. Savol tuğiladi. Oziq-ovqat mahsulotlarini ziyoratgohlarda sotiş töğrimi? Bizning-ça, maqbul emas. Çunki, u yerda mömin-musulmonlarning qabrlari bor. Özingizga maʼlum, aksariyat ziyoratgohlar esa qabristonlar bilan tutaş.

Bundan taşqari, har bir qadamjoda hovuzlar bor, ularning holatini körib açinib ketasan. Nima emiş, niyat qilib suvga pul taşlasa niyati amalga oşarmiş. Yaxşi ham baʼzi ziyoratgohlardagi hovuzlarda turli baliqlar bor. Şunga qaramay, odamlar ularni körib zavq olsa-da, ayrimlari tanga taşlaş odatini tark etişmagan. Aslida bu ham dinimizga xilof iş. Niyat çin dildan, ixlos bilan qilinsa, har qanday holatda ham ijobat bölaveradi.

Qolaversa, mutaxassislar fikriça, suvga taşlangan tanga pullar bora-bora özidan turli kimyoviy moddalarni ajratib çiqarib, suvga, undagi suv jonzotlariga ziyon yetkazar ekan. Yana bir açinarli tomoni, suvga taşlangan tanga pullarni körib: “Nahotki yurtdoşlarimiz milliy valyutamizni hurmat qilişmasa”, degan öy ham ötadi köngildan.

Oğriqli nuqtalardan yana biri şuki, muqaddas qadamjoda ovqat pişiriş masalasi. Hatto bunga şaroit ham yaratilgani. Agar yonida qabriston bölmasa tuşunsa bölardi. Öşa joyga “qon çiqaraman”, deb qöçqor yoki xöroz olib borib söyişlar. Tansiq taom tayyorlab, hordiq çiqarib ötirişlar, açinarlisi, ovqat qoldiqlarini va boşqa çiqindilarni oçiq holda taşlab ketişlar qançalik töğri? Hadisi Şariflarda qabr atrofida taomlanmanglar deyilgan.

Ziyoratga borganlar avlodidan ötganlar haqqiga duo qilib, özlariga yaxşi amallarni niyat qilişsa, köproq savob olişgan bölarmidi…

Muhammadsodiq TÖRAYEV

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan