Hojilar öz maqomiga munosib bölsalar…

— Hormang, hoji aka.

— Salomat böling.

— Tinçlikmi?

— Hamma uy içida ikki yoşga baxt tilab, ularning porloq kelajagi uçun tilak aytib, öyin-kulgi qilib ötiribdi. Siz bölsangiz, mehmonlar bilan emas, uy taşqarisida derazadan hojilarni kuzatib turibsiz.

— Bilasizmi, men faqat hojilarni emas, hamrohlaringiz — öğlimning kursdoşlarini ham kuzatmoqdaman. Ular ötirgan xonadagi suhbatlarni ham eşitdim. Endi ayting, mana, siz öğlimning kursdoşisiz. Örtoğingizning şunday baxtli kunida unga ezgu tilak­lar aytib, döstlaringiz bilan uning yaxşi xislat va fazilatlarini eslab, bizning xonadonimizda hamişa yaxşi kunlar bölişini tilab, xuş kayfiyatda ötiribsizlar. Öğlimning sinf­doş döstlari ötirgan xonada ham şu taxlit yaxşi niyatlar bildirilmoqda. Lekin mening hoji döstlarim ötirgan joyda bunday gaplarning örniga boş­qaça hangoma bölayapti. Ular, asosan, kimning öğli oliygohga öqişga kira olmagani, kimning oilasi notinçligi, kimningdir işi yurişmayotgani, kimdir uçinçi bor umra ziyoratiga borib kelib, “ziyofat” bermagani kabi gap-sözlar bilan maşğul. Ular uçun ezgu fikrlardan köra, kimnidir ayblaş, kimnidir kamsitiş şunçalar muhimmi? Ularning özlari ayb-nuqsonlardan xolimi? Hamnafas bölib yuzma-yuz ötirgan yoşlar ularga havas bilan qarab, amri maʼruf darajasidagi ibratli, sermaʼno fikrlarni eşitişga orzumand bölib ötirişadi. Lekin…

Goho öylanib qolaman. Sönggi vaqtlarda umra ziyoratiga borib kelganlarga odamlar özlariça “hoji” maqomini berib murojaat qilişlari urfga aylanib qoldi. Aslida, umra bu — ziyo­rat, sunnat amallardan biri, haj esa ibodatdir.

Yurtboşimiz tomonidan bugun barça din vakillari uçun har qaçongidan qulay imkoniyat va şaroitlar yaratib berilmoqda. Xususan, musulmonlar yil davomida umra ziyoratiga borişi, har yili minglab fuqarolar haj amallarini bajarişi va boşqalar. Bularning bariga şukur qilib, umra ziyorati va hajga borib kelgan fuqarolarimiz maʼnaviyat, maʼrifat va madaniyat borasida boşqalarga örnak bölişlari kerak.

Yaqinda bir vaqtda haj ibodatini bajarib kelgan hoji akalarning “hoji yiğin”larida iştirok etdim. Rostini aytsam, bu yiğinni “töqlikka şöxlik” deb atagan bölar edim.

Ayrim hoji akalardagi kibru havo, boşqalardan özini bir poğona ustun qöyişi, aççiq bölsa-da, bor gap. Ular insonlarni hajga, umraga bormagani uçun pisand qilmasligi töğrimi? Tabarruk joylarga qadamlari yetgan millatdoşlarimizning saviyasi şunçalik past darajadami? Özlarini şunday tutişga ularning maʼnaviy haqlari bormi?

Bu örinda Özbekiston mahallalari uyuşmasi taʼsis konferensiyasida muftiy Nuriddin Xoliqnazarovning quyidagi fikrlari diqqatga sazovor:

— Bugun umra ziyorati va hajga borib kelib, ortiqça riyoga, dabdabaga berilib ketayotgan yurtdoşlarimiz ham uçramoqda. Buning örniga odamlarga qölimizdan kelgança yaxşilik, ezgulik qilişga intilsak, bor bilim va iqtidorimizni jamiyat hayotidagi mavjud muammolarni bartaraf etişga sarflasak, xususan, yoşlar taʼlimiga sarmoya, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga kömak, yoşlarimizning bilib-bilmay notöğri yöllarga kirib ketişlarining oldini oliş çoralari kabi masalalarda mahalla yettiligiga kömakçi bölsak, maqsadga muvofiq bölardi. Jamiyat hayotida yutuqlarimiz bisyor. Biroq mavjud ijtimoiy-maişiy muammolardan köz yuma olmaymiz. Bu muammolarni hal etişda köpni körgan, ham diniy, ham dunyoviy ilmlardan boxabar bölgan hojilarimizning kömagi har qaçongidan ham muhimdir.

Uşbu fikrlar “şu yurt farzandiman”, degan har bir kişini öylaşga, fikrlaşga undaydi. Mahallalardagi hojilar Özbekiston mahallalari uyuşmasi taʼsis Konferensiyasi iştirokçilarining mahallalar faollariga Murojaatnomasida taʼkidlanganidek, “Mening mahallam — mening istiqbolim — mening taqdirim” tamoyilini barça yoşdagi fuqarolar ongiga singdirişda jonbozlik körsatsalar, nur ustiga aʼlo nur bölar edi. Bundan dinimizning ham, maʼnaviyatimizning ham nufuzi yanada ortib, hojilarimiz öz maqomiga munosib bölar edilar.

Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev ötgan yilning 22 dekabr kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengaşining kengaytirilgan majlisidagi nutqida aytgan quyidagi sözlar ham barça yurtdoşlarimizni, birinçi galda muqaddas ziyoratlarga borib kelayotgan insonlarni ogohlikka, xalqona aytganda insofga çorlaşi kerak.

“Maʼlumki, keyingi yillarda haj, umra ziyoratlariga keng yöl oçilyapti. Minglab fuqarolar mana şunday qutluğ ziyoratlarga borib kelayotganiga hammamiz guvohmiz.

Bu borada ilgari ham aytgan bir fikrimni takrorlamoqçiman: haj­ga, umraga borib kelgan har bir yurtdoşimiz maʼnaviyat tarğibotçisi bölişi, odamlarni yaxşilikka boşlaşi kerak. Afsuski, hamma joyda ham şunday bölmayapti. Ziyorat bahona özini köz-köz qiliş, manmanlikka beriliş kabi bizga yaraşmaydigan hunuk holatlar közga taşlanmoqda. Bular albatta barçamizni öylantirişi kerak.”

Şunday ekan, maʼrifatli xalqimiz milliy qadriyatlarini eʼzozlaşi, özligini anglaşi bilan bir qatorda, uni hayotga tatbiq etişi juda-juda kerak. Çunki gap bilan iş bir bölmasa, bari bekor.

Bahrom BOYMURODOV,

Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan