Bugun jurnalistikaga nima yetişmayapti?

Kuni keça Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi tomonidan Milliy matbuot markazida “Yangi Özbekiston jurnalistikasi: zamonaviy yondaşuvlar va anʼanalar davomiyligi” mavzusida davra suhbati bölib ötdi

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputatlari, bir qança bosma va internet naşrlarning boş muharrirlari, teleradiokanallar vakillari, jurnalistlar, jurnalsit kadrlarni yetiştiruvçi oliy taʼlim muassasalari pedagoglari hamda sohaga qiziqqan ijodkorlar iştirok etgan tadbirda Prezidentimizning Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan yöllagan tabrigidan kelib çiqadigan vazifalar xususida fikr almaşildi.

Davra suhbatini Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi raisi Olimjon Ösarov olib bordi. Uyuşma raisi mamlakatimizda davlatimiz rahbari tomonidan milliy mass-media sohasi rivojiga jiddiy eʼtibor qaratilayotganini alohida taʼkidladi. Va quyidagi fikr­larni bildirdi: Yangi Özbekistonni barpo etiş jarayonida matbuot va ommaviy axborot vositalari sohasida ham tub özgariş­lar yuz berayotir. OAVning jamiyat hayotidagi örni va taʼsiri, faoliyat samaradorligi, taʼsirçanligini oşiriş, ularning moddiy-texnik bazasini yaxşilaş, kadrlar salohiyatini oşiriş, soha xodimlari mehnatini har jihatdan qöllab-quvvatlaş, rağbatlantiriş ustuvor vazifa bölib kelmoqda.

Keyingi yillarda sohaga oid 12 ta qonun hujjati qabul qilindi. Axborot xizmatlari tizimi tubdan yangilandi. Bu yil taşkil etilganining 65 yilligi nişonlanadigan milliy televideniye faoliyatida ham jiddiy özgarişlar közga taşlanmoqda. Özbekiston milliy teleradiokompaniyasining yangi, zamonaviy platformasi markaziy telekanallarda namoyiş etilayotgan körsatuvlarni butun mamlakatimiz hamda dunyoning 100 dan ziyod davlatlariga uzatiş, ijtimoiy tarmoqlarga faol joylaştiriş imkonini bermoqda.

Ayni paytda nodavlat elektron ommaviy axborot vositalari, gazeta va jurnallar, naşriyot va bosmaxonalar soni tobora ortmoqda. Internet jurnalistikasi tobora rivojlanmoqda. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 1 ming 893 ta ommaviy axborot vositasidan 638 tasi yoki 33,7 foizi Internet naşrlari — veb-saytlar sifatida röyxatdan ötgan.

Tadbirda taʼkidlanganidek, davlatimiz rahbarining Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlariga tabrigi har bir jurnalist, media tuzilma, tahririyatlar, ijodiy jamoalar uçun muhim dasturilamaldir.

Ayni paytda sohadagi kamçiliklar, muammolarni birgalikda, hamjihatlik bilan hal etiş dolzarb ahamiyatga molik, — dedi O.Ösarov.

Davra suhbati söngida Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi tomonidan bir guruh jurnalistlarga uyuşmaga aʼzolik biletlari topşirildi.

Quyida esa tadbir iştirokçilarining muxtasar fikr-mulohazalari eʼtiboringizga havola etilmoqda.

Ahmadjon Meliboyev,

“Jahon adabiyoti” jurnali

Boş muharriri, Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist:

— Biz bugun matbuotda söz erkinligini amalda his eta boşladik. Bosma naşrlar, radio va televideniye, ijtimoiy tarmoqlar örtasida oçiqlik va oşkoralik musobaqasi boşlandi. Bunda kimning ğolib çiqişi muhim emas, erkin sözni, rad etib bölmaydigan haqiqatni jurʼat va albatta, mahorat  bilan (odob doirasida) ayta oladigan, iqtisodiy jihatdan biror kimga yoki taşkilotga boğlanmagan, örtada xolis turişga qodir naşrlarning mavjudligida. Fikrimça, bunday ijodiy jamoalar yanada köpayişi kerak.

Bugungi dunyoviy özgarişlar köp sohalarga oid nazariy metodologik asoslarni ham özgartirib yubordi. Nazariya va amaliyot örtasidagi köp yillik uziliş şunga olib keldi. Bu holat jurnalistikaga ham taalluqli. Qisqa qilib aytganda, matbuotning asosiy prinsip­lariga doir bir-biriga qarama-qarşi  fikrlar paydo böldi. Ulardan biri – OAV kamçiliklarni, mavjud muammolarni körsatib berişi, yaşirilgan haqiqatlarni oşkor qilişi, notöğri xatti-harakatlarni tanqid ostiga olişi şart, ammo ularning yeçimi qanday bölgani bilan qiziqmasligi kerak. Bizdan juda uzoqda bölmagan taj­ribali bir mutaxassis “Bu matbuotning işi emas”, deb turibdi.

Axir, bu fikrga mutlaqo qöşilib bölmaydi! Jurnalist zahmat çekib, biror muammoning ildizini oçib bersa-yu bu xususdagi tanqidiy çiqişga tegişli taşkilotlar munosabat bildirmasa, bunday zahmatli mehnatdan ne maʼno çiqadi? Göyoki, dehqon erta bahordan keç kuzgaça mehnat qilib, dalaga ekin eksa, har tup niholni avaylab parvarişlasa-yu hosil bilan qiziqmasa — bu nima degani?

Xurşid Döstmuhammad,

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati:

—       Eʼtibor beradigan bölsak, keyingi bir oyda Jurnalistlar ijodiy uyuşmasi qançalik jonlanganini köramiz. Favqulodda jonlandi. Yuqori avj pardasi 27 iyun böldi, albatta, bunga Prezidentimizning tabriklari, eʼtibori alohida sabab böldi. Ammo bayramlar ötadi, hayot davom etadi. Har kuni tirik insonning oldida yangi-yangi muammolar bölganidek, jurnalistlarning oldida 10 hissa, 100 hissa köproq muammolar böladi. Bu — tabiiy. Jurnalistlarning kasbi şuni taqozo qiladi.

Ikkita masalaga eʼtibor qaratişingizni sörayman. Birinçisi, kadr tayyorlaş masalasi. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti oçildi, Şarqşunoslik institutida, Samarqand davlat çet tillar institutida xalqaro jurnalis­tika yönalişlari oçildi. Bu juda yaxşi. Öquv dargohlari qança köp bölsa, raqobatga imkoniyat qança bölsa, şunça yaxşi.

Lekin bitta mulohaza paydo böladi. Özbekiston davlat Jahon tillari universitetidagi xalqaro jurnalistika yönalişining faoliyati töxtatildi. Bunda ozgina mantiqsizlik kuzatil­yapti. Fakultet, universitet rahbariyati bilan Oliy taʼlim vazirligiga tuşuntirişga harakat qildik. Lekin ojizlik qildik, şekilli, fikrlarimizni uqtira olmadik.

Buni qarangki, Prezidentimizning tab­riklari çop etilgan “Hurriyat” gazetasining birinçi sahifasida “Mehnat şuhrati” ordeni olgan Öğiloy qizimiz ham şu dargohni tamomlagan. Bunday sobiq talabalar juda köpçilikni taşkil qiladi. Jahon tillari universitetining 20 yillik salohiyatga, tajribaga, bazaga ega bölgan fakultetining bahridan ötildi.

Eng jiddiy masalalardan biri gazetalarimizni kuzatsak, eʼlon qilinayotgan tanqidiy çiqişlarga javob masalasi, murojaatlarga javob masalasida hali qiladigan işlarimiz nihoyatda köp.

Mana, keçagina Urgançda bir dehqonning uyiga kirib 30 tonna buğdoyini içki işlar xodimlari olib çiqib ketibdi, zöravonlik bilan. Kun.uz naşri şuni olib çiqibdi. Nimaga bosma naşrlar ham bunga nisbatan öz gapini aytmaydi? Faqat maqtovga berilmasdan, şunday holatlarni ham olib çiqsa böladi-ku!

Husan Ermatov,

“Işonç”–“Işonç-Doveriye” gazetalari boş muharriri:

—       Prezidentimizning tabrigida alohida bir nuqta bor. Şu paytgaça heç qaysi bir tabrikda biz Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasining tilga olinganini körmagan edik. Bu yerda Jurnalistlar ijodiy uyuşmasiga katta işonç bildirilyapti. Ikkinçidan, Uyuşma biz maslahatlaşadigan, boşimiz birikadigan bir mas­kanga aylansa, degan taklif beril­yapti, deb aytişimiz mumkin.

Birinçi navbatda, biz öz oldimizga “Bugun jurnalistikaga nima yetişmayapti?” — degan savolni qöyaylik. Töğrisini aytsam, bugungi bosma naşrlarimizda ham haqiqiy jurnalistika unçalik közga taşlanmaydi. Biz öqigan jurnalistikani hozir naşrlarimizda juda kam kuzatyapmiz. Avvalambor, öz kasbimizni bir nazardan ötkazaylik, nimalarni örgangan edik? Jurnalistika bu — sanʼat, jurnalistika bu — fan emasmi?

Hamma taşqaridan turib baho berayapti. Biz indamay ötiribmiz. Nimaga şunday bölyapti?

Avvalo, özimizning qilayotgan işlarimizni isloh qilib olsak yaxşi bölardi. Ilgari gazetalarimizni nima kötargan. Gazetalarimizni felʼyetonlar kötargan, tahliliy materiallar kötargan. Hozir aytaylik, iqtisodiy mavzuda yozilayotgan aksariyat maqolalarni öqib bölmaydi-ku. Birorta bir jiddiy tahliliy iqtisodiy yönalişda yozadigan odam topolmay qol­yapmiz. Davlat rahbari şunça özgarişlar qilyapti. Buni yoritişda iqtisodiy tahlil kerak böladigan joylari bor. Qani şuni körsatib berayotgan birorta bir jurnalist?

Töğri, bitta-ikkita sal dadilroq gazetalarimiz bor, lekin faqat şular bilan biz mana şu, özbek matbuoti, deb maqtanolmaymiz.

Boş muharrirlar… boşimiz biror marta birikmaydi. Masalan, bitta “Hurriyat”da çiqqan, söng uni törtta gazeta köçirib bergan maqolaga (“Haqiqatga tik qarang, janob!”, “Hurriyat” gazetasi, 2021 yil, 21 aprel, №17-son) javob ololmadik-ku.

Ikkinçidan, taʼlim nuqtai nazaridan ham. Taʼlimning ham özining egalari bölişi kerak-da. Fakultet sonini köpaytirgan bilan unda işlaydigan odamlarni ham öylab körişimiz kerak. Qandaydir bir içki ilgarigidan qolib ketgan ziddiyatlar borligini eşitib qol­yapmiz. Jurnalistikamizni ilmiy nuqtai nazardan tadqiq qilib, bugungi kamçiliklarimizni qayta körib çiqişimiz kerak.

Aytaylik, gazetalarimizda çiqayotgan materiallarga javob kelmayaptimi, Uyuşma bilan buni muhokama qilaylik, körsatuvlar taşkil qilaylik. Hamjihatlikni taʼminlaylik.

Hozir buriliş nuqtasi. Şu yerdan töğri yölni tanlab olsak, yaxşi tomonga ketamiz. Yöqsa, şu joyimizda qolaveramiz.

Şerzod Ğulomov,

Özbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi ekspertlar kengaşi raisi, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi:

— Bugun nazariya bilan amaliyot örtasidagi uziliş hamon sezilib turibdi. Aslida bu tabiiy hol: har bir ommaviy axborot vositasining öz yönalişi, iş uslubi va yuzi bor. Universitet partasidan kelgan yoş mutaxassis darhol unga moslaşib ketişi oson emas. Bu esa bizga faoliyatimizda zamonaviy yondaşuvlar bilan bir qatorda köp yillik “ustoz-şogirdlik” anʼanalarimizni ham unutmasligimiz lozimligini namoyiş etadi. Bir tajribali jurnalist yetiştirgan şogird nafaqat malakali mutaxassis böladi, balki tahririyatga, öz işiga mehrli ham bölişini hayot tajribasi köp körsatgan. Demak, tahririyatlar bilan oliy öquv yurtlari örtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlaş va talaba-jurnalistlarni tahririyatlar işiga köproq jalb etiş maqsadga muvofiq.

Şu örinda Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assotsiatsiyasi iş tajribasidan bir misol keltirmoqçiman. Assotsiatsiya kadrlar muammosini tele-radiojurnalistikaga qiziqqan yoşlarni turli öquv kurs­lari, seminar-treninglarga jalb etgan holda tar­biyalab, öz tizimi uçun mutaxassislar tayyorlaşga katta eʼtibor qaratib keladi.

Hozirda Assotsiatsiya qoşida “Yoş jurnalistlar maktabi” faoliyat olib boryapti va unda teleradioda işlaş istagida bölgan qator yoşlar öqişmoqda. Ular keyinçalik jurnalist-kadrlar tayyorlovçi oliy öquv yurtlarida tahsil olişni orzu qilişadi.

Menimça, tahririyatlarda şunday maktablar faoliyat olib borişi yoşlarni jurnalistikaga qiziqtirişda muhim ahamiyat kasb etadi.

Şu örinda jurnalist bölişni orzu qilgan, yaxşi materiallari bilan iqtidorini namoyon etgan yigit-qizlarga soha uçun kadrlar tayyorlovçi oliy öquv yurtlariga öqişga kirişlarida biron imtiyoz berilsa yomon bölmasdi, degan fikrdaman. Aytaylik, Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi tavsiyasi bilan öqişga imtiyozli qabul qilinsa. Bu bir tomondan iqtidorli yoşlarni maʼlum maʼnoda qöllab-quvvatlaş bölsa, ikkinçi tomondan uyuşmaning nufuzini ham oşirişga xizmat qilardi.

