Dillarni poklovçi nur
Alişer Navoiy asarlarini yuz bor öqisangiz, yuz bor ham yangi maʼno kelib çiqaveradi. Agar kitobxonning savodi, salohiyati, saviyasi hazrat asarlarini tuşuniş darajasida bölsa! Xalqimizda ming nasihatdan köra bir ibrat afzal, degan gap bor. Mir Alişer butun ijodiy, ilmiy, amaliy va hayotiy faoliyatida har bir aytgan sözi, har bir bitigiga özi qatʼiy amal qilgan ulkan qalb sohibi edi. Uning ğazallarida, ruboiylarida, dostonlarida kuylangan xalqning orzu-umidlari, maʼnaviyat va maʼrifat, tafakkur, dunyoviy va diniy umumlaşmalar asnosida şunçalik yuqori çöqqiga kötarilgandiki, asrlar oşgan sari bu ğoyalarning yangi-yangi qirralari olmos yangliğ yarqirab bormoqda.
Nazm mulkining sultoni:
Ey Navoiy, dardliğ nazmingni ahli
dard bilur,
Dardsiz doği bölur oni öquğon ahli dard, —
deganda, ming karra haq edi. Navoiy asrlar ötgan sari yangilanib, yanada teranlaşib, yanada zamonaviylaşib boraveradi. Çunki, uning hayotiy faoliyati ijodi bilan hamohang. Şoir tiriklik paytidayoq “Xamsa”sida ilgari surgan ölmas ğoyalarni qisman özi hayotga tatbiq etişga muyassar bölgan edi. Şoirning Hirotdagi mol-mulki, yerlari, boğlari bisyor bölgan. Ana şundan tuşgan daromadning juda katta qismini xayr-saxovatga, obodonçilikka, farovonçilikka, yetim-yesirlarning boşini silaşga, olimu ulamolar, fozilu komillar, talabalarga beminnat homiylik qilişga bağişlagan. Mir Alişer hayotlik vaqtida nafaqat şeʼrlari, balki özining ajoyib fazilati asnosida yetti iqlim ahlining hurmat-eʼtiborini qozonib, qalbiga kirib borganini şu uluğ kunda yana bir bor eslamoq joiz deb öyladik.
Aytiş joizki, uluğ şoir bu yerdagi olim va talabalarga öz hisobidan nafaqalar tayinlagan edi. Keyinçalik ana şu madrasalarni tugatgan talabalar içidan önlab yetuk olimlar, fozillar yetişib çiqqandi. Uluğ şoir va mutafakkir qurdirgan Hirotdagi Unsiya raboti qisqa vaqt içida madaniyat va maʼrifat öçoğiga aylangan edi. Unsiyada uluğ şoir istiqomat qilardi. Şu bilan birgalikda özining sevimli şogirdlarini ham şu yerga çorlagandi. Jumladan, Xondamir, Mirxond kabi buyuk tarixçilar Unsiya rabotidagi kutubxonadan foydalanib, hazrat Navoiydan maslahat va yöriqlar olgan holda özlarining ölmas asarlarini yaratganlar. Farhod va Şirin, Layli va Majnun jasoratlari, ular orqali ilgari surilgan ğoyalarni şoir yaşagan davrda amalga oşiriş imkoniyatdan yiroq bölsa-da, buyuk mutafakkir hayot tarzi asnosida ilm-fan, madaniyat, yurtga muhabbat, adolat, sadoqat va oliy insonparvarlik ğoyalari xalqni zulmatdan, riyodan olib çiqişiga qattiq işonardi va şu yösinda amaliy harakat qilardi. Buning yorqin bir misoli sifatida Navoiyning ilmi toliblarga, fuqarolarga körsatgan kömagi, yurt obodligi uçun çekkan zahmatlarini aytib ötiş örinlidir. Ulkan ijodiy işlar, davlatni boşqarişdek masʼuliyatli vazifa zimmasida bölganligidan taşqari, u ana şunday xayrli yumuşlarga ham vaqt topardi. Mir Alişer Xurosonda, Hirotda, Astrobodda va Tusda önlab karvonsaroylar, köpriklar, ariqlar, hovuzlar bunyod etganligi tarixdan bizga maʼlum. Jumladan, Raboti işq, Raboti sangbast va Nişopurda Raboti Derobod kabi bir qator karvonsaroylar bevosita şoirning saʼy-harakatlari bilan bunyod etilgan.
Turk nazmida çu men tortib alam
Ayladim ul mamlakatni yakqalam, —
deganda, nafaqat şoirning şeʼriyat va tafakkur borasidagi erişgan yutuqlari, balki amaliy jihatdan el-yurt uçun öz davrida qilgan ibratli işlarini ham nazardan qoçirmasligimiz lozim. Şoh va şoir Zahiriddin Muhammad Bobur “Ahli fazl va ahli hunarga Alişerbekça murabbiy va muqavviy maʼlum emaski, hargiz paydo bölmiş bölğay”, deya uning bu boradagi yuksak fazilatlariga yuqori baho bergan edi. Hazrat Navoiy maʼnaviyat, maʼrifat ahlining hurmat-eʼtiborini şoir sifatida ham, davlat arbobi sifatida ham, oddiy fuqaro sifatida ham hamişa öz örniga qöyib kelgan. Öz davrining maşhur şoiri Qosim Anvar va Nişopurda uluğ olim va şoir Farididdin Attor qabri ustiga muhtaşam sağana qurdirgan. Maşhadda köpgina çölu sahrolarni, qişloqlarni obod etgan, anhorlar qazdirib, suv keltirib, boğ-roğlar barpo qilgan. Xususan, Astrobodda qisqa vaqt içida juda katta obodonçilik işlarini amalga oşirganki, bundan oddiy xalqning maʼmurligi xurram bölgan. Şu bilan birgalikda Mir Alişer qalloblikka, riyokorlikka, xudbinlikka, badbinlikka, razolatga sönggi nafasigaça tiş-tirnoği bilan qarşi bölgan va imkon darajasida kuraş olib borgan. Ayniqsa, ayrim şoir, olimlarning qallobligiga çiday olmagan:
Ilmni kim vositai joh etar,
Özini-yu xalqni gumroh etar,
Olim agar joh uçun ölsa zalil,
Ilmi aning jahliga bölgay dalil.
Darhaqiqat, oddiy fuqaroning xatosi, ğarazi xalq uçun, yurt uçun heç narsa emas. Lekin olimu ulamo ilmni, hunarni şaxsiy manfaati, mansab va martabasi uçun işlatsa, uni mol-mulk töplaşga, ötkinçi, soxta şuhrat qozonişga, xazinasini boyitiş yölida vositaga aylantirsa, u özini ham, xalqini ham, yurtini ham inqirozga, tanazzulga mahkum etgan böladi. Bunday soxtakorlikdan Mir Alişer nafrat va açiniş ila nadomat çekadi.
Xulosa yasab aytganda, uluğ şoirning nafaqat ijodi, balki şaxsiy hayoti ham bugungi ziyolilarimizga, olim va ulamolarimizga, rahbar va arboblarimizga dasturilamal bölib xizmat qiladi. Şoir, olim, arbob yoki ulamo sözi, bitigi, nasihatlari bilan emas, balki hayotdagi qilayotgan işi, ibrati bilan ham el-yurt oldida namuna bölmoği lozimligini hazrat Navoiy önlab bitiklarida taʼkidlagan va bunga özi qatʼiy amal qilgan. Şu örinda dahoga bağişlangan uşbu şeʼrni eʼtiboringizga havola qilişni lozim topdim.
HAZRAT NAVOIY
Turkiy çöqqilarda vulqonlar yondi,
Asriy orzularga bu köngil qondi,
Mudroq qavmlaring asta uyğondi,
Baʼzi bir oğalar inidan tondi,
Bugun Siz keraksiz, hazrat Navoiy.
Goh yetib, gohida yetmagan nolam,
Baxtli avlodingiz tan olgan olam,
Zör doston bitmoqqa ojizdir bolam,
Movarounnahrni qilib yakqalam,
Bugun Siz keraksiz, hazrat Navoiy.
Tuğlimiz, tuğronmiz, şavkatu şonmiz,
Turkiy uluslarmiz, asli bir jonmiz,
Vatan abadiydir, bizlar mehmonmiz,
Şuni ham anglamay baʼzida qonmiz,
Bugun Siz keraksiz, hazrat Navoiy.
Haq degan, haq yurgan yölda tolmadi,
Ilmda soxtalik hamon ölmadi,
Soxta ulamodan köngil tölmadi,
Kitob bitmagan heç avom qolmadi,
Bugun Siz keraksiz, hazrat Navoiy.
Beş asrki özligin anglagan pir — Siz,
Mantiq Kaʼbasida mehrobu hur — Siz,
Ilohiy quş tilin tillaşgan dur — Siz,
Adaşgan dillarni poklovçi nur — Siz,
Bugun Siz keraksiz, hazrat Navoiy.
Safar OMON.
