PULI BORGA TAQIQ YÖQ…MI?
Aytişlariga qaraganda, bu yilgi jazirama sönggi 150 yilda kuzatilmagan. Ayrim manbalar sönggi 300 yilda bunday jazirama bölmaganini aytmoqda.
Garçi, bir-ikki kundan beri havo biroz “taşlagan” bölsa-da, hamon oftobning şaşti baland. Hatto içkaridagi havo sovutgiçlarning “öpkasi tölib”, sovuq havo haydaşga qiynalib qolyapti. Şu sabab, köçada yurişning özi oson emas. Şunday bölişiga qaramasdan, tirikçilik payidagi ming-minglab odamlar quyoşning tiğida yurişga majbur. Maşina va jamoat transportlarining oynalari esa qoraytirilmagan. Çunki yurtimizda tonirovkaning narxi otning kallasidek.
Maʼlum bölişiça, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Doniyor Ğaniyev tonirovkaning bepul qilinişi yoki unga minimal tölovlar asosida ruxsat berilişini sörab Içki işlar vazirligiga murojaat qilgan. Sörovga javob kelgan, ammo aniq bir gap aytilmagan. Bu borada qaror loyihasi tayyorlanayotgani maʼlum qilingan, xolos. Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev ham tonirovka uçun baland narxdagi tölovlarga tanqidiy munosabatini kunda-kunora ijtimoiy tarmoqlarda bildirmoqda. Taassufki, deputatlarimizning munosabati, sörovlari, jaziramada aziyat çekayotgan minglab fuqarolarning şikoyatlari tezkor çora körilişiga turtki böla olganiça yöq.
Ajabo, çidab bölmas darajadagi şunday issiqda tonirovkaning narxi pasaytirilmasa-ya!.. Aslida bu ajablanarli ham emas. Özingiz öylab köring, avtomobil oynalarini tonirovka qilganlik uçun tölovlar, ruxsatsiz qoraytirilgan oynalar uçun jarimalar… Kim asal tomib turgan teşikni berkitgisi keladi?
Şu narsa tuşunarsizki, bir paytlar xavfsizlik nuqtai nazaridan maşina oynalarini qoraytiriş mumkin emas deyilardi. Ammo pulli asosda bunga ruxsat berildi. Yaʼni, pulini tölab qöysangiz, avtomobil oynasini qoraytirişga qöyilgan taqiq siz uçun işlamaydi. “Puli borga taqiq yöq”, degani-da endi bu! Ajab, köp miqdorda pul tölanganidan keyin xavfsizlik masalasining ahamiyati qolmaskan-da!
Soğliqni saqlaş vazirligi masʼullari kuçli issiqdan qanday saqlaniş kerakligi haqida tavsiyalar bergan böldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi ham har doimgi “ğamxörligi”ni unutib qöygan emas. Nima bölganda ham rahmat, bor bölsin şular! Lekin “Köproq suyuqlik iç, soyada ötir, boşingga nam lattani örab yot”, degan gaplarni har kim aytişi mumkin-da. Nima uçun miyasi qaynab, öpkasi qurib ketgan köçadagi minglab jabrdiydalar va sanoqli deputatlardan boşqa heç kim tonirovkaning narxlarini pasaytiriş haqida öylamaydi? Hozirgi anomal issiqda odamlarning salomatligi uçun boşga nam matoni bosişni örgatgandan köra, avtomobillarni tonirovka qilişga ruxsat beriş xalq uçun ön marta foydali emasmi?
Odamlarni töğri tuşuniş kerak. Tölaşga puli bölganda, şu tonirovka masalasini dahmaza qilib sudrab yurmasdi. Bugun xorijga ketişni istamaganlarning, iş topişda omadi çopmaganlarning deyarli barçasi kirakaşlik qiladi, axir…
Şu örinda xorijiy yurtlarda tonirovkaga munosabat qanday ekaniga bir köz taşlasak: Boltiqböyida joylaşgan Litvada tonirovka tekin, heç qanday tölov, davlat boji kabi çiqimlar yöq. Orqa va orqa yon oynalarni xohlagança tonirovka qiliş mumkin, old yon oynalarni esa 20 foizgaça qoraytirsangiz birov bir narsa demaydi. Kavkazortida joylaşgan Gruziya davlatida ham tonirovka uçun tölovlar yöq, faqat ustaning haqqini bersangiz bölgani. Ustaxonada maşina oynalarini töliq tonirovka qildiriş esa bizning pulda 150 ming sömlarga töğri kelar ekan.
Ozarbayjon poytaxti Bokuda agar farzandlaringizni olib yursangiz, yoz payti maşinangizga tonirovka tortişingiz majburiy ekan. Bolalarning terisi quyoşga juda taʼsirçan bölişi bunga sabab (özbekning bolasiga esa heç narsa qilmaydi!), ekan.
Yuqorida aytganimiz uç davlatning ham iqlimi biznikidan ança nam, salqin. Agar ularda bizning yurtdagidek jazirama bölganida bormi, ehtimol, maşina oynalarini qoraytiriş uçun ular pullik qiliş u yoqda tursin, aksinça, yordam puli berişardi-yov, deb öylab qoladi odam.
Yana bir maʼlumot: Butunjahon Soğliqni saqlaş taşkiloti quyoş faolligi yuqori bölgan mamlakatlarda teri saratoni va quyoşning boşqa zararlaridan himoyalaniş maqsadida eng işonçli va arzon usul sifatida avtomaşinalar oynasini YHX qoidalariga mos ravişda qoraytirişni tavsiya etgan. Bizda xalqning, xalq vakili bölgan deputatlarning sözi tinglanmasligi odatiy hol bölib bormoqda, hatto obröli xalqaro taşkilotlarning tavsiyasiga ham amal qilinmasligiga nima deysiz?!
Modomiki, biz dengizlari mavj urgan möʼtadil iqlimli mintaqada joylaşmagan ekanmiz, şaharlarimizda köplab daraxtlarni qurbon qilib qurayotgan haşamatli binolarimizning soyasi atrofni oz bölsa-da salqinlatişga yaramayotgan ekan, heç bölmasa, fuqarolar öz maşinalarining oynalarini arzon narxlarda tonirovka qilişiga ruxsat berilişi kerak emasmi?
“Endi bu gaplarga eʼtibor bölguniça, balki kuz ham kelib qolar, özi salqin tuşib qoladi”, deydi bir hamkasbim şu haqda aytsam. Balki. Lekin dam faqat şu dam emas, omon bölsak, kelasi yoz bor, undan keyingisi bor-ku, deyman hamkasbimga jiğibiyron bölib. Xuddi göyo tonirovkaga u ruxsat bermayotgandek.
Siz esa tonirovkaning narxi arzonlaşuvini kutayotgan aziz yurtdoşlar, hozirça döxtirlarning maslahatlariga amal qilib, köproq suyuqlik içib turing, juda issiqda qolsangiz, soyaga öting, behuzur bölib, mazangiz qoçsa, tezda biror matoni muzdek suvga botirib, peşanangizga qöyişni unutmang. Axir, soğliğingiz özingizga kerak…
Şahzod ŞODMONOV.
