Bosma naşrlarning transformatsiyasi nimalarga boğliq bölib qolmoqda?
Matbuot, ayniqsa, gazetaçilik barça jamiyatlarda axborotdan taşqari madaniyat va sanʼat hamda hukmron mafkuralar, qadriyatlar tarğibotçisi ölaroq nom qozonganiga bir asrdan ança oşdi. Hatto hozir — XXI asrda ham buni birov jiddiy yoki ilmiy jihatdan inkor qilayotgani yöq. Dunyoda “New York times”, “Figaro”…kabi millionlab nusxada çiqadigan gazetalar borki, bular bugungi kunlarimiz “tebranişi”ga ham sezilarli taʼsir ötkazayotganini hammamiz juda yaxşi bilamiz. Biroq taassufki, bizda bugun gazetaçilik bir soha ölaroq “siniş” arafasiga keldi. Bu qanday yuz berdi?
Hozir şunday zamon böldiki, çor tarafni “akademik”lar egallaşdi. Favqulodda xuddi birov atay ekib çiqqanday… Ularning aksariyati ijtimoiy tarmoqlarni hayot haqiqatini aks ettiruvçi boş manba deb bilişadi va ungagina topinişadi.
Garçi iddao nafasi ufurib turgan bölsa-da, bu fikrning haqiqatga dönganiga ança bölgan. Eng yomon tomoni, ular hamma narsaga özlari mansub “iqlim” nuqtai nazaridan yondaşişadi. “Biz barça haqiqatlarning tagiga yetganmiz, boşqa biladigan ilm dunyoda yöq” demoqçi bölişadi.
Misol uçun yaqinda mamlakat taʼlimida “islohot” ötkaziş iddaosi bilan çiqqan döstlarimizni olaylik. Ular “majburiy obuna” degan atamadan şunday olaböji yasaşdiki, obuna böliş, gazeta öqiş degan maʼrifiy maşğulotning mohiyati gunoh va salkam “jinoyat”ga aylanib qoldi, göyo.
Bayroq rosa baland kötarildi. Çunki istak çöng edi… Mening nazarimda, bu ham bir “proyekt” böldi. Bu loyihadan maqsad internetga kuç beriş, odamlarni köproq axborot texnologiyalari orqali band qiliş va pirovardida yangi axborot makonida kattaroq va mömayroq tuşumlarga ega çiqiş edi. Va nihoyat, bu amalga oşdi ham. Xöş, nima özgardi, jamiyat nima yutdi? Nima yutgani oçiq savol. Boy berilayotgan narsa şulki, jamiyat bugun maʼrifat olişda variantsiz qolmoqda. Ha, oçiq tan oliş kerak, bugun boş voizlik internet tarmoqlari qöliga ötdi. Sökişlar, haqoratlar, oldi-qoçdi, qöydi-çiqdi haqidagi miş-mişlarga töla internetdagi milliy lahtagimiz (sigment) bugun boş “tarbiyaçi”ga aylandi. Maʼrifatdan köra köproq jaholat, samimiyatdan köra köproq razolat qaynayotgan bu “qozon” bizga ertaga yana nelarni taqdim etarkan hali?!
Bir zamondan beri maktab darsliklari haqida gapirilmoqda. Darvoqe, ayni borada ahvolimiz endi butun böy-basti bilan ayonlaşdi. Kişi şunday öyga boradiki, bunga öşa boyagi “proyekt”larning ham taʼsiri katta bölgan bölişi ehtimoldan uzoq emas. Çunki maʼrifat göşasi bölgan maktabga gazeta bormay qolgani, u yerlar ham ijtimoiy tarmoqlar tamonidan “işğol” etilganiga ança bölgan.
Maktablarda kitob va darsliklarning örniga nima qoldi?
Odatda katta işlar keng doiralarda qabul qilinadigan qarorlarga asoslanadi. Bizda esa köpinça buning teskarisi böldi. Ayniqsa, taʼlim sohasida. Bir katta mulozim (hozirda sobiq) Xalq taʼlimi sohasiga yangi konsepsiya taqdim etdi. Aniqroği, göyoki taqdim etdi. Unga köra, bolalarga sovet davridan qolgan yodlatiş tamoyili örniga yönaltiruvçi vazifa qöyiş loyihasi, yaʼni öqituvçi öquvçilarni yönaltiradi, bolalar esa kerakli bilimni internetdan xatm qiladi, degan qaraş ilgari surildi.
Ammo bu öta şoşqaloq fikr edi, aslida. Çunki quyidagi oddiygina savolga javob hali yöq edi: Xöş, öquvçi olaylik, ona tili, adabiyotdan, geografiya yoki tarix fanidan bilimni internetning qaysi manbasidan olişi mumkin? Öşa manba hali risoladagiday bormi? Axir yaratilmagan-ku hali! Eʼtibor bering özbek öquvçisining bilimini oşirişi uçun fundamental bilim könikmalari hali internetning özbek sigmentida mutlaqo yetarli emas.
Xöş, özi, umuman, pedagogikaning haftiyagini ham bilmagan bu aʼyon butun bir mamlakat va millat kelajagi uçun dahl qiladigan muhim soha böyiça şunday qaror qabul qilişi qançalik töğri edi? Bu huquqni unga kim bergan? Ming afsuski, heç kim! Demak, sohaning zamonaviy rahbari bilib bilmay aslida öz sohasining rivoji yölida maktab öquvçilarining köp yillik umrini zoye ketkazişga qaror bergan bölib çiqmoqda.
Men gapni uzoqdan olib kelyapman.
Bir narsani tuşuniş kerak, jamiyat quyonçilik yoki tovuqçilik tajribaxonasi emaski, unda turli eksperimentlarni tap tortmay, heç qanday tahlilsiz, asossiz amalga oşirişga kirişilsa. Populizm uçinçi ming yilligimizning muhtaşam va kiboriy epidemiyasi ekanligi bor gap. Ammo bilağonlik butun bir jamiyatning gardanini yağir qiliş hisobiga bölişi kerak emas, menimça. Internetga keragidan ortiq rol beriş, uni miflaştirişga zör beriş, bu borada atrofdagi barça omillarni surib taşlaş evaziga bosma naşrlar ham zarar kördi. Mana, bizga tegişli bölgan joyi!
Endi bevosita gazetalarga qaytamiz
“Majburiy obuna” haqida juda köp gapirildi. Bu örinda biz aniqlik kiritib oladigan bir qança jihatlar bor. Masalan, “majburiy obuna” degani gazetalarni majburlab öqitiş böladigan bölsa, şaxsan men baʼzi naşrlarni hatto majburiy öqitiş siyosatiga ikki qöllab qöşilgan bölar edim. Masalan, “Tafakkur”, “Jahon adabiyoti”, “Şarq yulduzi”, “Saodat”, “Fan va turmuş” singari jurnallarni nafaqat xalq taʼlimi, oliy taʼlimdagi til va adabiyot yönalişidagi har bir muallim yoki pedagog, balki özini ziyoli sanagan harbiy, muhandis, vraç, matematik, texnik qöyingki, barça öqişi majburiy bölişi lozim. Nimagaki, örta taʼlimning özi majburiy bu — birinçidan. Ikkinçidan, millatning intellektini yozma adabiyotlar şakllantirişini ilm-fan allaqaçon isbotlagan. Va bu strategik masala bölib qolaverişi şart!
Masalaga şu jihatdan yondaşadigan bölsak, yana şaxsan “Maʼrifat” gazetasini xalq taʼlimi tizimidagi har bir maktabga kamida 5-10 tadan majburiy yetkazişni yölga qöyilişi şart, deb öylayman.
Nega? Çunki buning örnini bosa oladigan muqobil bosma naşr hozirda yöq!
Internet, ijtimoiy tarmoqning vazifasi, yöli boşqa! Layk yiğib “obrö” topiş mumkindir, ammo bilim olib ham, tarqatib ham bölmaydi. Savodni oşirişga xizmat qilmaydi baribir bu.
Endi bosma naşrlarning ikkinçi oğriqli nuqtasiga ötaylik. “Ishonch” gazetasi şu yilning ötgan töqqiz oyi davomida önlab tanqidiy çiqiş qildi. Moliya vazirligiga, Iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligiga, Markaziy bankka va boşqa katta idoralarga köpçilikni qiziqtirib, qiynab kelayotgan, baʼzida öta mantiqsiz köringan masalalar böyiça köplab savollar yölladi. Ammo natija nima böldi? Önlab tanqidiy materiallarga bironta jöyali javob ololmayapmiz.
Gohida katta-katta vazirliklar, boobrö mulozimlar FBda çiqqan siçqonning quloğiday murojaatga ham eʼtibor qilişadi. Markaziy naşrlarda çiqqan sahifa-sahifa muammoli maqolalarni öqib ham körmaydi. Bu nimadan darak beradi? Bu tizimlarimizda muvozanatning yöqolganidan, oçiqroği, masalalar çalkaştirib taşlanganidan darak beradi. Mana, qarang-da, baʼzi bir katta aʼyonlarimiz masalan, dunyoning bir burçagida ötirib fitna tarqatayotgan kimsaning yolğon-yaşiq xabari bilan hisoblaşadi, lekin davlat muassisligida bölgan öz gazetasidagi mulohazaga eʼtibor ham bermaydi. Buni qanday tuşuniş mumkin?
Bir zamon Toşkent şahar hokimligida axborot xizmati rahbari bölib işlaganman, töğri, u paytlarda tanqid köp emas edi, ammo savol yetarli edi. Baʼzida rahbarning qabul qilgan qarorlariga mantiqli javob berişga qiynalardik, ammo topardik öşa mantiqli javob beriş çorasini. Çunki poytaxt hokimligida mantiqsizlik bölişi uyat hisoblanar edi biz uçun. Xöş, hozir-çi? Ayting, mana darsliklardan-da strategikroq bölgan yana qanday masala bor?
Bu fikrlarni öylab şunday xulosaga kelamanki, soatlarimiz millarini töğrilab oladigan vaqt allaqaçon kelgan. Agar vazirlik va hokimliklar davlat va jamoat idoralari öz sohasiga taalluqli işlarga, matbuotning munosabatiga quloq solmas ekan, matbuotning roli, uning yaşab qolişi haqida gapirişimiz bizningça, ortiqça.
Ikkinçi yana bir oğriqli masala: Bugun bosma naşrlar malakali mutaxassislarni saqlab qololmayapti. Ötgan ikki yil içida “Ishonch” gazetasi uç-tört nafar navqiron, qalami çarxlanib tayyor bölgan kadrni “uzatma” qildi. Qayerga deng? Axborot xizmatlariga. Bittasi Andijon viloyat sudining axborot xizmatiga 10 million sömdan köproq maoş evaziga ötib ketdi… Tuşuning, “Ishonch” balkim eng katta maoş beradigan tahririyat emasdir, ammo tahririyatlar orasida eng katta oylik beradigan uçlikdan pastda emas. Men qolganlarning ahvolini tasavvur qilyapman.
Xöş, bu holatdan jamiyat yutyaptimi? Albatta, yöq. Bugun axborot xizmatlarida jurnalistikadan bexabar demayman-u, ammo ikki qator matn yozişni tuzukroq eplolmaydigan hamkasblarimiz yetarli, balki axborot xizmati degan “proyekt”ni rostanam jurnalistikadan xoli qilib qayta körib çiqarmiz? U aslida sohani kuçsizlantirişga xizmat qilyaptiku…
Eng asosiy masala esa bu — OAVga bölgan munosabat özgarişi kerakligi. Bugun matbuotda çiqayotgan juda köplab mavzular rahbarlarimizga aslida tayyor “şpargalka”. Mutasaddilar kuçli kadrlardan qörqişni bas qilib, zamon bilan barobar fikrlaşga ötişi kerak. Buning uçun esa, sal matbuotga ham quloq tutiş lozim. Baʼzida soha mutaxassislari jurnalistlarning sohani ulardan yaxşiroq tuşunişiga duç kelib qolişayotganiga guvoh bölyapmiz. Bunaqada mamlakat, soha qanday qilib rivojlanişi mumkin?
Men bu gaplarni jamiyat matbuotdan voz keçişga şoşmasligi kerakligini taʼkidlaş niyatida aytyapman.
Yaqinda Turkiya va Rossiya Federasiyasida xizmat safarida böldim. Aksariyat yemakxonalarda gazetalar taxlab qöyilgan. Asosan bepul taqdim etilyapti. Gazetalarni varaqlayman. Bir qaraşda ularning na dizayni va na mazmun-mundarijasida bizni “qoyil” qoldiradigan möʼjiza yöqdek. Ammo muhimi, davlat va jamiyat şu naşrlarni bepul tarqatyapti. Çunki, davlat uning özi olib borayotgan siyosatga xizmat qilayotganini anglamoqda. Aytiş kerak, tan oliş kerakki, bu juda muhim masala.
Transformatsiya esa bosqiçma-bosqiç, özaro hamjihatlikda amalga oşişi mumkin. Uni hovliqib, şoşma-şoşarlik bilan tadbiq etib bölmaydi.
Yuqoridagi fikrlar — şaxsiy mulohazalarim, albatta.
Husan ERMATOV,
“Ishonch” va “Ishonch-Doveriye”
gazetalari Boş muharriri
