Jahongaşta şoir

Şoyim BÖTAYEV

Menimça, şeʼr yozmagan odam şoirlar bilan ijodiy uçraşuvlarga bormagani maʼqul. Nega deganda, özi azaldan beş-ön qoraboş yiğildimi, bas, bunday davrada şoirning oşiği olçi. Bayroqni ilib ketadi. To holdan toyib, tili gapga aylanmay qolgunça, besamar vaqt ötkazasiz.

Şoir bilan bu safargi uçraşuvimiz ham boş­qalarining biri böldi. Haş-paş degunça navbatni olib, davraga tuşdi. Uning biroz iztirobli, goh yuqorilab, goh pastlab, mas­tona tebranuvçi ovozi ötirganlarni öz taʼsiriga ola boşladi.

 

Safarlarga öçman bolaligimdan,

Fayzi, körki bölak har qişloqning ham,

Ulkan şaharlari, daştlari bilan,

Gulşan ölkalarga çorlaydi olam.

Davralarda bahribayt aytib, “şuarolar maşvaratidan xuşʼu” topib, tongotar suhbat qurgan ota-bobolarimizning farzandlari bunday davralarda oroyiş topmasligi, köngil mulkiga safar aylamasligi, dunyo “ğavğo”laridan keçmasligi mumkinmi?

Oşiq ahli asli,

Ayriliqsiz zamon yöq.

Yonganda hijron fasli,

Hayqiriqsiz zabon yöq.

Yurak örtanar ğamdan,

Ne körmadim olamda.

Yordan ayrilmoqlik ham,

Bor ekan peşonamda…

Qarsaklar. Şoirning çehrasi yorişadi. Qoğozçalarda savollar kelib tuşa boşlaydi. Ularni saralarkan, men tomonga öqtin-öqtin nazar taşlab qöyayotganini payqagandek bölaman. Ötirganlar şoirni qisti-bastiga oladi.

“Sevganmisiz? Hozir ham sevasizmi? Kim u?”

Ana şunaqa savollar.

Şoir gapni uzoqqa olib qoça olmaydi. Bu yoqda rözğor taşvişlari, bola-çaqa, uyga qaytişi kerak. U yoqda, parda ortida pinhon tutilişi lozim bölgan köngil sirlari. Jar solgisi kelsa-da, unday qilolmaydi.

U kamina tomon ögiriladi.

— Azizlar, mana, davramizda atoqli yozuvçi, bir qança qissa va romanlari bilan…

Navbat kaminai kamtaringa tegadi.

Şunda, bu xalq bor ekan, adabiyotga otaşin muhabbat bilan qarab turguvçi şu qora közlar bor ekan, adabiyot çiroği heç qaçon sönmasligini, gurkirab yonaverişini sezgandek bölaman. Gulduros davralarga gulduros şeʼrlar kerak deb öylayman.

Gap avvalini bekorga ijodiy safardan boş­laganim yöq. Odam safarda bilinadi. Men ham şoirni safarlar davomida kaşf etib bordim. U ilhom olguvçi manbalar qayerdaligining, yuragidagi çolğular qaçon, qaysi holatlarda jarang­lab ketişining guvohi böldim.

Ança yillar burun, jazirama yoz çillasi aeroportda yelpinib ötirsam, birovning şodon ohangdagi taniş ovozi quloğimga çalindi.

— E-e, taqsiri olam, e-e, taqsiri olam!

Şu “taqsiri olam”ni heç kim unday ayta olmaydi. Aytmaydi ham. Uning “taqsiri olami”da taniş odamini körganidan quvonib ketganlik mujassamlaşadi. Bir mahallar faylasuf şoir Maqsud Şayxzoda birov bilan körişib söraşa boşlaganda daromadni uzoqdan olmasligi uçun “Özlaridan sörasak”, deb gap boşlar ekan. Şoirning “taqsiri olami”da dilkaş suhbatga samimiy undov yotganidan uning Abdulla Oripov, Şukur Xolmirzayev, Abdusaid Köçimov singari biz huzuriga yurak yutib bora olmaydigan ustozlar huzurida ham bemalol, emin-erkin yurganiga havas qilar edik. “Taqsiri olam” tufayli uni körmayoq kimligini bildim, içim yurişdi. Uzoq zamonlardan buyon körişmagandek quçoqlaşa ketdik.

— Yöl bölsin-a, yöl bölsin!

— Istanbulga!

— O-o, qanday zör! — şoir özi jahongaşta bölganidan bizdek xonanişinlarning ham u yoq-bu yoqqa çiqib turişini yoqlab xitob qildi. — Birga ekanmiz!

— Billa-billa! — men unga özimiz ösgan Turkiston tizma toğlari etaklariga soçilgan qiş­loqlarning şevasini eslatdim.

— Yurgan daryo! — şoir bu borada özining uluğ daryo ekanini özi yaxşi bilganidan vaʼdani quyuq qildi. — Sizni bir Marmara dengizida aylantiraman, olamni, kenglikni körasiz. Tölqinlar jöş urib, mana bu töqqiz qavatli binoday ustingizda hayqirib turganda, suvning haybatini körasiz.

— Bu issiqda suvdan gapirib, çanqovniyam suvsiz qondirmoqçi bölasiz.

U çaqqon turib borib suv keltiradi.

— Dengiz boşqaça! — u kulib ham qöyadi. — Bizning ham öz dengizlarimiz bor!

— Ğarq qilmaydimi? — suzişni qotirolmaganimdan hozirdanoq çökib ketadigandek uning kiftidan tutaman.

— A, yöq! — şoir quloçini keng yozadi. — Özi qirğoqqa olib çiqib taşlaydi.

— Ölik holdami?

— Bir lofçi bor ekan, — u gapni buradi. — “Otam Örta Yer dengizini suzib ötgan” deb maqtanib qolibdi. Unga ikkinçisi: “Ölik dengizni mening otam öldirgan”, dermiş.

— Özim aytgan hangomani özimga qaytarib ayt­yapsiz.

— E, sizdan eşituvdimmi?

— Bunaqa gaplarni boşqa kimdan ham eşitardingiz?

— Ha, töğri.

Şu orada samolyotga çiqiş fursati yetgani haqida eʼlon qilişdi. Guv etib örinlaridan qözğalgan yölovçilar qatorida biz ham sanomarasta aeroport xizmatçisi yetovida samolyot tomon yurdik.

Köp ötmay, samolyot havoladi. Xuşbiçim stakandagi anvoyi içimlikdan höplay-höplay, yastanib ötirarkanmiz, ahyon-ahyonda illyuminatordan taşqariga möralardik.

Pastda bulutlar…

Samoda odamni ğalati kötarinki tuyğular çulğab oladi. Quyiga qarab, özingizni havoda muallaq qoldirib, asta-sekin uça boşlaysiz.

Suhbatni davom ettiriş uçun şoirga yuzlanaman:

— Köp joylarda bölgansiz.

— Ha.

— Yevropani zabt etgansiz.

— Ha.

— Afğonistonda Salang dovonidan ötayotganda rangingiz oqarib, kalima ham qaytargansiz.

— E, buni qayoqdan bilasiz?

— Eşitganman.

— Hamid aka sotibdilar-da!

— Sizdan Amerika ham qolmagan.

— Amerika zör-da, aka!

— Nimasi zör?

— Dunyo taraqqiyotining asosi nimada? — savolimga savol bilan javob qaytaradi u.

Bilmasligimni tan olib kift qisaman.

— Kitobda! — dedi u. — Televizorning, kompyu­terning, radioning yoki mana şu samolyotning ham kelib çiqiş manbai — kutubxona. Buni Amerikada yaxşi bilişadi. Ommaviy kutubxonalar şu qadar köpki, bizning tijorat dökonlarimizga öxşab sanoği yöq. Bir kuni kutubxonada nonuşta qilib, kitob titkilab ötirsam, uzun qora limuzindan bittasi tuşib keldi. Ustida futbolka, oyoğida keta. Xullas, bizning qorovullar uning oldida pörim. Kelib kitob oldi. Uç soat ötirdi. Berilib öqidi. Bitta buterbrod bilan bir stakan oddiy suv içdi, ketdi. Boyagi limuzin qayerdandir paydo böldi. Bir özi mindi. Uzun moşin qözğaldi. Kutubxonaçidan: “Kim bu?” deb sörasam, milliarder, öttizta supermarketning egasi ekan! Yo ovlo!

— Bu bilan nima demoqçisiz?

— Kim va qanday odam bölişimizdan qatʼi nazar kitob öqişimiz şart demoqçiman. Bizda oliy öquv yurtini bitqazgandan keyin qöliga kitob olmaydigan ziyolilar bor. Mabodo, öşalar qöliga kitob olib qolsa, “Ha, çalasi qoluvdimi?” deya kesatamiz.

— Esingizdami, vodiy böylab safarimizda Şörqörğon qişloğida Töxtaxon Rahimova degan nafaqaxör ayolnikiga boruvdik?

— Ha, qarang, jimitdekkina mablağiga şaxsiy kutubxona oçib, qişloqdoşlariga hadya qilganining guvohi bölgandik. Afsuski, şu nafaqaxör ayol qilgan işni katta-katta boylarimiz qilmaydi yoki qilişni istamaydi. Lekin kutubxona boyu kambağal, yoşu qari, olimu omi — hamma boş egişi şart bölgan sajdagoh. Taraqqiyotning buloği — kutubxona. Insoniyat qanday yaxşi narsaga erişgan bölsa, avvalambor, kutubxonadan minnatdor bölişi kerak.

Şunaqa goh yengil, goh jiddiy suhbatlardan söng manzilga yetib bordik. Şoir ilgari bu yerlarga köp kelgani bois yölboşlovçilik vazifasini öz zimmasiga oldi. Ikki hafta mobaynida biz bu mamlakatning köp joylarida böldik, ijodkor döstlar orttirdik, ular biz olib borgan Toşkentning ön beş kunda ham qotmaydigan, oftobday közni quvontiruvçi patir nonlarini köz-peşonalariga surtib, “ota yurtimizdan mozor bosib kelgan” deyişganda, könglimiz iftixor tuyğusi bilan qalqib ketdi.

Men öşanda hamrohimning odamşinavandaligidan taşqari, milliy adabiyotimiz, uning özak masalalari haqida bağrikenglik bilan qizğin va samimiy fikr yuritişiga guvoh böldim.

— Adabiyot ham özi bir olam, özi bir Vatan, — deydi u gazeta öqib berayotgandek. — Uning ham öz podşohi, öz vazirlari, xizmatkorlari, qöriqçilari-yu malikalari bor. Bu Vatanga jonni berib xizmat qilmasak, xuddi yot unsurdek çetga uloqtirib yuboradi. Iqtidorsiz odam mehnat qilaversa, adabiyot olamini qoğoz bosib ketadi. Bu olamda şoir şahzoda bölib yurişi kerak.

— E, yaşang! — deyman xörsinib. — Sofokl aytgan: “Men odamlar qanday bölişi kerakligini körsataman”, deb.

— Hamma narsa niyatdan boşlanadi, — böş kelmaydi u.

Anqarada biz Afğonistondan borgan puştun, tojik va özbek jurnalistlari bilan tanişdik. Şoir ularga savollar berar, qöşni mamlakat ahvoli haqida, ularniyam boşiga oftob kular çoğlar kelişi borasida kuyunib sözlardi.

— Qaniki sizlar ham buğdoy ekib, bemalol dehqonçilik bilan şuğullansangizlar ekan, — dedi bir kuni odatiga köra orzu qilayotgandek.

Ular şoirning bu gapiga kulib qöyişdi.

— Siz aytgan dehqonçilikdan foyda yöq, — dedi ulardan biri.

— Nega?

— Özini özi kötarmaydi.

Şoir fahmlamagandek kift qisib qöydi.

Uç kundan söng quloğim ostiga şivirladi.

— Qurğur köknor degani juda çiroyli gullar ekan, — dedi u yetilib kelayotgan şeʼrining satrlarini öqib berayotgandek. — Puşti, oq, kök, zangori, yaşil, zangor.

— Buni siz qayoqdan bilasiz?

— Şunaqa deyişyapti.

Indamay qöya qoldim.

Sarguzaştlarga boy safar qaridi. Qaytib kelgaç, öz iş-yumuşimiz bilan bölib ança fursat körişmadik.

Bir kuni şoir telefon qilib qoldi. Salom-alikdan söng:

— Taqsiri olam, körinmaysiz-ku! — dedi körinmayotganimdan ozor çekkandek.

— Yuribmiz… Faqir kişi panada…

— Biz bilan u yoq-bu yoqlarga bormay qöydingiz-ku!

— Mayda-çuydaga öralaşib, bekorçilikdan qöl böşamayapti.

— Turkiya esingizdami? Öşanda, safar gaşti boşqaça bölarkan, endi tez-tez çiqib turganim bölsin, degandingiz. Yo unutib yubordingizmi?

— A, yöğ-a.

— Özimizning viloyatlar ham Turkiyadan qolişmaydi.

— Töğri.

— Hozir mamlakat böyiça kitob körgazmalari bölyapti. Vodiydagi viloyatlarda ham şunaqa tadbirlar bor. Sizni yozib qöydim. Birga boramiz.

— Yöğ-e, işlar bor edi-ku.

— Qöysangiz-çi!

— Xöp.

Ertasi kuni tong saharda yölga tuşdik. Mud­roq közlarim töla oçilişga ulgurmay quloğim ostida bugungi adabiyot, şeʼriyat haqida yangi vaʼz boşlandi.

— Yozuvçining isteʼdodsiz bölişga haqqi yöq, — yoğiy qorasini körib qolgandek şoir şiddatkorona xitob qilardi. — Keçirmaydiganlar hamişa topiladi. Ahmoqlargina öz isteʼdodsizligidan azoblanmasligi mumkin.

Suhbatimiz şu maromda davom etib, Qamçiq dovoniga yetganimizni ham payqamay qolibmiz.

Avval Andijonda, keyin Farğonada böldik. Dunyoda bayramlar köpligi, lekin kitob bayramlari bizning yurtimizda ötkazilişi maʼnaviyatga yuksak eʼtiborning namunasi ekanligi tadbirlarda iştirok etganlar tomonidan birdek eʼtirof etildi.

Bir kunda ikkita-uçta ijodiy uçraşuv ötkazar, kitobxonlar, şeʼriyat ixlosmandlari şoirni olqişlar bilan kutib olar, davralaridan qöyib yuborgisi kelmasdi.

— Qarang-a! — şoir zavqli tabassum qildi. — Bir-ikki kunda şunça savobli işlarni qiliş mumkin ekan-da? Şunça joyda şeʼr öqib çarçab qolamanmi deb öylagandim, yuklatilgan yukka qarab, Xudo şunça kuç-ğayrat, şijoat beraverar ekan-da?!

— Savobli işlarimiz hali köp, — dedim men. — şeʼr sandiğingizning kattasini endi oçasiz. Hozir Farğona davlat universiteti filologiya fakultetiga boramiz. Hunaringizni körsatasiz!

— Iye, yana uçraşuvmi?

— Ha, tomoqni höllang, tomoqni.

Kun peşindan oqqanda universitetga kirib bordik. Talabalar, qöllari töla gul, ikki tomonga saf tortib, qator turişibdi. Şoir oldinda, taʼzimda. Nuqul iljayadi. Haş-paş degunça şoirni davrada köramiz.

Diqqat, diqqat! Soling quloq, osing quloq!

Soğliq saqlaş vazirligi etar ogoh!

Işq virusi şaharda keng tarqalmoqda,

Bu kasallik qöşiqlarda taralmoqda.

Ifor soçib, niş urmoqda kurtaklarda.

Nayza bölib, sançilmoqda yuraklarga…

Ketdi. Talabalar guvranadi. Çapak çaladi. “Yana!” deya talab qiladi. Ayniqsa, “falon qöşiqçi aytgan falon şeʼringizni aytib bering”, deydiganlar köp. Şoir erinmaydi, “mana şu oxirgisi” deydi-da, yana davom etadi.

Tobora davramiz bölayotir keng,

Endi insoniyat notiğidirman.

Çunki men tenglar içra teng

Mustaqil diyorning şoiridirman!

Gap savol-javobga kelganda, şoir menga olazarak nazar taşlaydi. Xijolatga qöyib, maqtaydi. Maqtoviga yaraşa, berilgan savollarga aqlliroq javob qaytarişga urinaman. Ammo köp gaplar talabalarga oğirlik qiladi. Ularga şoir kerak. Odamga alam ham qilarkan deng.

Uçraşuvlar juda qizğin davom etadi, men ijodiga köpda eʼtibor qilmagan şoirning muxlislari hayron qoldirarli darajada köpligi zavqimni keltiradi.

Bu galgi safarimiz ham nihoyatda xayrli keçdi. Turli-tuman odamlar, betakror tabiat manzaralari… Eng muhimi, dilkaş, samimiy hamrohlar könglimni östirib yubordi.

Qaytişimizda şoirga qarab, uning bir mahallar aytgan sözlarini öziga eslatdim:

— Kengliklarga talpinar köngil…

— Töppa-töğri. Sayohatning şunisi yaxşiki, uyga qaytganingda ham uzoq-uzoqlarga tikilganingda, Eyfel minorasi, Tojmahal qasri yoki Bibixonim madrasasi köz oldingga kelaveradi, — dedi şoir.

Xayrlaşayotganimizda:

— Yaqinda siz tuğilib-ösgan yurt Xovosda böluvdim. Poyezd yöli ham, avtomobil yöli ham qadim-qadimdan mana şu yerdan tört tarafga tarqalar ekan-a! — dedim. — Sizning sayohatga öçligingiz sababini endi kaşf etdim. Haqiqiy xovoslik ekansiz. Dunyoda bormagan mamlakatingiz qolmabdi-ya!

— Şunday bölsin! Endi sizniyam doim şerik qilib olaman, — dedi şoir.

— Hammaga kitob tarqatdingiz, bizgayam qoldimi? — deb söradim.

U şoşa-pişa sumkasini kovlaştirarkan:

— Bitta bor edi-ya… — derdi.

Keyin topdi, şekilli, xursand bölib:

— Mana-a! — dedi.

Men kitob muqovasiga nazar taşladim va boya­dan buyon sizdan sir saqlab kelayotgan şoirning öqlovday-öqlovday harflar bilan yozilgan ismini öqidim: “MUHAMMAD ISMOIL”.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan