Hali ham keç emas!
Dunyo jurnalistikasining tamal toşi hisoblangan gazeta tuşunçasiga ortiqça izohning keragi yöq. Men şartli ravişda dunyo jurnalistikasi, deb atadim. Aslida, butun insoniyat tafakkurining namoyişi qadim-qadimdan aynan qoğozda aks etgan. Keyinçalik ana şu qoğozlar şakl-şamoyili takomillaşib, biz bugungi kunda gazeta deb ataydigan möʼjizaga aylangani ham juda katta sir emas (kitob ham ana şunday möʼjiza, albatta.
Tarixda davlat va jamiyat munosabatlari gazetaning ibtidoiy holatida “falon davlatda bu mana bundoq qoğoz körinişda bayon qilingan, falon davlatda esa mana bundoq bayon qilingan”, deya kunday ravşan haqiqatni yoqa yirtib isbotlaşga toqatim yöq. Ammo gazeta nima uçun bizga kerakligi haqidagi öz mulohazalarimni bildirdim.
Yaqin tarixning öşa maʼlum va maşhur davri, yaʼni “majburiy obuna”ning bekor qilinişi kimga töy, kimga aza böldi. Son-sanoği yöq naşrlarga obuna bölişdan qutulgan byudjet taşkilotlari xodimlari uçun bu jarayonning boşlanişi çinakam bayramga aylangan bölsa, gazeta çiqarişni “biznes”ga aylantirib yuborgan, maqsad odamlarga ilm, ziyo, maʼrifat ulaşiş emas, faqat tirikçilik bölgan va “böyni yöğonlaşib ketgan” ayrim muassisu muharrirlarimizga kulfatga aylandi. Ming afsuslar bölsinki, umrini jurnalistikaga tikkan fidoyi ijod ahli va davriy naşrdan öziga kerakli maʼlumotni öziga kerakli vaqtda topişga örgangan ziyolilar, qöyingki, oddiy xalqqa esa jabr böldi.
Qançalar aççiq bölmasin, töğrisi, şunday bölişi ham kerak edi. Çunki piçoq borib suyakka yetgandi. Öşa paytlari şapaloqdekkina oyligi yoki pensiyasining katta qismini, yana takror bölsa ham aytaman, son-sanoqsiz va bölgan-bölmagan naşrlar obunasiga “qurbon qilgan” odamlar çindan ham kuppa-kunduzi amalga oşiriladigan bu “talonçilikdan” juda qattiq çarçagan edilar.
Insonlarning halol peşona terini tahririyatlar orqali olğirona yiğib olişga örgangan naşrlarni tarqatuvçi taşkilotlar ana şu mablağlarni muttasil “tuya” qilib kelganliklari oqibatida gazetalar uzoq yillar davomida obunaçilarga yetib bormagan. Xalqni bunday uslubda “şiliş” yölida yetkazib beruvçilarga şerik bölgan öşa biz aytgan “böyni yöğon” muassisu muharrirlar ham yöq emasdi, albatta.
Tabiiyki, pulini tölab, mahsulot, yaʼni gazeta-jurnalni olmagandan keyin odamlarning ham bosma naşrlarga bölgan qiziqişi va işonçi sönib bordi. Va nihoyat, öşa kuçli “çaqnaş” röy berdi. Bu holat esa anʼanaviy jurnalistikaning muhim minbari bölgan bosma naşrlarning taqdirini deyarli hal qiluvçi “hukm”ga aylandi.
Har yili obunasini taşkillaştirişda yordam berişni sörab, “uzun-kalta” bölib, eşigini taqillatib kelişlaridan bezillab qolgan mahalliy hokimliklar uçun esa bu “isloh” juda yoqib tuşdi.
Katta-kiçik idoralarning iltimoslaridan ham quloqlar biroz tinçidi. Fuqarolar esa “ajab böpti”, — deya oylik maoşlari va pensiyalarini töliq olayotganlaridan xursand böla boşlaşdi. Hammasi yaxşi, juda yaxşi… biroq… rostdan ham şunday böldimi? Afsuski, yöq!
Biz bir muammodan şu yöl bilan qutulamiz, deb xursand böldik. Lekin boşqa bir jiddiyroq muammoga yuz tutdik. Keksa-yu yoşni kimlarningdir aybi bilan gazeta öqişdan mosuvo etib, ularni yoppasiga internet deb atalmiş tubsizlikka öz qöllarimiz bilan itarib yubordik.
Bugun 70-80 yoşli nuroniy otaxon va onaxonlar ham qöliga gazeta olib, muşohadali bir maqolani öqimaydilar, balki miş-mişlar girdobiga aylangan ijtimoiy tarmoqqa quloqlarigaça botganlar. Yoki qaysi telekanalga olsangiz ham özbek xonadonida abadiy tugamaydigan qaynona-kelin, er va xotin, jiqqamuşt qudalar-u jigarlar mojarosi “çaynalgan” seriallardan köz va miyalar böşamaydi. Xuddiki bu millatning bor hayoti mana şu mavzulardan iboratday.
Erişganimiz şu böldiki, bugun bobosi-yu buvisining telefon va televizorga möltirab ötirişidan ibrat olayotgan farzandlar-u nabiralar ham endi yoşi kattalarning “qölingdagi telefoningni qöy”, degan tanbehlariga quloq solmay qöyişdi. Bölmasam-çi! Öşa maşhur maqol hali ham eskirgani yöq: “Quş uyasida körganini qiladi”…
Paydo bölgan muammo faqat şundami? Afsuski, yana yöq!
Hozirgi kunda ham yoş olimlar, tadqiqotçilar, qöyingki, keng omma vakillari özlariga zarur maʼlumotlarni oliş uçun axborot-kutubxona markazlarida gazetalarning ön yillik va hatto yuz yillik taxlamlarini varaqlamoqdalar. Gazetalardan mosuvo bölayotganimizning yana bir eng xavfli jihati şundaki, 10-20 yildan keyin kelajak avlod bugungi hayotimiz, yurtimizda bölayotgan özgarişlar, jamiyatdagi muhit töğrisidagi keng qamrovli maʼlumotlarni qayerdan olişadi? Internetdanmi? Saytlardanmi?
Yodimda bor, ötgan yili muhim bir maʼlumot zarur bölib, qaysidir gazetaning 1990-yillardagi bir sonini katta-kiçik rahbarlar rosa qidirişgan edi. Şaxsan özimga ham telefon qönğiroqlari bölib, ana şu gazetani topişga yordam berişimni sörab murojaat qilişgan.
Şu örinda inkor etib bölmas, qiziq bir dalilni aytaman: televideniye va radioda efirga uzatilgan har qanday material uning ahamiyatidan kelib çiqib, öşa teleradiokanal arxivida saqlanadi. Bu sohaning ikir-çikirlarini yaxşi bilganim uçun bir narsani aniq ayta olaman — har qanday odam ham bu maskanga kirib, özi istagan arxiv materialini topişi va undan foydalanişi muşkul iş.
Yoki tegişli kalit sözni qöyib, qidiruvga bersak, zarur maʼlumotni bir zumda topib beradigan internetdagi maʼlumotlar har doim ham işonçli emas. Töliq ham bölmaydi. Zero, bir qidiruv natijasida bir neça variantda sizib çiqadigan maʼlumotlarning qaysi biri töğri ekanligiga boş qotişi tabiiy.
Endi gazetaning ijtimoiy ahamiyati qançalar muhimligini yana bir misolda körsatiş mumkin. Özbekistonning badiiy adabiyot va jurnalistika sohasida tanilgan manaman degan ijodkorlari ham ilk ijod namunalarini özlarining şahar, tuman, viloyat va nihoyat, respublika naşrlarida çop etişmaganmi?! Kiçikkina xabarçasi, tört qator şeʼri birinçi marta gazeta yuzini körganda xuddi dunyoni zabt etganday döppisini osmonga otganlar bugungi darğalar emasmi?! Ilk ijodidan tetapoya qilib, qalamining çarxlanib borişi, yetuk ijodkor sifatida şakllanişiga beminnat xizmat qilgan minbar şu — gazeta emasmi?!
Bu jarayonning yana bir uzviy jihati şundaki, maktab davridanoq, ongida paydo bölgan qaraşlarni, fikrlarni erkin yozma bayon etişga, bu bilan faqat ijodkor sifatida emas, balki faol fuqaro, şu yurtga yuragi kuyadigan şaxs sifatida kamol topişga xizmat qilgan maydon ham şu — gazeta edi. Ana şunday zarur minbar, maydon esa bugun yöqoliş arafasida.
Zamonamiz yoşlari orasida avvalgi davrlardan farqli ravişda şou-biznes yoki sanʼat, madaniyat vakillariga emas, balki teleradio boşlovçilari hamda blogerlarga taqlid qilişga intiliş holatlari köproq kuzatilmoqda. Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda turli körinişda namoyon böliş, fikr bildiriş yoki harakatlarni amalga oşiriş orqali röy bermoqda. Jarayonning xavflilik darajasi şundaki, bu toifadagi yoşlar tez maşhur böliş, eʼtiborga tuşiş maqsadida milliy qadriyatlarimiz va odob-axloq meʼyorlariga zid ravişda kontent tayyorlaydilar. Bu harakatlar yuzasidan bildirilgan har qanday fikr ularning “ijodi”ga tösqinlik sifatida qabul qilinadi.
Öz örnida ularda jamiyatdan norozilik kayfiyati, negativ pozitsiya şakllana boşlaydi. Gazeta esa aksinça, yoşlarda pozitiv fikrlaş, har bir sözga masʼuliyat bilan yondaşiş maktabini ötaydi.
Gapning indallosi, biz ham bir mahallar odamni zada qilgan oldi-qoçdi xabarlar, öta siyqa, saviyasiz, şou-biznes vakillari hayotining bir bölagiga aylangan yoxud öta rasmiy körinişdagi “gazeta”lar yana paydo bölişi tarafdori emasmiz.
Orzuimiz — keng jamoatçilik, ayniqsa, yoşlar, oddiy odamlar minbari va muşohada maydoniga aylanadigan, jamiyatdagi yutuq va kamçiliklarni röyirost hamda xolis yoritadigan, tahlil qiladigan gazetalarga yangi hayot bağişlaş kerak! Va, albatta, ana şu maqsadlarga sidqidildan xizmat qiladigan fidoyi jurnalistlar, qalam ahli birlaşadigan tahririyatlar ham kerak.
Xöş, buning uçun nima qiliş kerak?, deysizmi? Taklif şuki, mamlakatimizdagi öz söziga, nufuziga ega bölgan, Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan özgarişlar, islohotlarni tiyran yoritayotgan yetakçi va öqişli gazeta-jurnallarni xalqqa qaytariş çorasini topmoq kerak. Buning uçun ne darkor?
Oçiği, aynan şu mavzuda keyingi 2-3 yil davomida “Hurriyat”, “Işonç”, “Maʼrifat” singari gazetalar sahifalarida öta jöyali taklif va mulohazalar örtaga taşlangan maqolalar eʼlon qilindi. Aytaylik, heç bölmasa ana şularga eʼtibor qaratilsa, olam guliston!
Ibrohimjon HALIMBEKOV,
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Farğona viloyat boşqarmasi boşliği.
