Sulton Jaloliddin Manguberdi jasorati
Örta asrlarda odil hukmdor va maşhur sarkardalardan Sulton Jaloliddin, Sohibqiron Amir Temur va Zahiriddin Muhammad Bobur singari buyuk ajdodlarimiz yetişib çiqdiki, ular tariximiz va kelajagimiz barça davrlari uçun faxrdir. Ularning bosib ötgan şon-şarafga limmo-lim töla jangovar hayot yöli jasorat epopeyasi bölib, mangulikka daxldor jasoratnoma qöşiği millatimiz özligini anglaşga undovçi qudratli omildir.
Buyuk ajdodimiz Sulton Jaloliddin Manguberdining nafaqat Vatanimiz, miqyosidagi balki butun Şarq olamida, şuningdek, jahon tarixida tutgan örnini bor böyi bilan tarixiy manbalar asosida öqib, örganişimiz lozim. Bunday tarixiy şaxslarimiz har asrda ham kelavermaydigan buyuklar sirasidan ekanligini nazarda tutsak, bugungi va kelajak avlodlarni harbiy Vatanparvarlik, vatanga sadoqat ruhida tarbiyalaşdagi ahamiyati bemisldir. Negaki Sulton Jaloliddin Manguberdi Vatani, xalqi, ozodligi yölida tillarda doston bölgan. Kuraşlarning kölami miqyoslari jihatidan taqqoslanganda tarozining ikkinçi pallasiga jahondagi biron-bir ötgan şu taxlitdagi tarixiy qahramonni tenglaştirib, qiyoslab bölmaydigan nisbiy masofa mavjudligiga tarixiy manbalar guvohlik beradi, tarixiy adolat bong urişda davom etadi.
Manguberdining sönmas jasorati umumbaşariyat uçun abadiyatga daxldor timsol bölib qolajakligidan guvohlik beradi. U Xorazmşoh Muhammad Sultonning ilk şahzoda vorisi sifatida 1199 yilda dunyoga keldi.
Xorazmşoh Muhammadning faqat birinçi malikasi Oyçeçak xorazmlik bölib, qolgan barça malikalari uning onasi Turkon xotunning Daşti Qipqoçlik jangari uruğ, qabilalari va saroy zodagonlariga mansub edilar. Ulardan tuğilgan farzand şahzodalar ota bir ona tomonidan turli qavmlarga daxldor edilar.
Xuddi şu narsa Xorazmşoh Muhammad saroyida ösib voyaga yetayotgan şahzodalar Jaloliddin Manguberdi Pirşoh, Uzlohşoh, Rukniddin Gursantjiy, Oqşoh kabi öğillar örtasida taxt talaşuv nizolar boşlanişini taʼminlagan asosiy omillardan edi.
Aslida sulola udumlariga köra katta öğil şahzoda Jaloliddin Manguberdi qonuniy taxt vorisi edi. Şuningdek, u isteʼdod va salohiyat jihatidan ham boşqa şahzodalardan har tomonlama yetuk edi.
Turkon xotun esa özining saroydagi katta mavqeidan foydalanibgina emas, uni suiisteʼmol qilib bölsa-da şahzoda Jaloliddinni vorislik huquqidan çetlaştirib öz qavmdoşi hisoblangan Uzlohşoh nabirasini butun vujudi bilan taxt vorisligiga asosiy daʼvogar sifatida qöllab-quvvatlar ekan, şu siyosati bilan saroyda nifoq-nizo eşigini saltanat inqirozi sari yetaklagan edi.
Natijada bu nizo Çingizxonning Xorazmşohlar saltanatiga uruş oçib, uning ğalabalarini taʼminlagan asosiy omillardan biri böldi.
Aslida Jaloliddin Manguberdi Muhammad Xorazmşohning faqat katta farzandi bölganligi uçungina emas, unga Yaratganning özi buyuk hodisalar faol qatnaşçisi bölişiga loyiq barça sifatlarni bisyor qilib dunyoga keltirgan edi.
Şuningdek, şahzoda Jaloliddin peşonasiga davrning özi maşhur insonlarini, yaʼni maʼnaviy ruhiy sohada pölatdek inson qilib tarbiyalaşni öz zimmasiga olgan Najmiddin Kubrodek Piri komil ustozi aʼzamni, şuningdek, uni jang maydonining har qanday dahşatli ğanimi yuragiga qörquv vahimasini solişga qodir harbu zarb jangçi va sarkardasi qilib yetiştirişga qodir Temur Malik, Şahobiddin Xavaqiy kabi ustozlarni unga röbarö qilgan ediki, ular ham şahzodaning buyuk şohsupasi mavqeiga kötarilişida katta xizmatlar qilgan edilar. Ayniqsa, Şayxul Valitaroş Najmiddin Kubroning Jaloliddin Manguberdining kalbi naq töriga Vatanni va xalqini har qanday oğir şaroitlarda ham sadoqat bilan zarurat talab qilganida esa aziz jonidan, oilasidan keçib bölsa-da, Muqaddas yurti uçun jang maydonlarida oxirgi nafasigaça kuraş olib boriş kabi iymoniy tuyğuni limmo-lim singdirganligi uning fidoyi, yurtparvar bölib kamolga yetişida muhim ahamiyatga ega böldi. Şuni alohida taʼkidlaş lozimki, uluğ ustoz Najmiddin Kubro Vatanni zolim bölsa şirin jonidan keçib bölsa-da, uning ozodligi uçun tiklaş ğoyasini Qurʼoni karim oyatlariga tayanib taşkil etgan Kubroviya tariqati tarbiya, maʼnaviyat akademiyasida saboq bergan edi. Jahonda ilk bora ğanim, yurtga bostirib keladigan bölsa, avvalo, er yigitu qiz va ayol bölsin ruhiy, jismoniy iymoniy va botiniy barça kuçlarini tanada pölatdek mujassamlaştirib, uni yovga qarşi nafrat kuçiga aylantirib jangga kirişdek ğoyani yaratdi va bu amaliyotni hayotga tatbiq eta olgan buyuk zot böldi ham.
Holbuki, Köhna Urganç mudofaasini uyuştirişga tayinlangan Daşti Qipçoq sarkardalari ham möğullarning asosiy köşini poytaxt ostonasiga yetib kelmasidanoq sotqinlik va xiyonat otiga minib, mardu maydon şahzoda Jaloliddinni öldirişga intilib, ularning bir guruhi esa uning boşini Çingizxonga sovğa qiliş, ikkinçi bir qismi esa siçqonning ini ming tanga tarzida it topmas joylarga qoçişni afzal kördilar. Uzoqni körolmaydigan Jaloliddin Manguberdining ukalari esa isteʼdodli harbiy sarkarda mardlar mardi akasi panohida uning jang maydonida öng va çap tomonida metindek saf tortib jang olib boriş örniga Turkon xotun maslahati bilan ular ğanimlik jabhasini egallab, Jaloliddinning oyoğiga temir tikan bölib sançildilar. Holbuki, bu paytda poytaxtga siğdirilmagan Sulton Jaloliddin bir hovuç sodiq jangçilari bilan Xorazmni tark etib, şunday qaltis şaroitda Çingizxonning uç yuz ellik minglik dahşatli qöşiniga qarşi kuç yiğiş uçun begona ellarda ellik yuz jangçini öz königa jalb etişning maşaqqati uni toğ yukidek ezayotgan damlarda ming ilinj bilan viloyatma-viloyat kezib xalqni uluğ muqaddas jangga çorlab keçani-keça, kunduzni-kunduz demay ot surardi.
Bu paytda Çingizxon göyo Axriman qiyofasida özining yovuz maqsadini amalga oşirmoq uçun Iskandar Zulqarnayndan keyin ikkinçi marta jahon mamlakatlariyu dunyo ahlini qullik sirtmoğiga olib, bosib olingan xalqlarning behisob boyliklariga ega bölib davru davron naşidasini suriş orzusida edi. U Xitoyning asosiy qismi Hoqon tasaruffiga ötgaç, maqsadini va uning sarkardalarining amalga oşiradigan real kuçlar yer osti, yer usti moddiy boyliklar zaxirasiga ega bölib, Xitoy harbiy muhandislari tayyorlagan harbiy texnika va qöşini miqdorini xohlagança oşirişi, şuningdek, bosib olingan şaharu qişloqlardan asir olingan aholini jonli qalqon tarzida jangga safarbar etiş kabi çeksiz imkoniyatlarga ega edi.
Osiyo va Şarqiy Yevropaning öttizga yaqin yurtlarini bir hujumda kulini kökka sovurgan Çingizxon va uning vorislari Xorazmşohlar yurtining uç nafar buyuk şaxsi Şayxul Valitaroş, Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi va jasur sarkarda Temur Maliklar bilan jang maydonlarida ilk bora töqnaşar ekan, Hoqon kök tangriga siğinib jahon hukmdoriga aylanişdek, maqsadlari sarobga aylanişini içki bir tuyğu bilan sezdi. Ular tomonidan körsatadigan mardlik, jasorat va bahodirlik harakatlari hali jahon ahli yaralib sodir etilmaganligiga tobora iqror bölişdan özga çorasi qolmadi. Haqiqatan, Xorazmşohlar hududga bostirib kirgunga qadar mağlubiyat töğrisida birdan-bir tuşunçaga ega bölmagan Hoqon va uning maşhur ğolib sarkardalari birin-ketin mağlubiyatning aççiq alamlarini totdilar. Xitoyni sindirgan sarkardayu nuyonlar Sulton Jaloliddin tomonidan qöşini tor-mor etilganlik maşʼum xabarini Çingizxonga yetkazilganda u mutlaq bu şum xabarni hazm qilolmay tobora ğazab otiga minar, aççiğini kimdan olişini bilmasdi.
Yuqorida nomlari tilga olingan buyuk sarkardalarimiz erişayotgan ğalabalar yengilmas deya nom çiqargan Çingizxonning naq qalbiga xanjar urib uning jahonni egallaşdek boş maqsadi amalga oşuviga rahnalar solişda davom etar, yakuniy ğalabalarga tezroq erişiş tobora ularning mislsiz qarşiliklari oldida sarobga aylanişda davom etardi. Dastlab, Sulton Jaloliddinning harbiy sohadagi ustozi Xöjand hokimi Temur Malikning qalʼa mudofaasini taşkil etişdagi Çingizxonning qariyb olti-yetti marta köpsonli qöşiniga qarşi olib borgan jangu jadali Hoqon jismu tanini qaqşatgan hodisalardan biri böldi. Söngra bunça dardisar bölib Ötrorning Inolçiq bahodir boşçiligidagi qahramonona mudofaasi qöşildi. Hali bölar ham holva edi. Eng köp qon tökiliş janglari endi boşlanar, Sulton Jaloliddin şer yangliğ uyğonib Çingizxon va uning maşhur nuyonlariga qaqşatqiç zarbalar beriş uçun jang yalovini muhoraba maydoniga tikayotgan bir vaqtda Şayxul Valitaroş Köhna Urgançning ön ikki darvozasi tepasiga kuraş bayroğini mağrur örnatib, Çingizxonning uç martalab jönatgan elçilariga: biz şu yurtda tuğildik, şu yurt uçun şaraf bilan ölajakmiz. Yaratgan egam yoniga or-nomusimizni şahidlik şarobini oxirigaça içib borişdan bizni heç kim mahrum qilolmagan” degan javobni berib jang talab etganligini bildirib Hoqon elçilarini qaytarib yuborişdi. Çingizxon bu uluğ insonning javobini qaysarlikka yöydi. Bu buyuk zotdagi vatanga sadoqat, vatanparvarlik tuyğusining ilohiy ilmlaridan maʼnaviy-ruhiy ozuqa, kuç olişni qayerdan bilsinki, Tobi çöllarda ösib, ğayriinsoniy zulm, vahşiylik nafasi bilan ulğaygan hukmdor ilm maktabiyu madrasa ilmidan mutlaq bexabar bölsa. Uning dunyoqaraşida şakllangan ğoya özga xalqlarni qullikning jirkanç vositalari orqali idora qiliş bölsa. Şundan ham biliş mumkinki, Sulton Jaloliddin başariyat ustiga Nuh davri töfonini ikkinçi takrorlanişiga qiyos qilgudek kuç Çingiz va Çingiziylarning vayronalik, qirğinlik keltiruvçi yovuz maqsadiga mislsiz qatʼiy qarşilik körsatib, ularning jahonning egallaş jirkanç maqsadining amalga oşuvini barbod qilib, ğanimni holdan toydirgan yagona isteʼdodli Sulton va laşkarboşi sirasidan edi. Jaloliddin Manguberdi biror-bir davlat laşkarboşilari bilan jangda mağlubiyat nimaligini bilmagan Çingizxon va uning laşkarboşilarini Irğiz daryosi sohili yaqinida va Ğazna Valiyon, Bomiyon hamda Parvon janglarida mağlub eta oldi. Uning bu ğalabalaridan Çingizxon vahimaga tuşdi. Xitoy, Möğul hududlari va Şarqiy Turkistonda qayta-qayta yalpi safarbarlik ötkazib, qirib ado qilib bölmas son-sanoqsiz qöşinni kam sonli Sulton Jaloliddin qöşiniga qarşi jangga taşladi.
Ana şu ustunlik tufayligina öz ğalabasini taʼminlaşga oxir-oqibat erişdi. Biroq Çingizxon aşaddiy ğanimi bölgan Sulton Jaloliddinga tan berdi, uning mislsiz laşkarboşiligini eʼtirof etgan edi. Çunki Sultonning mislsiz qarşiligi holdan toygan Çingiziylarga jahonni zabt etiş imkonini bermadi. Bu Sulton Jaloliddinning ahli davlatlari oldidagi buyuk va mislsiz xizmati böldi.
Biz şu örinda Sulton Jaloliddin Manguberdi qaxramonligini vasf qilgan örta asrning maşhur muarrixlari asarlariga murojaat qilişni lozim topamiz. Mirzo Uluğbek özining “Tört ulus tarixi” asarida quyidagilarni keltiradi: “Sulton Jaloliddin mardonalik maydonida javlon qilmoq istadi va zamon gardişi navosiga jör bölib, muxoliflik şöʼbasini çalmoqlikni ixtiyor ayladi. Toki otasiga öxşab xalqining malomati öqiga nişon bölib, başariyat suniiylari tanasiga qolmagay.
Sulton Jaloliddin tavakkal otiga minib, Sanai 617 da zulhijja oyining 11 kuni karvon yöli bilan otasi unga bağişlagan Ğaznin tomonga ravona böldi.
Tarqalib ketgan qöşin Ğazninga yetgaç uning atrofiga kelib töplana boşladilar. Söngra Sulton Ğaznindan çiqdiyu Bozonga yönaldi. Bekçak va Timqur nuyon çeksiz möğul laşkarlari bilan Valiyon qalʼasi muhosarasiga maşğul böldilar. Şijoat asarli Sulton bu xabarni eşitib, jasoratli laşkari bilan ul badkirdor ğanim ustiga otlandi. Zör savaş böldi. Möğul laşkarlarning ğul (markaz) qismini xarob qildilar.
Sulton Jaloliddinning möğul laşkari ustidan ğalaba qilgani, Bekçak va Timqur nuyon va ularning laşkari taslim bölgani xabari Sohibqiron aʼzam Çingizxoni muazzamga yetib kelgaç Hoqon Toliqonga yetib keldi. Hoqon Qayqur nuyon va Şi-ki Xutuxi nuyonni öttiz ming laşkar bilan Sulton Jaloliddinni daf qiliş uçun jönatdi. Özi ham uning ortidan yölga tuşdi. Qayqur nuyon qiyomat asarli laşkari bilan Sulton Jaloliddini Qarorgohi Bozon mozeyiga yetib keldi. Sulton Jaloliddin jang qilişga moyillik bildirib botirlik yalovini narraşer dumidek boşiga soyabon qildi va qörqmay laşkarni jangga kiritdi. Göyo palang bilan jang boşlovçi şer kabi. Öng va söl köllarni tartibga keltirib qalb örtasidan Sultonning özi joy oldi. Yirtqiç şer kabi piyoda bölib ğazab bilan bel boğlab jang qildi. Mardlik bilan duşmanga taşlandilar”
Parvondagi ana şu qirğin jangda Sulton Jaloliddin qöşini ğolib çiqdi. Çingizxon yasoq jazosini qöllab har ön kişidan bittasini ölim jazosiga torttirdi. Ammo bu usul ham naf bermadi. Maşhur sarkardalardan birontasi Sulton Jaloliddinni mağlub qilişning uddasidan çiqolmagaç, jamiki köşinini saflab Çingizxon özi Jaloliddinni taʼqib qilişga kirişdi. Parvon jangida köplab jangçilaridan ajralgan Sulton Jaloliddin qöşinida yana bir fojia yuz berdi. Hazora maligi Sayfiddin Ağroq, Azam Malik sardorlari uning qöşinini taşlab Sinqiron toğlari tarafidagi qalʼalardan biri tomon ketdilar. Ammo ayrilganni ayiq yer qabilida biroz keyin ularni Hoqon qirib taşlaşga muvaffaq böldi. Sardor Maliklar ajralib ketişgaç natijada Sulton Jaloliddinning qöşini zaiflaşib qoldi. Bundan foydalangan Çingizxon barça qöşiniga özi boş bölib, Jaloliddin qöşnini taʼqib qilişga kirişdi. Kuçlar nisbatiga köra Çingizxon qöşini Jaloliddin qöşinidan ön-ön beş barobariga ustunlikka ega böldi. Natijada Sulton Jaloliddin Hind sari çekinişidan özga iloji qolmadi. Ammo şiddat bilan oqayotgan Sind daryosidan qöşinni narigi sohilga ötkazib ulgurmasdan yaşin tezligida Çingizxon son-sanoqsiz qöşini bilan yetib kelib Sulton qöşinini uç tarafdan örab oldi.
Bu voqea 1221 yilning noyabr oyi oxirida sodir bölgan edi. Qurşab olingan maydon Nilab nomi bilan tarixga kirdi. Bu boşlanadigan jang örta asrlar davrining eng qirğinli va qon tökişli janglaridan böldi.
Bu holatni Mirzo Uluğbek yuqorida biz tilga olgan asarida şunday taʼriflagan edi: “Çingizxon bu yerda şunday laşkar yiğdiki, daryo öq, askarlar esa kamon edi. Laşkar yoniga laşkar qöşilib Sulton qöşini yölini tösdilar. Sulton Jaloliddin bin Sulton Muhammad Xorazmşoh özini suv va olov örtasida kördi, çunonçi bir tarafida keskir qiliçlar olov soçardi, boşqa tarafdan esa qonxör, yutağon daryo hayqirib oqardi. Heç bir tomondan çiqib ketişning aslo iloji yöq edi. Noiloj jangga kirişdi. Bahodirlik otini kuraş maydoniga solib, totor kofirlaridan köplarini halokat domiga qordi va heç bir kulfatsiz jang qildiki, agar Rustami doston tirik bölganida, unga bölgan muhabbat yopinçiğini Jaloliddin yelkasiga solgan bölardi. Agar Kumuştan Isfandiyor bu jangni muşohada qilganida, uning xizmatida qullik lavozimini jonu dil bilan qabul qilgan bölardi.
Qaysi tomonga ot çoptirmasin, tuproqni qonga böyar edi. Agar bu jangni Zolning öğli körganida edi, u Sulton Jaloliddinning qölini öpgan bölardi”.
Çingizxon Sulton Jaloliddinning jangi va daryodan şerdek suzib ötişini uzoq kuzatib turganidan söngra yonida turgan öğillariga ögirilib: “Mana şunday öğillarga ega bölgan ota naqadar baxtlidir! U suv va olov kabi ikki balo qazo girdobidan özini qutqarib, sohilga çiqdi. U hali bizning boşimizga juda katta balolarni soladi. Uning qarşisida aqlli odam qanday qilib ğofil qola oladi?” – dedi.
Taqdirning yozuğini köringki, Sulton Jaloliddin qança qirğinbarot janglarda emas, balki bir kurd malʼun tomonidan öldirildi. Uning ölimini hatto tabiat ham kötara olmay osmonu falak közlaridan şaşqator, şarros yoşlar oqizib yiğlagan, motam tutgan, hatto u öldirilgan maydon ustida quşlar ham bu mudhiş hodisani kötara olmay çarxpalak bölib çirillaşib motam iştirokçisi bölganlar.
An-Nasaviy taʼbiri bilan aytganda: “Haqiqatan, bu iflos, razil kimsa(kurd) öz qilmişi bilan eng katta baxtsizlik keltirib çiqardi, Olamni Jaloliddinsiz yetim qoldirdi”
Ey ğanimlar böğzidan qon tirqiratuvçi! Özingku ölding, oqizding yoş örniga qon. Çarxi kajraftor uning mahobatini namoyon qilsa, Islom olami davlatlari holiga bir boq endi,
Anglarsan nihol: Islom tayançidan mosuvo,
Davlatlar kunpayakun, şuhrat yulduzi söndi.
An-Nasaviy Sulton Jaloliddin Manguberdiga şunday baho bergan edi: “Uning mardligi, jasurligiga kelsak uning janglardagi faoliyatini eslab ötişning özi qifoya qiladi. U şerlar orasida eng zör şer edi, qörqmas çavondoz, laşkarlar orasida eng botiri edi. U xaqgöylikni, adolatni uluğlardi”.
Xulosa şuki, Sulton Jaloliddinning kuraş va hayot yöli mardlik va jasoratda nafaqat yurtimiz yoşlari va xalqimiz va ozodlik hamda mustaqillikning tom maʼnoda qadriga yetuvçi başariyat uçun ibrat ramzidir. Uning Vatan mustaqilligi yölidagi sönmas va betimsol jasorati mardlikning eng sarbaland etalon makonidir. Şuningdek, mardu maydonlik sarçaşmasi hamdir.
Jumaboy Rahimov,
Özbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi universiteti
ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi professori.
Behzod Abduraimov,
Jaloliddin Manguberdi jamoat fondi raisi.
