Har millat öz tili ila faxr etar
Bu sarlavhaning mualliflik huquqi bizga emas, jadid bobolarimizga, töğriroği, öşa davr matbuotida yoniq ruhdagi maqolalari bilan faol iştirok etgan Saidrizo Alizoda bobomizga tegişli. “Oyna” jurnalining 1914 yil 11-sonida bosilgan uşbu maqolada ona tilga befarqlik millatga befarqlik ekani, uning sofligini asraş neçoğliq muhimligi haqida söz yuritilgan. Bu masala ötgan asr avvalida naqadar dolzarb hisoblangan bölsa, bugun undan ham köra köproq eʼtiborni taqozo etadi. 2023 yil 22 dekabr kuni Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengaşining kengaytirilgan majlisidagi tarixiy nutqida maʼnaviyat va maʼrifatning barça jabhalari qatorida özbek tili, uning davlat tili sifatidagi nufuzini oşiriş, yoşlarni milliy ruhda tarbiyalaş zaruratiga alohida diqqat qaratilgani buning isbotidir.
Sir emas, nihoyatda murakkab, ziddiyatli va tahlikali zamonda yaşayapmiz. Dunyoda mafkuraviy tahdidlar, özga davlatlar mustaqilligiga, boşqa millatlar ozodligiga tajovuz holatlari har qaçongidan ham kuçayib borayotir. Milliy ruhiyatni söndirişga zimdan harakatlar tobora avj olayotir. Mustamlaka zulmini, erksizlik uqubatini öz vujudida sinab körgan xalqimiz, tabiiyki, bunday holatlarga befarq qarayolmaydi. Eski zamonni qömsayotgan kimsalarga esa javobimiz tayin: çuçvarani xom sanabsiz, Özbekiston öz mustaqilligini himoya qilişga qodir!
Milliy ruhiyat – millat mavjudligi va taraqqiyotining asosi. Ana şu ruhiyat uni birlaştiruvçi, musibatlardan asraşga qodir tengsiz manbadir. Milliy ruhni saqlagan xalqni heç kim yenga olmaydi. Savol tuğiladi: bizda şu ruh bormi? Bölsa, yetarli darajadami? Bunga erişa olyapmizmi? Bu savollarga ikki xil javob beriş mumkin: birinçisi, bizda milliy ruh albatta bor va har qanday sinovga doş bera oladi. Ikkinçisi, maʼlum xavotir ham yöq emas. Har ikki holatga misollar keltiriş mumkin. Eng ahamiyatlisi, bugungi kunda ona tilimiz Davlatimiz rahbari timsolida dunyo minbarlarida yangrayotir. Prezident Şavkat Mirziyoyev har doim BMT minbarida, xalqaro taşkilotlar bilan ötkaziladigan sammitlarda, dunyo davlatlari liderlari bilan uçraşuvlarda faqat va faqat özbek tilida sözlaşmoqda.
“Bölar ekan-ku… Jahon minbarlarida olamşumul fikrlarni, ilğor taşabbuslarni özbek tilida ifodalaş mumkin ekan-u…” – degan tuyğu xalqimiz dilida iftixor, tilida şukrona hissini kuçaytiradi, şaksiz.
Xavotir hissiga kelsak, yuqorida zikr etilgan tarixiy yiğilişda Prezidentimiz bunga alohida urğu berdi. Yoşlarimiz eng taraqqiy etgan davlatlarning nufuzli universitetlariga öqişga yuborilayotgani, bu yölda mablağ ayalmayotganini taʼkidlagan Yurtboşimiz öta bir jiddiy savolni örtaga qöydi. Yoşlarimiz axborot texnologiyalari, matematika yoki istalgan özlari tanlagan sohaning yetuk mutaxassisi bölib yetişişiga şubha yöq. Lekin ular xorijiy davlatda öqişni bitirgaç, yurtimizga özbek bölib qaytadimi? Haqiqatan, bu – eng muhim, eʼtibor qaratmasa bölmaydigan masaladir. Har birimiz bu haqda jiddiy öylaşimiz, yoş avlod qalbida milliy ruhiyatni kuçaytirişga jiddu jahd qilmoğimiz şart va zarur. Lekin odamni taşvişga soladigan yana bir fikr bor: nima uçun toki Prezident eʼtibor bermagunça, jim yuramiz? Axir bu millat oydinlarini öylantirişi, uyqusini qoçirişi, halovatini öğirlaşi kerak bölgan muhimdan ham muhim masala emasmi? Holbuki, jadidlarimiz ayni şu tuyğu – millat va milliyat uçun kuyingan, kuraşgan, şu muqaddas yölda qurbon bölgan edi-ku… Nimaga biz loqaydmiz? Nega erkimizga daxl qilmoqçi bölsalar ham, yoşlarimizning ongu şuurini zaharlasalar ham etimiz çatnamaydi?!
Toşkent jadidlarining yorqin namoyandalaridan biri Tölagan Tavallo öz davrida milliyat tuyğusini öylab, könglidan keçgan iztiroblarini mana bunday ifodalagan edi:
Hama öz boşiga ovvora, millatga nazar qilmas,
Milliyat hislari bizda köring miqdor yöx,
yöx, yöx.
Holbuki, bu satrlar jadidlarimiz Vatan va millat taraqqiysi yöliga butun salohiyatini, kerak bölsa, molini-yu jonini ham bağişlayotgan bir zamonda yozilgan edi… Endi-çi, endi loqaydlikni, özibölarçilikni qanday oqlaş mumkin?!
Davlatimiz rahbari nutqida ona tilimiz ravnaqi va uni öqitiş masalalariga alohida diqqat qaratilgani barçani quvontirdi. Bizda çet tillari böyiça xalqaro sertifikat olgan mutaxassislarga ustama haq tölanardi. Lekin özbek tili böyiça bunday imtiyoz bölgan emas. “Özbek tili va adabiyoti” fani öqituvçilari ham xalqaro sertifikatga ega bölgan boşqa fan öqituvçilaridan kam bölmagan qöşimça haq bilan taʼminlanişi kerak. Bu, albatta, adolatdan böladi”, — dedi Prezident. Kelgusi öquv yilidan boşlab milliy sertifikatga ega “Özbek tili va adabiyoti” fani öqituvçilari 50 foiz ustama olişi belgilangani ona tili taʼlimi sifati oşişiga xizmat qilişi aniq. Bu yerda gap manfaatdorlikdagina emas, milliy tilga körsatilayotgan eʼtiborda va rağbatda ekanini taʼkidlaş joiz.
Boşqa tillarda taʼlim olgan yurtdoşlarimizning davlat tilini örganişga bölgan qizqişini kuçaytiriş – tilimiz nufuzini oşirişning muhim şartlaridan biri. Uşbu toifadagi yurtdoşlarimiz maxsus sertifikatga ega bölsa, öqiş xarajatlari davlat tomonidan qoplab berilişi ona tilimizga bölgan eʼtiborni yanada kuçaytirişi şubhasiz. Boşqa tillarni öqitişga ixtisoslaşgan maktablarda özbek tilining öqitiş soatlari köpaytirilişi tilimiz ravnaqi yölidagi yana bir muhim qadam sifatida baholanişga loyiq.
Fan olimpiadalari yoşlarga katta rağbat berişi ayon. Özbek tili böyiça xalqaro (!) fan olimpiadalari ötkazilişi, ğolib va sovrindorlar pul mukofoti bilan taqdirlanişi va özbek filologiyasi yönalişlariga davlat granti asosida öqişga qabul qilinişi şu paytgaça körilmagan hol edi. Yurtboşimizning bu boradagi taşabbuslari davlat tilini rivojlantiriş konseptual masala darajasiga kötarilganidan dalolat beradi.
Xorijiy tillarni biliş neçoğliq muhim ekani ayon. Maʼrifatparvar şoirimiz Avaz Ötar mana bu sözlarni bejiz yozmagani ham maʼlum:
Har tilni biluv emdi bani Odama jondur,
Til vositai robitai olamiyondur.
Ğayri tilini saʼy qiling bilgali, yoşlar –
Kim, ilmu hunarlar rivoji andin ayondur.
Mamlakatimizda çet tillarini öqitadigan bir neçta alohida taʼlim muassasalari, aksar universitetlarda maxsus fakultetlar faoliyat yuritadi. Ularni taşkil etişdan közlangan maqsad Özbekistonni, özbekni, uning madaniyati va intellektual salohiyatini butun dunyoda ularning öz tilida tarğib etadigan, milliy axloqni va maʼnaviyatni namoyon qiladigan yetuk mutaxassislar tayyorlaş ekani sir emas. Savol tuğiladi: ular şu vazifani bajara olyaptimi? Qaysi tilni örganayotgan bölsa, içki dunyosi-yu ruhiyatini ham, hatto taşqi qiyofasini ham öşa xalqqa öxşatişga zör berayotgan yoşlarni körganda, töğrisi, qalbimda oğriq sezaman. Bu toifa öşa xalq nazdida bunday “kseronusxa”lar xasçalik ham qimmatga ega emasligini, nahotki, bilmasa?! “Asliyat”ning qimmati balandroq ekanini anglaş uçun juda köp farosat kerakmi? Bu kabi savollar faqat millat oydinlarini emas, butun jamiyatni öylantirişi, taşvişga solişi kerak.
Sözimiz avvalida tilga olingan Saidrizo Alizodaning “Har millat öz tili ila faxr etar” sarlavhali maqolasida bundan bir yuzu ön yil muqaddam mana bunday sözlar yozilgan edi: “Uşbu Turkistonimizda qaysi bir rus, yo qaysi bir arman öz tilini qöyib bir-birovi ila turkça söylaydur. Ammo bizning sözlaşganimiz vaqtda har bir jumlada bir kalima rus sözi eşitilur. Masalan: “Mango bir oz pomogat qiling”, “Oni munça iştaraf qildilar”, “Falon odamning dökoni peçat qilindi”. Vaholanki, bul sözlar hammasi musulmonça ado bölina olur. Masalan, pomogat – yordam, iştaraf – jarima, peçat – muhr… Agarda til va adabiyotimizni muhofaza qilmay, anga ajnabiy luğat va sözlarni qöşabersak, bir oz zamonda til va millatimizni yöqoturmiz. Millatimizni yöqotganda, diyonatimiz öz-özi ila albatta yöqolur”. Koşkiydi, bu sözlar qaçon yozilganini bilmasam… Muallif aytgan muammolar hozirgi paytda ham ayni öşa davrdagi kabi dolzarb. Milliy ruh, millatga hurmat kuçli bölmasa, bunday muammolar yuz körsataverar ekan-da…
Albatta, bu kabi muammolar fikrlaydigan, befarq bölmagan har bir odamni öylantirişi zarur. Agar butun jamiyat birlaşsa, yeçilmaydigan masala qolmasligi ayon. Buning uçun jadid bobolarimizning “Tilda, fikrda, işda birlik” ğoyasiga amal qilmoq zarur.
Nurboy JABBOROV,
filologiya fanlari doktori, professor.
