Mahmudxöja BEHBUDIY. “TURKISTON TARIXI” KERAK
Bugun jadidlar tarixi, ularning ezgu amallari va ğoyalarini örganişga davlat siyosati darajasida har qaçongidan-da köproq eʼtibor qaratilayotgani har bir yurtdoşimizni behad quvontirmoqda, desak adaşmagan bölamiz. Zero, jadidlarning har bir harakati, har aytgan sözi bugun yurtimizda amalga oşirilayotgan keng kölamdagi islohotlarga hamohang bölib, xalqni maʼrifat orqali yuksaltirişga, yurtimizni dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari qatoriga qöşişga qaratilgan edi. Jadidlarning ğoyaviy darğalaridan biri Mahmudxöja Behbudiyning bundan 110 yil ilgari yozilib, “Oyina” jurnalida bosilgan maqolasida bugun ham har bir özbek ziyolisini öylantiradigan masalalar örtaga taşlangan. Şu bois milliy taraqqiyotimizning tamal toşi qöyilgan moziy sahifalariga yuzlanmoq faqat xayrli bölişiga işonamiz.
Tarix köp ahamiyatli va foydali bir narsadur. Tarixning foydalaridan baʼzisi uşbudurki, bir millatning na tariqada, qaysi yöl ila taraqqiy etganin öqib, ibrat olmoq yoki bir millatning na sabablardan tanazzul etib, oxiri munqariz bölub ketganin öqub mundan ham istifoda etmak mumkindur. Şuning uçun bizning öz şevamizda Turkistonda ötgan bobolarimizning maişiy, siyosiy ahvoliğa doir “Turkiston tarixi” bor bölgonda, oni köz oldimizda qöyub, burunği qahramon bobolarimizning na yöl ila taraqqiy va madaniyat davriğa kirub va nima sababdan oxiri munqariz bölub ketganlarini öqub, bilub, xeyli ibrat olar eduk. Öşandoq hozirgi holimizni bobolarimiz davridagi hollarğa bir daraja muqoyasa etmak ila barobar öz-özimizdan bir infioli daruniy* his edub, yuzlarimiz qizarar edi. Holo, biz turkistoniylar marhum bobolarimiz ahvoli ham Turkiston voqeoti tarixiyasidan butun ğofil va bexabardurmiz. Çunki hanuz Turkiston tarixi haqinda yangi tadqiqot ila yozilgon, tartibli va istifodali mukammal bir asar vujudğa kelgan yöq. Töğrisi, munday tarix yozuvçi kişi turk öğlonlaridan hanuz maydonğa çiqğon yöqki, bu esa turk bolalarining noxalaf bölub, çin öqul emasliklariğa dalildur. Bu sözlardan tarixsizligimiz anglaşilmasun. Bizning tariximiz bor.
Burunği asrlarda Turkiston va turklar voqeoti va ahvoli haqinda turkiy, forsiy va arabiy tillarda neça kitoblar yozilgandirku, u kitoblardan rus va boşqa yovrupoyilar istifoda etgan va etmakdadurlar. Lekin u muxtalif** tillarda yozilgan. Tarixiy asarlardan biz turkistoniylar istifoda etub, yangi muhokama va tadqiqot ila öz şevamizda muntazam bir asar vujudğa kelturganimiz yöq. Balki bizlar andoğ tarixiy kitoblardan aksariyat ila xabarsiz bölub, baʼzisidan xabardor bölsak ham, alarning tabʼ va naşriğa ahamiyat bermaymiz. Çunki bizning xalqlar andoğ kitoblardan köra xurofotlik qissa, hikoya va oşiqona ğazal kitoblariğa ziyoda rağbatlik bölganidan moddiy foydasini közlab, şunday afsona va aslsiz kitoblarni tabʼ va naşr etmakdamiz. Şuning uçun kundan-kun muhim tarixiy kitoblarimiz közdan tuşub, esdan çiqub ketmakdadurki, muning aybu gunohi Turkistondagi manfaatparast kitobçilar böyniga tuşsa kerak. Çunki bu söng yillarda kitobçilar tarafidan turli xurofotlik kitob va risolalar naşr bölinub turganligi maydonda va barçağa maʼlumdur. Agarda muhtaram noşir va kitobçilarimiz mundan söng axloq buzguvçi oşiqona ğazallar va sof eʼtiqodlarni zaharlandiruvçi xurofotlik afsona kitoblar örniğa möʼtabar tarixiy, axloqiy va adabiy risola va kitoblar naşr etmoqğa taşabbus etsalar, şoyad bu xayrli işlari avvalgi gunohlarining yuzini yopar.
“Sadoiy Turkiston” jaridasiğa “Milliy tariximizni kim yozar?” mazmunida bir savol körulgon edi. Bizning fikrimizça, munday bir tarix yozmoqlik nihoyatda qiyin bir iş bölub, hozirda muning ifosi bizlarning qölimizdan kelmayturğonga öxşaydur. Şuning uçun bu xizmatni Turkiston tarixi ila oşino böla boşlagan yoş muarriximiz muhtaram Ahmad Zaki Validiy afandining qalamidan umid etmakdamiz.
“Oyina” jurnali, 1914 yil, 38-son.
* Infioli daruniy – içki hayajon.
** Muxtalif – xilma-xil, boşqa.
