Köngil odami
– Odamga tuğilgan yeridan aziz narsa bölmaydi. Töxtamiş – kindik qonim tökilgan joy. Bu qişloqda asosan yuz (juz)lar yaşaydi. Köp bölmasayam tojik birodarlarimiz bilan qönğirot oğaynilar ham bor. Olti oyligimda otamiz uruşga ketib qaytib kelmagan. Qora xatni bağriga bosgan onam beçora boşqa turmuş qilmadi. 9-10 yaşar paytim onam ham vafot etdi. Ahmad akam bilan momomiz, toğalarimiz qölida qoldik. Bizlar ota degan sözni işlatmaganmiz. Luğatimizda bunday söz bölmagan. Akam bilan odamlarning xizmatini qilib, qişloqning molini boqib katta böldik. Oşalol degan gaplarni eşitganmisiz? Siz bilan gaplaşayotgan odam oşalol olgan. Oşalolning qöşiqlari yodimda bor.
Suruv-suruv qöy haydagan boylari köp,
Uyurida biya bilan toylari köp,
Yo Hindikuş, yo Himolay yoki Bobur,
Darasida şarqiragan soylari köp.
Daryolardan böylab ötgan qöyçi bobom,
Oşi halol!..
Momom beçora “Olma bolam, kerak emas…” deb yiğlar edi. Könglim buzilib, “Momo, men axir, odamlarning molini boqib keldim…” – der edim. E-e, yetimning körgan kuni qursin! Töxtamişdagi maktab yetti yillik edi. Momom pişirgan oltita nonni jelagimning orqasiga solib, Xöjasoatdagi maktabga borganman. Öninçi sinfni Xöjasoatda bitirdim. Buxoroga öqişga ketdim. Bir yil sirtdan öqidim. Qişloğimizdagi maktabda dars beraman deng. Akam armiyadan kelgandan söng ruxsat olib, qaytadan kunduzgi bölimga kirdim. Institutni bitirib, qadrdon joyim “Çağoniyon” gazetasida işladim. Köp besaranjom yigit bölganman. Qarsillatib tanqidiy maqolalar, felyetonlar yozar edim. Nurmamat Eşmamatov degan raykomimiz bölardi. Asli sariosiyolik. Otalarini Bobotoğdan deyişardi. Qaniydi hokimlar Eşmamatovday bölsa. Aka, bunday dono, bilimli, maʼrifatli odamni kam körganman. Saʼdiyning “Guliston”, “Böston” asarlarini yod bilardi. Familiyamni aytmas edi, mulla Toştemir der edi.
…Toştemir aka haqida gap oçilsa, eng avvalo, ötgan asr boşlarida yaşab ötgan, köplarga taniş, köplarga notaniş isteʼdodli şoira Raʼno Uzoqova merosini keng tarğib etişdagi fidoyiligi tilga olinadi. T.Turdiyev şoirani hikoyanavis va dramaturg sifatida ham kaşf etib, uning tarjimai holidagi qoronği nuqtalarni yoritganini adabiy-ilmiy jamoatçilik eʼtirof etadi.
– Köp zamonlar burun, sovet davri deng. Toşkentda bir davrada Surxondaryo feodal, qaloq, maʼnaviyatsiz xalq deganday gap böldi. Nega unday deysizlar dedim. Qani, bitta şoira bormi? Anavi u yerdan çiqqan, manavi bu yerdan çiqqan, deyişdi. Şunda men Raʼno Uzoqovani aytdim. Qani kitobi deb söraşdi. Şoira tirikligida piyoz pöstidaygina kitobi çiqqan, xolos. Menga yomon taʼsir qildi. Yoşlikda juda ğayratli edim-da. Şundan keyin opaning izidan tuşib, ijodini örganişga, tarğib qilişga qattiq kirişdim. Ö, aka! Raʼno Uzoqova mukammal şoira edi-da! Zulfiya opa ham tan bergan. Umri qisqa ekan, öttiz bir yoşida yurak kasalidan vafot etadi. Şeʼrlari gözal! Köpini yoddan bilaman. “Uyalaman”ni eşiting.
Közlarimga boqma, yigit, uyalaman,
Qoşlaringni qoqma, yigit, uyalaman.
Bir sözim bor, sözlagali tilim bormas,
Yuragimni yoqma, yigit, uyalaman.
Körmak bölib yurak urar, bölaman lol,
Bilmam özim, bu ne xislat, bu qanday hol?
Aqlu huşim öğirlagan qaddi nihol,
Hayo bosib, aqlim şoşib, uyalaman.
Yöllaringga köz nigoron kutdim seni,
Yuragimga jondan yaqin tutdim seni,
Izhor etmay muhabbat, yor etdim seni,
Közlaringga köz qamaşib uyalaman.
Özi, avval boşdan şeʼrni yaxşi körar edim. Çin şeʼr köngilni yayratadi. Odamni suvdan olib ötga, ötdan olib suvga taşlaydi. Endi, manavi ğazalini qarang.
Oşiq öldim men çamanning bulbuli şaydosiga,
Aylasam ming dodu faryod, kelmagay parvosiga.
Tanholikda ottirib tonglar xayoli birla men,
Subh yozganda qanot qoqsammi deb maʼvosiga.
Sözlaşuvda öz-özim birlan degaylar telba bu,
Men neçun or aylayin tuşsam uning savdosiga.
Neçalar dedi anga berma köngil, yöqdir xuşi,
Men dedim işqim tuşibdi donolar barnosiga.
Dedilar: andin gözallar yöqmidi gulşan aro,
Yöq, dedim, özga yetolmas dardimi davosiga.
Hajrida yonmay turib yor vaslining ne lazzati,
Bulbul ermaski agar lutf etmasa Raʼnosiga.
Bu ğazal qöşiqqa aylanib ketganiga ança zamon böldi.
Respublika matbuotida çop etilgan maqolamda Raʼno Uzoqovaga “Surxonning otaşqalb qizi” deya taʼrif berib, ayrim hamkasblarim malomatiga qolganman. Adaşmasam, 1976 yilning yozi edi. Şarof Raşidov qabuliga kirdim. Niyatimni aytdim. U kişi quvonib ketdi. Bilasiz, Şarof aka Samarqand viloyati gazetasida boş muharrir, Raʼno Uzoqova bölim mudiri bölgan. Şularni esladi. Raʼno opa hayoti, ijodiga oid nihoyatda qimmatli maʼlumotlarni aytdi. U kişining gaplari haliyam quloğim ostida jaranglab turibdi: “Yaxşi şoira edi. Men uning ijodi haqida bir anjumanda maʼruza ham qilgan edim. Afsuski, öşa maʼruza matni uruşga ketganimda yöqolgan. Raʼnoxon bilan uruşdan keyin ham birga işladik. Uni yurak kasali köp qiynardi. Davolaniş uçun sanatoriyga yubordik. Raʼno Kislovodskdan “Makr va muhabbat” degan gözal bir doston yozib qaytgandi…”
Oradan ikki yil ötib, Şarof Raşidov bilan yana körişdim. Raʼno Uzoqovaning “Subhidamda uçgan qaldirğoç” kitobini u kişiga taqdim etdim. Şarof Raşidov kitoblarida men haqimda yozgan.
Ha, har bir davr elning maʼnaviy sarhadlariga masʼul şaxslarni yaratadi. Istiqlol Toştemir Turdiyev zimmasiga ana şunday ulkan vazifa yukladi. Olim bölaman degan ariday halol, çumoliday mehnatkaş bölmasa bekor. Toştemir aka talabaligidan folklor, xalq oğzaki ijodini örganadi. Ham özi uçun, ham özgalar uçun. “Özga” aslida öz – bugungi avlod. Xalq terma va dostonlari, qöşiqlaridagi sehru joziba, sözlardagi nola-yu nidolarni yoşlarga anglatişga intiladi. “Özbek dostonçiligida xalq axloqiy qaraşlarining badiiy ifodasi” mavzuidagi nomzodlik işini himoya qilganiga ham salkam oltmiş yil böldi. “Yoş avlodni tarbiyalaşda xalq oğzaki ijodining roli”, “Subhidam qaldirğoçi”, “Fozil Yöldoş öğli”, “Çağaniyon tarannumi” kabi öndan ziyod kitob çiqardi. “Alpomiş” dostonining ming yillik töyiga katta töyona berganlardan biri Toştemir Turdiyev edi. Özbekiston xalq baxşisi, qiziriqlik Xöşboq Mardonaqulovni Denovdagi “Alpomiş” boğiga çorlab yigirma kun deganda “Alpomiş” dostonini yozib oladi. Şuytib, “Alpomiş”ning yana bir nusxasi qoğozga tuşadi. Kirill va lotin yozuvidagi katta kitob Toştemir aka sözboşisi bilan naşr etildi.
