MENING MILITSIYAMMI, YOKI…
Öşanda bizlar kiçkina bolalar edik. Mahallamizda xuddi rus bolalar şoiri Sergey Mixalkovning “Styopa amaki – militsioner” şeʼrining qahramoniga öxşaş baland böyli militsioner aka bölardi. Adaşmasam akaning ismi Sobirjon edi. Odamlar bu odamni oddiy qilib: Sobirjon melisa, deb qöyişardi. Rostini aytsam, öşa zamonlarda aka-otalarimiz köçada yetaklab borarkanlar bizga qarab: “töğri yur, bölmasa, militsiyaga berib yuboraman”, deya qörqitişardi. Ammo biz qörqmasdik. Çunki mahallamizdagi Sobirjon melisani yaxşi bilardik. Barça militsionerlar ham unga öxşagan böladi, deb öylardik. Sobirjon melisa juda oddiy odam edi. Egnida militsiya formasi, boşida vahimali furaşka. Yonidan ötayotgan yoş-qari bölsin barça bilan “Assalomu alaykum”, deya söraşadi. Agar hamrohi yoşi ötgan qariya bölib, yelkasidagi savatga uzum joylab bozorga borayotgan bölsa, darrov savatni öz yelkasiga olardi. Röparasidan bolalar çiqib, unga yöl böşatsalar, ularni qöllariga çöntagida olib yuradigan konfetlaridan ulaşardi. Şu bois ham militsionerlardan qörqmasdik…
Kuni keça “Gazeta uz” saytida eʼlon qilingan bir xabarni öqib ötirib, öşa “heç kim qörqmaydigan va heç kimni qörqitmaydigan” rahmatli Sobirjon melisa yodimga tuşdi. Eh-he, ularning zamonlaridan buyon qança suvlar oqib ötdi. Orada şunday paytlar böldiki, hamma yoşlar özini militsionerlikka urdi (bu harakat hali zamon davom etmoqda. Garçi baʼzilar: yöq, bugungi yoşlar özlarini biznesga urişyapti desalar, baʼzilar yöq, haliyam melisa, prokuratura, sudyalik ot ustida boryapti. Çunki biznesga pul kerak, melisa, prokuratura va sudyalarning maoşlari özi katta pul, deyişadi). Mayli, bu dunyoda har kim öziga yoqqan kasbni tanlaydi. Bunday huquq Konstitutsiyamizda ham mustahkamlab qöyilgan. Gapimizga kelaylik.
Şunday qilib, “Gazeta uz”sayti özining şu yilning 29 iyulida bir xabar eʼlon qildiki, nainki men, şuningdek, uni öqigan köpçilik yoqa uşlagan bölsa ajab emas.
Öşa xabarda şunday deyiladi: “Surxondaryoda profilaktika inspektori yordamçilari fuqaroni urib, uning ölimiga sababçi böldi. Surxondaryo viloyati Denov tumanida ikki nafar IIO FMB profilaktika inspektori yordamçilari fuqaroni bir neça bor urib, tan jarohati yetkazgan. Oqibatda fuqaro şifoxonada vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, ikki nafar şaxsga nisbatan “qamoqqa oliş” ehtiyot çorasi qöllanilgan”.
Yuqoridagi xabarni öqib: “Mening militsiyamga nima qildiykin, nahotki, odamkuş bölib qolgan bölsa”, deya xavotir olib, saytning davomini öqiy boşladim. Ularda yana şunday xabarlar: “Qaşqadaryoda profilaktika inspektori olib ketgan fuqaro vafot etdi. Uning yaqinlari IIB xodimlarini kuç işlatişda ayblamoqda. Qaşqadaryo viloyati Nişon tumanida IIB xodimlari tomonidan olib ketilgan fuqaro narkologiya dispanserida vafot etdi. Marhumning yaqinlari IIB xodimlari uni urib, kuç işlatganlarini gumon qilişmoqda. Holat yuzasidan Qarşi tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda. Soğliqni saqlaş va Içki işlar boşqarmalariga xizmat tekşiruvi tayinlangan”.
“Gazeta uz”da çop etilgan yana bir kiçik xabar: “Taxiatoş (Qoraqalpoğiston-tahr.) IIBga olib ketilgan fuqaroning ölimi yuzasidan izoh berildi. Qoraqalpoğistonning Taxiatoş tumanida mast holda IIBga olib ketilgan fuqaro vafot etdi. Fuqaroning yaqinlari uning ölimida profilaktika inspektorini ayblamoqda. Hozirda IIB xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekşiruvi olib borilmoqda.
Eldan burun militsiya bilan boğliq desak, notöğri bölar, ammo ölimlarida militsiya inspektorlari aybdor deyilayotgan yuqoridagi uçta voqea sönggi kunlar davomida sodir bölgan. Bunga öxşaş hodisalar haqida esa mamlakatimizda bir neça yildan buyon aytib kelinadi. Masalan, keltirilgan keyingi voqea aftidan ötgan yil sentyabr oyida yuz bergan. Bu haqda odamlar gapirişmoqda. Turli gazetalarda, ijtimoiy tarmoqlarda huquq-tartibot organlari şaʼniga baʼzan örinli, baʼzida esa örinsiz fikrlar ham bildirilmoqda.
Maʼlumki, keyingi tört-beş yil içida mamlakatimizda çuqur islohotlar olib borilyapti. Ilgari heç körilmagan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar keçmoqda, butun Özbekiston quriliş maydoniga aylanib, yangi-yangi turar-joy binolari, hatto osmonöpar qasrlar qurilmoqda. Har bir şaxsning huquqlarini himoya qiliş yölida deputatlarimiz tomonidan qonunlar qabul qilinyapti. Odamlarni rozi qiliş uçun butun-butun mahallalar qayta qurilyapti. Har bir tuman, har bir fuqarolar yiğinlari idoralarida hukumatning odamlari: “qani nima gapingiz bor, hammasini bajaramiz”, deya qamişdan bel boğlab turişibdi. Bir söz bilan aytganda, ostonamizda Yangi Özbekiston eşik qoqmoqda. Mana şunday bir pallada yuqorida keltirilgan barça işlarga, ötkazilayotgan tadbirlarga qaysi bir jihatdan bevosita aloqador, xalqimizning tinçligi va xavfsizligiga töğridan-töğri masʼul bölgan mening militsiyam nega bunday noxuş voqealarga aralaşib qolmoqda? Nahotki, öyindan öt çiqayotgan bölsa? Nahotki, bu sohadagi ayrim kimsalar özining kim ekani va nima uçun davlatning mömay-mömay maoşlarini olayotganlarini unutişgan bölsa? Axir ular davlat va xalqning muhofazaçilari emasmi? Muhofaza qiliş faqat uriş-sökiş, öldiriş bilan böladi, deb qayerda yozilgan? Ha, töğri, bu voqealarda ularning ayblari bölmasligi mumkin. Lekin insonlarning ölimi bilan nihoyalangan voqealarda militsiya nomi aralaşganining özi kişini öylatadi. Darhol xayolga: “Şamol bölmasa daraxtning uçi qimirlamaydi”, degan xalq maqoli keladi. Zotan, yuqoridagi kabi voqealarda IIB xodimlarining ayblari tasdiqlangan hollar ham uçrab turibdi-ku! Jumladan, ötgan yili butun respublikada juda katta şov-şuvlar keltirib çiqargan Çiroqçi voqeasi yuzasidan sud hukmi öqilganini köpçilik biladi. Çiroqçi tumani IIO FMB 4-sonli IIB boşliği lavozimida işlagan N.Ovlayev 9 yil ozodlikdan mahrum etilgani haqida EFFECT.UZ rasmiy kanali yozib çiqdi. Xöş, nima bölyapti özi?
Oldindan aytib qöyişimiz kerak, yuqorida keltirilgan voqealarda militsiya xodimlarining aybi bor yoki yöqligini tergov organlari va sud aniqlaydi. Ayni paytda biz sud oçerki yoki jurnalistik suriştiruv ham olib borayotganimiz yöq. Yuqorida aytganimizdek, kamoli “mening militsiyam”ning aytib ötilgan xabarlarda keltirilgan voqealarga aloqadorligi, töğrisi, ularning şaʼni-şavkati tahlikaga solgani bois qölimizga qalam tutdik. Agar bunday hodisalar yuz beraversa, ularning oldi olinmasa mening militsiyamning obrösi (uni kötariş kerak. Muallif), qadr-qimmati qolmaydi. Axir bugungi yoşlarimiz, qariyalarimiz keç demay, tun demay köça-köylar, xiyobonlarni kezib, hordiq çiqarişarkan, öşa mening militsiyamga tayanişmaydimi?! Kimdir birov biron idoraga borib, öz haqiqatini isbotlamoqçi bölsa, haqiqatni eşitişni istamaydigan rahbarlar darrov mening militsiyamni çaqiradi. Xöş, öşanday paytda mening militsiyam haqiqatni suriştiradimi? Aslo. Haqiqatçining qöliga kişan solgança, yetaklab olib çiqib ketadi. Bu bilan aytmoqçimizki, mening militsiyam faqat jazo koloniyasi emas. Ular ham jonli insonlar. Har birining öz fikri, öy-mulohazalari bor. Şunday ekan, yuqoridagi kabi voqealar paytida janjal kötarayotgan mast odamni yordamçilar yordamida qöliga kişan solib, olib ketiş örniga tibbiyot xodimlarini, mahalla faollarini voqea joyiga çaqirib, masalani hal etsa bölmaydimi? Xöş, mast odamni idoraga olib borib, qamaşdan boşqa nima qiladi? Mastligi tarqagunga qadar voqea joyida bölib tursa, mening militsiyamning biron joyi kamayib qoladimi?
Yuqorida aytilgan va keltirilgan fikrlardan körinib turibdiki, bugun mening militsiyam özini bir silkib olişi kerakka öxşaydi. Balki ana şu silkinişda özini xon, kölankasini maydon deb, qonini sörib yurgan bitlari zora tökilib ketsa… Xayolimda esa yana Sobirjon melisa gavdalanadi. U bilan suhbatlaşganday bölaman: aka, öşa paytda yoş bola bölsak-da, lekin sizdan qörqmas edik, endi esa yoşimiz ulğayib — oq-qorani taniydigan bir yoşga yetdik, erkimiz ham qölimizda. Ammo qörqyapmiz…
Yoqubjon XÖJAMBERDIYEV, jurnalist.