Rasul Kuşerboyev,

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati:

— Jamiyatda keçayotgan barça özgarişlarni röyi rost, ötkir tahlil qilib oçiq-oydin körsatiş matbuot va ommaviy axborot vositalarining vazifasiga kiradi, albatta. Köpinça jamoatçilik nazorati haqida gapiramiz. Matbuot oçiq bölsa, kuçli bölsa, qörqmasa, jamoatçilik nazorati yölga qöyilgani şu degani aslida.

Yaşirişga hojat yöq, haliyam söz erkinligiga turli bosimlar, noqonuniy aralaşişlar yuz beryapti. Hatto jurnalistning qölidagi kamerasini tortib olib, sindirib taşlaş kabi xunuk holatlar ham sodir bölib turibdi-ku!

Bugun qonunçiligimizda matbuotda söz erkinligi, kafolati yuzasidan hali qiyomiga yetmagan, oxirigaça olib borilmagan jihatlar mavjud. Ayniqsa, davlat organlari vakillari mat­buotga daxldor öziga “kerakli” huquq va çoralarni qonunçilikda mus­tahkamlab olişgan, lekin OAV vakillarining faoliyatiga oid taraflarda böşliq bor. Biz bu böşliqni töldiriş uçun harakat qilyapmiz.

Aytaylik, matbuotda eʼlon qilingan tanqidga munosabat masalasi böyiça. Hali bu borada qonunçilikda tegişli qoidalar, normalar belgilanmaganligini afsus bilan aytişimiz mumkin.

Ha, jurnalistlarni qonun yöli bilan töliq va işonçli himoya qilişda hamon qator huquqiy omillar yetişmaydi.

Halim Saidov,

Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi aʼzosi, “Boşlanğiç taʼlim” jurnali boş muharriri:

—       Bu kabi tadbirlarni köplab taşkil etiş kerak. Bahslarda haqiqat tuğiladi. Masalan, ustoz Ahmadjon Meliboyev taʼkidlagan mulohazalarning bari juda eʼtiborli va kerak bölsa, örinli bahs-munozaralar mavzusidir. Köp hollarda demokratik jamiyat talablarini avtoritar “bagaj” bilan anglaşga kuçimizni befoyda sarf qilyapmiz. Töplanib qolgan muammolarni jurnalistlar, soha olimlari birikib muhokama qilişimiz, demokratik jamiyat va OAV oldida turgan vazifalarni, jurnalistikaning kelgusidagi yölini belgilab olişimiz, zarurat tuğilganda uç hokimiyat oldiga qöyişimiz darkor. Aks holda yana avtoritar qaraşlar, avtoritar yondaşuvlar urçiydi. Buni yaqin tariximizda boşimizdan ötkazdik va bugun ham ahyon-ahyonda bölsa-da, hayotimizda böy körsatib turibdi.

Davlat ravnaqini, xalq farovonligini öylaşga masʼul uç hokimiyat “törtinçi hokimiyat” rivojidan, erkinligidan manfaatdor bölmas ekan korrupsiya palagini yoyib, jadidlar ayt­moqçi, “millatimizni keyin qolmoğiğa, jaholat va ğaflati oliyda ölub, boşqa millatlardan kam darajada qolmoğiğa” sababçi bölaveradi. Agar uç hokimiyatning matbuot rivojidan manfaatdorligi sezilmasa, unda ular korrupsionerlar tarafida degan xulosa ham kelib çiqadi.

Salim Doniyorov,

“Yangi Özbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari Boş muharriri:

—Bugun yurtimizda keçayotgan yangilaniş va özgarişlarni matbuotimiz afsuski, köngildagidek yorita olayapti deya olmaymiz. Jurnalistlarimizda çuqur tahlil, ötkir nigoh yetişmaydi. Gazetalarda mahorat bilan öqiladigan maqolalar çindan ham kam. Namoyiş etilayotgan telekörsatuvlar, eşittirişlar ham kuçli emas.

Buning sababi yuqorida ustozlarimiz taʼkidlaganidek, jurnalist kadrlarni yetiştirişda, öqitişdagi muammolarga ham borib taqaladi. Afsuski, bugun universitetni tugallab kelayotgan yoşlar örtasida şu sohaga butun vujudi bilan qiziqqanlar köp emas.

Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi faoliyatida haqiqatan ham yangi rahbar tayinlanganidan keyin juda qisqa vaqt içida özgariş, ijobiy özgariş sezildi. Endi Uyuşmamiz bilan sohamizga daxldor muammolarni, vazifalarni örtaga qöyib, yanada yaqinroq muhokama qilişimiz, özimiz ham Uyuşmaga qöldan kelgança hammaslak, kömakçi bölaylik.

Albatta, yuqorida bosma naşrlar, jumladan, bizga bildirilgan tanqidiy fikrlar ham böldi. Şubhasiz, xulosa qiliş, yangiça fikr yuritiş—bugun davr talabidir.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan