Tamaddunlar çorrahasi

Turkiya safaridan bir şingil taassurot

 

Özbekiston va Turkiyani bir neça ming çaqirimlik masofa ajratadi. Juğrofiy çegaralarga qaramay, dili va tili muştarak ikki mamlakat örtasidagi robita kun sayin mustahkamlanmoqda. Bunda özaro bordi-keldining alohida örni bor. Turkiya madaniyat va turizm vazirligi taşkil qilgan press-turda qatnaşib, qardoş ölkaning yangi qirralarini kaşf etdik.

Turkiya önga yaqin qadimiy saltanatlarga oid osori-atiqalar, meʼmoriy obidalar va boy tarixiy merosga ega. Sohillarini Örtayer, Egey, Qora va Marmar dengizlari yuvib turgan maʼmur kentlar, gözal qasabalar sayyohlarni ohanrabo kabi öziga tortadi.

Ilk manzilimiz Bolu viloya­tining Mudurnu şahri böldi. Antik davr muarrixi Strabon Mudurnu ğoyat qulay juğrofiy hududda joylaşgani haqida yozgan. Toğ bağrida, daryo böyida barpo etilgan kent 1307 yilda Usmoniylar davlati tarkibiga ötkazilgan.

Şahardagi 180 ga yaqin tarixiy obida YUNESKOning Butunjahon madaniy meros röyxatiga kiritilgan. Jumladan, sulton Boyazid Yildirim (1389–1402) qurdirgan jomeʼ masjid meʼmoriy durdonalar sirasiga kiradi. Salkam 640 yillik tarixga ega cajdagoh hali-hamon uluğvorligini yöqotmagan.

Azaldan tujjorlik bilan maşğul mahalliy xalq odam­oxun, kirişimli va seriltifot ekaniga guvoh böldik. Şaharda ajib bir muhit hukmron. Bir tomonda gazmolçi, attor, vofuruş va baqqollar qöli-qöliga tegmay savdo qilayotir. Ikkinçi tomonda möysafidlar qahvaxörlik qilib ötiribdi. Boşqa bir tomonda – sargu­zaştsevar sayyohlar… Azon sadosi yangraşi bilan esa barça yumuşini bir çetga surib jomeʼ tomon oşiqadi.

Abant köli Boludagi sayyoh qadami uzilmaydigan maskanlar sirasiga kiradi. Köl va unga yondoş hududlar – jami 1200 gektarga yaqin maydon milliy park sifatida davlat muhofazasiga olingan. Hayvonot va nabotot olamiga zarar yetkazganlar ayovsiz jazolanadi.

Dengiz sathidan 1328 metr balandda hosil bölgan çuçuk suvli köl musavvir sifatli Zotning betakror möʼjizasidir. Girdogirdi baland toğ va qalin örmonzor bilan öralgan havza tört faslda sayyohlarni öz bağriga çorlaydi. Xazonrezgi mavsum ekaniga qaramay, köl atrofidagi qönoqxona va dam oliş maskanlari gavjum. Şovqin-surondan xoli tabiat maskani megapolislarning serğalva hayotidan zada bölganlar uçun maqbulu manzur joy!

Sölim göşa bilan tanişuvdan söng Karabuk viloyati hududidagi qadimiy Adrianapolis şahriga otlandik. Oynadek tekis yöllardan yurar ekansiz, safar maşaqqati ham sezilmaydi. Ajabki, şahar markazida ham, çekka qasabada ham yöllar birdek ravon. Şahar-tumanlar orasida, har ön-yigirma çaqirimda şinam karvonsaroyga duç kelasiz. Qönalğalarda bir muddat töxtab, avtoulovga yonilği quyiş, tamaddi qiliş, dam oliş mumkin.

Qadimiy Adrianapolisdagi arxeologik qazişmalarda Ellin, Rim hamda Vizantiya davriga oid favqulodda qimmatli artefaktlar topilgan. Xususan, nasroniy ibodatxonalari, hammomlar, mudofaa inşootlari, qalʼa devori qoldiqlari hudud öz davrida taraqqiyot beşigi bölganidan dalolat beradi. Olimlarning aytişiça, şaharga 5500 yil avval asos solingan.

Hududda bir neça yildan beri tadqiqot olib borayotgan Karabuk universiteti arxeologlarining öz işiga muhabbati, tarixga ehtiromi diqqatimizni tortdi. Har bir toş, har bir parçani köz qoraçiğidek asrab-avaylab, moziy haqiqatini tiklaşga urinmoqda ular. Yer ostida hali oçilmagan dafinalar bisyor. Adrianapolisdagi arxeologik izlanişlar tarixning köp­lab jumboqlariga oydinlik kiritsa, ajab emas.

Safar davomida bizga hamrohlik qilgan Ahmad Mumjining bilimi, dunyo­qaraşiga qoyil qoldik. Tarixiy obidalar, mahalliy urf-odatlardan tortib har bir muzofotning pazandalik sanʼatiga qadar – barça sohalarni miridan–sirigaça örgangan. Demak, turizm taraqqiy etmoği uçun professional gid, mohir yölboşlovçilar ham tayyorlaş lozim ekan.

Galdagi manzilimiz — Homerning maşhur “Iliada” dostonida yodga olingan Paflagoniya yurti – Safranbolu şahri böldi. Şarqu Ğarb çorrahasida barpo etilgan şaharlar — Lidiya, Fors, Ellin, Rim, Vizantiya Usmoniylar davlati tasarrufida bölgan.

Vaqtning beayov sinovlaridan omon çiqqan obidalarni hisoblayman deb sanoqdan adaşasiz! Ayniqsa, qoyalar bağrida bunyod etilgan köp asrlik imoratlarni körib, beixtiyor usta-meʼmorlar mahoratiga tahsin aytasiz. Gugurt qutilaridek qalaşgan xonadonlar – “Onadöli uylari” ayriça salobat bağişlaydi. Eʼtiborga molik jihati, muhofazaga olingan hududda nainki yangi inşoot quriş, tarixiy binolarning biror ğişti örnini ham ruxsatsiz özgartiriş taqiqlanadi. Çunki Safranboluning eski şahar qismi 1994 yilda YUNESKO Butunjahon madaniy merosi röyxatiga kiritilgan.

Turkiya nafaqat asr oşgan obidalari, muazzam toğlari bilan ham sayyohlarni rom etib keladi. Safar davomida Kastamonu viloyati hududidagi Kure toğlarida inson qöli bilan barpo etilgan möʼjiza – dara yölini köriş nasib etdi. Tik qoyalar bağrida bunyod etilgan 3 kilometrdan ziyod piyodalar yölagi Ilija şarşarasiga olib boradi. Bir neça yil davom etgan dara yöli qurilişi uçun 270 tonna pölat, 500 kubometr yoğoç va 260 mingdan ziyod murvat işlatilgan ekan.

Maʼlumotlarga qaraganda, Tur­kiyaga 2019 yilda 51,7 million sayyoh taşrif buyurgan. Insoniyat uçun ulkan sinov bölgan pandemiya barça sohalar qatori turizmga ham kuçli zarba berdi. Karantin çoralari tufayli 2020 yilda dunyo böyiça sayyohlar oqimi 72,6 foizga, daromad 63,6 foiz­ga qisqardi. Turkiya esa birinçilardan bölib pandemiya şart-şa­roitiga moslaşdi va “Xavfsiz turizm” dasturi asosida muşkul vaziyatdan çiqişga muvaffaq böldi. Mamlakat 2022 yilda 42 million sayyohni qabul qiliş, turizmdan 35 milliard dollar daromad körişni közlagan edi. Joriy yil 11 oyi yakuniga köra, belgilangan reja ortiği bilan bajarildi: 48,4 million mehmonga xizmat körsatildi.

Qardoş ölka muşkul vaziyatdan tez va soz çiqa olgani tasodif emas. Safar davomida qaysi şaharda bölmaylik, sayyohlik işiga ijodiy-kreativ yondaşuvni kuzatdik, soha vakillari zamonaviy texnologiyalardan ustalik bilan foydalanayotganini kördik. Xulosamiz şu böldiki, boy tarix, betak­ror tabiat va benazir madaniyatga ega bölişning özi kifoya emas, ayni çoğda, ularni oqilona tasarruf etiş va dunyo ahliga munosib tarzda taqdim eta oliş ham darkor.

Sobir SALIM

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan