Maʼnaviy boy böliş qiyinmi?

Tezkor, globallaşuv davri odamlarning tinç, farovon yaşaşi barobarida, ularning bir-biriga mehr-oqibatli, kattalarga hurmat, kiçiklarga izzatda bölişdek asl qadriyatlarimiz, madaniyat va maʼnaviyat egasi bölişimizni ham talab etayaptiki, aslida ham bu kundalik hayotimiz, turmuşimizdagi odatiy ehtiyoj hisoblanadi.

Odatda har qanday jamiyatda inson qadri, şaʼni, obrösi baland turadi. Biz — özbeklar uçun esa iliq muomala, yaxşi gap hamma narsadan ustuvordir. Ayni vaqtda jamiyatda oddiygina insoniy munosabatlar har birimizda ham mujassammi? — degan savol paydo bölayapti. Çunki keyingi paytlarda odob-axloq, madaniy va maʼnaviy ongning susaygani, foydasiz bahs-munozaralar, bir-birini haqorat qiliş odatiy holga aylanib qolayapti. Ahil-inoqlik har qanday jamiyatda kerak. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda hokim, rahbar bilan jamoa örtasidagi munosabatlar borasida turli xil fikr- munozaralar bölayaptiki, bularning tub ildizini suriştiradigan bölsak, har birimizda oddiygina tarbiya, içki madaniyat, maʼnaviyat qançalik yetişmayotganini his qilişimiz mumkin.

Özbekiston Res­publikasi Prezidenti ­Şavkat Mirziyoyev raisligida şu yilning 19 yanvarida maʼnaviy-maʼrifiy işlar tizimini tubdan takomillaştiriş, bu borada davlat va jamoat taşkilotlarining hamkorligini kuçaytiriş masalalari böyiça ötkazilgan videoselektor yiğilişida davlatimiz rahbari: “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bölsa, uning joni va ruhi maʼnaviyatdir. Biz yangi Özbekistonni barpo etişga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinçisi — bozor tamoyillariga asoslangan kuçli iqtisodiyot. Ikkinçisi — ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuçli maʼnaviyat”, deb alohida taʼkid­lab ötdi.

Bizningça, bu gapning zamirida katta maʼno borligi, bularni hayotga tatbiq qilişda, ayniqsa, pedagog, murabbiy, şu­ningdek, bevosita sohaga daxldor kişilarning zimmasida yanada katta masʼuliyat yuklanganligini ilğab oliş qiyin emas.

Bugun, ayniqsa, yoşlar tar­biyasi, maʼnaviyati borasidagi xavotirli öy-fikrlar butun jamiyatni, qolaversa, har bir ota-­onani bezovta qilayotgani ham bor gap. Çetdan “ommaviy madaniyat” körinişida kirib kelayotgan turli video, klip, disk va yana boşqa vositalar yoşlarning maʼnaviyatiga salbiy taʼsir körsatayotganini har kuni körib, bilib turibmiz. Oçiğini aytganda, telekanallarimiz orqali namoyiş etilayotgan baʼzi xorij seriallardagi axloqsizlik, xudbinlik, yengiltaklik, andişasizlik kabi illatlar yoşlarga öz taʼsirini ötkazmasdan qolmaydi. “Yomon illat yuqumli böladi”, degan gap bejiz aytilmagan.

Yoşlar, albatta, serial “qahramonlar”iga taqlid qiladi, ularga öxşagisi keladi. Oqibatda ana şu salbiy omillar milliy maʼnaviyatimizni tanazzulga olib kelişi, fikr qaramligini yuzaga keltirişi mumkin. Maʼnaviy kemtiklikni esa har qança mablağ bilan ham qoplab bölmaganidek, fikr qaramligi undan ham oğir oqibatlarga olib kelişi eng yomonidir. Prezidentimiz taʼkid­laganidek, “Iqtisodiy kambağallikni qisqartiş böyiça katta işlar olib bora­yapmiz. Lekin maʼnaviy qaşşoqlikni qanday qisqartiramiz? Fikr qaramligidan qanday qutulamiz?

Islohotlar uçun mablağ va innovatsiyalarni topyapmiz, lekin maʼnaviy immunitetni mustahkamlaş uçun ruhiy resursni qayerdan topamiz?

Bu savollar har birimizni öylantirişi zarur”.

Darhaqiqat, yurtboşimiz bizdan bugungi yoşlar tarbiyasi bilan boğliq muammolarni har birimiz, hammamiz birgalikda hal qilişimizni talab etayapti. Ularning maʼnaviyatini yuksaltiriş, madaniyatli bölişini taʼminlaş uçun millatimizga xos urf-odatlarimiz, qadriyatlarimizga asoslangan azaliy tarbiya vositalari va hozirgi, yangiça şakldagi usullardan foydalangan holda iş olib boriş lozim. Nazarimizda, yoşlarga kundalik saboq, maslahat berganda, bizdan oldingi avlod vakillarining eng yaxşi xislatlari, ibratli işlari haqida misollar asosida gapirilsa, bu usul yoşlarning qalbiga   yaxşilik, ezgulik ğoyalarini singdirişga xizmat qilişi tabiiy.

Mana bir misol, öşanda Özbekiston Milliy universiteti (sobiq ToşDU)ning yoş öqituvçisiman. Oilam bilan aspirantlar uyida yaşaymiz. Uy masalasida universitetimizning rektori akademik Saʼdi Sirjiddinovning qabuliga kirdim. Domla meni iliq kutib oldi, arizamni diqqat bilan öqidi, baʼzi jumlalarning ostiga çiziq tortdi, bir- pas öyga çömdi-da, keyin menga yuzlandi:

— Öğlim, Moskvadagi nufuzli universitetda öqigan ekansiz, — deya gap boşladi domla. — Menga ham siz taʼlim olgan universitetning aspiranturasida öqiş va bir muddat professor lavozimida işlaş nasib etgan. Siz kabi yoş, bilimli mutaxassislar bizga juda kerak. Heç öylamasdan boşlagan ilmiy işingizni davom ettiravering. Biz albatta muammoingizni ijobiy hal qilamiz, — dedi.

Töğrisi, kimsan, dunyo tan olgan, Özbekistonda ehtimollar nazariyasi maktabini yaratgan akademik, mamlakatimizda yetakçi universitet rektoridek odam bir yoş xodimiga şunçalik mulozamat körsatayapti-yu, ayting-çi, bundan mamnun bölmaslikning iloji bormi?!

Saʼdi Sirojiddinovdek kamtar, maʼnan yuksak, olijanob, odamlarga faqat yaxşilik qilişdek ezgu işlarga doimo şay turadigan rahbar hozir ham kam bölsa kerak. Biz yoşlar iş jarayonida ustozning vazminlik, xuşmuomalalik, bağrikenglik kabi xislatlariga havas qilar edik. Alloma, donişmand ustozimizning çin insoniylik, odamiylik, rahbarning maʼnaviyati, masʼuliyati haqidagi hayotiy misollar bilan aytgan ibratli gaplari, ögitlari, maslahatlari hali-hanuz quloqlarimiz ostida jarang­lab turadi.

Idorami, taşkilot yoki öquv dargohi böladimi, uning rahbari maʼnaviyatli inson bölsa, jamoasi aʼzolari bilan yaxşi muomalada bölib, halollik, töğrilik, xolislik doimiy şiori bölsa, jamoa ham xotirjam işlaydi, iş ham unumli böladi, albatta.

Eng muhimi, maʼnaviyatni heç narsa bilan sotib olib bölmaydi. Pul, mol-dunyoni ehtimol köp-köp töplaş mumkin. Ammo uluğ donişmandlar aytganidek, zaru gavharlarning özigina baxtli bölişga kamlik qiladi. Inson har qança tökis, boy-badavlat bölsa bölsinki, unga maʼnaviy boy böliş nasib qilmasa, bari bekor. Fayz va saodat kaliti yuksak tarbiya, barkamollik bilandir. Demak, maʼnaviy boy böliş ayrimlar öylagançalik “ikkinçi daraja”li iş emas. Aksinça, nafaqat bugunimiz, balki ertamizning ham muhim tayançi.

Yusuf HAMDAMOV,

Özbekiston Milliy universiteti dotsenti

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan