Saylov qaçon bölişini oldindan bilmaydigan yurt

Malayziya bugungi kunda iqtisodiyoti rivojlanib borayotgan, aholisi yuqori turmuş darajasi bilan taʼminlangan ilğor mamlakatlar sirasiga kiradi. Eng muhimi, bu mamlakatdagi tinç keçayotgan hayot tarzi çet ellik talabalarni Malayziyada taʼlim olişga çorlamoqda.

Malayziyada taʼlim tizimi ikki vazirlik — Örta maktab taʼlimi va Oliy taʼlim vazirligi tomonidan nazorat qilinadi. Taʼlim böyiça asosiy qonunçilik akti 1996 yildagi “Taʼlim töğrisidagi qonun”da körsatib ötilgan bölib, uşbu qonun hujjati dasturilamal bölib xizmat qiladi.

Malayziyada Buyuk Britaniya kolonial tizimi davrida, yaʼni 1816 yilda oçilgan “Penang Free School” maktabi Malayziya tarixidagi ilk maktab hisoblanadi.

Dastlab, uşbu maktablarda malay tili umuman yuritilmas, öquvçilarga faqatgina ingliz tilida öqiş şart qilinardi. 1970 yildan boş­lab, milliy siyosat asosida hukumat ingliz maktablarini malay maktablariga aylantirdi. Uşbu islohotlar 1982 yilda yakuniga yetdi.

Maktabgaça taʼlim Malayziyada köproq pullik bölib, majburiy emas. Şu bilan birga maxsus sertifikatsiya dasturiga ega, birinçi nav­batda, pedagoglar bolalar psixologiyasi, taʼlim beriş metodikasi va bolalarni parvarişlaş dasturlarini özlaştirişadi.

Mamlakatda boşlanğiç taʼlim esa majburiydir. Bilimlarni tekşiriş testlar asosida olib boriladi. Bu tizim 6 yil davom etadi. 1-3 sinfgaça “Tahap Satu” — birinçi bosqiç deb, 4-6 sinfgaça esa “Tahap Dua” — ikkinçi taʼlim darajasi, deb yuritiladi. Uşbu taʼlimni bolalar 7 yoşdan boşlab, 12 yoşda tamomlaşadi.

Öquvçilar orasida xorijlik yoşlar köpçilikni taşkil etadi. Maktablarda asosiy fanlardan taşqari, bir qator klublar va tögaraklar işlaydi, öquvçilar sport va boşqa turli xil yönalişlar böyi­ça maşğulotlarga qatnaşişlari mumkin. Birinçi sinfdan boş­lab öquvçi olgan bilimi yuzasidan imtihon topşiradi. Boşlanğiç taʼlimning yakunida barça öquvçilar umumiy standart test — “Ujian Pencapaian Sekolah Rendah (UPSR)” topşirişadi. Testda öquvçilarning malay va ingliz tili böyiça bilimlari, hamda tabiiy fanlar, matematika va imlo qoidalari yönalişida imtihon qilinadi.

Örta maʼlumot oliş ham 5 yil davom etadi. Uşbu bosqiçda öqiş biroz murakkabroq sababi, fanlarni yaxşi özlaştira olmagan öquvçi öqişdan çetlatilişi mumkin. Öquvçilarning öqişdan taşqari faoliyati qöllab-quvvatlanadi, rağbatlantiriladi. Muntazam tarzda turli tadbirlar, tanlovlar ötkazib boriladi. Öquv kurslari yakunida öquvçilar Malayziya sertifikatini taqdim etuvçi “Sijil Pelajaran Malaysia (SPM)” imtihonini topşirişadi.

Öquvçilar bir paytda sinxron ravişda nutq sözlanadigan tanlovlarda qatnaşadi. Malayziyaning aksariyat maktab öquvçilari xoreografik elementlar mavjud bölgan, ingliz tilida aytiladigan “nutqiy xor”, deb ataluvçi tanlovda iştirok etadi.

Malayziyaning köpgina kollej va oliy taʼlim muassasalari öquvçilarni 11-sinfni bitirgaç öz safiga qabul qiladi. 9- yoki 10-sinfni tamomlagan çet elliklar bu yerdagi xalqaro maktablarda 11-12-sinf­larda öqişlari mumkin. Ammo buning uçun öquvçi ingliz tilini özlaştirgan bölişi kerak, agar til biliş darajasi yetarli bölmasa, xorijlik öquvçiga qisqa muddatli öquv kurslari taklif qilinadi. Qiziği, bu yerda 12-sinfni ğarb dasturlari asosida tamomlagan öquvçilarga ğarb şahodatnomasi beriladi.

Örta maktabni tamomlagan öquvçi oldida ikki tanlov turadi — OTMga kiriş uçun qöşimça taʼlimga yana ikki yil vaqtini bağiş­laş yoki yetuklik attestatini oliş. Qöşimça taʼlim uçun “Sijil Tinggi Persekolahan Malaysia (STPM)” imtihonini topşiriş lozim böladi. Yetuklik attestatini oliş imtihoni esa birmunça sodda va osondir.

Oliy taʼlimning asosiy böğini hukumat tomonidan moliyalaştiriladi. Oliy taʼlim muassasasiga kiriş uçun, yuqorida tanişganimizdek, öquvçida yetuklik attestati yoki qöşimça taʼlim olganlik sertifikati — “STPM” bölişi lozim. Har yili Malayziya universitetlari 150.000 dan ortiq malakali bitiruvçilarni tayyorlaydi.

Malayziyada islomiy maktablar ham bor. Boşlanğiç maktablar — “Sekolah Rendah Agama (SRA)”, örta maktablar esa “Sekolah Menengah Agama (SMA)”, deb nomlanadi. Yana “Sekolah agama rakyat (SAR)” nomli maktab tizimi ham faoliyat körsatadi. U yerda talabalarga Islom tarixi, arab tili fanlari öqitiladi.

Uşbu davlatda Kanada, Avstraliya, Singapur va Buyuk Britaniya kabi davlatlarning nufuzli universitetlari öz filiallariga ega.

* * *

Malayziya — Osiyoning eng köp millatli mamlakati hisoblanadi,   Mamlakatning faqatgina 50 foizi tub aholi, 50 foizining 23 foizini xitoyliklar, 7 foizini hindlar qolganini esa boşqa millatlar taşkil etadi. Malayziya xalqi rasman islom diniga siğinadi. Aholining 61 foizi musulmonlar bölib, qolganlari nasroniy, budda va iudizm diniga mansubdir.

Boşqa mamlakatlardan farqli jihati Malayziyada qaçon saylov bölişining aniq muddatini heç kim bilmaydi. Malayziya Konstitutsiya­si parlament saylovlarini har beş yilda kamida bir marta ötkazişni közda tutgan. Ammo boş vazir istagan paytda saylov kunini eʼlon qilişi mumkin.

Dunyodagi eng katta gul Malayziyada ösadi. Va bu raffleziya guli Malayziyaning eng maşhur ösimligi hisoblanadi. Uning diametri ikki-uç metrdan katta. Ammo u gullayotganda özidan sassiq hid taratganligi tufayli “jasad gul” nomini olgan.

Bu yerda it bilan öynaşgan odam ölim jazosiga hukm qilinadi. Malayziya­da itni eng nopok jonivor, deb hisoblaşadi.

Bu yerda hammaning ham oşqozoni hazm qila olmaydigan “mevalar podşohi” — durian yetiştiriladi. Ammo uning hidi şu qadar badböyki, aksariyat taşrif buyuruvçilarga uni özlari bilan olib yuriş taqiqlab qöyilgan.

Malayziya dunyoning eng byudjeti zör avialiniyali mamlakatdir. “AirAsia” aviakompaniyasining qizil-oq rangli samolyotlari Osiyoning 20 dan ortiq mamlakatlariga parvozni amalga oşiradi. Bunday parvoz bilan manzilga borib-qaytişni hisobga olganda 100 dollar mablağ sarflanadi.

Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda dunyodagi eng baland osmonöpar ikki bino — Petronas minorasi juft holda bölib, balandligi 51,9 metr­ni taşkil etadi.

— Mamlakat böylab safar qiliş uçun albatta pasport kerak böladi.

Malayziyaning Borneo orolidagi Sabax va Saravak nomli ikki ştati öz qonun-qoidalariga egadir. Bu yerda mamlakat fuqarolaridan ham pasport yoki şaxsni tasdiqlovçi boşqa hujjat talab qilinadi.

Islom ASILBEKOV

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan