Maʼnaviy yuksalişning yangi marrasi
Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oşiriş jarayonida orttirilgan tajriba hamda natijalar asosida işlab çiqilgan, yaqin yetti yilda mamlakatimizni rivojlantirişga qaratilgan “Özbekiston — 2030” strategiyasi va unda közlangan maqsadlarni amalga oşiriş nafaqat qonunlarimizni mustahkamlaş, ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatni yuksaltiriş, mudofaa qobiliyatini mustahkamlaş, balki maʼnaviyat jabhasida ham amaliy işlarimizni takomillaştirib, bugungi kun talablariga moslaştiriş, soğlom maʼnaviy ruhiyat takomilini yangi sifat bosqiçiga kötarişni talab qilmoqda.
Ötgan yil 22 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengaşining kengaytirilgan yiğilişida ilgari surilgan ilğor fikr va hayotçan ğoyalar, mamlakatimiz maʼnaviy hayoti uçun keçiktirib bölmas muhim vazifalar keng jamoatçilik tomonidan iliq kutib olindi, ayniqsa, taʼlim-tarbiya sohasi vakillarini yanada ruhlantirdi.
Mazkur tarixiy yiğilişda Davlatimiz rahbari yurtimizda madaniyat, sanʼat, ijod, maʼnaviyat va maʼrifat sohalaridagi barça muhim masalalarni tahlil qilib, konstruktiv yeçim va takliflarni ilgari surdi. Jumladan, Prezidentimiz başariyat maʼnaviy olami murakkab inqirozlarni boşdan keçirayotgani, azaliy insoniy qadriyatlar qayta baholanayotganini alohida taʼkidlab ötdi. Jahondagi kuç va aql markazlari tub maqsadlaridan oğib, “yumşoq kuç” vositalari orqali dunyoning turli nuqtalarida qarama-qarşilik va keskinliklarni avj oldirmoqdaki, bu mintaqamiz hamda mamlakatimizning barça fuqarolaridan teran fikrlaş va maʼnaviy huşyor bölişni talab etmoqda.
“Inson qadri uçun” ğoyasi va “inson – jamiyat – davlat” tamoyilini özida mujassam etgan yangilangan Konstitutsiyamiz Yangi Özbekistonni, Uçinçi Renessans poydevorini yaratişda xizmat qilmoqda. Ayniqsa, konstitutsiyada belgilangan normalarni hayotga tatbiq etişda “Özbekiston – 2030” strategiyasi jamiyatimizning yetakçi drayveriga aylanadi. Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda, “2030 yilgaça yalpi içki mahsulot hajmini 2 barobar oşirib, 160 milliard dollarga, aholi jon boşiga daromad miqdorini esa örtaça 4 ming dollarga yetkazişni reja qilganmiz”. Strategiyaning amaliy natijalari yaqin kelajakda xalqimiz hayotida, turmuşi hamda dasturxonida öz aksini topib, ularning hayotiy möljallari oydinlaşib, yurtga daxldorlik hissi yuksalişiga xizmat qiladi.
Barçamizga maʼlumki, yurtimiz jahon tamaddun silsilasida öz nufuzi va vazni bilan ajralib turadi. Muqaddas zaminimizda kamol topgan ilm-fan darğalari, dinu diyonat allomalarining boy maʼnaviy merosi jamiyatimiz ravnaqining tagzamini bölib xizmat qilmoqda. Davlatimiz rahbarining taşabbusi bilan bugun ana öşa silsilaning bardavomligi uçun zamin, ana şunday uluğ zotlarni tarbiyalab beradigan muhit va şaroit yaratilmoqda. Ayniqsa, bugungi ğoyat murakkab va tahlikali vaziyatda yoşlarimizda milliy qadriyatlarimiz hamda buyuk ajdodlarimiz, uluğ allomalarimiz, fan, adabiyot va sanʼat namoyandalari tomonidan yaratilgan xazinadan samarali foydalaniş, uning bebaholigini anglaş va his qiliş könikmalarini şakllantiriş va rivojlantiriş har doimgidan dolzarblik kasb etmoqda. Vaholanki, şu orqali ozod Vatanimiz ertangi kuni vorislarida milliy ğurur, iftixor tuyğularini rivojlantirişga, ularni maʼnaviy yetuklikka yetaklaşga, intiliş va izlanişlar uçun qanot baxş etişga erişamiz.
Millatning maʼnaviy qiyofasi, albatta, uning ilmli, salohiyatli, zakovatli xalqi, yoşlari bilan ölçanadi. Ayniqsa, Yurtboşimiz taʼbiri bilan aytganda, “özbek”, “özbekistonlik”, “Özbekiston” degan nomlar bilan yaşab qolişni istaydigan bölsak, bu borada işlarimizni tizimli yölga qöyişimiz lozim, yoşlarimiz qalbida vatanparvarlik, yurtga daxldorlik, yuksak fuqarolik pozitsiyasini şakllantirişda amaliy işlarga kirişişni keçiktirmaslik ayni haqiqat.
Turli axborot tarmoqlari orqali, asosan, çetdan, baʼzan hatto, mamlakatimizning özida ham Konstitutsiya va qonunlarimizga zid pozitsiyalar ilgari surilayotgani, jumladan, diniy eʼtiqod niqobi ostida yoşlarni maʼrifatga emas, zöravonlikka, milliy özligini, madaniy-maʼrifiy va oilaviy qadriyatlarini yöqotişga undaş yöli bilan jamiyatda zöravonlik va turfa radikal qaraşlarni tarqatiş orqali jaholatga undaş holatlari paydo bölayotganiga Yurtboşimiz alohida urğu berib, bunday vaziyatda jamiyatimizda jaholatga qarşi maʼrifat bilan kuraşişni kuçaytiriş, ehtiyotkorlik va ogohlikni oşiriş, konfessiyalararo va millatlararo totuvlikni mustahkamlaş, jamiyatda bağrikenglik madaniyatini rivojlantiriş lozimligi taʼkidlandi.
Davlat rahbarining “Maʼnaviyat boşqa sohalardan oldinda yurişi, yangi kuçga, yangi harakatga aylanişi kerak”, degan sözlari özini şu yurtning farzandi deb bilgan har bir ziyolining şiori, faoliyat dasturiga aylanişi orqali yanada faol bölişga, jamiyatda buzğunçilikning har qanday körinişda namoyon bölişiga nisbatan murosasizlik muhitini yaratişda, buzğunçi mafkuralarga qarşi immunitetni şakllantirişda, huquqiy savodxonlik va ijtimoiy javobgarlik hissini oşirişda, tinçlik va bağrikenglik muhitini mustahkamlaşda yanada faol bölişga, özlarining maʼnaviy fazilatlari bilan boşqalarga örnak körsatişga çaqirdi. Zero, maʼnaviyat, milliy anʼana va qadriyatlarsiz, maʼnaviy-milliy ruhsiz heç bir mamlakat özi közlagan natijaga erişa olmaydi.
Til – milliy qadriyatlarni birlaştirib, tutaştirib, namoyon etib turuvçi eng mustahkam zanjir, boy va çeksiz maʼnaviy xazina. Milliy tilga eʼtibor va ehtirom millatsevarlik, vatanparvarlik, oliyjanoblikning yorqin ifodasidir. Milliy til – milliy urf-odat, qadriyatlarni, milliy maʼnaviy meros-manbalarni biliş, özlaştiriş, yetkazib beriş, tarğib etişda, özlikni anglaş, anglatişda birlamçi vosita. Buni çuqur anglagan Prezidentimiz öz faoliyatining dastlabki damlaridan milliy özbek tilimizning yuksalişiga eʼtiborni kuçaytirdi, uning xalqaro nufuzini oşirişga doir zalvorli qadamlar taşlandi, uning mantiqiy davomi sifatida mazkur yiğilişda ham özbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oşirişga alohida urğu berildi. Quvonarlisi şuki, “özbek tili va adabiyoti” fani öqituvçilariga ham xalqaro sertifikatga ega bölgan boşqa fan öqituvçilaridan kam bölmagan miqdorda qöşimça haq tölanişi, özbek tili böyiça xalqaro fan olimpiadasi ötkazilişi, ğolib va sovrindorlari pul mukofoti bilan taqdirlanişi hamda oliygohlarga özbek filologiyasi yönalişi böyiça davlat granti asosida öqişga qabul qilinişi kabi takliflarning hayotga tatbiq etilişi, yoşlarimizda faxr va iftixor tuyğusining yanada rivojlanişiga, özbek tilimiz qadr-qimmatining oşişiga, jozibadorligiga, uning jahon tillari örtasida nufuzi va obrösi oşişiga xizmat qiladi.
Başar zakovati durdonalarini özida jam etgan kitoblar insonning barkamol şaxs bölib şakllanişida benazir manba bölib xizmat qilişi hammamizga maʼlum. Kitoblar insonning ongu tafakkurini boyitadi, ruhini yuksaltiradi, hayotdan zavq olib yaşaşga örgatadi. Adabiyotga va ilmga muştoq insonlar nojöya harakatlardan tiyiladi, bunyodkorlik manzillari tomon hamişa sobit qadam taşlaydi. Şu bois yurtimizda xalqimizning mutolaa madaniyatini kuçaytirişga qaratilgan qator çora-tadbirlar körildi va körilyapti. Yiğilişda aytilganidek, bu boradagi işlar izçil davom ettiriladi. Yaqin kelajakda milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini köp ming nusxalarda çop qiliş va kutubxonalarga yetkazib beriş çoralari körilişi, ijodiy buyurtmalar, muallif va tarjimonlarga qalam haqi köpaytirilişi, naşriyot va matbaa korxonalarining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytiriş maqsadida 5 yilga barça soliq turlaridan ozod etilişi, tarjima sanʼatini rivojlantiriş, mehnatni munosib rağbatlantiriş uçun Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot taʼsis qilinişi, bu sohalarni yangi sifat bosqiçiga kötarib, millatimiz maʼnaviy yuksaliş yölida yangi sahifa böladi.
Şubhasizki, har qaysi davr va makonda maʼnaviy taraqqiyotsiz ezgulik maqsadiga erişib bölmaydi. Şu maqsad yölida millat oydinlari xalqimiz qalbida Vatanga mehr va mustahkam işonç, tinç va farovon hayot qurişga intiliş, odamlar qalbida bir-biriga hurmat, yaqinlik, döstu birodarlik tuyğularini yanada oşirişi kabi maqsadlarni şakllantirişda fidokorlik, jonkuyarlik namunalarini körsatmoği kerak.
Sadoqat SIDDIQOVA,
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori.
