Inson qadr-qimmati uning gultoji

Ğafur Ğulom tavalludining 120 yilligi

 

Uni baralla va bor ovoz bilan Şarqning buyuk şoiri deyişadi. Şarqqa öz davrida azamatlarça arslonday naʼra tortardi   şeʼriy şavqu zavqlari bilan! Şunga yaraşa kelbati, savlati, viqori, unça-munça qiyos bilan ölçab bölmaydigan iqtidorining qudrati bor edi. Ğafur Ğulom yayrab-yaşnab kuylagan, keng miqyosda ijod qilgan XX asrda sobiq Sovet Ittifoqi imperiyasini Yerning oltidan biri deb ataşardi. Uning bepoyonligi, ikkita dahşatli va vahşatli jahon uruşida qatnaşganligi, millionlab-millionlab odamlarning hayotini begunoh quritganligi. Tinimsiz eksperimentlarda juda köp xalqlarning tolelarini barbod qilganligi, dunyoni özining termoyadro qurollari bilan doimo tahdid va xavf-xatarga solib turişi – uni Yer yuzida qörqinç va siğiniş manbaiga aylantirgan edi.

Ğafur Ğulom mana şu maşʼum imperiyada yaşab, ijod qilib özini benihoya baxtli inson deb sezar, mislsiz faxrlanar, har bir satrini faxrlaniş va mislsiz ğurur tuyğulari bilan töldirardi. Uning ovozi öşa paytlarda Klaypedadan tortib Saxalinlarga yetib borar, sobiq sovetlar mamlakatining jangovar şoiri deb tan olinardi. Uning asarlarida har bir sözi mana şu poyonsiz makonlarning şukuhlariga töla bölar va tinmay öz nav­batida ijtimoiy-siyosiy şukuh yaratardi. U yakka emas edi. Sovet imperiyasi öz makonlari va hatto uzoq-uzoq xorijlarda ham şunday şoirlarni öz siyosiy doiralariga tortgan, ular doim sotsia­lizmning jahonga ğolibona yurişi va butun dunyo miqyosida ğalabasi haqida tinmay- töxtamay konferensiyalar ötkazar edilar. Sotsializm – ularga behad jozibali tuyulardi. Bunday uluğ xalqaro anjumanlarda Ğafur Ğulom hamişa öz sözi va öz minbariga, taʼsir doirasiga ega edi. Martin Andersen Neksedan tortib Pablo Nerudagaça, Lohutiydan tortib Nozim Hikmatgaça – örtalarida abadiy qon-qardoşlik tuyğulari eng oliy ohanglarda ifodalanar edi. Ğafur Ğulom dunyo adabiyotlari miqyoslariga çiqqan va özini ularda ğoyatda tabiiy va uluğ yurt farzandiga xos munosib tutardi. Ammo vatandoşlari – XX asr özbeklari Ğafur Ğulomning buyukligini qanday tuşunar va buni nimalarda körardilar? Buyuklik – uning Özbekiston, XX asr özbek xalqi – XX asr insoni qadr-qimmatini eng yuksak pardalarda kuylaganida namoyon bölardi. Mana şu inson qadr-qimmatini eng yuksak pardalarda kuylagani uçun ham hozir ham – Yangi Özbekiston odamlari uçun XXI asrning 23-yillariga kelib ham u – vatanimizning buyuk şoiri – har birimizning qadrli ijodkorimiz, vatan tuproği zarralarini tole dasturimizga jo qilolgan şoir kabi eʼzozli. Uning insonning eng yuksak qadr-qimmati kuylangan asarlari şeʼriyatimizning ölmas şoh baytlaridir. Millionlab özbeklarning yurak­lariga bir umrga jo bölgan va hozir ham davralarda sevilib öqilib turgan öşa hammamizga nondek aziz satrlarni garçi hammaga taniş bölsa ham, bu örinda eslamay sira ilojimiz yöq:

Aziz asrimizning aziz onlari,

Aziz odamlardan söraydi qadrin.

Fursat ğanimatdir şoh satrlar-la,

Bezamoq çoğidir umr daftarin.

Hammamizni öziga jamuljam qilmaganmi bu satr­lar, hammamizni bizga özbek ekanligimizni va özbek qaçon bölmasin azizlik maqomlarida yaşamoği, vatanini yuksaltirmoği, unga xizmati tom bilan javob bermoqligini har damda eslatib turmaydimi bu yombi oltin kabi satrlar. Ular — bugun tirik! Hamon va bundan keyin ham ozodlik, mus­taqillik xizmatida bölajak. Biz bugun va ertaga buni esimizdan çiqarsak, özimizni esdan çiqargan, muqaddas manbalardan bahra olmay qolgan bölamiz.Bunday ölmas şoh satrlar “Turksib yöllarida”, “Yalovbardorlikka”, “Men Yahudiy”, “Sen yetim emassan”, “VAQT”, “Soğiniş”, “BUGUN ÇIN ARAFA”, “Avval Öqi”. “Yigitlarga”, “Bari seniki”, “Kuzatiş”, “Çaman” va yana qançadan-qança zabarjad jonbaxş satrlar va yana gözal nasr namunalari “Yodgor”, “Netay”, “Tirik murda”, ”Şum bola”, “Hasan Kayfiy”, “Afandi ölmaydigan böldi” – daryo kabi donişmand nasr Ğafur Ğulom ijodida turfa ohangdorliklar bilan oqib yotadi. Şoh asarlar bular! Zamonlardan zamonlarga öz qudratli badiiyati bilan yetib borajak! Yana heç esdan çiqarmaylikki, bular adabiyotimizda qançalar avlodlar, qançalar talantlarni tarbiyaladi, ularni vatan, uning tup­roği, kelajagidan faxrlanişga, vatandan ilhom olib yaşaş va ijodkorlikka örgatdi, boşlab, yetak­lab bordi.

Ğafur Ğulom favqulodda yetimparvar odam edi. U insonparvar, maʼrifatli, adabiyot va sanʼat şaydosi bölgan oilada tarbiyalangan edi.U köp ayriliqlarni boşidan keçirdi. Ota-onadan erta judo böldi. Madrasalar, eski maktablar, yangi zamonda öqituvçilar kurslarida öqib davrining eng jonkuyar muallimlari, jurnalistlari, taşkilotçilaridan bölib yetişdi. Bosmaxonalarda harf teruvçilik qilib ukalarini öqitdi. Yetimparvarlik — insonparvarlikning eng yuksak darajasi bölsa kerak. Ğafur Ğulom hali ön sakkizga kirmasdan ilk boşlanğiç maktablar, yetimxonalarda tarbiyaçi, muallim böldi. Yuragi ezilgan, xörlangan, yolğiz azoblar girdobida qolgan bolalarni butun mehri, aql quvvatini berib tarbiyaladi: ularning murğak maʼsum qalblarida işonç, iroda uyğotdi. Men “Sen yetim emassan” yozilgan 43-yillarni eslayman. Bolalik nazarimizda butun dunyo­ni, yurtimizni yetimlar bosgandek edi. Toşkentning Ikkinçi Ohanguzaridan şimolga — bizning Teşik-qopqoq, Çuqursoy, Qorasaroy, Qumloq, Çuvalaçi, Taxtapul tomonlarga tikka tor yöl tuşgan, yölning ikki çetida yetimxonalar, qadim mozorlar, maktabxonalar, patillab işlaydigan tegirmonlar bölardi. Yöl Kalkovuz köprigidan ötib töğri biznig Teşik-qopqoq bozorlari va talay yetimxonalarga yetib kelardi. Katta boğlarda uruş yetimlari uçun yotoqlar, maktablar taşkil etilgandi. Bir kuni mahallada köçada ariqda çömilayotsak, Çuvalaçi tomondan uç qator bölib yuzlab yetim bolalar saf tortib kela boşladi. Ularning boşlari taqir qirilgan, yod surtilgan, egnilarida yengi kalta oq köylak va oq kalta şimça kiygan edilar. Ular yonida saflarga qarab baland barvasta böyli boşiga novvotrang yulduzçali pilotka kiygan Ğafur Ğulom ham borar, u sakkiz yaşar çamasi bir ukrain bolaning boşiga çap qölini qöygan, közlaridan duv-duv yoş yoğilardi. Haligi bola esa: “Şo dida, plaçeş. Al golodniy? Poterpi, seyças priyedem v sad, tebe uryuki dadim”, derdi şirin bir tilda. Ğafur Ğulom esa bunga sari höngrab yuboray deb yiğlardi. Hovlimizda qora radio karnay örnatilgan bölib undan biz Ğafur Ğulomning “Sen yetim emassan” şeʼrini özi ökirigini bosolmay öqiganlarini bir neça martalab eşitgan edik. Biz ham, onalarimiz, opalarimiz yiğlaşardik. Şunçalar taʼsirçan odamiy sözlar edi. Ğafur Ğulom ijodida yetimparvarlik, insonparvarlik bir umr töxtamay davom etgan teran mavzulardan biri. Bu Ğafur Ğulomni boşqa hamma şoirlardan ajratib turardi.

Ğafur Ğulomning boşqa yana boş fazilatlaridan biri – bu uning favqulodda qiziq odam ekanligi edi. Xuddi Qodiriy, Hamza, Söfizoda, Hamid Olimjon kabi. Uning bu favqulodda xusu­siyati barça nasriy, şeʼriy asarlarida töla namoyon böladi. “Şum bola”, “Hasan Kayfiy” esa qiziqlikning tamomila çöqqisi. Boşqa asarlari ham kam emas. Men uning barça şoh nazmiy asarlaridagi patetika, gözaldan gözal mubolağalar, jon olguçi şeʼriy sanʼatlar bari uning talantining şu ajoyib qiziq yönalişidan kuç-quvvat va ilhom oladi, deb öylab yuraman. Barça şeʼr­laridagi olamşumul patetikani men şu şoirning tabiatan yuksak darajadagi qiziqligidan va şu bilan boğlangan deb bilaman. Zero, patetika ifrot (ortiq) darajadagi yorqin qiziqlikdir. Buning jahon adabiyotidagi daholari Şekspir va Volterdir. Ğafur Ğulom esa bu donişmandlarni juda sevib öqirdi: yana Mark Tvenni. Gapim isbotsiz qolmasin deb uning özidan ikkita misol keltirmoqçiman.

Ğafur Ğulom 1937 yil 31 avgustdagi sakkiz kun davom etgan plenum,da nutq sözlagan. Bu nutq birinçi marta şoirning Mukammal Asarlar töplamining XII tomiga kiritilgan. Qattol, qahri qattiq zamonlardan bir nişona. Majlisda “trotskiyçi-buxarinçi xalq duşmanlari, millatçi, aksilinqilobçilarga qarşi kuraş” degan öta uydirma masala qöyilgan. Yozuvçilar majlisi emas, ağdar-töntar, qirpiçoq. Majlisda Ğafur Ğulomning şaʼniga ham bir qança ayblar yoğdirilgan. Ğafur Ğulom uşbu köp odamlar taqdiri hal bölayotgan maşʼum majlisni tamomila kulgiga aylantiradi. Bolalarça qiliqlar, bolalarça bahona sabablar topadi öz ayblariga. Çunonçi 34 yaşar Özbekistonning yetuk adibi va şoiri özini turli millatçilar ğaraz niyat bilan içirganlarini iddao qiladi. Majlis ahli qotib-qotib kuladi. “Şunday içib yurişligimni körgan Julqunboy va boşqa millatçilar bölsin, mendan foydalandi, çunki men hammalaringizga maʼlumki, juda ham içkilikka berilgan edim”… (XII tom). Ğafur Ğulom esa bu paytlarda “Toşkent”, “Boğ”, “Çaman”, “Bari seniki” degan gözal mundarijali şeʼrlarini yozib dong taratgan edi. Özining öşa paytlar erkalanib içkilikka berilganini göyoki “millatçilar”dan körgani va ularni balogardon qilişga uringani Ğafur Ğulom patetikasi va mubolağador tafakkur usulining kulgili salbiy tomonlaridan biri edi. Ikkinçi misol ham qiziq: Qozoq yozuvçisi Quvondiq Şanğitboyevning 1963 yilda “Pravda Vostoka” gazetasida bir xati bosiladi. Ğafur Ğulomning şu xatga javoban Sovet Özbekistonining sotsialistik yutuqlari haqida javob xati eʼlon qilinadi. Ğafur Ğulom bu xatida qiziq bir usul qöllaydi. Quvondiq ukam, senga bitta Ğafur Ğulomning özi emas, balki mening şeʼrxonamda suratlari qator tizilib turgan jahon ayvonida tanilgan döstlarim – Mayakovskiy, Gorkiy, Samad Vurğun, Berdi Kerboboyev, Komil Yaşin, Pavlo Tiçina, Aleksandr Tvardovskiy singari qardoşlarim ham birga qalam tebratib yozmoqdamiz. Ular mening gaplarimni tasdiqlab qöllab-quvvatlamoqdalar deb jahon adabiyoti namoyandalarini ham öz xat yoziş jarayoniga tortadi. Albatta, bu bilan uluğ yaratuvçilik va tinimsiz ijod jarayonlarida Ğafur Ğulom bu kabi döstlari bilan doim hamnafas, hamdard, safbasta bölganligini körsatadi. Ğafur Ğulom öz faoliyatida şunday olamşumul patetik hodisalarni ğoyatda sevar va bu hodisalarni ijodining pafosiga aylantirardi.

Tarixni böyab bölmaydi, uni boşqaça qilişning ham iloji yöq. Boşqaça qilaman deganlar olamaro kulgi va hajvga qolmoqdalar. Ğafur Ğulomning barça uluğvor tomirlari Yer yuziga, jonajon Özbekistonimizga teran singib çirmaşib ketgan. U istiqlol islohotçilari, kelajak parvozlarga otlangan millionlab yoşlarimiz bilan birgadir.

Tarixiy şaxs, uning faoliyati, ilmiy, adabiy-badiiy ijodiyotini heç qaçon davrdan, u yaşagan vaqtdan, muhit va makondan aslo ajratib bölmaydi. Bizning bu maqoladan kuzatgan maqsadimiz şu haqda böldi. Ötganlarning ruhi şod va tinç bölsin.

Ibrohim ĞAFUROV,

Özbekiston Qahramoni

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan