Bobur Mirzo Navoiy xonadonida
Ötgan hafta xalqimizning ikki buyuk farzandi, tarixda özlaridan betakror va ölmas maʼnaviy meros qoldirgan zotlar — Alişer Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kunlari keng nişonlandi. Zero, bu uluğ zotlar hayoti, ijodiy olami ulkan ikki ummondir. Ularni qança öqisak, örgansak, tahlil etsak şunça kam.
Quyida eʼlon qilinayotgan tadqiqot ham uluğ bobolarimiz hayotini, betimsol maʼnaviy olamini yanada teranroq his qilişimizga xizmat qilişiga şubha yöq.
1506 yilning qişi. Murğob daryosi yoqasida temuriy ŞAHZODAlar Şayboniyxonga qarşi birgalaşib kuraşiş maslahatiga yiğilişmoqçi edi. Afsuski, uşbu maşvaratdan biron natija çiqmadi. Maşvaratga töplangan zaif, ojiz şahzodalar faqat öz takkaburliklarini namoyiş etişdi xolos. Murğobdagi maşvaratga Bobur ham taklif etilgandi.
Jangu jadallar içida yurgan yoş hukmdor Hirotdan kelgan maktubni hayajonlanib, sevinib qöliga oldi. Çunki, uşbu maktubni Samarqandga Navoiy hazratlari yozib yuborgan, unda Bobur Mirzoga buyuk şoirning istaklari aks etgandi…
Siyosat sahnasiga çiqib, Movarounnahrda keçayotgan kuraşlarda Samarqandni qölga olgan kunlari, Zahiriddin Bobur donği şarqqa tarqalgan öz davrining fuzalosi Navoiydan noma olgaç, sevinçini içiga siğdira olmadi. Negaki, u ham endigina şeʼrlar yoza boşlagan, gohida taxt uçun kuraşlar bilan bölib, ijod neçançidir darajaga çiqib qolardi. Ana şunday damlarda Bobur faqat sözning boqiyligini his etib, Navoiy davlat amaldorligidan bejiz isteʼfoga çiqmaganligini anglagandek böldi. Biroq taqdir yoziği uni Andijondan Samarqand taxtiga boşlab kelgan, bu yölda köp qurbonliklar berilgandi. Qolaversa, ikkinçi bor Samarqandni qölga kiritib turgan damlar edi.
“Bu ikkinçi navbat Samarqandni olğonda Alişerbek tirik edi. Bir navbat manga kitobati (maktubi — U.B.) ham kelib edi. Men ham bir kitobat yiborib edim. Orqasida turkiy bayt aytib, bitib yiborib edim”.
Xullas, ular kitobat — maktub orqali diydorlaşdilar. Bu paytda Xuroson poytaxti Hirotda turgan Navoiy “Majolis un-nafois” tazkirasiga xurosonligu movarounnahrlik şoirlar ijodidan aşʼorlar töplayotgandi.
Samarqand taxtiga çiqqan yoş podşoh ana şu zayl Navoiy eʼtiborini tortgan. Ammo… ammo Hirotdan “javob kelgunça tafrika (ğalayon, parokandalik) va ğavğo böldi” deya “Boburnoma”da kuyunib yozgandi muallif.
Çunki, Bobur ikkinçi bor Samarqandni Şayboniyxonga topşirişga majbur bölgan edi. Bu orada Navoiy hazratlari ham vafot etdi.
Oradan köp vaqt ötmay, Bobur saltanati uçun bölgan kuraşlarda mağlublik alamini çekib, Hirotga ketişga majbur böladi. Aynan Boburning Hirotga borişiga sabab, yuqorida aytganimizdek, 1506 yilning qişida Murğob daryosi yoqasida temuriy sultonlar Şayboniyxonga qarşi birgalaşib kuraşiş maslahatiga yiğilişmoqçi edi. Şu tariqa ötadigan maşvaratga Bobur ham taklif etiladi.
Bobur kelişi şarafiga Husayn Boyqaroning barpo ettirgan madrasasida yoş temuriy şahzoda şarafiga qabul marosimi uyuştiriladi. Marosimda Xadiçabegim, Poyanda Sultonbegi, Ofoqbegim singari malikalar ham iştirok qilişadi. Bir muddat şu yerda bölib qurʼon tilovat qilişgaç, Xadiçabegimning uyida mehmon şarafiga oş tortilib ziyofat beriladi.
Şu tarzda Bobur Hirotga kelgan kuni Poyanda Sultonbegim uyida, ikkinçi kun Boği Navda, yana bir kun Boği Jahonoroda bölib, qolgan kunlarini esa Navoiyning “Unsiya” nomli hovlisida ötkazadi. Mirzo Bobur 1506-1507 yil voqealarini yozar ekan, “Boburnoma”da şunday eslaydi: “Avval menga Boği Navda yurt tayin qilib edilar. Tonglasi kelib, Boği Navda tuştum. Boği Navda bir keça böldum, ani munosib körmay, Alişerbekning uylarini tayin qildilar. Hiriydan çiqqunça Alişerbekning uylarida edim”.
Injil anhorining öng tarafidagi Navoiy yaşagan haşamatli hovli Boburga Alişerbekning nozik didli meʼmor ekanligini anglatardi. Ayniqsa, devor böylab ekilgan Samarqandning oq teraklari Navoiydan maktub olgan 1499 yilni yodga soldi. Öşanda u maktubni hayajonlanib öqiganini xotirasiga keltirdi.
Alişerbek Samarqandga yöllagan maktubini ana şu hovlida, qöş tabaqali eşikdan kirib boriladigan mehmonxonasidagi kitoblarga töla nurafşon maskanda bitganini Bobur sezib turardi. Çunki, yetti-sakkiz yildirki, hovli, undagi xonalar Navoiy hayotligidagidek saqlanib kelardi. Bobur Navoiy hovlisida yaşab, u ekkan mevali, manzarali daraxtlar oralab yurarkan, Alişerbekning ğazallarini yodiga keltirar, özi ham ruboiylar bitardi.
Badiuzzamon uni Boği Jahonoroga çorlagaç, borib u bilan uçraşib, vaziyat haqida suhbat quradilar. Ertasi kuni bölsa Xurosonning boşqa hukmdori — Muzaffar Mirzo uyiga çorlaydi.
Bobur temuriylarning raqiblari — Şayboniy Xurosonga ot solib kelayotgan paytda Hirotda şahzodalarning şarobbozlik qilib işrat qilayotganini yozarkan, özidayam çoğir içişga mayl bölsayam, özini tuta bilganini taʼkidlab ötadi. Aniği u oldingi kuni boşqa hukmdor — Badiuzzamon uyida bölganida şarob içmagan, qolaversa, uning yoşi, nufuzi Boburdan yuqori edi. Endi esa boşqa hukmdor — Muzaffar Mirzo uyida şarob içişni u Badiuzzamonni pastga uriş böladi deya özini tiya oladi. Va şunday töğri qarorga keladi: “Badiuzzamon Mirzo bila Muzaffar Mirzo bir yerda bölğonda ikkala mirzoning taklifi bila içilgay”.
Şu taxlit Bobur Hirotdalik paytida Muzaffar Mirzo, Badiuzzamon Mirzolar yaratib bergan şart-şaroitlar tufayli azim şaharni ziyorat qildi. Hirotda ötkazgan yigirma kunni Bobur şaharning diqqatga sazovor joylarini közdan keçiriş bilan ötkazadi. “Çinor boğining etagiga solingan suratxonaning şarqi-janub sari yonida kiçikroq oq uy qurilib edi. Gohi unda ölturur erdim, anda majlis böldi, söngra Ğiyos masxara keldi, neça qatla majlisdan qutoiba tariqa buyurildikim, ixroj qildilar. Oxir şaloyi bölib, masxaraliq bila majlisğa yöl topdi” deya Hirotning maşhur qiziqçisi — Ğiyos masxara körsatgan tomoşalardan hayratlanib qoğozga tuşiradi.
Bobur Hirotda ötayotgan har bir kunidan unumli foydalanib, şaharning deyarli hamma joylarini tomoşa qilişga ulguradi: “Bu yigirma kunda maşhur sayrgohlardin bir Sulton Husayn Mirzoning xonaqohidin özga yer körilmagan şoyad qolmadi ekan” deya yozadi muallif öz “Boburnoma”sida.
Ayniqsa, Bobur şarafiga atab Muzaffar Mirzo bergan ziyofatdagi musiqa oqşomi ança paytlargaça yoş hukmdorga taʼsir qilib yurdi. Öşanda Şayxiy Noyi degan sozanda, naydagina emas, ud va ğijjakdayam benazirligini namoyiş etadi. Badiuzzamonning musiqali ziyofatida Şayxiy va Qul Muhammad örtasida bahs bölib ötadi. Şayxiy nayda bir kuyni çiroyli qilib çalgaç, Badiuzzamon Qul Muhammaddan ham şu kuyni ğijjakda çalişni söraydi. Qul Muhammad esa ğijjakda bu kuyni yaxşi ijro eta olmaydi. Ammo buni tan olmay, “ğijjak noqis soz” deya “ayb”ni musiqa asbobiga yuklamoqçi böladi. Şunda Şayxiy Qul Muhammadning qölidagi ğijjakni olib, öşa özi nayda ijro etgan kuyni “xöb va pokiza” çalib ziyofat ahlini hayratga soladi.
Hofiz Hojining past ovozda ijro etgan aşulasi, Jaloliddin Mahmudning nay, Şojdi baçaning çangda ijro etgan kuylari, Mirjon Samarqandiyning esa “baland va duruşt va bemaza” aytgan xonişlarini eşitib, Bobur mehmon sifatida har bir tunni zavqli ötkazadi. Muzaffar Mirzoning “qişloqi uyi”dagi öşa ziyofatda Yusuf Ali Kökaltoşning raqslarini, katta va kiçik Moh degan qullarning masxarabozliklarini, Jonak xonandaning ularga mos qöşiqlarini eşitib davra fayzli bölganini eslaydi Bobur.
Uşbu ziyofat taʼrifi Badiuzzamonga ham yetib boradi. Bobur va uning yaqinlari şarafiga berilgan ziyofatda Badiuzzamon mavqei, yoşi katta bölsa-da, mezbonlik iltifotini körsatib, 23 yoşli Boburni ğoyatda eʼzozladi.
Oqşomlarni şunday bazmlarda ötkazgan Bobur, kunduzi Yusuf Ali kökaltoşning hamrohligida otda şahardagi jamiki xiyobon, maqbara, masjid, madrasa, bozorlarda sayr qiladi. Muqavviyxonadek polvonlar kuraş tuşadigan usti yopiq maydon, sozanda va xonandalarga möljallangan Boği Jahonorodagi Savsanixona, Pahlavon Muhammad uçun Boyqaro qurdirgan Neʼmatobod Hirotda Bobur qadami tekkan maskanlar edi öşanda.
Şu bilan birga Bobur Navoiy hazratlari haqida şunday bitik ham yozgan: “Alişerbek naziri yöq kişi edi. Turkiy til bila to şeʼr aytubturlar, heç kim onça köb va xöb aytqon emas. Alişerbekning mizoji nozuk bila maşhurdir. El nazokatini davlatning ğururidan tasavvur qilur erdilar. Andoq emas ekandur, bu sifat anga jibilliy ekandur. Samarqandta ekanda ham uşmundoq nozuk mizoj ekandur”…
Bu paytga kelib, Movarounnahrni zabt etgan, Samarqand taxtini Bobur qölidan tortib olgan Şayboniyxon Xurosonga ham zarba hozirlayotgandi. Şunday damda raqibiga qarşi kuç töplaş niyatidagi Bobur Hirotda ortiq qololmasdi.
“Yana Hiriynikim rubʼ maskunda andoq şahar yöqtur va Sulton Husayn Mirzoning zamonida mirzoning tasarrufidin va takallufidin Hiriyning zeb va ziynati birga ön, balki yigirma taraqqiy qilib edi…”
Bobur ana şu taraqqiy etgan şaharda atigi yigirma kun bölganidan, şahzodalar örtasida manmansiraş, ixtilof borligidan afsuslansa-da, Navoiy hovlisida yaşaganidan qalbi ğururga tölgan, ruhi poki madadkor bölişidan umidvor edi.
Xullas, Bobur Navoiy vafotidan söng Hirotga kelgan bölsa-da, Alişerbekni körgan, u bilan suhbatdoş bölgan kişilar davrasida böldi, ular bilan diydorlaşdi…
Biroq bu diydorlaşuvlar köpga bormay, u gözal Hirotni tark etişga, Qobulga ketişga majbur böldi.
Umid Bekmuhammad
