Uyğonayotgan ruhiyat
yoki ona-Vatan har bir yuraklarda bölsin!
Inson ruhiyatida baʼzan şunday samoviy lahzalar keçadiki, nimanidir izlayotgan, qandaydir madad kutayotgan damlaringizda birdan qalbingizni bir dasta nur şuʼlalantirib, uyğotib yuboradi. Sizni qudratli qöllari bilan samolarga olib çiqqandek böladi. Siz şunda göyo yunon asotirlaridagi yengilmas pahlavon Anteyga aylanasiz, qanotlarning qudratli şovullaşini eşitasiz, qantarib qöyilgan Boyçibor oyoqlaridagi kişanlarning kul-kul bölganini, Alpomişning ön tört botmonlik kamondan öq uzganida Asqar toğning bir parçasini yulib ketganini körasiz va hayratga tuşasiz. Tomirlaringizda şiddat bilan oqayotgan qonning alvonligini his qilib, bir nafas köz yumasiz va uni oçganingizda ufqqaça tutaşib ketgan butkul zangor yaproqlar mamlakatidagi uluğ toğlar, uluğ daryolar, uluğ xalq, uluğ ona tilning — ona-Vatanning şakl-şamoyilini, böy-bastini, ötmişi va kelajagini körib, uning zarrasi ekanligingizdan quvonç va xavotirga tuşasiz. Quvonç – siz şu Vatanga daxldorligingiz, xavotir – uning oldidagi farzandlik qarzingizni qay taxlit ado etayotganingizda…
Men Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning ötgan yil oxirida yurt ziyolilari bilan uçraşgan çoğdagi muloqotidan söng şunday holatni özimda keçirdim. 2017 yil avgust oyidagi uçraşuvda ham mamlakatning böyi barobar kötarilgan masalalar Uyğonayotgan ruhiyat – yangilanayotgan Vatan oldida turgan vazifalar naqadar dolzarb ekanligini çuqur his qilgan, “şunçaki yaşaş, şunçaki yoziş” mumkin emasligi – bu hammamiz uçun or-nomus masalasi ekanligi haqida çuqur öyga botgan edik. Mana, öşandan beri oradan yetti yil ötdi. Yetti yil mobaynida mamlakat miqyosida asrlar bilan böylaşadigan olamşumul işlar amalga oşirildi.
Çinakam bozor munosabatlari asosida taşkil etilayotgan munosabatlar negizida xorijiy investitsiyalarga yöl oçildi. Dunyo bizga işondi. “Navoiy baytlaridek yöllar” yaratildi. Bolalarning jajji barmoqlari kösaklar ignasiga tegib qonamaydigan böldi. “Bolalar mehnati”ga çek qöyildi. Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek: “Qariyb çorak asrdan keyin Toşkent xalqaro kinofestivalini qayta tikladik. 2021 yildan buyon har yili jahonning 50 dan ortiq mamlakatidan yuzlab kinoijodkorlar Özbekistonga taşrif buyurmoqda. Alişer Navoiy nomidagi kino saroyi zamonaviy qiyofaga ega böldi, yangi “Renessans” kino uyi barpo etildi. Milliy filmlar yaratiş uçun davlat tomonidan ajratilayotgan mablağlar hajmi ham tobora ortib bormoqda…
Zamonaviy adabiyotimizni rivojlantiriş maqsadida poytaxtimizda Adiblar xiyoboni, Yozuvçilar uyuşmasining muhtaşam binosi barpo etildi. Ölkamizning bahavo hududlarida yangi ijod uylari qurildi. Samarali ijod qilayotgan adiblarimiz imtiyozli asosda yangi uy-joylar bilan taʼminlandi. Yozuvçilar uyuşmasi faoliyatini moddiy qöllab-quvvatlaş uçun har yili qariyb 25 milliard söm ajratilmoqda.
Yoş isteʼdod egalarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş maqsadida Zomin seminari qayta tiklandi. Navqiron şoir va yozuvçilarning birinçi kitoblari katta tirajlarda naşr etilmoqda. Atoqli ijodkorlarimizning tavallud sanalarini keng nişonlaş yaxşi anʼanaga aylandi.
Birinçi marta naşr etilgan 100 jildlik “Turkiy adabiyot durdonalari”, 30 jilddan iborat “Mustaqillik davri navoiyşunosligi”, “Qoraqalpoq adabiyoti durdonalari”, “Mard askarga sovğa” singari adabiy majmualar maʼnaviy hayotimizda muhim voqea böldi”.
Şunday… Gurillab keçayotgan hayot saltanatida Prezidentimiz yana Tafakkurni, Diyonatni, Iymon va Vijdonni, Ğurur va Imkonni – Vatan fidoyilarini yana muloqotga çorladilar. Sana: 2023 yil 22 dekabr. Yer kurrasi bir kosa suvdek qalqib turgan pallada. Şarqiy Yevropa va Yaqin Şarq qismati dunyo xalqlarini iztirobga solib, közidan uyquni qoçirgan bir pallada:
“Özimizga bir savol berib köraylik: biz hozirgi keskin şaroitda ğoyaviy-mafkuraviy sohada raqobatga tayyormizmi? Yoş avlodimiz tarbiyasi murakkab zamon talablariga javob beryaptimi?”
Ha, hammamizni jiddiy öylantiradigan, taşvişga soladigan savollarni örtaga qöyyaptilar Davlatimiz rahbari.
Kimdir öz ona tilini bötqaga aylantirib gapiradi. Biz jimmiz.
Ne-ne uluğ niyatlar bilan muqaddas Kaʼba tuproğiga borgan inson qaytib kelganida uzun poyandozlar yozilgan gilam yölakçalardan yurib, olqişlayotganlarga kibr bilan qarab, ostonaga qadam qöyadi. U kibr gunohi azim ekanligini bilmaydimi? Biz esa jimmiz…
Töylardagi haşam yetti puştimizga yetgulik… Biz esa yana jimmiz. Mabodo kimdir söz qotsa, bir zumda uning oğzini yopişadi. Orzu-havas degan ibora bilan.
Törtta xotin olib, ular örtasida ilohiy adolatni taʼminlay olmagan, mustaqil davlatimiz qonunlarini çetlab ötgan kimsa özini qahramon deb his qiladi.
Biz esa hamon jimmiz.
Ijtimoiy tarmoqlardagi holatlar: xalqimiz şaʼniga, qadriyatlariga tinmay toş otişlar, ona tili grammatikasi – yozişdagi çalasavodlik.. Bular bari özimizni şu ona Vatanga masʼul farzand deb bilgan insonlarning oldidagi hal qilinişi lozim bölgan dolzarb masalalardir. Şu yerda Prezidentimizning uşbu sözlarini iqtibos qilib keltiraman: “Hammamiz bir haqiqatni unutmasligimizni istardim. Hayot bor ekan – jaholat ham, maʼnaviy tahdidlar ham bölişi tabiiydir. Ammo eng xatarlisi – yurt kelajagiga loqaydlik, ezgu qadriyatlarga nisbatan beparvolikdir”.
Biroq biz özligimizni, özbekligimizni, ona-Vatanimizni köz qoraçiğidek asraşga qodir xalqmiz.
Asosiy qonunimizdagi fundamental prinsiplardan kelib çiqib, işlab çiqilayotgan Dunyoviy davlat konsepsiyasi…
Korrupsiya va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş böyiça amalga oşirilayotgan tezkor tadbirlar…
Yoşlarimizni milliy va umumbaşariy ğoyalar asosida kamol toptiriş maqsadida mamlakatimizda faoliyat körsatayotgan 40 ta teatr uçun har yili 40 ta yangi spektaklga davlat buyurtmasi asosida 15 milliard söm ajratilişi farzandlarimiz qalbini tarbiyasiz kimsalardan asrab qoliş yölidagi muhim amaliy harakatlardir.
Bolaligimdan xalq oğzaki ijodini mutolaa qiliş sevimli maşğulotimga aylangan. Taʼbir joiz bölsa, xalq oğzaki ijodida uning yuragi urib turadi. Sodda va buyuk badiiy ifodalar, şeʼrlar, dostonlar, laparlar, aytişuvlar inson ruhining ilk tarbiyaçilariga öxşaydi. Bu sohada yanada katta imkoniyatlar yaratilayotganini Prezidentimiz nutqlarida eşitib, tilla topgan qulday quvondim. Axir hammamiz ham qalbi şoir xalqning bolalarimiz-da…
Şuningdek, Prezidentimiz mamlakatimizda özbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oşiriş böyiça amalga oşirilayotgan katta işlar xususida töxtab, özbek tili va adabiyoti fani öqituvçilari ham xalqaro sertifikatga ega bölgan boşqa fan öqituvçilaridan kam bölmagan miqdorda qöşimça haq bilan taʼminlanişi kerakligini, milliy sertifikatga ega bölgan özbek tili va adabiyoti fani öqituvçilariga kelgusi öquv yilidan boşlab 50 foiz ustama tölanişi, buning uçun 2024 yilda qöşimça 10 milliard söm, 2025 yilda esa 30 milliard söm ajratilişi haqidagi fikrlari nur ustiga aʼlo nur böldi.
Bundan taşqari, özbek tilidan boşqa tillarga ixtisoslaşgan maktablarda davlat tilini öqitiş soatlari köpaytirilişi, özbek tili böyiça xalqaro fan olimpiadalarining ötkazilişi, ğolib va sovrindorlarning pul mukofoti bilan taqdirlanişi, ular mamlakatimiz oliy öquv yurtlarining özbek filologiyasi yönalişi böyiça davlat granti asosida öqişga qabul qilinişi ona tilimizning keng quloç otişi uçun yaratilayotgan imkoniyatlar eşigi demakdir. Yana şunday imkoniyatlardan navbatdagisi Prezidentimizning taʼkidlaşlariça: “Jamiyatimizda kitobxonlik madaniyatini oşiriş böyiça boşlangan işlar”ning davom ettirilişidir. Kelgusi yildan milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini köp ming nusxalarda çop etiş va barça kutubxonalarga yetkazib beriş uşbu yöldagi qutluğ qadamlardan bölib, xalqimiz dilidagi ayni ezgu amallardan böldi.
Şu bilan birga, har yili eng yaxşi badiiy asarlar yaratiş, tarjima qiliş uçun ijodiy buyurtmalar berilib, muallif va tarjimonlarga munosib qalam haqi tölanişi ijodkorlar uçun ham beriladigan moddiy imkoniyatlar ifodasi, desak xato bölmas.
Şuningdek, “Yoşlar uçun – ming kitob” loyihasini amalga oşiriş, buyuk ajdodlarimiz haqida bolalar tuşunadigan tilda sodda, ravon asarlar yaratiş masalasi ham biz ijodkorlar oldiga qöyilgan qutluğ vazifalardan biridir.
Dengizning suvini hovuçga töldirib bölmaydi. Muhtaram Prezidentimiz bilan bölgan muloqot misoli bir dengiz bölib. unda belgilangan hayotbaxş ğoyalar va rejalar hammamiz uçun aziz bölgan ona-Vatanimiz taraqqiyotiga xizmat qiladi. Uluğ şoirimiz Rauf Parfi bir şeʼrida “Yuragim, ismingni unutma” deb xitob qiladi. Biz ham şunday deymiz: Yuragim! Ona-Vatan sening isming. Biz doim sen bilan birgamiz!
Şarifa SALIMOVA,
Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, şoira.
