Germaniyada o'qigan qirq to'qqiz talaba
XX asrning boshida millatimiz namoyandalari xalqimizni zamon talabidagi mutaxassislar bilan ta'minlash maqsadida mahalliy yigit-qizlarni xorijga o'qishga yuborish uchun katta ishlarni amalga oshirdilar. Ammo imperiyaning qulashi va uning o'rniga bolsheviklarning kelishi bu ezgu ishni to'xtatib qo'ymoqchi bo'ldi. Biroq millatimizning jonkuyar namoyandalari buning ilojini topishgan. Turkiston va yosh Buxoro jumhuriyati hukumat a'zolarining o'zaro kelishuvi bilan masala ijobiy hal etildi.
Buxoro Xalq Jumhuriyati hukumati 1922-1923 yillarda mahalliy yoshlardan turli sohalarda mutaxassislar yetishtirmoq uchun Turkiston va Buxoro hududida yashovchi o'zbek, qozoq, turkman, tatar, yahudiy bolalaridan iborat bir guruhni Germaniyaga o'qishga yubordi. Bu to'g'rida ko'p yozildi. (Sherali Turdiyevning “Ular Germaniyada o'qigan edilar” kitobini eslash kifoya). Biroq bu Germaniyada o'qigan talabalarning nomi to'liq tiklandi degani emas. Sababi o'qishga 70 nafar talaba yuborilgan. Hozircha ulardan 63 nafarining nomi aniqlandi. Quyida e'lon qilinayotgan hujjatda 49 talabaning nomi va o'qishi haqida ixcham ma'lumot berilgan. Hujjatning qimmatli tomoni shundaki, barcha tavsiflarni bevosita yosh respublika Maorif nozirligining Germaniyadagi Maorif komissiyasi raisi Olimjon Idrisiy (1880-1957)ning o'zi 1923 yil 8 noyabrda yozgan va Berlindan nozirlikka yuborgan. Ushbu hujjatda faoliyati o'rganilmagan talaygina talabalarning nomini uchratamiz. Bundan tashqari, talabalarning salomatligi, iqlimga moslashuvi, zehniyati, ularni oliy ta'limga tayyorlash jarayoni haqida qimmatli ma'lumotlar berilganki, bu tadqiqotchi uchun mo''tabar manbadir.
Afsuski, Turkiston talabalarini Germaniyada o'qib kuchli mutaxassis bo'lishini xohlamagan sho'ro hukumati ularni ortga qaytarish uchun 1924 yilda SAKU rektori G.Meerzonni RKP MKning maxsus topshirig'i bilan Berlinga safarbar etadi. Meerzonning Buxoro Xalq Respublikasi Maorif noziri Muso Saidjonovga yuborgan xati shu jihatdan e'tiborga molik. Xatni to'liq keltiramiz:
“Buxoro respublikasi xalq maorif noziri o'rt. Saidjonovga.
Hurmatli o'rtoq!
Nihoyat faqat bugungina men Moskvadan Berlinga jo'nayapman. Men Toshkentdan 10 iyulda chiqib, Moskvaga 15 iyulda yetib keldim. Bir kundan so'ng safar uchun RKP MKdan kerakli hujjatlarni, shuningdek xorijga chiqish uchun pasportni ham tezda oldim, ammo Germaniyadan viza olish masalasiga kelganda bu yerda sansolarlik boshlandi. Germaniyaliklar uch haftaga yaqin pasportni siljitishmadi va faqat Narkomindel aralashgandan keyingina kecha Germaniya vizasini olishga erishdim. Bugun yo'lga tushyapman.
Men bu yerda o'rt. Fayzulla Xo'jayev bilan uchrashdim, u menga boshqa mandat berdi. Vakolatli vakolatxona bu haqda sizni ogohlantirgan bo'lsa kerak. Men bu yerda turgan paytimda Narkomindel Simmermandan ikkita xat oldim. U o'z xatida o'quvchilar haqida ayrim ma'lumotlarni xabar qilib, ta'tili tugagan bo'lsa-da, hozircha yana bir oz muddat Berlinda qolishi mumkinligini, ammo buning uchun oz-moz pul kerakligini(100-120 dollar ya'ni 20 chervonesga yaqin) aytgan.
Bu iyulning boshida bo'lib, men o'sha vaqtda ketishim kerak edi, shu bois Narkomindel men Berlinga borgunimcha u kutib turishini va Berlindagi elchixona uni moddiy jihatdan quvvatlab turishi haqida telegraf qoqildi.
Shunday qilib, Simmerman(xonim S.A.) Berlinda o'tiribdi va mening Berlinga borishimni kutmoqda. Yetib borgach, elchixona unga mening borishimgacha muddatga to'lagan pulni to'lashim kerak bo'ladi.
Uni Berlinda ushlab tura olmayman. Men yetib borgach, bir necha kundan keyin qaytib ketishi mumkin.
Endi sizga quyidagi xarakterdagi iltimosimni ma'lum qilaman. Menga RKP MK O'rta Osiyo byurosi tomonidan berilgan ta'til 10 avgustda tugaydi, men bo'lsam 19 iyulgacha ushlanib qolaman, Sredazbyurodan ta'tilni 30 avgustgacha, ya'ni yana 20 kunga cho'zishda yordam berishingizni iltimos qilaman. Aks holda menga topshirilgan vazifani bajara olmayman.
Iltimosnomani telegraf orqali yuborib, safar Buxrespublika uchun muhimligini ko'rsatish kerak va menga ham telegraf orqali ma'lum qilishingizni so'rayman.
Berlinga kelishim bilanoq Sizga manzilimni ma'lum qilaman.
Kommunistik salom bilan G.Meerzon”.
RKP(b) MK va Sredazbyuro vakili sifatida turkistonlik talabalarni orqaga qaytarmoqchi bo'lgan G. Meerzon topshiriqni bajara olmaydi. O'zbek talabalari bilan bo'lgan uchrashuv chog'ida uning so'zidan norozi bo'lgan talaba — Ahmad Shakuriy uning qulog'i ostidan bir o'q uzib tovushini o'chiradi. Meerzon xafsalasi pir bo'lib topshiriqni bajara olmay ortga qaytadi. Yuqoridagi maktub esa uning RKP MKdan maxsus topshiriq olib, Berlinga maxsus vazifani bajarish uchun borgani muhimdir.
Muso Saidjonov esa ushbu xatni olgach, 1924 yil 18 iyulda Sredazbyuro rahbariyatiga xat yozib, ogohlantirgan. Ammo pul masalasida bir so'z demagan.
Sodir etilgan voqealar talabalarni siyosiy hushyor torttirgan. Shuning oqibatida talabalar o'rtasida bo'linish paydo bo'lgan. Vatanga qaytgan talabalarning fojiali taqdiri ularning shubhasini har jihatdan oshirgan va Vatanga qaytib nobud bo'lishdan asrab qolgan. Qizil imperiyaning xalqimizga jinoyatkorona munosabati tufayli millat bolalarini xorijda ta'lim olishi uzoq muddat to'xtab qoldi. Biz o'quvchilar e'tiboriga havola etayotgan hujjat bobolarimiz jasorati va talabalarning fidoyiligidan bir namuna. (Hujjatlar turkcha shevada yozilgani bois o'zgarish kiritilmadi).
