Gazeta tarqatişda ham “MAHALLABAY” tizimi yölga qöyilsa…
Gazeta öqisak…
…Qişloqqa bordim. Ota hovlimizning kiriş darvozasi eşigida poçta qutisi bor. Ukam öşani olib taşlamoqçi bölib turgan ekan. Hovliqib söradim:
— Nima qilyapsan?
— Şuni olib taşlamoqçiman!
— Nega?
— Baribir neça yillardan beri bu quti böş turibdi-ku. Endi poçtaçi gazeta-jurnallar olib kelmasa…
— Gazeta-jurnallar kelişi uçun ularga obuna böliş kerak. Obuna bölganmisan?
— Yöq.
— Obuna bölmasang, kim olib keladi?
— E, obuna bölsak ham poçta olib kelmaydi…
— Ukajon, baribir teginma. Bu poçta qutisi menga bolaligimni eslatadi…
Sönggi yillarda Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev barça sohalar rivoji uçun servis xizmatlarini yaxşilaş lozimligini taʼkidlab kelmoqda. Servis xizmatlari insonning faqatgina maişiy, tibbiy, diniy ehtiyojlarini qondiriş emas, odamlarning maʼnaviy saviyasini yuksaltirişga yordam beradigan jarayonlarni vaqtida va sifatli amalga oşiriş ham demakdir. Bu narsa xalqimizning maʼnaviy dunyoqaraşini yuksaltiriş uçun xizmat qiladigan vaqtli gazeta-jurnallar obunasi va ularning joylarga yetib borişi uçun ham daxldordir. Bu esa ijtimoiy hayotning, ijtimoiy ongning yanada rivojiga xizmat qiladi. Qanday qilib?
Bugun vaqtli naşrlarga obuna masalasida kömak beruvçi “Özbekiston poçtasi” aksiyadorlik jamiyati va uning hududiy bölimlari, “Matbuot tarqatuvçi” aksiyadorlik kompaniyasi va umuman sohaga xizmat qiluvçi, kömaklaşuvçi taşkilotlarning bu borada aholiga xizmatlarini ijobiy deya olmaymiz. Ular faqatgina davlat taşkilotlari va korxonalarining vaqtli naşrlarga obuna bölişlarini taşkil etiş bilan çeklanmoqda. Çunki ularning gazeta-jurnallarga obuna bölişlariga mablağ ajratilgan. Körinadiki, biror muassasada işlaydigan odamlargina vaqtli naşrlar haqida tuşunçaga ega. Şunda ham faqat iş faoliyatiga oid gazeta-jurnallar atigi bir donadan bir neça önlab yoki yuzlab xodimlari bor muassasaga keladi. Ularni esa barça xodimlar öqişiga kafolat ham, imkoniyat ham yöq.
Gazeta öqitsak…
Bugun yurtimizda “Xonadonbay”, “Mahallabay”, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” işlaş tizimlari Yurtboşimiz tomonidan alohida nazoratga olinganligi bejiz emas. Tasavvur qilaylik, çekka tuman va qişloqlarimiz mahallalarining bugungi qiyofasi zamonaviy şaharlar bilan taqqoslanmoqda. Biroq xonadonlar va mahallalarning obodligi inson maʼnaviy qiyofasida ham aks etsa, nur ustiga nur bölardi.
Fuqarolar bilan suhbat jarayonida şu narsa oydinlaşdiki, odamlar mutolaa qilişlari uçun gazeta-jurnallar kerak. Ular ijtimoiy tarmoqlardagi firibgarliklardan çarçadi, kiberjinoyatlarga qarşi kuraş çoralarini topa olmay halak. Xalqimiz töğri, aniq, işonçli, tahliliy maʼlumotlarga, öqişli naşrlarga çanqoq.
“Çunki odamlardagi yangilik, tahliliy maʼlumot, real voqealarga bölgan ehtiyojni biz qondirmas ekanmiz, buni boşqalar qiladi. Bunga mutlaqo yöl qöyib bölmaydi”, — dedi muhtaram Prezidentimiz kuni keça bölib ötgan Xavfsizlik Kengaşining kengaytirilgan yiğilişida. Faqat buni töğri tuşuntiriş lozim.
Şunday ekan, har bir mahallalarimizda vaqtli naşrlar savdosi bilan şuğullanadigan yengil konstruksiyali “Matbuot” dökonlarini yölga qöyiş maqsadga muvofiq bölar edi. Bu dökonlarni soliqdan ozod etib, aholi öqişi muhim bölgan respublika va mahalliy naşrlarni arzon narxlarda xonadonbay yetkazib beriş şarti bilan kelişuv asosida iş bilan taʼminlaş mumkin emasmi? Masalan, haftada bir marta çop etiladigan “Yangi Sirdaryo” gazetasining 2024 yil uçun yillik obuna bahosi 603 000 sömni taşkil etadi. Buni 52 haftaga bölsak, 11 596 söm 15 tiyinga töğri keladi. Mahallalarda taşkil etiladigan “Matbuot” dökonlarida gazeta fuqarolarga erkin narxda, aytaylik, örtaça 5-6 ming sömdan sotilişi maqsadga muvofiq bölur edi. Buni tajriba ötkaziş asnosida odamlarning gazetalar uçun yillik obunadan köra, kundalik arzon narxda sotib olişi qulay bölgani uçun ham şunday yöl tutilsa yaxşi bölardi. Faqat ularga gazetalarni öz vaqtida, tizimli ravişda yetkazib beriş çoralarini köriş kerak. Odamlar gazetalarni arzon narxda sotib olişi natijasida ularning adadlari soni ortadi. Bu esa gazetalarning tannarxi yana tuşişiga olib keladi. Öz navbatida bugungi kunda özi iqtisodiy tang ahvolga kelib qolgan tahririyatlar “Qöşimça qiymat soliği”dan ozod qilinsa. Bu ham gazetalarning tannarxi yanada arzonlaşuviga olib keladi. Bundan ham jamiyat, ham davlat manfaat topadi.
Gazeta öqilsa…
Respublikamiz miqyosida bugungi kunda muassislari katta imkoniyatlarga ega, yaʼni puli bor tizimlarning naşrlari bölgan “Işonç” 35 mingdan ziyod nusxada, “Postda” — “Na postu” gazetalari esa qariyb 50 ming adadda çop etilmoqda. Bunday gazetalar faqatgina soha vakillari uçun. Hatto hukumat gazetalariga ham bu nusxada obuna taşkil qilinmaydi. Töğri, yilning keyingi oylaridan bir kunda 50-60 ming nusxa tiraj qöşiladigan holatlar ham bor. Ammo bu tizimli ravişda obuna işlarining yölga qöyilganini bildirmaydi.
Masalan, Qoraqalpoğiston Respublikasi va ayrim viloyatlar kesimida gazetalarning 2024 yil boşida quyidagi adadlarda naşr etilayotganiga eʼtibor qarataylik:
“Erkin Qoraqalpoğiston” gazetasi — 899 nusxada ;
“Vesti Karakalpakstana” — 216 ;
“Qoraqalpoğiston madaniyati” — 1300;
“Yangi Sirdaryo” — 1500;
“Novaya Sыrdarya” — 500.
“Buxoronoma” va “Buxarskiy vestnik” gazetalarining dastlabki naşrlarida adadi körsatilmaganligiga qaraganda, köz-köz qiladigan darajada emasligi aniq. Biz tahririyat bilan boğlanmoqçi böldik. Ammo telefon göşagini heç kim kötarmadi.
Öylab köraylik, aslida, 2 milliondan ortiq aholiga ega Qoraqalpoğiston Respublikasi uçun agarda obuna körsatkiçi örtaça 1 foizni taşkil etganida ham gazetalari 20 000 adadda çop etilişi kerak edi. Yoki qariyb bir million nafar aholi istiqomat qiladigan Sirdaryo viloyati xalqining 1 foizi gazetalar bilan taʼminlanganda ham yuqoridagidek açinarli raqam aks etmagan bölur edi. Yoki bugun 4 mingdan sal ziyod nusxada çiqayotgan “Hurriyat” gazetasini ham faqatgina özini ziyoli hisoblamiş kişilar obuna bölgani taassuflanarlidir. Nahotki, mamlakat miqyosida 40-50 ming nafar gazeta öqiydigan odam topilmasa?!
Bugun ming afsuslar bölsinki, millionlab xonadonlarga gazeta va jurnallar umuman bormayotganiga ança yillar böldi. Şu bois “poçta quti”lari ham osiğlik xonadonlar qolmadi hisob.
Nega deysizmi?
Albatta, bugun telefon, internet bor bölsa, “Gazeta nega kerak?” degan savollar örtaga taşlanganiga ajablanmasa ham böladi. Şu örinda hazil bölsa-da, esga tuşib ketadi. Hatto baʼzi bir özini psixolog, ruhşunos, artist deb ataguvçilar orasida “Er nimaga kerak?” deb turganda, bu gaplarga ham kulib qöyişdan özga iloj yöq, şekilli.
Endi sözimizni jiddiy davom ettiradigan bölsak, 10 mingdan ziyod örta maktablarda taʼlim-tarbiya olayotgan öquvçilarning to maktabni bitirib ketgunlariça aqalli bir nusxa bolalar naşrlarini qöliga uşlab körmay, taʼlim dargohini tamomlab ketayotgani, ular kamolga yetayotgan xonadonlarga esa birorta gazeta-jurnallar bormayotganidan söng “odamlar gazeta-jurnal öqimaydi” deb nega xafa bölamiz?!
Har bir ota-ona farzandlarining öqişlarini nazorat qilib turmasa, samarasiz öyinga berilib ketişlari şubhasiz. Davlat ham fuqarolarining maʼnaviy saviyasini yuksaltiriş uçun qaysidir maʼnoda ularga şaroit yaratib berişi lozim. Jamiyatning maʼnaviy ongi va davlat tomonidan olib borilayotgan islohotlar şundagina bir-biriga hamohang böladi.
Bahrom BOYMURODOV,
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi.
