Nega valyuta qorabozori yöqolmadi?
Bu savolga javob beriş uçun yaqin ötmişga nazar taşlaşimizga töğri keladi. Bundan 7 yil avval xorijiy valyutalarining tijorat banklardagi narxi radio-televideniyelarda, matbuotda eʼlon qilinar, ammo öşa zahoti “xorijiy valyutalarini uşbu narxda sotişni yoki sotib olişni öz zimmasiga olmaydi”, deb pisanda ham qilinar edi. Qiziq, banklar tijorat banklari bölsa-yu, çet el valyutalarining kunlik yoki haftalik narxlarini Markaziy bank eʼlon qilsa-yu, heç qanday kafolat bermasa?! Bu qanday birja narxlari edi unda?
Ha, yaşirişga hojat yöq. Bu eʼlonlar çindan ham nomigagina bölib, xorijiy valyutalarni arzon narxlarda sotib oladigan odamlari, egalari borligi sir emas edi. Bankdan maʼlum miqdordagi valyuta sotib oliş uçun esa nomigagina oçib qöyilgan ayirboşlaş şoxobçalarida neça kunlab navbatda turiş, valyutafuruşlarning janjal-u yoqa yirtişlariga çidamoq kerak bölar edi.
Aslida bu sirli operatsiyalarning “xos” odamlari bölib, faqat ulargina istagança valyutani sirli yöllar bilan olişar, söngra ularni qora bozorga çiqarib yuborar edi.
Buni hamma bilar edi. Lekin heç kimning bu muammoni hal qilişga kuçi yetmas edi.
Şunday bölsa-da, valyutaga qarşi butun boşli departament faoliyat olib borar, noqonuniy çet el valyutasi bilan kimki şuğullanadigan bölsa, unga adolatli jazo ham muqarrarligini taʼminlaş ana şular zimmasida emasmidi?
Qiziği şunda-ki, uzoq yillar davomida ÖzAVTO maşinalari xalqimizga faqatgina dollarda sotildi. Lekin heç kim çet el valyutasida oylik olib işlagan emas. Beçora odamlar nima qilar edi? Albatta, bankdagidan bir baravar qimmat bölgan narxda valyutani qora bozordan sotib olar edi-da.
Bu holat yurtimizda, baxtga qarşi, uzoq vaqt davom etdi, iqtisodiyotni keng kölamda rivojlantirilişiga, tadbirkorlik muhitini yaratişda katta tösqinliklarni vujudga keltirdi. Davlat fuqarolarning qonunga xilof ravişda qorabozorlar orqali valyuta qimmatliklarini olişi yoki ötkazişi uçun qonunlar qabul qilib, maʼmuriy va jinoiy çoralarni qöllaşni qatʼiy belgilab qöygan bölsa-da, valyuta oluvçi va sotuvçilar kamaymadi, aksinça, poytaxtimizdan tortib, respublikamizning barça hududlarida avj olaverdi.
Tan oliş kerak, Prezident Şavkat Mirziyoyevning irodasi tufayligina bunday qonunsizlikka, aytiş mumkinki, boş-boşdoqlikka çek qöyildi. Xorijiy valyutalarni fuqarolarimiz tomonidan erkin sotib oliş yoki sotiş mumkin bölib qoldi. Özimizning avtolarimizni ham milliy valyutamiz — sömda sotib oladigan kunlarga erişdik. Ayniqsa, tadbirkorlarning yelkasiga oftob tekkanini söz bilan ifodalaş qiyin. Çunki ming-minglab tadbirkorlar çet ellardan mahsulotlar olib keliş yoki texnologiyalar sotib oliş uçun mablağlarini xorijiy valyutalarga konvertatsiya qilişi ölim bilan teng edi. Bugun bu muammolar butunlay barham topdi. Şunisi qiziqki, 20 yildan ziyod vaqt mobaynida hal bölmagan bu muammoga yeçim topildi. Albatta, oson bölmagandir. Ammo bu Prezidentimizning qatʼiy topşiriği, bank siyosatidagi katta özgarişlar, islohotlar natijasidan darak berar edi.
Albatta, banklar orqali valyutalarni qonuniy tartibda, belgilangan narx böyiça erkin ayirboşlaş tizimi yölga qöyilgani uçun fuqarolar endi valyuta oladigan bölsa, qorabozorga emas, banklarga boradigan böldilar. Banklarda valyuta ayirboşlaş xizmatlaridan foydalanişning öziga xos afzallik tomonlari juda köp ekan. Sababi, bank mijozga maʼlum tekşiruvlardan ötgan valyutalarni taqdim etayotgani uçun sotib olingan valyutalarning soxta yoki haqiqiyligi haqida mijoz umuman qayğurmaydi. Şuningdek, heç kim mijozning oldiga vahima bilan kelib, qölidan tortib pana joyga sudrab, söroq-savolga tutmaydi.
Bundan taşqari, banklar yonida valyuta ayirboşlaydigan bankomatlar ham qöyildiki, ular orqali sömlarni ham hatto valyutalarni ham bankka kirmasdanoq almaştiriş imkoniyati tuğildi. Bu qulayliklarni yurtdoşlarimiz avval faqat kinolarda yoki xorijiy yurtlarda körişgan edi desak mubolağa emas.
Körilgan bu taʼsirli çoralar valyuta sotadigan olğirlar, yanayam soddaroq aytganda qorabozor uçun katta zarba böldi. Lekin ming afsuski, baxtga qarşi, ularni tag-tomiri bilan yöqotib yubora olmadi. Juda qiziq. Xöş, nima uçun?
Nazarimizda, buning ham bir qança sabablari bor: masalan, banklar ertalab soat töqqizdan to keç soat beşgaça, boringki beş yarimgaça faoliyat körsatişi belgilab qöyilgan. Şanba-yakşanbada esa dam oliş kunlariku umuman işlamaydi. Bayram kunlari ham bankka möralaşning imkoni yöq. Endi ayting-çi, bu valyuta qorabozori uçun ayni muddao emasmi? Va yana aytaylik, keç soat oltidan keyin, yoki bölmasa şanba-yakşanba yoxud bayram kunlari u yoki bu fuqaroda kutilmaganda valyuta sotib olişga yoki sotişga şoşilinç ehtiyoj tuğilib qoldi deylik. Bu paytda, tabiiyki, banklarning birontasi ham işlamagani uçun mijoz qiyin ahvolga tuşadi. Fuqaro bankomatga borişi mumkin, ammo aksiga olib ayni öşa paytda 24 soat davomida işlaydi deb körsatilgan bankomatlarga qöyilgan valyuta zaxirasi tugab qolgan böladi. Bordi-yu mavjud bölsa ham komissiya tölovi va yana boşqa-boşqalarni hisoblagan holda amaldagidan ança kamroq summani çiqarib beradi. Tabiiyki, bu heç kimga yoqmaydi. Döppi tor kelib qolgan bunday vaziyatlarda fuqaro uçun qorabozorni qidirişdan boşqa çora qolmaydi.
Plastik kartoçkalardan naqd pul yeçişga möljallangan bankomatlar orqali ham valyuta ayirboşlaş mumkin. Ammo ularning xizmati ham bugun maqtaydigan darajada emas. Baʼzilarida söm pul birligi tugab qolgan bölsa, baʼzilarida dollar yöq böladi yoki bunday paytlarda “Tizimdagi nomaʼlum xato”lik degan siyqasi çiqqan bahona rökaç qilinadi.
Bugun ham dehqon bozorlariga kiraverişda, metroning ayrim bekatlaridan çiqişdagi yölaklarda va odamlar gavjum böladigan boşqa-boşqa joylarda soat ön yettida deysizmi, keçki soat yigirma ikkida deysizmi, yigirma törtda deysizmi “xojatbarorlar” hamişa xizmatingizga şay turişadi. Ularning xizmati sizga umuman kerak bölmasa ham qarşingizga peşvoz çiqib, “dollar, rubl… baland narhda olaman”, “yangi, yirik pul beraman” deb oğzingizga termulişadi. “Dollar qança bölyaptikan?” deb şunçaki qiziqsangiz, bir bor sörab qöysangiz, bas, atrofingizni bir gala valyutafuruşlar örab olişadi. Demak, tijorat banklarimizdagi iş tartibi, aholiga xizmat körsatiş darajasi bugun aynan şu borada talabga töliğiça javob bermayapti. Bu mulohazalar asosan poytaxtimizdagi ahvolga qarab bildirilmoqda. Endi ayting-çi, bugungi kunda çekka viloyatlarda, tumanlarda valyuta ayirboşlaydigan şoxobçalarning faoliyati, bankomatlardagi xizmat körsatiş darajasi qay ahvoldaligini tuşunavering.
Demak, tijorat banklarida fuqarolarning valyutaga bölgan ehtiyojini keçayu kunduz qondiriş uçun bor imkoniyatlarini işga solişlari, birinçi navbatda bankomatlarning keçayu kunduz samarali işlaşlarini taʼminlaş, banklar qoşida şanba-yakşanba kunlari, hatto bayram kunlari ham valyuta ayirboşlaş bilan şuğullanadigan tezkor navbatçilar guruhini şakllantiriş örinli bölar edi. Ana şundagina bank bilan qorabozor örtasidagi mijoz uçun kuraş ehtimol banklar foydasiga siljişi mumkin bölar. Yana şuni aytiş kerakki, hozirgi paytda 100 AQŞ dollaridan ortiq valyuta xarid qilmoqçi bölgan odam bank kassasiga şaxsini tasdiqlovçi pasportini taqdim etişi lozim. Qorabozorda esa… tabiiyki bunday talab yöq. Yuqoridagi mulohazalardan muddao şuki, yurtimiz iqtisodiyotini yuksaltiriş, erkin iqtisodiyotni qöllab-quvvatlaş yölida olib borilayotgan işlarda yurtdoşlarimizning har bir sömi yaşirin iqtisodiyotga emas, davlatimizga, mamlakatimizga xizmat qilişi kerak. Xorijiy valyutalar oldi-sotdisi bilan şuğullanayotgan korçalonlarning savdosi bundan 10-15 yil ilgarigidek gullab-yaşnamayotgan bölsa-da, ularni batamom bartaraf etiş yölida yangi qadamlarni taşlaşning imkoniyati mavjud bölsa kerak.
Kamoliddin RÖZIMATOV,
jurnalist
