Boylar ham yiğlaydimi?

yoxud quriliş — meʼmorçilik sohasida bizni öylantirayotgan ayrim muammolar xususida

 

Qadimiy şaharlarimiz Buxoro, Samarqand va Xivadagi yuzlab tarixiy obidalar turfa xilligi, rang-barangligi-yu, betakror meʼmoriy gözalligi, haşamdorligi-yu, mustahkamligi bilan neça-neça asrlardan buyon ahli olamni hayratga solib kelayotganligidan benihoya quvonmay, özgaça bir ğurur bilan faxrlanmay bölmaydi. Şunday noyob saroylarni, mad­rasa-yu, masjidlarni bunyod etgan buyuk ajdodlarimizning yuksak did-farosatiga, topqirligi-yu, gözal sanʼatiga tan berib, tahsinu tasannolar aytiş qadriyatlarimizga bölgan çeksiz hurmat va muhabbatimizning ifodasidir. Salkam   uç ming yillik tarixga ega bölgan bunday hayratomuz koşonalar öşa paytdagi maşhur ustalarning aql-zakovati bilan uzukka köz qöygandek zargarona yaratilgankim, ularning meʼmoriy –muhandislik yeçimlarini-yu, bunyod etiliş jarayoni sir-sinoatlarini qunt bilan örganiş va zamonaviy binolarimiz qurilişida qöllaş bugungi avlod uçun ham qarz, ham farz bölmoği kerak.

Afsuski, qizil saltanat davrida ajdodlarimiz anʼanalari asosida, yaʼni şarqona usul va uslubda bino quriş   uçun mutaxassislar tayyorlaş u yoqda tursin, hatto, ming-ming yillik yodgorlik­larga ega bölgan şaharlarimiz tarixini örganiş ham eʼtibordan butunlay çetga surib qöyilgan edi. Aslida bu iş ança oldin boşlangan siyosatning taʼsiridan edi. Şu bois tarixiy koşonalarimizni turli yöllar bilan vayron qilişga urinildi. Qator-qator yodgorliklarimiz Çernyayev, Frunze kabi battollardan ziyon körmaganida ular ham butun körku tarovatini köz-köz qilib, keçagina bun­yod etilgandek jilolanib turgan bölur edi.

Allohga şukrlar bölsinkim, MUSTAQILLIK tarixiy şaharlarimiz nufuzini tiklab­gina qolmay, ularga ikkinçi umr ham ato etdi. Neça önlab obidalar-u, yodgorliklar asl holiga keltirildi. Ammo hali bu işlar nihoyasiga yetgani yöq. Taʼmirtalablari bilan birga tuproq ostida yotganlari ham yöq emas. Ular bizning madaniy merosimiz.

Bu merosni köz qoraçiğidek asraş va kelgusi avlodlarga yetkaziş bizning burçimiz. Çunki bu bizning buyuk tariximiz. Bu tarix sahifalarida hayotini ilm-fanga, ölmas topilmalarga baxşida etgan buyuk allomalarimiz yaratgan bitmas-tuganmas maʼnaviy- maʼrifiy xazinamiz borkim, undan nafaqat biz, balki kelgusi avlod ham albatta bahramand bölişi kerak!

Maqolaga “Boylar ham yiğlaydimi?”, deya nom berib, uni tarixiy şaharlarimiz taʼrifidan boşlaşimizning boisi nimada? Yaxşi bilasizki, Buxoro, Samarqand, Xiva, Toşkent va Şahrisabz singari bir qator şaharlarimizdagi muazzam binolar neça-neça asrlardan beri tabiatning ne-ne şamolu böronlariga, ne-ne suv toşqinlariga, ne-ne yer silkinişlariga, ne-ne issiqlari-yu, sovuqlariga doş berib, ötmiş zamonlardan hikoyatlaru rivoyatlar sözlab, bizning ming-ming yillik tariximizga bölgan qiziqişimizni, unga bölgan hurmat va muhabbatimizni oşirişga xizmat qilib kelmoqda.

Men har gal ana şunday möʼjizaviy obidalarga maftunu mahliyo bölib boqqanimda, xayolimga beixtiyor şunday savollar keladi: “Biz körgan va eşitganlarimizdan hayratga tuşiş, savollarimizga javob oliş va ança-munça taassurotga ega böliş bilan qanoatlanib qolmayapmizmi? Meʼmor va quruvçilarimiz, şu sohalarning olimlari bunday hayratomuz binolar nimalar hisobiga uzoq asrlardan buyon mağrur turganligi va mustahkamligi sabablarini qay darajada biladilar? Bu yönalişda ilmiy izlanişlar olib borilyaptimi? Tadqiqotlar natijalari qanday bölayapti? Bu masala örganilib kelinayotgan bölsa, yutuqlardan zamonaviy meʼmorçilik va quriliş işlarida foydalanilyaptimi?” Ehtimol, bu haqda matbuotda kam yozilayotgandir. Agar, yozilmayotgan bölsa, albatta yoziş kerak!

Gap keyingi yillarda qurilgan va qurilayotgan köp qavatli uylarning sifati va ulardan foydalaniş tartib-qoidalariga borib taqalayotganligini sezgan bölsangiz kerak. Şunday ekan, eng avvalo, davlatimizning bu masalaga munosabati-yu, eʼtiboriga töxtalsak. Eʼtirof etiş kerakki, çindan ham keyingi yillarda mamlakatimiz aholisini uy-joy bilan taʼminlaş borasida yangi-yangi loyihalar asosida keng kölamli bunyodkorlik işlari olib borilmoqda. Davlatimiz rahbari joylarda turarjoy binolari loyihalari bilan tanişiş barobarida ularning har tomonlama qulay bölişi lozimligini qayta-qayta taʼkidlagan holda, zamon talablariga töla javob berişi, pişiq, mustahkam bölişi xususida ham öz takliflarini ilgari surmoqda. Ayni paytda şahar va tumanlarimizda barpo etilayotgan uy-joylarni közdan ötkazib, quruvçilar diqqat-eʼtiborini sifatga qaratayotganligi ham hammamizga maʼlum. Şunga qaramay, ayrim joylarda özibölarçilikka, talon-tarojlikka, taşmaçiligu mablağlarni noqonuniy özlaştirişdan tap tortilmayotganligi ham körinib turibdi. Bundan uç yil muqaddam poytaxt markazidagi köçalardan birida röparamdan kelayotgan ellik yoşlar çamasidagi qotmadan kelgan, örta böyli, buğdoyrang bir kişi salomlaşib, respublika prokuraturasiga borişi kerakligini aytib, yöl körsatib yuborişimni iltimos qildi. Yölovçi söragan idora bizdan bor-yöği ikki bekat narida edi. “Respublika prokuraturasi nega kerak bölib qoldi?”, deya hamrohimni gapga tutdim. Tölib turgan ekanmi, xuddi prokuratura xodimiga uçragandek, yotib qolgunça otib qol qabilida iş tutib, darhol dilidagini tiliga çiqardi. U Toşkentning Sirğali tumani hududida yangi qurilayotgan köp qavatli uylar quruvçilarining kiçikroq boşliqlaridan biri ekan.

— Biz bir neça oydan buyon maoşsiz işlayapmiz, — deya tomoq qirib oldi u, — Kattalarning bugun-ertasi lağmonday çözildi. Quriliş materiallari esa öz-özidan gumdon bölayapti. Işçilarimiz yaşirinça sotib, kam-köstlariga işlatayotganga öxşaydilar. Bitta-ikkitasini qölga tuşirgaç, şunday xulosaga keldik. Ularga “bu işni ikkinçi qilmanglar, jinoiy javobgarlikka tortilasizlar” deyişdan boş­­qa heç narsa deyolmadik. Ket deydigan bölsak, avval oyligimni ber deydi. Undan keyin hammamiz ham viloyatlardanmiz. Bola-çaqamizni boqiş uçun beş-olti söm işlagani kelganmiz. Masalaning qonuniy tomoniga ötadigan bölsak, öşa işçilar qatori men ham javobgar bölaman…”

— Masala jiddiy ekan, — dedim uning ahvoliga açinib, — şu gaplarni prokuraturaga aytgani borayapsizmi?

— Qiziqmisiz? — Kelib-kelib dardimni senga aytayapmanmi deganday menga xavotirli qarab oldi u. — Özimni özim qölimni boğlab berib, axmoqmanmi? Men ulardan maoşlarimizni olişimizda yordam berişlarini iltimos qilaman, xolos. Çunki, quyi idoralarning hammasiga murojaat qilib kördik. Heç qaysidan sado çiqmadi.

— Axir, bu binoning sifatsiz qurilişiga sabab böladi-ku. Yoki quriliş materiallari serobmi?

— Nima deyapsiz? — Asabiylaşdi u. — Hammaginasi hisob-kitobli. Mixdan tortib ğiştgaça. Ajratilgan har bir material joyida işlatilişi şart. Undan urib qolinsa, bino sifatsiz böladi. Bunday bino uzoqqa bormaydi. Bir kunmas bir kun… Tavba-tavba, Xudo asrasin! Şuning uçun iş haqi vaqtida berib turilsa, quriliş materiallarini sotib, kun köriş birovning xayoliga ham kelmaydi.

— Siz haqsiz, — dedim suhbatimizga nuqta qöymoqçi bölib. — Uy-joyni sifatsiz quriş jinoyatgina emas, xiyonat hamdir. Savob işga bel boğlaganingiz yaxşi bölibdi. Bu yoğiga böş kelmang! Xö, anavu burçakdagi bino respublika Boş prokuraturasi böladi. Sizga omad.

Biz samimiy xayrlaşdik. Öşa kezlar Sirğalidagi köp qavatli uylar “mendan ketgunça, egasiga yetgunça” qilib qurilayotganligi haqidagi uzuq-yuluq gaplar quloğimga çalinib qolar, meʼmor yoki quruvçi bölmaganim uçun eʼtibor bermasdim. Ammo eşitganlarimdan noxuşroq lavhalarni internet saytlarida körganimda mendan respublika prokuraturasini söragan öşa odam yodimga tuşib, ğazabdanmi, nafratdanmi, xavotirdanmi, beixtiyor boş çayqab qöyardim.

