Tahlil lazzatini tuygan olim
Şayx Saʼdiy özining xazon bilmas “Guliston”ida yozişiça, uç narsa uç nimarsasiz boqiy qolmas: Mamlakat – siyosatsiz, ilm – bahs va munozarasiz, mol – tijoratsiz. Özbek adabiyotşunosligida andişa va yuzxotir bahonasida loqaydlik kuçaygani, yolğonlar va ğalatlar şuhrat topib, haqiqat tusiga kiriş holatlari köpayayotgan bir davrda sanoqli olimlarimiz haq sözni aytişga çoğlanib, buning oqibatida köp dakki yeyişini bilgan holda munozara va ilmiy bahs davrasini qizitib kelmoqdalar. Köpçilik ularni xuşlamayroq, ehtiyot bölib munosabat qiladi, örtaga taşlagan fikrini muhokama qiliş örniga şaxsini ğiybat qilişga kirişadi. Ammo biror joyda ğalat va ğalati “ilmiy yangilik” yangraganda, yana öşa “murosasiz olim”lardan munosabat kutiş ham yozilmagan qoidaga aylanib qolgan.
Oqni-oq, qorani-qora deb baralla aytiş uddalab bölmas vazifaday körinsa-da, ğayrat kamarini beliga boğlab, şu işga jiddu jahd qilgan kişi aslida baxtlidir. Ana şunday baxtiyor kişilardan biri zahmatkaş olim, filologiya fanlari doktori, professor Nusratullo Jumaxöja yetmiş yoşga yetibdi. Yetmiş yillik umri behuda ötmadi. Nusratullo aka mana yarim asrdirki, mumtoz adabiyotşunosligimiz rivojiga özining beminnat hissasini qöşib kelayotir.
Domlaning özbek tiliga jonkuyarligi, til böyiça amalga oşirgan işlari ham eʼtirof etişga arziydi. Xususan, “Istiqlol va ona tilimiz”, “Qonun tili mezonlari” kitoblari domlaning tilga bölgan muhabbatining mahsuli ekani şubhasiz.
Nusratullo Jumaxöja ilmiy-ijodiy faoliyati mumtoz adabiyotimizning asl sarçaşmalaridan suv içgan. Ilmiy faoliyatini Şermuhammad Munis ijodini tadqiq etişdan boşlab, keyinçalik “Munis ğazaliyoti” kitobini naşr ettirgan. Olimning doktorlik dissertatsiyasi “Milliy mustaqillik mafkurasi va adabiy meros (XVII-XIX asrlar özbek şeʼriyati asosida)” mavzusida bölib, Xorazm adabiy muhiti tadqiqiga bağişlangan yirik va jiddiy işlardan biridir.
Nusratullo akaning hazrat Navoiy ijodiga muhabbati ulkan ummonning har bir tomçisiga-da mehr bilan, zavqu şavq bilan qaraşi, uni avaylab-asraşga harakat qilişida körinadi. “Navoiyning asarlarini asliyatda öqib, har bir sözning mağzini çaqiş lazzatiga nima yetsin”, deya olimning özi buni eʼtirof etadi. Hozirgi vaqtda adabiyot darsliklari va majmualarida Navoiy ijodi avvalgidan ança kengroq yoritilgani, asarlariga köproq izoh hamda şarhlar berilgan bölişiga qaramay, olimning köngli bular yetarli bölmasligini har lahzada öziga eslatib turadi. Yutuqlar bilan maqtaniş emas, yutuqlarni yanada köpaytiriş, kamçiliklarni köra biliş va ularni bartaraf etişga uriniş olimning ilmdagi asosiy mezonlaridan biridir.
Ilmiy asarlari bilan birga Nusratullo aka juda köplab yaxşi kitoblarning çop etilişiga boş-qoş bölgan. Xususan, ustoz navoiyşunos Abduqodir Hayitmetovning “Navoiy lirikasi” kitobini naşrga tayyorlagan. Kitobga yozilgan sözboşi “Maktab yaratgan olim” deb nomlanadi. Sözboşida Nusratullo aka ustoz navoiyşunosni şunday eslaydi: “Ustoz qanday masala yoki muammoga qöl urmasinlar, uni teran örganar va uzil-kesil hal etişga urinardi. Şu boisdan ham eng çigal muammolarning A. Hayitmetovga işonib topşirilganiga köp guvoh bölganmiz”. Bu taʼriflar qaysidir maʼnoda Nusratullo Jumaxöjaning öziga ham mos tuşadi. Çunki olim qaysi bir muammoni örganmasin, öz yeçimini taqdim etiş bilan birga fikrini asoslab, yetarliça dalillaşga harakat qiladi. Bu ilmda eng zarur bölgan fazilatdir. Qolaversa, u öziga nisbatan qançalik talabçan bölsa, boşqa olimlardan ham şuni talab qiladi. Tanqidiy qaraşlari, keskin ilmiy munosabati zamirida mukammallik istagi yotibdi.
Nusratullo aka har bir ğazalga katta iştiyoq va muhabbat bilan yondaşadi. Masalan, Alişer Navoiyning olimlar, şoirlar tomonidan eng köp va xöb örganilgan ğazallaridan biri bölmiş “Qaro közim” ğazali misolida birgina ğazalning özi yuzlab talqinlarga asos bölişi mumkinligini körsatib berdi. Uşbu ğazal tahliliga oid Erkin Vohidov, Matyoqub Qöşjonov, Alibek Rustamov, Ismatulla Abdullayev, Najmiddin Komilov, Abdulla Aʼzamov, Boyböta Döstqorayev, Ismoil Bekjonov maqolalari bilan birga Nusratullo akaning talqini ham Hazratning maʼnolar olamiga yöl topişda muhim kalit böladi deyiş mumkin. Olim dunyoqaraşi, nuqtai nazari, sifat va saviyasi qanday bölişidan qatʼi nazar, ğazal tadqiqi yölida yuzaga kelgan har bir tahlil ilm uçun qadrli ekanini eʼtirof etadi. Öndan ortiq tahlil mualliflari ğazal mazmuni va badiiyatini yuzaga çiqarişda fikriy jihatdan hamjihat ekanini taʼkidlaydi. Öz talqini esa mavjud imkoniyat doirasida ğazal tahlillari sintezining ayrim qirralari haqidagi xulosalar ekanini bayon etadi. Bu tarzda ğazallarning barça talqinlarini sinçiklab örganiş, asliyatda öqib, boşqa manbalar bilan soliştiriş olimdan ança vaqt va qunt talab qiladi.
“Navoiy ğazaliyoti talqinlari” kitobi ana şu mehnatlar samarasi ölaroq yuzaga kelgan. “Uluğ mutafakkirimiz Alişer Navoiy tarixan bizdan uzoqlaşib borgani sari biz unga maʼnan yaqinlaşib boryapmiz”, deb yozadi Nusratullo Jumaxöja. Kitobda “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotiga kirgan ğazallarga yozilgan şarhlar jamlanib, ular devonga muvofiq tört faslga ajratilgan. Bu bilan turli naşrlarda soçilib yotgan şarhlar bir joyga jamlandi. U har bir şarhni qadrlaşi, ularning kamçiligiyu yutuği bilan navoiyşunoslik sohasiga qöşilgan uluş ekanini anglaşi yaqqol körinadi. Olimning ilmdagi asosiy prinsipi ham turli qaraşlar va talqinlar bir maslakka egaligi, niyatlar hamjihatligi, barçasidan maqsad Hazrat asarlarini kengroq tarğib etiş ekanini uqtirişdan iborat. “Navoiy ğazaliyoti talqinlari” kitobi xalqimizning Navoiyni tuşunişi, anglaşi sari xizmat qiladigan muhim manba böladi, degan umidda çop etilgan. Unda naşrga tayyorlovçi sifatida Nusratullo Jumaxöja taniqli olimlarimiz va şoirlarimiz tomonidan Navoiy asarlariga yozilgan sara şarhlarni töplagan. U Alişer Navoiyning barça, xususan, tört mustaqil devondan taşkil topgan “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotidagi lirik asarlarning töliq şarhini yaratiş orzusi ekanini yozadi. Kitob şu işning dastlabki tajribasi bölib, uni izçil davom ettirib, töldirib, takomillaştirib boriş şarhlarning kelajakda töliq va tugal holatga kelişini nazarda tutib, asarlar va ularning şarhlari “Xazoyin ul-maoniy”dagi devonlar izçilligi tartibida hamda devonda tutgan örniga asosan joylaştirilgan.
Şu örinda “Istiqlol davri navoiyşunosligi” töplamidan örin olgan “Satrlar silsilasidagi sehr” risolasiga töxtalib ötiş joiz. Mazkur ilmiy tadqiqot Navoiy ğazallarini şarhlaşda nuktadon olimning yetuk bilim va salohiyatini, Hazrat asarlaridagi tilsimni oça bilişda Xudo yuqtirgan isteʼdodini namoyon etadi. Kitobdagi “Tadqiqni jonlantirgan tahlil”, “Qiyosiy tahlil hikmati”, “Sir saqlaş saboği”, “Işq öti – azal qismati”, “Surati şoh, siyrati darveş”, “Segoh sehri”, “Tört rang ramzi”, “Nodonlikni anglamoq – donolik”, “Maʼnaviy-ruhiy orom iştiyoqi” kabi yetmişdan ortiq maqolalarning har biri çinakam tahlil lazzatini tuygan navoiyşunosning bitiklari ekani şubhasiz.
Olimlik – bu özi zahmatli yöl. Atrofing axborot texnologiyalari asrining urf-udumlariga moslaşib bölgan, odamzot uçun hayotiy mezonlar özgarib, bozor taomillari böyiça yaşayotgan bir paytda çang qoplab yotgan manbalarni örganasan, ularni asliyatda öqiysan, arab va fors tilini örganasan, kimgadir nafi tegar degan umid bilan uni tahlil qilasan, kitob qilib çiqarasan… Şu pallada tevaragingga nazar solasan. Odamlarning öy-xayoli sen orzu qilgan maqsadlardan uzoqda ekanini bilib köngling biroz ğaşlanadi. Lekin bu xizmat ilm uçun ekani, urho-ur zamonda sening ilmiy yangiliginga qiziqqan, uni bilişga iştiyoqi bor kimdir borligini öylab, yengil tortasan. Zero, zimmada Navoiyni avlodlarga yaqinlaştiriş vazifasi turibdi. Adabiyot ahli umid bilan yaşaydi, köngli nekbinlik bilan suğorilgan böladi. Ayniqsa, Hazrat Navoiyning ijodiy olamiga qadam qöygan kişi borki, bir hikmatni anglab yetadi. Bu ötkinçi dunyoning mol-dunyosi kişiga huzur-halovat, baxtu saodat bera olmaydi. Men Nusratullo akaning hayot yölida ham, ilm yölida ham şu iqrorni köraman.
Şubhasizki, yetmiş yoş degani azmu şijoatni jilovlaş degani emas. Nusratullo Jumaxöja şu yoşda ham yoşlardan köra ğayratli. Har bir sözi toş bosadigan bu olimimiz sportda, ayniqsa, toş kötarişda ham peşqadamlardan. Yangi tahlillar, yangi tadqiqotlar, eng muhimi, yangi fikr aytiş istagi uning ijodiy aʼmolidir. Umr yöldoşining adabiyotşunos ekani ham domlaning baxti. Nusratullo aka taniqli olima, filologiya fanlari doktori Iqboloy Adizova bilan ham hayot yölida, ham ilm yölida yelkadoş bölib kelayotir. Şu baxtga köz tegmasin, deymiz.
Olimjon DAVLATOV,
filologiya fanlari doktori (PhD),
Alişer Navoiy nomidagi xalqaro
jamoat fondining ijroçi direktori