T.Turdiyev şaxsiy arxivida baxşilardan yozib olingan bir qança doston bor. Bundan taşqari, Qarşi davlat universiteti dotsenti Abdumömin Qahhorov bilan hamkorlikda Surxondaryo, Qaşqadaryo baxşilari şajarasini tuzib, “Şajara” degan salmoqligina kitob ham çiqargan. Bu orada neça ön yillik mehnat samarasi bölgan “Surxondaryo xalq qöşiqlari” tumanning “Çağoniyon” gazetasida bir yil davomida bosiladi. Töplamni katta bir elning maʼnaviy suvrati deyiş mumkin.
– “Surxondaryo xalq qöşiqlari” haqida aytmang. E, yiğlab yuboraman. Men şularni töplaşga harakat qildim. Bilasiz, bugungaça ikkitagina viloyat – Farğona, Xorazm xalq qöşiqlari kitob bölib çiqqan. Surxondaryo uçinçi böldi. Endi, aka, bir aqlli odam “Çağoniyon” gazetasi taxlamini kötarsa, kitob şundaygina tayyor turibdi. Mening vaqtim bölmayapti. Buyoği qariçilik… Xudo soğliqni bersa, balki özim çiqararman… Ha, bir gap. Habibulla Ğafur degan şogirdim bor. Şu yozuvçi yigitning otasiga rahmat. “Surxondaryo xalq öyinlari” degan kitob qildi. Şunday jömardlar köpaysin.
Xalq qöşiği ermak emas. U – ötmiş. U – zakiylik. Biz intiq bölgan yuksak maʼnaviyat! Dunyoni ramz va timsollar, betakror obrazlar orqali anglagan xalqning sözga bölgan yuksak ehtiromi. Qani edi, yozayotganlarimiz xalq qöşiqlari tiliday sodda, ravon, serjilo bölsa!
Mungli, iztirobli, hazin qöşiqlar maşaqqatli ötmiş sadosi emasmi? “Men tortgan ğamni ham bir-bir sanasam, Ölik firʼavnlar ketarlar sapçib” degan şoir haq.
Sözlarni ohang va maʼnoga köra mahram qilgan xalq dahosiga tasanno! Mana bu aytişuvga eʼtibor beringda.
YOZI:
Qoşingni qoraligi nildanmidi?
Beling ingiçkaligi qildanmidi?
Çöl yerda kiyik suti emgan Zebom,
Tilingni burroligi şundanmidi?
ZEBO:
Çumçuqlar sayrab qönar tol boşiga,
Yozijon qalpoq kiyar kal boşiga.
Qalpoğin mendan tilab ololmasa,
Suğorsin u otining közyoşiga.
Baxşilar “trend”da bölgan huv, öşa köhna zamonlarda har bir qişloq, ovulning kamida bitta dostonçisi bölgan. Xudo Töxtamişga Qodir şoirni bergan edi. Tongotar töylarni gurillatgan, erkak-ayolning könglini dirillatgan baxşini unutib bölarkanmi? “Ravşan”, “Rustam”, “Malikai Ayyor”, “Avazxon”, “Alpomiş”ga bandi bölgan, örtadagi öt öçsa sözga isingan odamlar osmonda yulduzlar tarqalsa ham tarqalmagan. Ana öşanday sehrli oqşomlar, dömbiraning toriday kalta kunlar yoş Toştemir köngliga anglab bölmas sir soldi. U ham teng-töşlari kabi bir kun Avazxon, bir kun Hakimbek bölib yurgani rost.
Ustoz hamon öşa sirga asir.
Ijodkor tuğilgan makon, şubhasiz, uning kelajak hayotida muhim örin tutadi. Toğli Töxtamiş Toştemir Turdiyevga yetimlik azobiga qöşib bemisl saboq, ulkan hayotiy material tuhfa etdi. Söfi Olloyor, Muhammad Zohid qadamjosi – Vaxşivor etagida joylaşgan, asosan, boğ-roğ, çorva ortidan kun köruvçi bu el ikki uluğ avliyo poyidan yumalagan toşni ham tabarruk biladi.
Nafsilambrini aytganda, el-yurt bilan faxrlanişni Toştemir akadan örganiş kerak. “Yilt” etgan isteʼdodni körsa qöllaşga oşiqadi. “Bilasiz, Denovning öz adabiy muhiti bor va u daqiqiylar zamonidan boşlangan bölsa ajab emas…” deydi u işonç bilan. Bundan ön yil burun T.Turdiyev saʼy-harakati ila “Denov tafakkur çaroğlari” töplami naşr etildi. Kitobda tumanda tuğilib-ösgan qirqdan ziyod ijodkor haqida maʼlumot va asarlardan namunalar berilgan.
Saksonboy gurungi Çağoniyon, Xolçayon, Denov, Qizilsuv-u Budraç bilan boşlanib, arxeolog Edvard Rtveladze, Bahodir Turğunov suhbatiga ulanib ketadi. Respublikamizdagi tuman maʼnaviyat-tarğibot bölimi boşliqlari Toştemir Turdiyevday fidoyi bölganida edi…
Yuqorida zikr etganimizdan taşqari “Eʼtirof va ehtirom”, “Quyoş ardoğidagi yurt” kabi kitoblari ham Toştemir Turdiyevning neça kunlar, oylar va yillar zahmati mahsuli böldi.
Çillada Toşkent qor körmadi hisob. Denovda ham bir-ikki martagina qilamiq – yupqa qor tuşdi. Kaliş kömma qayoqda! Ketiş taraddudidagi Sigir jonivor Yölbars toğdan enadi deb qörqqan, şekilli, Ketmonçopti-yu Kentala, Hisor-u Bobotoğda qor qalin. Töşi oçilib qolgan çöqqilar, şoirlar aytmoqçi, oq yaktakka örangan. Şu keça kunduz Boysun yo Oltinsoy borsangiz toğlar boşiga qaray-qaray telpagini osmonga otib yurganlarni körasiz.
“Tiriklik hamişa taloşli bölur…” deydi taniqli şoir, tarjimon Mirza Kenjabek. Hayot jabhalarida toblangan Toştemir Turdiyev çin maʼnoda oqsoqol. Eldan bölak hayoti yöq olim – filologiya fanlari nomzodi, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimining jaydari xulosasi şu: “Menga yaxşi nom kerak va döstlarning salomatligi…”
Toştemir Turdiyev bugun uluğ yoşda, tabarruk yoşda. Lekin har kuni Denov tuman hokimligida joylaşgan Maʼnaviyat va maʼrifat markazining tuman bölimiga işga keladi. Hammadan oldin. Ixçam işxonasini esa bemalol haqiqiy ziyo maskani desangiz xato bölmaydi: neça ön, yuz kitoblar, deyarli barça gazeta-jurnallarning taxlamlari, taniqli va yoş ijodkorlarning suratlari, albomlari…
Ustoz — yurt kuyçisi. Denov, Surxon, Özbekistonim deya yaşaydi. Bir yaxşi hikmat topsa, yangi gap öqisa yoş boladay quvonib ketadi. Atrofida esa hamişa ijodkorlar, yoş qalamkaşlar. “E uluğim” deb gap boşlaydi — sizga. Könglingizni toğday kötaradi. Agar Toştemir Turdiyev haqida, u kişining hayot yöllari haqida töxtalsak, sözimiz köp uzoq davom etişi muqarrar. Köp yillar Denov tuman hokimining birinçi örinbosari bölib samarali mehnat qilgan, undan söng ham turli masʼuliyatli vazifalarda işlab kelgan Toştemir aka qaysi lavozimda işlasa ham zarra qadar özgarmadi. Umr böyi maʼnaviyat, adabiyot, ijod yöllaridan ayro ketmadi. Şubhasiz u ozoda köngil odami.
Olim TOŞBOYEV,
filologiya fanlari nomzodi,
Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist
