Ilm yöli — saodat yölidir
Globallaşuv bugungi zamonaviy dunyoning asl qiyofasini belgilaydigan, sayyoradagi hayotning deyarli barça qirralariga bevosita taʼsir körsatadigan asosiy tamoyillaridan biriga aylanib ulgurdi. U mamlakatlar, hududlar, insonlar hayotini boşqarmoqda va siyosat, iqtisod, ijtimoiy hayot, mafkura, madaniyat, xavfsizlik, ekologiya, odamlarning kundalik hayot tarziga taʼsir körsatmoqda.
Sönggi davrda axborot muhitida globallaşişning birinçi bosqiçi sifatida mass-medianing mulkdorlar qölida töplanişi hokimiyat, jamiyat va jurnalistika kabi özaro boğliq bölgan uçta tarkibning odatdagi munosabatlariga qator özgarişlarni kiritdi. Ommaviy axborot vositalaridagi fikrlar xilma-xilligining yanada mustahkamlanişi mamlakatimiz taraqqiyotining demokratik ustuvor yönalişlarini şakllantirayotganiga qaramay, hali uzoq kutilgan fikr erkinligini taʼminlaş yölida qator işlar qilinişi galdagi vazifadir. Hozirgi kunda mamlakatimiz ommaviy mediasida fikrlaşning qatʼiy, bir tomonlama, isteʼmolçilarga holatlarni bir yoqlama tuşuntiriş vaziyatlari mavjud. Şu bilan birga, yana bir muhim savol birinçi öringa çiqadi: axborot makoni globallaşayotgan, texnologik innovatsiyalar taʼsirida ommaviy axborot vositalariga turli agentliklar, internet orqali katta hajmdagi maʼlumotlar kirib kelayotgan hozirgi şaroitda milliy jurnalistikaning yuzini saqlab qoliş mumkinmi?
Bugungi kunda katta avlod vakillari bundan 30 yil avval har bir xonadonga kamida beş-olti gazeta-jurnal kelgani, fuqarolar mamlakat ijtimoiy hayotidagi barça özgarişlarga daxldorlik hissi bilan yaşaganlari, siyosiy onglari yuqori bölgani haqida köp eslaşadi. Deyarli ellik millionlik hududga öz körsatuvlari bilan kirib borgan özbek televideniyesi bugungi kunda texnik imkoniyatlari yaxşilanganiga qaramay, tobora isteʼmoldan çiqib borayotgani, uning örnini internet egallayotgani heç kimga sir emas. Şuningdek, hozirgi vaqtda özbek telemakoni faoliyati talabga javob bermayotgani, ularda bir tomondan, zamon şiddatidan yiroq, “eski qolip”dagi, zerikarli, urfdan çiqib bölgan, heç bir maqsadlarga xizmat qilmaydigan mavzular, çeklangan qahramonlar, ikkinçi tomondan, xalqimizning fikrlaşi, urf-odatlari, milliy qadriyatlarini tamomila rad etadigan qaraş va ğoyalar tarğib qilinayotgani ham haqli ravişda jamoatçilikni taşvişga solayotir.
Yuqoridagi muammolar öz-özidan jurnalistika ilmi oldiga ham qator muammolarni hal qiliş vazifasini qöyadi. Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining keng qirrali ilmiy faoliyatida ham ayni şu masalalarni ilmiy baholaş, muammolarni tahlil qiliş va yeçimlar izlaş yölidagi harakatlar közga taşlanadi.
Men ham şu universitet doktoranturasining ikkinçi bosqiçida tahsil olaman. Har gal kursdoşlarim bilan uçraşganimda, bu teran fikrli, maqsadlari yölida keça-yu kunduz harakat qilayotgan, kutubxonalar, şaxsiy va davlat arxivlaridan topilgan har bir maʼlumotni sinçiklab örganiş orqali tarixga, hozirgi kunga, media sohasidagi jarayonlarga xolis baho beriş masʼuliyatini öz böyniga olganlariga guvoh bölaman. “Özbekistonda siyosiy partiyalarni rivojlantirişda matbuotning örni” (Behzod ADIZOV), “Milliy televideniye faoliyatining genderologiya kesimida diskursiv tahlili” (Gulnoza KARIMOVA), “XX asr oxirida Özbekiston matbuotida demokratlaşuv jarayonlarining aks etişi” (Dilnoza UMAROVA), “Özbekistonda hukumat bilan aloqalar institutining şakllanişi hamda biznes va hukumat aloqalarining media muhitda yoritilişi masalalari” (Muhsina Röziyeva), “Informatsion teledasturlar imijini şakllantiriş” (Mahfuza Muxtorova), “Turizmni rivojlantirişda PR texnologiyalarning qöllanilişi: xorijiy tajriba va milliy amaliyot” (Fayoza Ahmedova), “Sportga ixtisoslaşgan saytlarning lisoniy xususiyatlari” (Hasanjon Olimov), “Özbekistonda radioboşlovçilikning şakllanişi va mahorat masalalari” (Navfal Boltayev), “Zamonaviy mediada iqtisodiy mavzularda kontent yaratişning dolzarb masalalari” (Umida Uzoqova) singari mavzular ustida iş olib borayotgan doktorant kursdoşlarim tomonidan yozilayotgan tadqiqotlar hademay öz natijasini berişiga şubha yöq.
Bugungi şaroitlarni körib, bundan yigirma yil avval ilmiy faoliyatni boşlagan davrimni eslayman. Aspiranturaga kiriş nihoyatda qiyin, u kamdan-kam hollardagina berilardi. Taʼlimning köpgina bosqiçlarida xarajatlar mustaqil tadqiqotçi tomonidan qoplanardi. Hattoki opponentlar ilmiy işni öqib çiqişlari uçun mablağ tadqiqotçi tomonidan tölanar edi. Bularning barobarida televideniyeda faoliyat olib borarkanman, öz böynimga ikki karra masʼuliyat, oğirlikni olganimni hali-hamon eslayman. Himoyadan keyin ilmiy faoliyat olib boriş, oliy öquv yurtlaridan dars olişning ham sira iloji bölmagan. Çunki öşa paytda jurnalistikaga ixtisoslaşgan ikkita oliy öquv yurti bölib, bu maskanlarda professor-öqituvçilarning soni ham yetarli, özga kadrlarga ehtiyoj ham yöq edi. Umuman olganda, mamlakatda ilm ahliga eʼtiborning özi ham haminqadar edi. “Fan nomzodi” sifatida köplarning köz öngida özim “erişgan yutuğim” bilan ilm olamiga qiziqiş emas, açiniş uyğotganimni ham ökinç bilan xotirlayman.
Universitetdagi doktorantura jarayonida taşkil etilgan darslar davomida taniqli olimlar, ustozlar tomonidan bugungi jurnalistika sohasidagi zamonaviy tendensiyalar, xorij tajribalari, dissertatsiyani yozişda qöllaniladigan uslublar haqida davra suhbatlari taşkil qilinarkan, ularning har biri yoş tadqiqotçiga juda köp bilim va könikma beradi. Agar bu mutaxassis xorijlik bölsa va u jurnalistikaga ixtisoslaşgan taʼlim maskanlarida faoliyat yuritsa, ayniqsa, bunday olim bilan uçraşuvning öziga yaraşa foydasi bölakçadir. Asli Kanada fuqarosi bölgan, Qirğizistonning Alatoou universiteti professori doktor Nivedita das Kundi bilan uçraşuvda hammualliflikda maqola tayyorlaş, xalqaro ilmiy jurnallarda naşr etiş könikmalarini olganimiz yodimda. Filologiya fanlari doktori, professor F.Möminov, filologiya fanlari doktorlari I.Ismailova, H.Saidov bilan ötkazilgan davra suhbatlari ham tadqiqotçilar tomonidan iliq qarşi olindi.
Agar dastlabki yillar beş nafardan falsafa doktori (PhD) tayyorlangan bölsa, ötgan yili 15 nafar ilm tolibi özlarining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Nozima Muratova va Farrux Olimovlar jurnalistika sohasida fan doktori ilmiy unvoniga ega böldilar. Universitet ilmiy kengaşi öziga xos nufuzga ega bölayotganini Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti, Özbekiston davlat jahon tillari universiteti, şuningdek, Berdaq nomidagi Qoraqalpoğiston davlat universitetida ilmiy faoliyat olib borayotgan tadqiqotçilarning öz tadqiqotlarini şu maskanda himoya qilayotganlarida ham köriş mumkin.
Ilmiy bölimda, universitetda muhit şunday yaratilganki, kimdir oson bölmagan jarayonlarda biron muammoga duç kelsa, darrov bunga yeçim topişga, unga yordam berişga, muammoni bartaraf qilişga harakatlar qilinadi. Bular yaqin orada yana öz natijalarini berişiga şubha yöq.
Ilmira RAHMATULLAYEVA,
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti doktoranti.
