XAYRULLA HAMIDOV: “JURNALISTLAR KÖPROQ OĞIR KUNLAR UÇUN YARALGAN INSONLARDIR”
Suhbatdoşimiz — Xayrulla Hamidov. Taniqli jurnalist, Özbekiston milliy televideniyesining sport şarhlovçisi. Hayotda ança-munça şukuhli damlar bilan bir qatorda, sinovli kunlarni ham boşidan keçirgan hamkasbimiz bilan jurnalistika, matbuot zahmatlari, özbek futboli hamda şaxsiy hayoti borasida samimiy suhbat qurdik.

— Xayrulla aka, ruxsatingiz bilan, suhbatimizni jurnalist kasbi haqida, uning örni xususidagi savoldan boşlamoqçiman. Köp yillardan beri sohada işlab kelayotgan jurnalist sifatida ayting-çi, bu kasbni tanlaganingizdan xursandmisiz?
— Sevimli şoirimiz Muhammad Yusuf: “Şoirlik, bu qismatdir”, degan edi. Menimça, jurnalist böliş ham — qismat. Tabiatan bir-biriga yaqin insonlargina jurnalist bölib yetişadilar. Yoşligida jamiyat tarozisini içki ruhi bilan his qilganlargina qöllariga qalam oladilar. Albatta, jurnalistikaga qiziqib, keyin bu sohaning haqiqiy vakili böla olmaganlar talaygina. Lekin baribir öşa çin jurnalist böla olmaganlar ham yoşligida tengqurlaridan ajralib turgan, deb öylayman.
Jurnalistika men uçun — insonşunoslik, jamiyatşunoslik va xolis qaraşlar majmui.
Yoşligimda menga “Kelajakda kim bölasan?” — deyişsa, kosmonavt yo sanʼatkor bölaman, demaganman. Jurnalistika degan soha borligini bilmaganim uçun şunga yaqinroq sohani his qilganman çoği. “Bilmayman”, derdim nuqul. Aslida nomini bilmasdim, xolos. Özi borligini, insonlar örtasida adolat tantana topişi uçun kuraşadigan soha mavjudligini içki idrok ila sezgan bölsam kerak. Nainki özim, balki istalgan haqiqiy jurnalist tanlagan sohasidan puşaymon bölişiga işonmayman. Çunki qismatdan qoçişning iloji yöq. Men Yaratgandan şu soha vakili qilganidan mingdan ming roziman. Özimni boşqa sohada tasavvur ham qilmaganman, qila olmayman ham.
— Haqiqiy jurnalist böliş uçun kimlar kerak va bizda kimlar “yetişmaydi”?
— Jurnalistika fakultetiga kirganimizda, birinçi darsdayoq “Jurnalistika asoslari” fanidan darsga kirgan domlamiz bir gap aytgandilar: “Bolalarim, agar kelajakda bu kasbning ortidan boyib ketişni istasangiz, mansab talab qilsangiz yo eng körkam maşinalar sotib oliş orzusida bölsangiz, hozirdanoq aytinglar, “yurfak”ka yo şunga öxşaş fakultetlarga “perevod” qilib beramiz. Bu soha faqat fidoyilik talab etadi. U sizga heç narsa, yaʼni moddiy tomondan katta-katta “toğlar”ni bermasa ham, siz unga boringizni berişingiz kerak. Bir fidoyining joyini egallab ötirişdan uyaling!” — degan edi.
Ha, haligaça şu gap, şu ölçov, şu formula quloğim ostida jaranglaydi. Haqiqiy jurnalist böliş uçun inson oxirigaça kuraşa oliş xislatiga ega bölişi kerak, deb öylayman. Ön marta yiqilsa, ön bir marta örnidan tura oladigan kuçga ega insonlargina çin jurnalist böla olişadi. Töğri, baʼzan çuqur senzura, diktatura, tazyiqni yengiş, uning simli devorlaridan öta oliş muşkul. Lekin men eng kuçli jurnalistlar, yozuvçilar, şoirlar aynan şunaqa davrlarda yetişib çiqadi, deb öylayman.
Albatta, kuçli jurnalist böliş uçun jasoratning özi kifoya qilmaydi. Bilim bazasi ham şunga yaraşa bölmoği kerak. Ikkisi teng köriniş olganida, jurnalistning salohiyati yuzaga çiqadi. Zamonni bahona qiliş, oğir damlardan çekiniş boşqa istalgan soha vakillariga mumkindir, illo jurnalist uçun emas. Jurnalistlar köproq oğir kunlar uçun yaralgan fidoyi insonlardir…
— Sport jurnalistikasi. Negadir bugungi yoşlar orasida ana şu yönalişni tanlayotganlar juda kam. Buning boisi nimada, sizningça?
— Sport jurnalistikasi spesifik soha hisoblanadi. Yuqoridagi talablarga qöşimça ölaroq sportni öta yaxşi köriş kerak. Sport bilan yaşaş kerak. Muxlislari u qadar köp bölmasligini bilgan holida şu yönaliş böyiça ketişini biladi. Balkim şunga kamçilik bölsak kerak.
— Hozirgi özbek sporti, xususan, özbek futboli haqida nima deysiz. Millionlar öyinida surunkali muvaffaqiyatsizliklarimizning boş sabablari nimada?
— Mamlakat sporti, xususan, jamoaviy öyin turlari natijalari davlat salohiyati darajasida böladi. Çunki yakkakuraşçilarni voyaga yetkaziş uçun tizimdan köra talant ahamiyat kasb etadi. Bir şahmatçini, boksçini yo qiliçbozni tarbiyalaş imkoni bor. Ammo jamoaviy öyinlarda tizim kuçli bölmasa, qay bir çiziqda muammolar uçrayveradi. Hatto Messisi bor Argentina ham jahon çempioni böla olmayapti, çunki mamlakat maydonning ön bir nuqtasiga yetarli bir xil saviyadagi futbolçini yetiştirib bera olmagan. Özbek futbolining muvaffaqiyatsizliklari sababi ham şu. Bugun öziga bölgan eʼtibor bilan, ajratilayotgan moliyaviy taʼminot bilan bir Nesterov, bir Ahmedov, bir Şomurodovni yetiştirib berişi mumkin futbolimiz, undan ortiğini emas. Demoqçimanki, aslida özbek futbolidan biz ortiqça narsa kutamiz. Aslida hozirça uning bölgani şu.
— Endi könglingizga olmasangiz, baribir söramoqçi edim: 2010 yilda boşingizga tuşgan oğir sinovlar haqida köp eşitganmiz. Negadir bu haqda heç narsa yozmadingiz, yozgan bölsangiz ham eʼlon qilmadingizmi, işqilib, közim tuşmagan. Nima bölgandi özi?
— Bu haqda yaqinda “Telegram yulduzlari” nomli blogerlar sahifasiga intervyu berdim va köp narsani oçiqladim. Şuni aytişim mumkinki, ötirganman, muddatimni ötaganman. Menga u yoqda boşqalarga qaraganda ança yaxşi munosabatda bölişgan. Qaysidir maʼnoda aybni özimdan qidirişga örganganman. Rostini aytsam, ötgan işlarni u qadar köp eslagim kelmaydi. Diydiyo qilgim ham yöq. Şu bois, kelajakda ham heç narsa yoziş niyatim yöq. Baʼzan şunday yöl tutgan maʼqulroq.
— Eşitişimizça, qamoqxonadan 1-Prezident nomiga xat ham yozgandingiz… Munosabat qanday bölgandi? Umuman, u yoqdagi “saboq” va ahvol haqida nima deya olasiz?
— Savolingiz yana yuqoridagi mavzuning davomi böldi. Javobim ham qaytariq böladi, uzr.
— Matbuotga mehringiz qanday? Bir paytlar gazeta ham oçgan edingiz, adaşmasam.
— Radio va televideniyeda tanilgan bölsam-da, ha, aslida “gazetaçiman”. Gazetadan boşlaganman jurnalistikani. Bu juda yaxşi bölgan men uçun. Çunki televideniyeda ham, radioda ham matn yozasiz. Matn masalasida kuçli bölsangiz, uyoğini tortib ketiş mumkin. Agar matnda oqsasangiz, har qança körkam va gapdon bölmang, kemtik örningizni yopa olmay çarçaysiz. Hozir matbuot maydoni internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlar tomonidan egallab olingan bölsa-da, gazetaga qaytiş bor, deb öylayman. Çunki gazeta körinişida maqolalarni öqiş boşqaça his-tuyğu ulaşadi odamga. Internet saytlariga ehtiyoj tuğiladi baribir.
— Bugun va keçani soliştirganingizda jurnalist sifatida va oddiy bir inson sifatida ertada nimalarni körasiz?
— Hozirda erkinlik davridamiz. Ijtimoiy tarmoqlar orqali deyarli hamma “bloger” bölib olgan. Bunaqa oçiqlik va şiddatkor davrda jurnalistika bir evriladi, boşqa rejimga ötadi va jamiyatning katalizatori bölişlik vazifasini oladi. Bunga tezroq yetişiş kerak.
Oddiy odam sifatida esa menimça, avvalgidan unçalik farqim yöq. Hayotning baland-pastini kördim, yoşim ulğaydi…
Şahzod ŞODMONOV
suhbatlaşdi.
