Armon yoki şunday Vatanimiz bölaturib…

“Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasining 16 aprel kunidagi 16-sonida bosilgan şoira va jurnalist Qutlibeka Rahimboyevaning “Şunday Vatanimiz bölaturib” maqolasini öqib, yuragimda yiğilib yotgan zardoblar qözğalgandek böldi. Muallif “ijtimoiy tarmoqlarni kuzatganda, telekanallarning baʼzi axborot dasturlarini tinglaganda yuragi “zirq” etgani…”dan sözni boşlab, şunday uluğvor işlar, bun­yodkorlik, Yangi Özbekistonni barpo etiş uçun milliy safarbarlik ketayotgan bir paytda köngilni ğaş qiladigan xunuk hodisalar haqidagi xabarlar ham tarqayotganidan taassuflarini bayon etadi. Ha, şoiramiz topib aytibdilar, “şunday Vatanimiz bölaturib”, nomarğub hodisalarning ham böy körsatib qolayotgani juda açinarli hol. Nafaqat açinarli, balki alamli bir holdir.

 

Kamina maqoladan taʼsirlanib, aniqroği, sarlavhasidanoq dilimga öt tuşib, xayollarim sarosar bölgani va ijtimoiy tarmoq yoki telekanallardan emas, balki şu kunlarda keçmiş turmuşimizdan, özimiz guvohi bölib turgan baʼzi norasolik, loqaydu beparvolik, beoqibatlik holatlaridan iztirobga tuşib, qölimga qalam oldim.

Tört kun böldi Muqimiy nomidagi özbek Davlat musiqali teatrining direktori, Özbekiston xalq artisti Mirza Azizovni tup­roqqa qöyib keldik. Bilmadim, balki mubolağaliroq tuyular, nazarimda bu qarçiğayday öktam, alpqomat yigitning sanʼatidan, sözidan, insoniy fazilatlaridan bahramand bölgan kattayu-kiçik barça köziga yoş oldi, iç-içidan afsus çekdi, 58 yoşda sabil ketgan jonga açindi, iztiroblandi…

Marhamatlik tadbirkor ukamiz Qobiljon qönğiroq qilib, közda yoş bilan menga taʼziya bildirdi. Va öşa kuni keçasiyoq Davon oşa yölga tuşib, fotihaga kelib ketdi.

Bundaylar önta, yuzta emas, minglab bölsa, ajabmas. Çunki Mirzaxon (men uni ukamdek suyub şunday atardim) nihoyatda dilkaş, odamşavanda, el koriga kamarbasta, oqibatli, jonfido yigit edi.

Özbekistonning Mirza Azizov oyoği yetmagan biror hududi, göşasi qolmagan edi. Yöq, televideniye tufayli yo kinoyu teleseriallar orqali emas, rostmana qadam ranjida etib, qişloqma-qişloq, tumanu şahar, mahallalar böylab har turli uçraşuvlar, maʼnaviy-maʼrifiy suhbatlar, keçalarda, teatr gastrollari, “kino kunlari”da va hatto Rossiyaning çekka Sibir ölkalaridagi özbek yigit-qizlari migrant bölib yurgan joylargaça borib, ular holidan xabar olib, muloqot, maşvaratlar ötkazib kelardi. Bir söz bilan aytganda, yurt işiga, Vatan yöqlovlariga, Yurtboşimiz topşiriqlariga hamişa “labbay” deb turguvçi vatanparvar, fidoyi edi. Oxirati obod bölsin!

Bunaqasi kamdan-kam böladi, bunaqalar benazir. Hozirku hali sezmayroq turibmiz, nariroq borib Erkin Vohidu Abdulla Oripov, Omon Matçonu Anvar Obidjon, Şayx Muhammadsodiq Muhammad Yusuf, Şayx Alovuddin Mansur, Anvar qori Tursunovning, Dilbar Ikromova, Abduraim Abduvahobov, Fathulla Maʼsudovning, hofiz Mahmudjon Tojiboyev, Rahmatjon Qurbonov, kompozitor Anvar Ergaşev, şoir Saʼdulla Hakimlarning örnini heç kim bosolmayotganini his qilgaç, qalbdan yozğirib, alam çekamiz, armon qilamiz.

Ha, bunday oydin zotlarni, el koriga kamarbasta ziyolilarni, sanʼatkorlarni özbekning onasi har kuni tuğavermaydi…

Aynan şuning uçun qalbim zardobga tölib, söng­­gi yillar va oxirgi bir neça oydagi talafotlardan ozurda dil bilan sahar palla qoğoz qoralab öltiribman…

Şu oyning ilk kunlarida Belarusdan xabar keldi. Minskdagi Özbekiston elçixonasida işlab turgan döstimiz, ukamiz, siyosiy fanlar doktori   Doniyor Obidov koronavirus tufayli vafot etibdi. Şavqu zavq bilan yonib, yolqinlanib özbegu belarus xalqlarining madaniy yaqinlaşuvi uçun dildan xizmat qilib yurgan edi.

Öninçi aprel kuni tuşdan keyin qöl telefonimga qayta-qayta qönğiroq böldi, xabar yuborildi. Oçsam, Mirzaxondan xabar: “Assalom alaykum Şuhrat akajon! Menga köp yordam bergansiz, yana bir yordam qiling. 18 kundan beri koronavirusga çalinib, Zangiotada yotibman. Sakkiz kişilik xonada – “Açavotta” man göyo. Şovqin, baqir-çaqir içidaman. Ketib qoladiganga öxşayman. Biron rahbarlarimizga ayting, meni şaroiti tuzukroq joyga ötkazib berişsin, ayolimni çaqirişsin, menga Tojibar özi qaramasa, boşqa birov qarolmaydi. Jon aka, akalik qiling!”

Titrab ketdim. Doniyorning bevaqt ölimi alami arimay, bu xabar kelib turibdi. Tört-beş oy oldin özim ham şu “tojdor baloi zarra”ga duçor bölganim   va yigirma kundan ortiq hadik-xavotirda azobli öylarni boşimdan ötkazganim uçun Mirzaxonning faryodini içdan his qildim. Vaziyatni anglab, Prezidentimizning şu sohalarga masʼul maslahatçisiga qönğiroq qildim. U kişi bexabar ekanini bildirib, darhol Zangiotadagi kasalxona boş vraçini izlaşga tuşdi. Şukurki, şu aralaşuvdan söng ikki soatlarga yetib-yetmay xabar keldi — Mirzaxonni yaxşi şaroitlik alohida xonaga olişibdi, ayolini çaqirtirişibdi. Keçroq özi yana telefon qilib, minnatdorlik bildirdi. Men “boşidan ötkazgan tabib” deganlaridek, öz “taj­ribam”ni aytib, kökragini yerga qaratib yotişini tayinladim. Mirzaxon şu alp gavdasiga boladay sodda, beğubor, işonuvçan, hammaga yaxşilik soğinib yuradigan samimiy yigit edi. Aytganlarimni qilibdi. Ammo öşa kunlar harorati kötarilib, özini yomon his qila boşlagan, boz ustiga qand kasali bor ekan, u bilan qöşilib, vaziyat nihoyatda xatarli tus olgan…

…Tojibar telefon qiladi, yiğlab turib “aka, Mirzakamni opqolaylik, ahvollari juda oğir, vraçlar ham umidli gap aytişmayapti, qandlari 27 ga kötarilibdi, öpka nafas olişi 66 ga tuşib ketibdi. Şundayam meni apparatga solişmasin, böğilib ket­yapman şundoq ham, deb turibdilar…”

Soat tungi önlardan oşgan. Kimga dod deb boraman, şu paytda… Oxiri, qöl telefon raqamini topib, yana bir katta rahbarlarimizdan biriga qönğiroq qildim. U nomini aytişim bilanoq, “xabarim bor, har soatda bizga axborot berilyapti, biz Samarqanddamiz, Soğliqni saqlaş vaziri öşa kasallardan bevosita xabardor böliş uçun Toşkentga qaytib ketdilar, Prezidentimiz şaxsan özlari nazoratga olganlar, barça çoralar köril­yapti, ammo kasalning ahvoli öta oğir” dedi.

Tojibarga qönğiroq qildim, aytdim bölgan gap­larni, u ovozli xabar yozib, şu gaplarni Mirzakamga eşittiraylik, dalda böladi dedi. Mirzaxonning salomatligi şaxsan oliy rahbarning nazoratida ekanini aytib, ovozli xabar yubordim. Ertan borib, şifokorlari bilan uçraşişni rejalaştirdim. Biroq afsus, ming afsuski ertasi – 16 aprel kuni ölim mujdasi keldi… anglab-ang­lolmay qoldim, nahot ölim otliq mudhiş voqelik şu qadar oson röy bersa?! Ollohim! Özingning hukmingga boş egişga majburmiz. Lekin…

Şu kuni asrda Çiğatoy qabristoniga qöydik, şundoqqina Razzoq aka Hamrayev qabrining ortidan qöyildi. Ha, bu ham tasodif emasdir, albatta. Neça yillar Muqimiy teatriga rahbarlik qilgan buyuk aktyor Razzoq Hamrayev ortida dafn etilgan Mirzaxonning uluğ ustozga yana bir ehtiromidek tuyu­ladi, göyo…

Mirza Azizov ham aktyorlik umrini Muqimiy teatrida boşlab, umri söngigaça borini şu dargohga berdi. Uning obrösi, şaʼni şukuhi uçun kuraşdi. Xalqaro festivallarga olib bordi, yonidan mab­lağ sarflab bölsa ham. Aktyor, xizmatçilarining uy-joyi, şaharga röyxatga olinişi uçun yelib-­yugurdi, yetsa moli, yetmasa joni degandek, sanʼatdagi obrö-eʼtibori, maşhurligini faqat şu jamoa manfaatlari uçun nisor etdi. Turli joylardan taniqli rejissyorlarni çaqirib, spektakllar qöydirdi. Jamoaning ijodiy barkamolligi uçun jonfidolik qildi. Goho, qöying, özingizni öqqa-çöqqa uravermang, baribir birov minnatdor bölmaydi deb nasihat qilganlarga holu ahvolni bildirib, köngil tubidagi orzusini aytib qolardi: “Töxtasin Jalilov, Lutfixon aya, Razzoq Hamrayev, Soyib Xöjayev, Mahmudjon Ğafurov, Hamza Umarovlar anʼ­analari ölmasligi kerak, men şu işni qilmasam, kim qiladi?! Ularning orzusi Muqimiy teatrini “Akademik teatr” maqomiga yetkaziş edi. Mening orzuim ham şu barça yonib-kuyiş­larim bir çekkasi şu orzuim röyobiga qaratilgan. Axir şunday dorilamon kunlarda el-yurtga xizmat qilmay, Prezidentga dalda bölmay, çetda turiş gunoh-ku. Biroz yötalib yuribman, beldagi “grija” ham qiynayapti. Lekin ötib ketadi bular. Keraksan, kel deb tursa xalq, yurt rahnamolari, bormay tursam uyat böladi, andişa qilaman, aka”, — der edi.

“Yosin” tilovati ohanglarida dilgir ötiribmanu, xotiramda şu gaplar, ukaginam­ning minbarlarni töldirib: “yiğlayverdim, yiğlayverdim — köz oldimda Özbekiston doim böl omon!” degan otaşin çiqişlari.

Qabristondagi uluğlarimizning qabr toş­lariga közim tuşib, yana bir fikr könglimdan ötdi. Sanʼat, adabiyot ahlining aksariyati olt­miş yoşga yetib-yetmay yoki ozginagina ötib vafot topgan ekanlar… Nega şunday?

Nega bu hunar oydinlarining sanʼati, hayrati uçun tinimsiz olqişlaymizu, biroq qadriga yetib, izzatini joyiga qöyavermaymiz. Çekka hududmi, tumanu viloyat gavjumliklariga taniqli sanʼatkor, şoir-adiblar borsin deb, quloç-quloç röyxatli hujjatlar çiqaramizu, bu toifa mardumning holidan xabar olavermaymiz. Safarga jönatuvçilar, mutasaddilar avval ularni tibbiy körikdan ötkazib, holu ahvolini batafsil bilib, söng zarur safar anjom bilan taʼminlab, yölga yöllamaydimi?! Nima bölsa ham nomi çiqqan insonlar viloyatlarga uçraşuvlarga borsayu, oliyu oddiy farmoyiş, bayonnomalar bajarilsa… Boz ustiga öşa hududlarga ham majburiyat tufayli “kunda-şunda” bölib qolgan sanʼat, adabiyot ahliga eʼtibor birdek emas. Ha-da, gala-gala qilib yuborilayotgan maʼnaviyatçilarning, madaniyat namoyandalarining kundalik yotiş-turişi, yeb-içişi bor. Kimga yoqadi, ha deganda kelaveradigan mehmon?!

Respublika Kino arboblari uyuşmasi yaxşi niyat bilan buyuk şoirimiz Muqimiy hayotiga bağiş­langan yangi badiiy film premyerasini viloyatlarda ötkazaylik deb “Kino kunlari” doirasida Navoiy viloyatiga bir neça Xalq artisti, Sanʼat arbobi, xizmat körsatgan sanʼatkorlarni yöllasa, mehmonlar “sovuq oş”dek qabul qilinib, premyera film tomoşasiga quyi sinflar maktab öquvçilarini olib kelib ötkazib qöyibdi, baraka topgur mutasaddilar. Kulasizmi yo yiğlaysizmi bu holu ahvolga — borsang ham bir balo, bormasang ham…

Fathulla Maʼsudov Xorazmga, Mirzaxon esa Qaşqadaryo safariga borib kelib, şu dardi bedavoga duçor bölib ötdilar. Hamsafarlarining aytişiça, Qaşqadaryoda dalayu daştni kezib, hatto boğçalargaça borib uçraşuvlar ötkazilibdi. Mirzaxon özi Toşkentdan ketişda biroz xastalanib turgan ekan. Safarda xuruj zörayib, poyezdda kela-kelgunça harorat olovida yongan. Kelgaç, bu gazanda virusni ayoliyu bolalariga ham yuqtirib, butun oila içi bilan Zangiotadagi kasalxonaga tuşgan. Köringki, ön sakkiz kun deganda holi ahvolidan ezilib ketib, yordam sörab murojaat qilgan…

Xöş, buning savol-javobi bormi? Maʼnaviyat, madaniyat, sanʼat ahlini muntazam ijtimoiy hi­moyada saqlaydigan tizim bormi özi?! Yurtboşimizdan barça ahli adabiyot va sanʼat dildan minnatdorki, mamlakatimizda bu sohalar rivojiga favqulodda imkoniyatlar yaratilmoqda, oliy farmonu qarorlar qabul qilinib, muhtaşam muassasalar barpo etilmoqda. Ammo “şunday Vatanimiz böla turib”, öşanday gözal muassasalarni obod etguvçilarga quyida eʼtibor öşandaymi? Nahotki beistisno har kuni televideniye kanallarining kamida tört-beştasida turli serial va körsatuvlarda çiqib turgan, bugun Respublika ahliga taniqli qiyofani zangiotalik şifokorlar taniyolmagan bölsa? Jilla qursa, közdagi adabiyot-sanʼat ahlini köz qoraçiğidek asrab bilaylik. Özbekning onasi Farmonbibining Sottixon kelini Dilbar Ikromovayu Abdurayim Abduvahobovdek “şum bola”sini, Fathulla Maʼsudu Mirza Azizovini yana qaçon tuğarkin-a?!

Billoh, könglimni çöktirib, taassuflarimni olovlantirib turgan “gina”larimni qoğozga tuşirdim. Bu tegrada özimni ham farişta qilib körsatmoqçi emasman. Yoşi olt­mişga yaqinlaşib ayni ijodiy kamolotga erişgan pallada rizqi uzilgan ukalarimning xotirasi oldida kamina ham aybdordek his qilaman özimni. Netayki, “osmon uzoq, yer qattiq”. Taskin — bir kalima Qurʼon oyatiyu, nurli xotiralar, xolos.

Şuhrat Rizayev

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

1 thought on “Armon yoki şunday Vatanimiz bölaturib…”

  1. Ölim xabariga mujda deyilmaydi. Mujda degani xuşxabar degan maʼnoni bildiradi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan