KETSA — “GENERAL”IDAN, KETMASA — MINERALIDAN…
Jahon xalqi ölikdir yo tirikdir,
Tirik yurgan ilmsizlar ölikdir.Alixontöra SOĞUNIY
Köçada harorat 45 daraja issiqni körsatmoqda. Viloyatdan qaytayotib, gaz quyiş şoxobçasi (zapravka)da töxtadik. Odamlarga ergaşib, quyoşni “alqab”, bulutni yöqlab, kundaga aylangan şeriklariga “motam” tutgança munğayib turgan daraxt soyasiga urdik özimizni. Şu payt novçadan kelgan bola böğiq ovozda rus tilida uzoq çuldiradi. Men uning söziga emas, bobomning çöpon tayoğidek bilagiyu yoş bölişiga qaramay momomnikiga öxşab tirişgan yelkasiga, laylaknikiga öxşaş oyoği va közlaridagi oğir dardni kuzatdim. Bolakay yonimda ötirgan örtoğimning “Mы studentы. U nas net deneg” degan sözidan söng bizga boşdan oyoq razm soldi-da, ortga burildiyu kelgan tomoniga qaytib ketdi. Hatto şu bola ham “student” qanday yaşaşini bildi çoği…

Men esa içki bir kibr ila heç bölmasa, şu bolaga peşonamizdagi tamğani takrorlamasang bölmaydimi, degan öqrayiş bilan döstimga qaradim. U esa “Otam bizni taşlab ketgan, onam kasal, onamning mendan boşqa suyançi yöq…” degan gapini tarjima qilib, bolaga yordam bera olmaganidandir balki, sigaretasini çuqur tortdi. Zamondan qoçib yurgan rahmdillik meni topib oldi şekilli, içki bir kibrlaniş ila kissamga qöl soldim. Afsuski, menda ham “şimildiriğ” ham qolmagandi…
Şu payt keçagi voqealar köz oldimda jonlana boşladi: töy töydan qaytsin deb, kursdoş döstimizning töyiga – viloyatga jönadik. Karantin qoidalariga “amal” qilingan tarzda boşlangan töyni mahalla raisi oçib berayotganda aytgan şu jumlalari miyamga muhrlandi: “…ketsa — “general”idan, ketmasa — mineralidan olib ötiringlar”. Uning vaʼzi tugamasidan orqa örindiqlardan stakanlarning “çing, çing…” urilişi eşitildi: “qani, oldik!” Mezbonlar qadahni kötarar ekan, ikki yoşga şirindan- şirin omad va baxt tilaşardi.
Biroz ötib, sahna örtasiga öyinçi çiqdi. Davraga terilgan stoldagilar bir-bir çiqib, navbatma-navbat, bir qator bölib sahnada xirom aylayotgan raqqosaga pul qistirib qaytayotganiga termular ekanman, özbegim “odat”lariga bisotimdagi bor “maqtov yorliq”larimni yopiştirardim. Yonimizda ötirgan kuyovtöraning jöralari ham şu holatni takrorladi-da, öz örniga qaytib ötirar ekan, bizga kimligini körsatib qöyişgandek mağrurona qaraşdi. Bu hazm bölib ulgurmasdan, davraning narigi tomonidagi ayollar ham “öyinçi” atrofida aylanib, unga pul qistira boşladi: “…Köhna tarix şodasida bitta marjon özbegim!”…
Bu odamlar va ularga ergaşib otasining pulini havoga sovurayotgan biz tengi yoşlar öz yöliga, eng yomoni — töyga opiçlab kelgan ota-onasining qilgan işi hali ertaklarda yaşayotgan murğak nigohlarda muhrlanmoqda edi!
Maʼlumotlarga köra, dunyo olimlari yaqin yillarda içki biologik soatni sekinlatiş yöllarini qidirmoqda, tez orada qariş jarayonini töxtatadigan tabletkalar va genetik terapiyalarni tavsiya qilişlari haqida aytişmoqda. Qiziq, yaşaşni faqat elga danğillama töy qilişniyu raqqosaga pul soçişni maqsad qilgan odamlarimiz, bu tabletkani qabul qilsa, bu holat yana uzo-oq yillar takrorlanar ekan-da? Ha, biz zamonga boqmaymiz, zamon bizga boqsin, deya qadahlarni jingirlatayotgan el odamlarimiz, xotini yirtiq kovuşda yuradimi, otasining mahsisi siqadimi, bolasi tilançilik qiladimi… bu muhim emas: axir, el qarab turibdi, ularga özining kimligini körsatib qöyiş kerak! Şunday emasmi?
Albatta, biz sizga havas qilamiz! Fil gavdangizga, yöğon bilagingizga! Keçirasizu, töyga borib, atrofimdagi odamlardan “örnak böladigan” faqat şu narsalarni oldim. Maktabgami yoki boğçaga qadam qöygan farzandingiz sizga havas közi ila boqişini, kerak bölsa, siz soçgan pullardan bu mening otam deya faxrlanayotganini ham kördik. Yana bu nigohlardan “men ham katta bölsam şunday qilaman” deganlarni ham angladik. Qayerdadir öqigandim, insonni vaqt emas, aksinça, atrofdagi voqealar ulğaytiradi. Ha, kelgusida ilm bilan tölişi mumkin bölgan miyaga şu va şunga öxşaş vaqealar muhrlanmoqda. Afsus…
Sardor TOLLIBOYEV.
