Matbuotdan bezor millat emasmiz!

Bolalikning közlari katta böladi deyişadi. Içidagi xotiralar esa undan ham kattadir. Bolaligimni öylasam, qişloğimizda jimgina, köçama-köça gazeta va xat taşib yurgan Abduşarif poçtaçini köp eslayman, közlarim yonib eslayman. Çunki har kuni uning yölini menday zoriqib kutadigan odam yöq edi. U ham   meni taşnalik bilan gazeta öqişimni bilar, gazeta va jurnallarni şunçaki eşik tutqiçiga emas, albatta qölimga tutqazardi. Qolaversa, ustozim Matnazar Abdulhakimdan keladigan xatlar poçtaçining yöliga nigoronligimni yanada oşirardi. Xullas, poçtaçi men uçun yoruğlikning, balandlikning, toza havoning odam şaklidagi körinişi bölgan. Hatto Özbekiston xalq şoiri Omon Matjonga “Sizda kitobga qiziqiş qanday paydo bölgan” deb savol berganimda “Otam poçtaçi edi. Uyimizga har kuni gazeta-jurnallar kelardi va men şularni öqib katta bölganman” deb javob bergandi.

Qor-yomğir demay köçamizga kirib keladigan poç­taçining katta xurjunini yaxşi körardim. Çunki u gazeta va jurnallarga, xatlarga liq töla bölardi. Yaşirmayman va maqtanmayman ham: qiş­loqdagi eng köp gazeta-jurnal bizning xonadonga kelardi: “Özbekiston adabiyoti va sanʼati”, “Şarq yulduzi”, “Yoşlik”, “Saodat”, “Fan va turmuş”, “Muştum” va bundan taşqari bir neçta mahalliy gazetalar. Otam şofyor, onam uy bekasi bölgan. Lekin bitta oddiy özbek xonadoniga 10 taça gazeta – jurnal bemalol, oğrinmay kirib kelardi. Otam, yo onam obuna bölmaslik haqida öylaşmasdi, hatto. Bu biz uçun odatiy hayot tarzi edi. Baʼzan öylab qolaman, onam heç qaçon modaning ortidan quvmagan, atigi bitta köylagi bölardi. Lekin gazeta va jurnallarga har yili muttasil   obuna qilardi bizni.

Eng muhimi, ular oilamizda qölma-qöl öqilardi, nomaʼqul jo­yini topib ketmasdi. Bugungi kunda oiladagi hammamizning oliy maʼlumotli bölib, el koriga yarayotganimizning boş sababini öşa gazeta va jurnallarning kuçida deb bilaman. Matbuot sabab öqişga, mutolaaga iştiyoq paydo bölgan va qalbimiz uyğongani aniq.

Xöş, hozir-çi, degan savol boş kötaradi. Mening ota-onam-ku oddiy odamlar bölişgan, öqigan, ziyoli odamlarning uyiga şu gazeta-jurnallarning uçdan bir qismi bölsa ham kirib borayaptimi? Baʼzan oğir öylar çarçatadi: biz öqimaydigan, matbuotdan bezor millat bölişga qaçon ulgura qoldik? Gaz yöq, svet yöq, internet yöq bölgan Robinzonning kimsasiz orolida yaşayotgan odamlarimizni “majburiy obuna” degan bemaza siyosat bilan qayerga boşlab boryapmiz özi? Axir bu mutolaasizlikning, maʼrifatdan uzoqlikning uzoqqa bormaylik yana beş yillardan sönggi natijasi nima böladi? Matbuotdan uziliş, maʼrifatdan uziliş-ku, axir. Bu yuragimning oğriq nuqtalari, biroq asosiy gapim bulargina emas, men poçtaçilar haqida ham gapirmoqçiman.

Bugungi avlodlarning qançasi bugun poçtaçi degan kasb borligini biladi? Bora – bora bolalarimizda uruş haqidagi kinolar orqali(uni ham tomoşa qilişsa, albatta) poçtaçi degani uruşdan kelgan oq va qora xatlarni tarqatuvçi   kasb egasi degan tuşunça paydo bölmaydimi? Axir qişloqning öydim-çuqur, itli-itsiz – hamma köçalariga kirib, uyma-uy yurib odamlarga ziyo ulaşgan, eng qaynoq hislarimiz tökilgan maktublarni eltgan, jönatma(posilka)lar bilan hammani xuşnud etgan boşli-közli bir kasb tag tomiri bilan yöq bölib ketyapti-ku. Biz esa jimmiz. Jimligimiz qörqinçli bölsa ham jasurday tutamiz özimizni.

Esimda, kunlarning birida Abduşarif poçtaçi zaporojets (aslida velosipedda yurardi) maşinasini uçirib haydab, uyimizga kirib keldi. Hammamiz bu şiddatdan nimadir röy berganligini ilğadik. Singlim öqişga kirgan ekan, Toşkentdagi akam buni telegramma orqali xabar qilibdi. Birovning şodligidan şodlaniş, uni yetkazişga şoşiliş, bu ziyoli insonning aʼmolidir. Toşkentdan keladigan katta – katta banderol qilib jönatilgan kitoblarni ham aynan Abduşarif poçtaçi sabab qölga kiritganman.   Keyinçalik Moskvada Oliy Adabiyot kursida tahsil oldim, Amerikaning Ayova ştatida dunyoning 35 mamlakatidan kelgan şoir-yozuvçilar oldida özbek adabiyoti böyiça maʼruzalar qildim. Biroq har qanday muvaffaqiyatimda öşa oddiygina poçtaçining ham hissasi borligini bir soniya bölsin, unutmadim.

Biz obuna, odamlarning gazeta va jurnallarni öqimay qöygani haqida köp gapiramizu, biroq bunga eltar yöllarni çaqirtikanaklar bosib yotganligini hamişa ham yodda tutavermaymiz. Çunki aniq esimda, öşanda birorta gazeta-jurnali keçikmay yoki yöqolmay obunaçining qöliga yetib borardi. Misol uçun, “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” har juma kuni çiqar va öşa kunning özidayoq qölimga kelardi. Xöş, bugun-çi, bugun ham “Özbekiston poçtasi” degan tizim bor. Biroq nega bugun matbuot öz egasini topib borolmayapti, qaysidir tullakning jiğildonida hazm bölib ketyapti? Nega, joylarda poçtaçi degan kasb egasi oldingiday, biz nafratlanadigan şöro davridagiday faoliyat olib bora olmayapti? Gazeta öqimasa, jurnal varaqlamasa, ki­tobga mukkasidan ketmasa, radio eşitmasa – bu kabilar bilan biz qaysi va qanday kelajakni quriş haqida orzularga berilib gapirişimiz mumkin?

Menimça, avvalo,   “Özbekiston poçtasi” OAJ jiddiy islohga muhtoj. Bu haqda Prezidentimizning “Poçta aloqasi xizmatlarini körsatiş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori 2020 yil 11 dekabr kuni çiqqan edi. Biz xalqimizni ziyoli, maʼnaviy yamoqlarsiz körişni istar ekanmiz, avvalo, joylardagi poçta xizmatlarini yaxşilaşimiz, poçtaçi vazifasini öz egalariga qaytarib topşirmoğimiz kerak. Xalqimizning sevimli kinosi “Suyunçi”da Anzirat buvini “Qişloğimizning vijdoni edi” deb ataşadi. Inçunin, bu taqqos poçtaçilarga ham daxldor desak ehtimol xato bölmas. Zero, poçtaçilar millat qalbini uyğotuvçi kasb egalari ekanligini bugungi avlod ham bilsin! Şuning barobarida poçtaçi keltirgan gazeta va jurnalni öqişning toti ayriça ekanligini ham his qilişsin! Zero, böladigan millatning kelajagi poçtaçining xurjunidadir!

Afsus, ming afsuslar bölsinkim, bugun qariyb 34 million xalq yaşaydigan uylarning neça foiziga maʼnaviyat darakçilari — gazeta va jurnallar kirib boryapti? Buni heç kim bilmaydi. Butun boşli tumandagi ming-ming xonadonlarning aqalli bittasiga, birginasiga ikki-uçta gazeta boryaptimi?

Muhtaram Prezidentimiz ötgan yili Öqituvçi va murabbiylar kuniga bağişlangan bayram tadbiridagi nutqida hamda 29 dekabrda Oliy Majlisga Murojaatnomasida matbuot naşrlarining jamiyat rivojiga, ayniqsa, öqituvçilar uçun naqadar kerak ekanligini alohida taʼkidlagan edi. Ammo Xalq taʼlimi vazirligi mutasaddilari bu taʼkidga hali-hanuz amaliy javob berişgani yöq. Amaliy javob qilişganida edi, yurtimizdagi mavjud 10 mingdan ziyod maktab­larga 1 nusxadan borganda ham, mamlakatimizning bugungi asosiy naşrlari adadi 2-3 ming nusxada çop etilmayotgan, heç bölmaganda 10-15 ming çiqayotgan bölmasmidi?!

Gözal BEGIM

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan