Yöl bering, özbeklar kelyapti!
2022 yilning noyabri özbek kinosi uçun “festivallar, eʼtiroflar, eʼtiborlar” oyi böldi desak mubolağa bölmaydi. Kinoijodkorlarimizning festivallar böylab “şonli” yurişlari oy boşidan boşlandi. 30 kişidan iborat Özbekiston kinematografiya agentligi boşçiligidagi özbek kinosi delegatsiyasi 1-5 noyabr kunlari Turkiyaning Bursa şahrida bölib ötgan turkiy davlatlarning 2-xalqaro “Qörqut ota” festivalida iştirok etdi.
Ikkinçi marta ötkazilayotgan “Qörqut ota” kinofestivali doirasida bir neça xalqaro ahamiyatga molik tadbirlar bölib ötdi. Ularning eng asosiysi, turkiy tilda sözlaşuvçi 17 davlatdan taşrif buyurgan kinoijodkorlarning sammiti taşkil etilgani böldi. Unda özaro hamkorlik, kelajakdagi istiqbol haqida söz yuritildi hamda kinoijodkorlar hamkorlik uçun taklif etilayotgan öz loyihalari pitçingini taqdim etişdi. Özbek kinematograflari turkiy tilda sözlaşuvçi xalqlarning milliy qahramoni Xöja Nasriddin haqidagi 16 qismdan iborat animatsion film loyihasini sammitda birinçi bölib loyiha prodyusseri, muallif va rejissyor Timur Bekmanbetov taqdim qildi.
“Qörqut ota” turkiy xalqlar kinofestivali doirasida 4 noyabr kuni “Özbekiston kinosi kunlari” juda yorqin va kötarinki kayfiyatda ötkazildi. Kuy-qöşiq, raqslar bilan uyğunlaşgan uşbu tadbir yakunida hujjatli kino rejissyori Şuhrat Mahmudovning “Matonat” filmi taqdim etildi. Qolaversa, “Özbek kinosi kunlari” doirasida hamyurtlarimiz özbek milliy taomlari imkoniyatlarini ham namoyon etişdi. Tadbir mehmonlariga özbek oşi tarqatildi.
Festivalga 17 ta davlatdan uç yuzdan ortiq kinoijodkorlar taşrif buyurdi. Xalqaro anjumanda Turkiyadan taşqari Qozoğiston, Özbekiston, Qirğiziston, Ozarbayjon, Turkmaniston, Vengriya va Şimoliy Kipr kabi davlatlardan kino ustalari iştirok etdi. 57 ta film ikki yönalişda ğoliblik uçun raqobatlaşdi. Ular orasida özbek kinoijodkorlarining ikkita kartinasi ham bölib, ular yurtimizga katta sovrin bilan qaytişdi. Kinorejissyor Dilmurod Masaidovning “Ayol qismati” badiiy filmi hamda Furqat Usmonovning “Inson” köp qismli hujjatli filmi Gran-priga loyiq topildi. “Eng yaxşi hujjatli film” nominatsiyasi böyiça “Inson” hujjatli filmi Gran-pri bilan mukofotlandi.
Şuningdek, Özbekistonda xizmat körsatgan artist Raʼno Şodiyeva hamda aktrisa Yulduz Rajabova “Turkiy xalqlar birdamligi hamda hamdöstligiga qöşgan hissasi uçun” “TURKSOY” xalqaro mukofotiga munosib körildilar.
Festival doirasida “Eng kreativ qisqa metrajli film suratga olgani uçun” VGIK talabalari Akmal Abidjanov va Saidaʼloxon Maʼsudxonovlar festivalning esdalik kökrak nişoni bilan taqdirlandilar.
7-11 noyabr kunlari esa kino ijodkorlarimiz “Özbekiston Milliy kinematografiya agentligi” boş direktori Firdavs Abduxoliqov boşçiligida Belarus poytaxtida bölib ötgan “Listapad” xalqaro kinofestivalida iştirok etişdi. Uşbu kinofestival ham mamlakatimizda kinosanʼati va sanoatiga berilayotgan eʼtibor va imkoniyatlar töğri yönaltirilganini, agentlik rahbariyati tizimni töğri taşkil qilganini yana bir bor isbotladi. Uşbu festivalda Özbekiston Kinoarboblari ijodiy uyuşmasi aʼzosi, Davlat mukofoti sovrindori, kinorejissyor Şuhrat Mahmudovning “Matonat” hujjatli filmi navbatdagi mukofotni qölga kiritdi. Film “Listapad” xalqaro kinofestivalining “Eng yaxşi rejissyorlik işi uçun” nominatsiyasida ğolib deb topildi. Şuningdek, kinofestivalda Özbekiston Kinoarboblari ijodiy uyuşmasining yana ikki aʼzosi, kinorejissyor Dilmurod Masaidovning “Ayol qismati” badiiy filmi “Insonparvarlik va umuminsoniy qadriyatlar mavzusining dolzarbligi uçun” maxsus mukofoti bilan, kinorejissyor Akrom Şahnazarovning “101 reys” badiiy filmi esa “Kino tili – döstlik tili” maxsus mukofotlari bilan taqdirlanişdi. Qolaversa, MDH davlatlari kinematograflarining işçi yiğilişida Özbekiston Kinematografiya agentligi boş direktori Firdavs Abduxoliqov MDH Ijroiya qömitasining “MDHga aʼzo davlatlar kinematografiya sohasidagi hamkorligini rivojlantirişga qöşgan hissasi uçun” maxsus diplomi bilan taqdirlandi.
Eʼtirof etiş joiz albatta. Yurtimizda özbek kinosiga, kinosanʼatiga eʼtibor va ğamxörlik bois, mamlakatimiz kinosanoati yuksaliş sari qadam qöymoqda. Haqli ravişda özbek kinofilmlari jahonda tan olinmoqda. Bu nimadan dalolat beradi? Şak-şubhasiz, afsonaviy özbek kinosiga dunyo yana tan bermoqda. Maşhur sanʼat koşonalarida “Yöl bering, özbeklar kelyapti!” degan hayqiriqlar, eʼtiroflar juda quvonçli!
Şohira HAMRO