Nashrga tayyorlovchi:
Sirojiddin AHMAD
Buxoro Xalq Sho'rolar Jumhuriyatining Berlin, den 8/11-1923
Olmoniyadagi maorif vakili
Delegation der Bucharishen Republik
In Kultusangelenheiten-Deutschland- № 1
Buxoro Xalq Sho'rolar Jumhuriyatining xalq maorif nazoratig'a
Shigirdlar haqinda loyiha
I
- Vafojon Cho'liboy, Bu yetti talaba oktyabrdan beri Berlinda mutaadad
- Ahmad Naim Hakim, muallim va murabbiy oilalarinda iqomat ediyur-
- Afzal Ahmadjon, lar. Bir gruppa tashkil edarak mutaxassis bir
- Vali Qayum, lison muallimindan har kun ikki soat olmoncha
- Sattor Jabbor, o'rganurlar. Olmon oilalarinda o'turdiqlarindan
- Olimjon Qodir, amaliy tarzda iyyi taraqqiy etiyurlar. Bu bila
- Bahoiddin Amin. davom etdigi taqdirda maysa qadar maktaba kira
bilajak darajada lison o'rganajaklar. Vafojon,
Naim, Afzal va Bahoiddin qabiliyatlilari. Vali
Qayum ila Sattor Jabbor unlardan so'ng. Olimjon
Qodir esa uchunchi darajada tursada ijtihod jiha-
tindan avvalgilarindan oshmi o'ldig'indan sinfi
barobar ta'qib eda bilur.
- Ahmad Shakuriy. 55 kun xastaxonada qolmaya majbur o'ldi. Eski bez
gak xastaligindan maoda digar ovrulardada mub-
talo o'ldig'indan qorninda amaliyoti jarrohiya
edildi. E'tiborli bir qarov natijasinda bir
daraja iyyilishdi. Shemdi xususiy bir mualim-
dan olmoncha dars oliyur. Dorulfunundagi olmon-
cha lison darsinda davom ediyur. Favqulodda zakiy
daho esa-da cho'q ijtihodli va u qadarda asabiy xas
tadir. Moysa qadar maktabg'a kira bilajak daraja-
da til o'rganajakdir.
- Saidali Usmon. Oktyabrdan beri Berlinda, iyyi bir pansionda
iqomat va oliy muhandis maktabinda davom etayur.
Muvaffaqiyatla imtihon berib oliy muhandis mak-
tabina asli talaba o'lurliq qabul o'lundi. Zakiy va
cholishqon bir shogird o'lub, xususiy bir muallim-
dan lison va digarlarindan riyoziyot darsida
o'qiyur.Eski bezgak xastalig'i avdat bo'lg'onidan 20
kun xastaxonada qoldi.
II
- Shamsulbanot Asharot. Maskav dorulfununing tibbiya shu'basi talabala-
rindan o'lub, oktyabr o'n beshindan beri Berlinda.
iyyi bir do'qtur oilasinda iqomat va dorulfunun
tibbiya shu'basina talaba o'laroq davom ediyur.
Olmoncha ila barobar o'qudug'i fanlarida bik iyyi
bildigindan kamoli muvaffaqiyat ila imtihon be-
rub dorulfununa kirdi. Mukomil uchun xususiy
bir muallimdan lison darsi oliyur.
- Gulsum Muzaffar. Oktyabr boshindan beri Berlinda. Iyyi bir olmon
oilasinda o'tiriyur. Xususiy bir muallim va
dorulfunundagi lison shu'basina davom edarak
olmoncha o'rganiyur. O'ldiqcha zakiy va qobiliyatli
bir qiz o'lub bo'yla kedirsa maysada orzu ayladigi
ta'lim-tarbiya maktabina bilimtihon kira bila
jakdir.
- Omonulla Nusratulla, Bu yetti talabaning har birsi Berlinda oyri
- Sadriddin Ziyoiddin, muallim va murabbiy oilalarinda iqomat
- Qavomiddin Kiromiddin, edayurlar. Mushtarigo xususiy bir muallim-
- Azizjon Alixo'ja, dan har kun ikki soat dars oliyurlar. O'turdu
- Homidjon Samadjon, qilari oila afrodila har zamon qo'nusharoq
- Abdurahim Abdulvohid, ilmiy tarzda lison o'graniyurlar. Bunlar-
- Abror Rashid. dan Abdurahim, Qavomiddin, Azizjon(faqat
buning ijtimoiy bir oz o'ksik) birinchi dara-
ja zakiy va muttaadad shogirdlar bo'lub, digar-
lari esa ikkinchi darajadadirlar. Bilxossa
Omonulla Nusratulla xiyli zaifdir. Buxoro-
dagi eski tib ham varajalari iqlimning dagish-
masida buroda u'dat etdigundan bunlarning
hepsida 1-4 hafta xastaxonada yotmoqqa maj-
bur bo'ldilar. Mutaxassis do'qtur va profes-
surlarning diqqatli qarovlari natijasida
xepsida tuzalmishlar.
19.Mahmudiy Xo'ja, Bu o'n talabaning hepsida tib daraja yosh ham
20.Mishoil Ibrohim, qon ozlig'i xastaliqlarina mubtalo o'ldiqla-
- Mahmudjon Avazjon, rindan 2 va 3 hafta xastaxonada qadori o'luna 22. Rahmatjon, roq kasb ofiyat etdilar. Shemdigi holda Ber
- Ne'matulla Amin, linda oyri-oyri oilalarda iqomat ediyurlar va
- Solihxo'ja Homidxo'ja, hepsi birlikda xususiy bir muallimdan har kun 25. Asomiddin Aloviddin, ikki soat lison o'grandikdan so'ngra intisob eda
- Usmon Omon, jaklari misollarga ko'ra maktablara kuzyi' o'lu
- Abdulla Po'lat, najaklardir. Bunlardan Mahmudiy Xo'ja, Usmon
- G'iyosiddin Salohiddin. Omon, Asomiddin, Solihxo'ja, Muhammadjon va
Rahmat jon cho'q zakiy; Mishoil ila Ismatilla
Amin o'rta darajada o'lub Abdulla Po'lat esa
xiyla zaif oz qobiliyatli shogirlardir.
Faqat o'ldiqcha ijtihod etdigindan shemdiya qa
dar digarlar bila barobar davom eda bildi
sa-da fima ba'd gendisina bir muallim tutila jakdir. Shemdi ikki holda bir tarafdan
digarlari ila barobar sinifa davom ediyur,
digar tarafdan esa bir maxsus
muallimdan dars o'rganiyur.
- Abror Asror, O'n yasharlik bu to'rt kichik shogirdlarimizda
- Abdurashid Abdulvohid, Berlinda oyri-oyri oilalarda o'tiriyurlar
- Xolmurod Xoji, va har kun o'nga qadar xususiy bir murabbiya-
- Iskandar Chori. ning taxta nazoratinda o'yniyurlar, o'qiyub yoz-
maya o'graniyurlar. Bulardan avvalgi ikkisi
1 va 4 hafta xastaxonada qoldilar, digar vaqt-
larda esa oilaning jujuqlari kabi o'z tarbiya-
chilari ostinda bo'lniyurlar va digarlarindan
daho chobuk lison o'rganiyurlar. Avvalgi ikkisi
cho'q va so'ngg'i ikkisi oz qobiliyatli va duvarti
sada xasbul sabotda chobqin talabalarimizdan.
- Ataullo Sadriddin, Bunlardan avvalgi ikkisi oktyabrdan, so'ngg'i
- Abdulla Abdurahim, uchunchisi esa dekabr boshindan e'tiboran Ber-
- Jo'ra Xalil, lindan uch soatlik masofada Drezden shahrinda
- Safar Hakim, oyri muallim va murabbiy oilalarinda o'tiriyur
- Hamroh Abdulla. va har biri oyri bir xususiy muallimdan dars
oliyurlar. Bunlardan Ataullo Sadriddin va
Abdulla Abdurahim afandilar birinchi daraj-
da cholishqon va zakiy shogirdalimizdan o'lub,
so'ngg'i uchinchisi favqulodda zakiy duttiklar
esada sa'y va ijtihodlari yanada o'ldig'indan
lisoncha iyyi taraqqiy etmadikalari faqat bu
so'ngg'i ikkisi uzun muddat xastaxonada qolma-
ga majbur o'ldiqlarindan biltab' o'quvlari
xeyli sukundor o'ldi.
III
- Abdulla Badi', Bunlardan Abdulla Badi' ila Ne'mat Nazrullo
- Ne'mat Nazrullo, dan boshqasi dekabr birisindan beri, bu ikkisi
- Nor Murod, esa yanvar o'n beshindan e'tibora Berlindan yarim
- Ochil Boqi Muqim, soatlik masofada Xermdorf nom bir ko'ydagi ju-
- Hazratqul, juqlar yurdinda iqomat ediyurlar va tarbiya o'lni-
- Beshim Solih, yurlar. Hepisi birlikda xususiy bir muallimdan
- Jo'raqul Hamroh lison darsi oliyur. Va ko'yning gimnaziyasinda jim
- Beknazar Abdulla, nastiq darslarini davom ettiriyurlar. Iqomat et-
- Rahimqul Ro'zi. diklari yurtda bir cho'q olmon bolalari ila bir-
likda bo'lindiqlarindan har naqadar kendi orala-
rinda turkcha qo'nishiyursalarda lisoni amaliy
o'laroq o'rganiyurlar va iyyi taraqqiy go'stariyur-
lar. Bunlardan Normurod, Beknazar Abdulla, Jo'ra
qul Hamroh, Rahimqul Ro'zidan boshqalari eski
xastaliklari do'layila 2 va 8 hafta xastaxonada
qolmaya majbur o'ldiqlarindan tahsillari tabiiy
o'laroq to'qtarg'a o'g'radi. Bilxossa Abdulla ila
Ne'mat shu oyning o'n beshina qadar xastaxonada
bo'lindiqlarindan digar orqadoshlarina nisba'ai
lison jihatindan daho zaifdirlar. Oralarindan
Ochil Boqi Muqim, Rahimqul Ro'zi, Ne'mat Nazrul-
lo mutaaddad va zakiy talabalar o'lub qolanlari
esa o'rta darajaning oz favqindadirlar. Ma'o fo-
fiya hepsida chobuk til o'granmak uchun zavq va ishta-
ha ila cholishiyurlar.
47.Gulsum Rahim. Qolmamish talaba yerina qabul o'lunon shogird-
larimizdan o'lon Gulsum xonim Rusiya va Turkiya
maktablarinda tahsildan so'ng 1917 sanasidan
beri Olmoniyada va olmon Drezden shahrindagi
dorulmuallimotlardan birinda tahsil etmakka
bo'lunon zakiy cholishqon bir qizdir. Olmonchayi
pek iyyi biliyur va maktabnida kelajak sana
bitiriyur.
48.Ruqiya Rahim. Gulsumning hamshirasi o'lyub kelmayan bir shogird-
ning o'rnina qo'missiyunning qarori ila olinan uch
shogirdning birisi o'lub 1917 sanasidan beri
Olmoniyada valyavm Drezden gimnaziyalarindan
birinda tahsil ediyur. Cho'q zakiy va cholishqon
bir qiz o'lub ikki sana so'ngra gimnaziyani
bitirib dorulfunun tibbiya shu'basina
kirajakdir.
49.Bilol Tuhfatullo. Kelmayan Ibrohimning yerina qabul o'lunon uchinchi
shogirddir. A'dodiy tahsilini Istanbulda
ba'dal kamol o'n sakkizinchi sanada buroya kelub
oliy muhandis maktabina kirdi. Cho'q zakiy va u
nisbatda cholishqon bir shogirddir. Gulsum
Ruqiya xonim, Bilol afandilarning har biri
olmonchadan maoda turkcha va fransuzcha tillar-
nida iyyi bilurlar. Gendilarning Buxoro uchun
xidmati nofe'a ma'muldir.
Buxoro jumhuriyatining Olmoniyadagi
Maorif qo'missiyuni raisi: O.Idrisiy (imzo)
A'zosi: (imzo)