Öşa yilning yozida Prezidentimiz poytaxtning Çilonzor tumanidagi köp qavatli uylardan taşkil topgan mahallalarda bölganida noqonuniy qurilmalarni körib, qattiq ranjigan va ularni uç kun muddatda bartaraf etişni tuman hokimi bilan prokuroriga topşirgan edi. Xayriyat-ye, şu bahonada butun şahar tozalanib, noqonuniy qurilmalarga çek qöyiladigan bölindi, deb xursand böldik. Çunki, “qizim senga aytaman, sen ham eşit kelinim” qabilida aytilgan bu daşnom eng avvalo şahar hokimiyati va prokuraturasiga, ayni paytda barça tumanlar rahbarlariga ham tegişli edi. Ana bölar, mana bölar bilan kunlar, haftalar, oylar ötdi. Afsuski, na şahar, va na tumanlar rahbarlarining biron bittasidan sado çiqmadi. Nazarimda ular Prezident topşiriği faqat Çilonzor tumaniga tegişli deb bilganlar, şekilli. Aks holda öşa kunning özidayoq şahar hokimi qarori qabul qilinib, poytaxtning barça tumanlarida noqonuniy qurilmalarga qarşi tegişli çora-tadbir körilişi boşlangan bölur edi. Buning örniga şaharning hamma-hamma joyida buzib quriş avj oldi. Yöl yoqasidagi köp qavatli uy borki, birinçi qavatidagi xonadonlar yoppasiga dökon, dorixona, gözallik saloni, kafe, firma, hatto davolaş muassasasiga aylantirila boşlandi. Qilsa qilibdi-da, köpaygani yaxşi-ku dersiz. Töğri, bularning köpaygani yaxşi. Balki, xizmat körsatiş sifati ozgina bölsa-da yaxşilanib, oz-moz arzon ham bölar. Ammo ikki, uç yoki tört xonali xonadon öz-özidan gözallik saloni-yu, şifoxonaga aylanib qolmaydi. Uni moslaştiriş kerak. Buning uçun “perfarator” degan bir balo bilan xonadonni ostin-ustin qilib taşlaydilar. Hatto, yuqori qavatlarni kötarib turgan asosiy ustunlarni buzib, yangi eşik örnatişadi. Bu esa köp qavatli uyning nafaqat meʼmorçilik, eng muhimi, muhandislik tizimining qöpol buzilişiga olib keladi. Çunki, xonadon içidagi armaturali devorlar biz aytgan perfarator bilan kesiladi. Ana şu jarayonda xohlaysizmi-yöqmi, xonadonning mus­tahkamligiga jiddiy putur yetadi. Hozir asosiy devorni buzib, arka eşik oçiş yoki uni öyib isitgiçlar örnatiş, xona yoki balkonni bir-ikki metr kengaytiriş odat bölgan. Bularning hammasi şaharsozlik va meʼmorçilik qonun-qoidalariga mutlaqo zid bölsa-da, “sizdan ugina, bizdan bugina” bilan iş bitirilib, kim qanday xohlasa, şunday buzib qurayapti. Boşqa birov esa sotib olgan xonadonini yevrotaʼmir qilaman deb, yuqori qavatlarga tonna-tonna şağal, qum olib çiqayapti. Bu ön-ön beş yoşli bolaning yelkasiga ellik-oltmiş kilo yuk qöyiş bilan barobarligi haqida esa heç kimning boşi qotayotgani yöq.

Mana endi özingiz ayting, bunday köp qavatli uylar oğir “jarohat”dan söng, Xudo körsatmasinku-ya, ammo kuçliroq yer silkinişiga bardoş bera olarmikan? Bunga kafolat beradigan mard bormi? Yöq! Çunki, bu işlarning bari özboşimçalik bilan qilinmoqda. Kalavaning na boşi bor, na oxiri. Alloh saqlasin, ammo ertaga bir gap böladigan bölsa, kim jabr köradi? Dökon egasimi yoki dorixona xöja­yini? Yöq! Jabrni şu uylarda yaşaydigan begunoh odamlar köradilar. Öşanda kimni aybdor qilamiz? Nom-nişoni bölmagan meʼmornimi yoki quruvçini? Xöş, şunday katta şaharda, uning tumanlarida bu haqda öylaydigan odam yöqmi? Bölganda, Çilonzordagi gap-sözlardan keyin har bir hokim, har bir prokuror köp qavatli har bir uyning xonadonini közdan ötkazmasmidi? Şunaqa, biz peşonamiz taq etib, bir joyga tegmagunça yoki köza sinmagunça körib körmaganlikka, eşitib eşitmaganlikka olib yuraveramiz. Insonning insonga bölgan hurmati, mehr-oqibati şunçalik böladimi?! Ön emas, yuz emas, minglab odamlar hayotiga tahdid soladigan bunday şafqatsizlik yana qança davom etişi mumkin? Turkiya va Suriyadagi fojia közimizni oçişi kerakmi, yöqmi? Birgina Turkiyada qirq beş mingdan ziyod odamning hayotdan bevaqt köz yumganiga faqat zilzila aybdormi? Ha, deydigan bölsak, unda nega vayron bölgan köp qavatli uylarning meʼmoru muhandislari millionlab dollar bilan olis mamlakatlarga qoçib qolmoqçi böldilar? Nega?! Şunça pul bilan bekordan-bekor ölib ketmaslik uçunmi? Zilziladan qörqibmi? Yöq, jazodan qutulib qoliş uçun. Mana endi, bir qop pulim bor, nima ğamim bor, degan öşa boylar ham aççiq-aççiq yiğlaydigan böldilar.

Birinçi qavatdan yonma-yon turgan ikki xonadonni sotib olib, özi xohlaganiday buzib, bir neça oy davomida qöşnilarning asabini egovlab, ham koni qarğişga qolgan, ham köp qavatli uyning bir qismini “uçinçi guruh nogironiga” aylantirgan yoki pulning zarbi bilan balkoniga ikki metr joyni noqonuniy qöşib olgan bizning yuzlab boylarimiz ham yiğlaydigan kun kelişi şartmi? Alloh asrasin! Öz hududida köp qavatli uylar xonadonlarining noqonuniy ( pul qonuniy qilib bergan bölişi ham mumkin) buzib-qurilayotganligiga quriliş vazirligi mutasaddilari beparvo bölsa, hokim qaramasa, inson manfaatlarini himoya qiluvçi idoralar nazar taşlamasa, meʼmor qorasini körsatmasa, unda jabrlangan odamlar-u, noçor ahvolda qolgan köp qavatli uylar kimga dod desin?! Ularning arzi-holini söraydigan topilarmikan? Topiladi. Kim ekan u? Davlat! Bunday paytda davlat qarab turmaydi. Çunki, u xalqning manfaatini himoya qiladi. Şartta qaror qabul qilib, hammasini joy-joyiga qöydiradi. Töğri-da, odamlarning umrguzaronlik qiladigan joyini buzib-tuzib oşxona-yu, kafega, dorixona-yu, dökonga, sport tögaragi-yu, kompyuter öyini markaziga aylantiriş qaysi qonunda yozilgan? Uyning loyihasida bormi bu? Yöq! Demak, noqonuniy. Köp qavatli uylarning mustahkamligiga jiddiy putur yetkazayotgan bunday boş-boşdoqlikka darhol nuqta qöyilmas ekan, bu yana qançadan-qança köp qavatli uylarning “soğligi”ga zarar yetkazibgina qolmay, ularni “nogironlik”ka mahkum etişi şubhasiz.

* * *

… 2023 yilning 23 fevral kuni. Ertalab. Havo oçiq. Yaqindagina yostiğidan boş kötargan quyoş olamga iliqqina nur soçayapti. Uydan çiqişim bilan quloğimga zöriqqan traktorning ovoziga öxşagan bir nola eşitildi. Odatdagidek köp qavatli uylar oralab, metro tomon yurdim. Ovoz yanada balandroq eşitila boşladi. Yuz metrlardan söng bu dahşatli ovoz yöl yoqasidagi uyning ikkinçi qavatidan taralayotganligi maʼlum böldi. Özlarini hamma işga qodir qilib körsatadigan “usta”lar perfarator bilan xonadonning çangini çiqarib, qayerlarinidir buzayotgan edilar. Buzib-quriş mavsumi boşlanibdi-da, dedim özimga özim. Loqaydlik şu darajaga borib yetdiki, bu holga na mahalla oqsoqollari, na şirkat egalari, na içki işlar vakillari va na qöni-qöşnilar lom-mim demaydi. Çunki buzib-qurayotgan odam ularning gapini sariq çaqaga ham olmaydi. U uçun qaror ham, qonun ham — pul. Xöş, bu ketişda ertaga nima böladi? Bu savolga javob beradigan bormikan özi?

Sözimiz oxirida yana bitta gap: Albatta, bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan gap-sözlarning hammasiga ham işonib bölmaydi. Köpi isbotsiz, tayinsiz gap-sözlar. Ammo ayrimlariga işonmasadan ham iloj yöq. Şunday körinib turgan narsaga inonmay böladimi?

Qaysi viloyat ekan, yanglişmasam, Sirdaryo viloyatidan edi şekilli, bir uçar tadbirkor uy qurib topşiribdi. Yangi uy, 9-qavat! Ammo tunov kungi yomğir tufayli tomidan çakki ötib ketibdi.

Yangi xonadon sotib oldik deb quvongan uy egalari qaraşsa, u közböyamaçilik bilan qurilgan, maynavozçilik bilan egalariga topşirilgan ekan. Yöq, işonmaysiz, uyning şiftiga qöyilişi lozim bölgan beton-plitalar örniga, şunçaki qoğoz-kartonli bir nimabalo örnatişgan ekan!

Yöq, bu şarmandali lavhani ijtimoiy tarmoqlarda emas, televizorda körsatişgan edi.

Xöş, qani endi bu yerda qonun? Qani javobgarlik?

Uyni qurganlar-ku, Xudo urgan vijdonsizlar ekan, uni qabul qilib olganlar-çi, ular ham şu qadar poraxör, korrupsioner bölişadimi? Yöqsa, bu uyni qanday qabul qilişgan? Nahotki, ertani öylaşmasa, Xudodan qörqişmasa?!

Ha, qörqişmaydi. Yöqsa, qaysi yili edi, xullas, 2-3 yil avval Jizzaxdagi köp qavatli uyni eslang-a. Endi odamlar köçib kiramiz degan uy öz-özidan, “şamol”ga qulab tuşmagan edimi?! Yoxud poytaxti azimda köp qavatli uyning tepasiga “hovli” qurib olgan şovvoz haqida kim eşitmadi deysiz? Oçiği, şu qadar ham boşboş­doqlik bölişi uyat.

Bu kulguli, lekin juda açinarli holat bartaraf etilgani aytildi. Ammo ayrim yurt­doşlarimizning nihoyatda kaltabin öy bilan iş yuritişi, bu kabi xatti-harakatlari sabab odamlar hayoti xavf ostida qolişi mumkinligini öylamaydilar ham. Fojia ana şunda.

Prezidentimiz uy-joy qurilişlariga vaqtinçalik moratoriy eʼlon qildi. Öziyam hammayoqda — Toşkentu Buxoroda, Andijonu Samarqandda, Xorazmu Nukusda, barça-barça hududlarimizda buza-buz, qura-qur avjiga çiqmadimi? Quriliş çinakamiga biznesga aylandi. Mayli, biznes bölsa bölsin. Uy-joy quriş çindan ham daromadli, savobli soha. Qurgan mömay daromad köradi. Uy olgan vatanli böladi. Lekin ana şu uyning sifati, çidamliligi bilan bugun birovning işi bormi?

Xalqimizda “Közingni çiqmasidan avval qöri” degan naql bor. Vahima emas, ehtiyot bölaylik. Ayniqsa, sönggi 10-15 yil içida qurilgan uylarning zilzilaga bardoşliligi darajasi qattiq örganib çiqilişi lozim. Toki keç bölmasin.

Eʼtibor qiling, “Yangi uylar, nurafşon xonadonlarga marhamat!”, deb odamlarni çorlovçi turli “Bolding-u Xolding”larning qilayotgan reklamalarining heç birida “Bizning uylar 8 ball yoki 9 balli zilzilalarga ham bardoş beradi” degan gapdan asar yöq. Aslida uy olişdan maqsad nima? Unda odamlar xavfsiz, baxtli yaşaşi kerak emasmi? Uy qurişdan-çi, maqsad ne, faqat daromad, pul topişmi?

Endi bularni çuqur öylab köradigan vaqt keldi.

Nuriddin OÇILOV,

Özbekiston Jurnalistlar

uyuşmasi aʼzosi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan