Yon, çiroğim, tongga qadar yon!
(Esse)
Benazir adib Abdulla Qodiriy “Moziyga qaytib iş körmak xayrli ekani” haqida yozgandi. Şu fikr hikmatiga suyanib, faqat juda olis moziy emas, yaqin tariximiz saboqlaridan ham ibrat olmoq qançalar muhim va ibratli ekanini Özbekiston xalq yozuvçisi Şuhrat hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanişganing sayin çuqurroq his etasan.
Alimov Ğulom Aminjon öğli (Şuhrat) 1918 yil 19 aprelda Toşkent şahrining Xastimom mahallasida tavallud topdi. Muallifning 75 yillik hayoti — aqlini taniganidan ketma-ket ulangan hayotiy sinovlarni mardlik, bağrikenglik, sabr-qanoat, iroda, adolat tantanasiga işonç bilan yengib yaşaş — jasorat yöli böldi, deyiş mumkin.
Ötgan asrning öttizinçi yillarida u hayotga qalbi töla muhabbat, butun borliğini sirli şeʼriyat qamrab olgan, olam gözalliklariga maftun, közlarida dunyo tiniq, şaffof nurlarga yöğrilgandek jilvalangan, ertangi kunni entikib, hayajonlanib kutayotgan xayolparast, ranglardan közi qamaşadigan, yuksak maqsadlar qanotida uçib borayotgandek… bir söz bilan aytganda, havasmand, ğayratli, orzulari yuksak şoir bola edi.
Katta avlod ijodkorlarining aksariyati eʼtirof etganlaridek, Şuhrat öşa yillardayoq adabiyotimizning taniqli vakillariga aylangan Ğafur Ğulom, Oybek, Usmon Nosirlarning nazariga tuşib qolgan, bu ustozlar şeʼriyatga yaxşi bir şoir kirib kelayotganidan quvongan edilar.
Ha, Şuhrat adabiyot gulşaniga qaynoq, şaffof, ötli tuyğular bilan muhabbat, gözallik, yoşlik kuyçisi bölib kirib keldi. Yoş şoir qalbidan şeʼrlariga köçgan xalqqa, Vatanga, ona tabiatga, hayotga muhabbat neçoğliq samimiy, teran ekani öşa davrdayoq yigitning azmu qarorida sinaldi: insoniyat boşiga kulfatlar yoğdirgan Ikkinçi jahon uruşi boşlangan kunlarda u erksevar, adolatsevar öğlonlar qatorida frontga jönab ketdi. Öşa paytlarda respublika matbuotida uning şeʼrlari tez-tez çop etilardi, ijodi adabiy doiralarda iliq eʼtiroflarga munosib bölib qolgandi.
Kavkaz toğlarida nemis qöşinlari neft zaxiralarini egallaş uçun qattiq kuraş olib borardi. Şuhrat frontning mana şu hududlaridagi dahşatli janglarda qatnaşdi. Toğ söqmoqlarida, dovonlarda ölim bilan yuzma-yuz kuraşdi.
Qonli janglarning tala-töfonida uning qalbiga adolat ğalabasiga işonç, şeʼriyat sozi kuç-quvvat bağişladi. Janglardan nafas rostlaş mumkin bölgan ğanimat lahzalarda şeʼrlar yozdi, respublika matbuotiga yuborib turdi.
Ozmunça janglar qilmadim men,
Ozmunça qonlar keçmadim.
Neça bora öq yesam ham,
“Bas, yetar jang”, demadim.
Eng oğir damlarda ham
Baxt-saodat yulduzidan
Heç umidim uzmadim.
Özbekiston xalq yozuvçisi Said Ahmad şunday xotirlaydi: “Yaşab ötgan yillarimizning eng baxtli damlarini eslaymiz va uni umr deb ataymiz. Ammo şu umr bölsa, ayriliqlar, mahrumliklar, yöqotişlar bilan ötgan iztirobli yillarimizni nima deb ataymiz? Ayriliq, çekiniş, iztirob damlarida inson bitta maqsad bilan yaşaydi. Tösiqlarni buzib ötiş, çekinişlarga, tuhmatlarga qarşi kuraş jarayonida toblanib boradi. Hayotda öz örnini topişga intiladi. Lekin hayot hammamizdan köra Şuhratni köproq va keskinroq sinadi: u bukilmadi, sinmadi. Yuksak irodasi uni omon saqlab qoldi”.
Darhaqiqat, umrni garovga qöyib hayot-mamot janglariga kiriş inson uçun eng oğir sinovlardan. 1940 yilda armiya safida xizmat qila boşlagan Şuhrat uruş boşlangaç, frontga jönatildi. 1943 yilda janglarning birida oğir yaralanib, gospitalga tuşdi. Uzoq davolandi, lekin jarohatlar asorati butkul tuzalib ketişi qiyin böldi, şuning uçun ona Vatanga qaytarildi. Ijodiy jarayonga özini urdi. Vafo, sadoqat, muhabbat mavzuidagi şeʼrlarining muxlislari kundan-kunga ortib borardi. U Toşkentga köçib kelgan harbiy gospitallarga borib, yarador jangçilarga; qişloqlarga borib, frontdagi jigaru jondoşlari, taqdirdoşlaridan xat-xabar kutayotgan ota-onalar, ayollarga ularning könglini kötaradigan, dillariga taskin bağişlaydigan şeʼrlarini öqib berardi.
Yöllaringda çeçak uçrasa,
Yaşnab tursa, bil, öşa menman.
Boğlaringda çaman barq ursa,
Nur ufursa, bil, öşa menman.
Erta bahor kelib qaldirğoç
Salom desa, bil, öşa menman.
Bahor qadab boşingga gultoj,
Yellar essa, bil, öşa menman.
Çanqovingni qondirsa buloq
Bağrin oçib, bil, öşa menman.
Tunlar yöling yoritsa çiroq
Şuʼla soçsa, bil, öşa menman.
Ketolmayman heç sendan yiroq,
Inonma sen mening qabrimga!
Aslida, men sevgan kunimoq
Kömilganman sening qalbingga!
“Şeʼriyatimizda realistik haqiqatni romantik jöşqinlik bilan omuxta qilib, gözal va nafis lirik asarlar yaratgan şoir Şuhrat umuman özbek poeziyasini örtamiyonaçilik saviyasidan olib çiqib, yuqori kötarişga astoydil xizmat qilgan mehnatkaş, isteʼdodli, izlovçi şoirlardandir”, degan edi Özbekiston xalq şoiri Maqsud Şayxzoda.
* * *
Mahoratli adib 1947 yilda uruş xotiralariga asoslangan “Şinelli yillar” romanini yoza boşladi. Ijodga şu qadar berilib ketdiki, u hafta-ön kunlab köçaga çiqmasdi; keçasiyu kunduzi tölib-toşib yozardi. Döstlari baʼzan uçratib qolişganda, Şuhratning çarçagan, horğin, ammo qilayotgan işidan ğoyat mamnun ekanini yuz-közlari, sözlaridan darhol his etişardi. Şunday şaxdu şiddat şaxsga siğiniş davrining devoriga urildi: ijodkor soxta dalillar bilan sovet tuzumiga duşmanlikda ayblandi, tikanli simlar ortiga badarğa qilindi, sönggi boblari yozilayotgan “Şinelli yillar” romani yozuv stolida qolib ketdi… Beş yillik xorlik, sarson sargardonlik, maşaqqatlardan keyin ona tuproqqa qaytdi. Şuhratni har qanday vaziyatda ijod, ezgu niyatlar ifodasi bölmiş badiiy asarlar yoziş niyati tark etmadi, qöllab-quvvatladi. U mahkumlik yillarida qöli oğir mehnatda bölsa-da, qalbida “Şinelli yillar” romanini yakunlab, “Oltin zanglamas” romanini pişitib qöygandi.
“Şinelli yillar”ning boş qahramoni Elmurod siymosida adib şaxsini körgandek bölamiz. Uruşning boşidan oxirigaça qançadan-qança qirğinbarot janglarda qatnaşgan bu fidoyi, mard inson obrazini muallif mehr va iftixoriga yöğirib olgandek…
— “Şinelli yillar” romani voqealarining barçasini öz közim bilan körganman. Personajlarning köpçiligi bilan yonma-yon jang qilganman. Hatto kitobda ularning nomlari ham özgartirilmagan. Elmurod, Zebo, Maryam, Yagudin, Larisa, Maxalov, Murzin, Danilçenko… körgan-keçirganlarimiz ötgan uruş xotiralari bölib qolsin, — degan edi Şuhrat muallim.
Ustoz frontda, suronlar yillar girdobida özi guvoh bölgan voqealarni qoğozga tuşira turib, ularni bitta asarga joylab bölmasligiga işonadi va uni ikki kitobga böladi. Birinçi asarini 1947 yilda tugatganini özi aytadi.
Ammo huşyor kitobxon romanning söngida “1947-1957” yillar deb yozilganini fahmlaydi.
Gap şundaki, şaxsga siğiniş yillarining azobini köpgina qalamkaşlar qatori Şuhrat ham tatigan. Yöq yerdagi ayblar, asosan, tuhmatning kuçi bilan, yana oçiqroq aytilsa, “uçlik sudlov” tomonidan yigirma beş yilga hukm qilinadi. Haqni haqqa, nohaqni nohaqqa ajratadigan zamon kelgaç, 1955 yilda uning begunoh ekanligi isbotlanadi.
Sibir, Qozoğistonning şimolida zaxmat çekib yurgan kezlari ham bu roman u kişiga tinçlik bermaydi. Toşkentga qaytgan zahoti romanning ikkinçi qismini yozişga kirişişga ahd qiladi. Ozodlikdan mahrum qilinişidan oldin Özbekiston davlat naşriyotiga qölyozmasini taşlab ketadi. Qaytib kelgaç, suriştirsa, naşriyot rahbariyatidan bu kitobni körmaganligini eşitadi. Ana diqqatbozlik, ana asabbuzarlik!
Favqulodda domla bilan uçraşib qolgan naşriyot boş buxgalteri Kasabov: “Menda bir kitobing turibdi, rusçasi ham bor”, deydi. Bu “Şinelli yillar”ning birinçi qismi edi. Asar qayta işlanadi, töldiriladi, 1957 yilda bitadi.
Öşa paytda negadir yaxşi deb topilgan asarlar darhol rus tiliga tarjima qilinar edi. “Voyenizdat” naşriyotida çop etilgan kitobga P.Verşigora, E.Kazakeviç kabi nomdor yozuvçilar taqriz yozişadi. Ayniqsa, Verşigora: “Armiyamizda köp millatli roman yöq, Şuhratning romani bunga töliq javob beradi”, deb uni yuksak baholaydi.
Roman G.Solovyev tarjimasida ilk bor 1959 yilda Moskvada rus tilida katta nusxada bosilib çiqadi, u keyin yana ikki qayta eʼlon qilinadi. Ularning umumiy adadi yarim milliondan oşiq nusxani taşkil etadi. Ayni şunday muvaffaqiyat 1960 yilda çop etilgan özbek tilidagi naşrida ham kuzatiladi. Umuman, uşbu asar bir neça xorijiy tillarga tarjima qilinib, barisida misli körilmagan muvaffaqiyatga erişgan edi. Çunki bu asar özining barkamolligi, öqişliligi bilan öquvçilar qalbini işğol qilgan, kitobxonlarning sevimli asariga aylanib ketgan edi.
…“Qozi muttaham bölsa, dardingni kimga aytasan?” Adolatsiz tuzum “dohiy”lari hayot haqiqatlarini doim yaşiriş, pinhon tutiş uçun haqgöylarni tuhmatlar, qamoq, surgun, ölim jazosi bilan qörqitdilar, jazo maşinalari millat oydinlarining boşida qiliç öynatdi. 1950 yillarda “troyka” qarori bilan nohaqdan 25 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan bir guruh ijodkorlar orasida Şuhrat ham bor edi. Millatçilikda, “ozod va baxtiyor” sovet tuzumini qöllab-quvvatlaş örniga ötmiş ajdodlarini tarğib etişda ayblangan bu ziyolilar Alişer Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, mutafakkir tarixçilar Xondamir, Mirxond kabilarni taʼlim dargohlarida öqitiş böyiça alohida dasturlar tayyorlaş, öquv soatlarini köpaytiriş, yaʼni bu tarixiy şaxslar haqida yoşlarga köproq maʼlumot beriş, ularni tarğib etişni kuçaytiriş taşabbusi bilan çiqqandilar.
Şuning uçun ham Şuhrat yana bir neça yil umrini qamoqxonalarda ötkazdi.
Sobiq tuzum istibdodlarini boşdan keçirgan Özbekiston xalq şoiri Şukrullo şunday degandi: “Şuhrat hayotda ham, ijodda ham çekkan maşaqqatlarini boşqa birorta özbek yozuvçisi körmagan. Uning eng yuksak insoniy fazilati şundaki, ijodkor har qanday malomat, xörlik, böhtonlar çangalida, ha, xuddi şunday, qaddini xam qilmadi. Dardkaş izlab, har köringanga taqdiridan nolimadi. Metin iroda bilan, öz insoniyligini yöqotmay ijod qildi.
Haqiqat va halollikning bir kun ğolib çiqişi va qahramonlikning maşaqqatlari töğrisida köproq kitoblarda öqiymiz. Yozuvçi Şuhrat esa halollik, özining haqligiga işonç, insoniy ğurur kabi ajoyib fazilatli kişilarning oramizdagi tirik namunasi edi”.
* * *
Quyida yozuvçi Şuhrat haqida uning döstlari, hamkasblari, şogirdlaridan ayrimlarining fikrlarini keltirib ötmoqçimiz. Ularda buyuk qalb, uluğ inson, yuksak iqtidor sohibi haqida yurakdan aytilgan gaplarga duç kelasiz:
Odil Yoqubov: “Şuhrat aka sönggi yillari, hatto kasalga çalingan çoğlarida ham qalamini qöldan taşlamadi. Şuhrat aka adabiyotga ham, teatrga ham şuhrat keltirgan asarlar yaratib qoldirdi”.
Abdulla Oripov: “Azamat akalarimizdan edi Şuhrat domla. Ustozlarimiz Ğafur Ğulom, Oybek, Abdulla Qahhor, Mirtemir va Şayxzodalardan keyin ijod yalovini kötarib turgan ğayratli bu adiblar qatoridan joy oldi”.
Şoislom Şomuhamedov: “Şuhrat akaning iroda va matonatiga qoyil qolar edik va Ayyub payğambar qismati esga tuşar edi. Uluğ Firdavsiyning quyidagi misralarini öziga hayotiy şior qilib olgandek edi göyo:
Dona tortgan çumoliga berma ozor,
Jon şirindir, öşanda ham jon şirin.
Bu gaplarga butun umr amal qildi, biror kimsaga ozor beriş u yoqda tursin, barçaga faqat mehribonlik qilgan edi ustoz”.
Hakim Nazir: “Tuşkunlik, noliş nimaligini bilmagan, tabiatan optimist bölgan Şuhrat aka öz ijodiy tajribasini yoşlar bilan örtoqlaşişda obdan saxiylik, tantilik namunasini körsatar edi”.
Ibrohim Rahim: “Butun umrini zahmatda, ijodiy mehnatda ötkazgan va mehnatsiz turolmaydigan ijodkor Şuhrat kasalxonalarda betob yotgan paytlarida ham qölidan qalamini tuşirmadi. Xastalik tufayli tili zörğa aylanayotgan paytlarda ham lirik şeʼrlarini bitib, yangi asarlar yozdi”.
Nuriddin Muhitdinov: “Abdulla Qahhor va Şuhrat örtasida mustahkam aloqa bor edi. Eng isteʼdodli, mahsuldor adib sanalgan Abdulla Qahhor til ustasi edi. U kişining Şuhrat bilan döstligi çin döstlik edi. Bir-biriga havas qilgudek yaqin edi. Ikki ijodkorning suhbatidan köp marta bahramand bölganman. Ularning askiyasi, şöxligiga havasim kelar edi”.
Pölat Mömin: “Şuhrat akani ilk körganlar hayratda qolişar edi. Bu şoirni çinakam eʼzozlaş edi. U şeʼr öqiganda odamlar jon quloği-la tinglaşardi, odamlar tinglab, anglab maza qilişardi. Şeʼrlari tinglovçilarning dardlarini olardi göyo, zavq ulaşardi ularga”.
Şukur Xolmirzayev: “Şuhrat aka biz yoşlarga köp nasihat qilar edi, töğri yölga boşlar edi. Özlari aytgandek: “Turmada ont içganman, omon çiqib borsam, yoşlarni bizday bölmaslikka örgatişim kerak. Men bugungaça mana şunga harakat qilib keldim”, degan edilar”.
Faxriddin Umarov: “Şuhrat aka benazir ijodkor edi. Men u kişining ruboiylarini Boburga taqqoslayman. Öşa tiniqlikni, öşa öt-olovni Şuhrat akaning ruboiylarida köraman”.
Usmon Azim: “Şuhrat aka birovlarning gapirişiga taqlid qilmas, biroq bir zamonlar keçgan voqealarni ayriça bir zavq bilan hikoya qilar ediki, eşitgan odam baayni kitob öqiyotgan kabi lazzat olar edi. U kişi millatçilikda ayblanib, qamalib çiqqan bölsa ham, çöçişni bilmas edi. Öşa paytda hamma ham köpçilikning orasida, masalan, Çölpon haqida baralla gapiravermasdi. Ammo Şuhrat aka heç narsa bilmagandek, zöriqmasdan, atrofga alanglamay, ovozini pasaytirmasdan — şoir haqida bemalol tölib-toşib sözlardi…”
Ötkir Hoşimov: “Şuhrat aka uruşda qon keçdi, inson bolasi çidaşi qiyin bölgan azoblarni kördi, sovet yurti uçun jonini fido qildi va evaziga… elliginçi yillarda “siyosiy duşman” sifatida Stalin GULAGiga tiqildi! Inson uçun, ayniqsa, qalbi nozik ijodkor uçun bundan ortiq adolatsizlik bölişi mumkinmi? Adib şunda ham dod demadi. Yolğon-yaşiq şiorlar emas, inson qismatini halol tasvirlovçi asarlar yoziş kerakligini his etdi va şunday kitoblar yozdi”.
Şunday. Haq qaror topib, mahkumlikdan ozod etilgaç, Şuhrat şaxsga siğiniş davrining fojialarini aks ettirgan “Oltin zanglamas” romanini yozdi. Öz davrida Oybek, Abdulla Qahhor romanlari darajasidagi asar deb baholangan bu romanning kitobxon qöliga tegişi ham oson bölmadi. Çunki bu asarda hayotiy haqiqatlar şaxsga siğiniş davrining fojialari aks ettirilgan edi. Adibning jasorati, qatʼiyati, qalam oldidagi masʼuliyatiga sadoqatini köringki, hayotining neça yillarini toş devorlar ortida ötkazişiga sabab bölgan tarixiy ijtimoiy oğriq, dardlar va ularning oqibati haqida mazkur asarda hikoya qildi. 1967 yili roman dastlab “Şarq yulduzi” jurnalida, söngra kitob holida naşr etildi. Adabiyotda hayotning barça sohalari ijobiy böyoqlarga böyab aks ettirilayotgan öşa davrda bunday roman yozişga har kim ham jurʼat etolmasdi. Oltmişinçi-yetmişinçi yillarda “Oltin zanglamas”day asar bilan maydonga çiqiş uçun katta jasorat kerak edi. Roman katta şov-şuvlarga sabab böldi. “Nahotki bu sirli muammoni oçiq-oşkor aytiş mumkin bölsa? Endi Şuhratning qismati nima bölarkin?” deganlar ham böldi. “Oltin zanglamas” romanining yaratilişi faqat yozuvçining emas, balki kitobxon, adabiyot, ijodkorlarning umumiy yutuği edi.
Aslida, yozuvçining dilida borini töliq ifodalaşga zamon yöl bermaganini bir şeʼrida şunday ifodalaydi:
Men olam kitobin bir-bir varaqlab,
Köp narsa tuşundim, köp narsa bildim.
Zaminu zamonu oqimga qarab
Öntadan bittasin oşkora qildim.
Şuhratning Vatanga sadoqat, inson uçun kindik qoni tökilgan tuproqdan boşqa joylar asl vatan bölmasligi, Vatandan ayro umr musibatu armonlarda keçişini ifodalab yozilgan “Jannat qidirganlar” romani ham kitobxonlarga yetguniça ayrim şaxslarning böhtonlariga uçradi. Ammo 1968 yilda bosilib çiqqanidan keyin muxlislarning sevimli asarlaridan biriga aylandi.
Ha, Vatanda yaşab Vatan, millat, ona xalq, qondoşu jondoşlar qadriga yetmagan, xalqu Vatanning faqat yoruğ kunlaridan bahramand bölib, sinovli onlarida boşini panaga olguvçilar ham, afsuski, yöq emas. Ana öşandaylar hayoti bilan soliştirib tahlil etilsa, Şuhrat domla kabi insonlar ham “Jannat qidirganlar”ning asosiy ijobiy qahramoni, desa bölar.
Adib ijodda ham, hayotda ham insoniylik talablariga sodiq qoldi. Yuqorida Şuhrat “troyka” qarori bilan 25 yil qamoq jazosiga hukm qilinişiga Alişer Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, mutafakkir tarixçilar Xondamir, Mirxond kabilarni taʼlim dargohlarida öqitiş böyiça alohida dasturlar tayyorlaş, öquv soatlarini köpaytiriş, yaʼni bu tarixiy şaxslar haqida yoşlarga köproq maʼlumot beriş, ularni tarğib etişni kuçaytirişni qöllab-quvvatlagani sabab bölganini aytgandik. Qarang, şunday ayblov bilan qamoqda ötirib, 1955 yilda oqlanib çiqqan Şuhrat bir yil ötib tuğilgan öğliga Xondamir, undan keyingi farzandiga Bobur deb ism qöyadi. Keyinçalik nabiralarga Komron, Temur, Botu, Humoyun, Mirxond deb ism qöyişadi.
* * *
Yaqinda “Akademnaşr” Özbekiston xalq yozuvçisi Şuhratning hibsdagi hayoti töğrisida möʼjaz kitobni çop etdi. Taniqli adib Mirzo Kenjabek adibga kotiblik qilgan uşbu asarda domlaning 50-yillar qatağoni davridagi maşaqqatli qamoq hayoti aks ettiriladi. Öşa maşʼum zamonda yigirmaga yaqin közga köringan özbek ziyolilari hibs qilinadi, ular maxfiy sud qilinib, uzoq muddatlarga surgunga jönatiladi.
Xalqimizning sevimli ijodkorlaridan — Şukur Xolmirzayev va Usmon Azim dastagi bilan Şuhrat muallim xasta holiga qaramay Mirzo akaga boşidan keçirgan voqealarni erinmay gapirib bergan, ularni qayd etişda öziga xos muşkulliklar bölgani ham rost. Qayd etiş jarayoni 1988 yilda boşlanadi. Şuhrat domla bu qissaning naşridan umidvor edi. U kişi hayotligida bir parçasi gazetalarda bosildi, xolos. Asar ötgan yili töliq holda 35 yildan keyin dunyo yuzini kördi.
Uşbu asardan ayrim qaydlar: …Adib huquq idoralari tomonidan taʼqibga olinadi. Bir kun yomğir şivalab turgani uçun uyga qaytişda taksi tutadi. Rus yigiti epçillik qilib, undan oldin maşinaga minmoqçi böladi, yozuvçi bunga yöl qöymaydi. Tortişib ötirgandan köra, muammo militsiyaxonada hal qilinişiga işonişadi ikkisi ham.
Navbatçi mirşab rahbariga: “Mast bezorini tutdik”, deb hisobot beradi. Domla bor-yöği bir finjon pivo içgani töğrisidagi gapiga eʼtibor ham qilişmaydi. Öşa keça militsiya qamoqhonasida qoladi… Ertasiga Yozuvçilar uyuşmasida mirşabxonadan kelgan hujjat asosida u “Şarq yulduzi”dan işdan haydaladi…
Keyingi safar Frunze (hozirgi Bişkek) şahriga qarindoşlarining uyiga taʼziyaga borgani uçun yana soxta dalillar bilan militsiyaga tuşadi. Göyoki “Qirğiziston orqali Xitoyga qoçib ketiş”ga uringan emiş.
Bunday holatda, albatta, jiddiy tergov olib boriladi. Tergovçi Suxanov degan kimsa adibdan barça antisovet faoliyatini aytib berişni talab qiladi. U öziga yemak çaqirtirib, ovqatlana turib, söroqni davom ettiradi. Şuhrat aka esa: “Tuşlikdan ham, keçki ovqatdan ham mahrum bölgan edim, juda ovqat yegim kelar edi”, deb xotirlaydi.
— Iqror bölsang, senga ham ovqat beraman. Qaysarlik qilib turaversang, boradigan yöling faqat bitta: lager!
Tergov davom etar ekan, asossiz, mantiqsiz gumonlar kişini zada qilib yuboradi. Savollar öşa-öşa, javoblar ham deyarli öşa-öşa.
“Antisovet taşkilotiga qaçondan aʼzosan? Boşliğing kim? Rus oğalarga qarşi kayfiyat senda qaçon paydo bölgan? Taksi talaşib turganingda maqsading nima bölgan? Xitoyda kiming bor? Yozuvçilardan yana kimlar bu taşkilotga aʼzo? Qanday tarzda iş olib borgansanlar? Bu antisovet taşkilotiga özing şaxsan kimlarni tortgansan? Avvalgi xalq duşmanlari bilan aloqang qanday edi?” va hokazo.
Adib baʼzi-baʼzida hibsxonaga viqor va salobat bilan Boş prokuraturaning alohida işlar böyiça örinbosari Bropkov kirib qoladi, deb eslaydi. Xöjakörsinga mahbuslardan hol sörab, şart-şaroitni nazorat qilgan hisoblanadi. Ahvolni aytsangiz, parvo qilmaydi, göyo hamma iş qonuniy ketayotgandek.
Sabri tölgan yozuvçi inson qiyofasidan uzoq bölgan, öşa qattol davrning yaloqxörlaridan biri Suxanov ustidan arz qilib, içki işlar vaziri örinbosari Qurbonov qabuliga kiradi.
— Seni tergovçi urmagan bölsa hisobga ötmaydi, agar uning özi ursa yoki qöpol muomala qilsa, bizga aytasan!
— Qöpollik qiladi, sökadi.
— Guvohing bormi?
— Hibsxonada qanaqa guvoh bölsin!
— Demak bu gaping ham yolğon. Bizda uriş, sökiş yöq!..
Ikki yillik ana şunday xörlik, azob-uqubatli qamoqdan keyin sud boşlanadi. Sudlanuvçilar orasida Hamid Sulaymon, Mirzakalon Ismoiliy, Şukrullo singari taniqli insonlar, jami sakkiz kişi bor edi.
Sud işi yigirma kunga çöziladi. Özi nari-berisi bilan ikki kunlik iş, hakamlarning maqsadi jinoyat kölamini börttirib körsatişdan iborat edi.
Qöyilgan ayblar: Fayzulla Xöjayev, Akmal Ikromovning maqsad va ğoyalari, keyinroq esa Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Ğozi Yunus, Abdulhamid Sulaymon Çölpon, Usmon Nosir töğrisida savollar beriladi. Sudlanuvçilarni qamalib yoki otilib ketgan bu oydinlarga safdoş sifatida ayblaşga urinişadi.
Sud jarayonida adibni Muhitdin Komilov boşçiligidagi sovetlarga qarşi “Milliy istiqlol” taşkilotining aʼzosi, deb isbotlamoqçi bölişadi. Sudda “rahbar”ning özi iştirok etadi.
— Uning guvohlik berişiça, men va Said Ahmad bu taşkilotda faollik körsatgan ekanman, — deydi Şuhrat aka.
Şuhrat domlaga qöyilgan ayblardan yana biri Çölponning “Soz” kitobidagi “Soz” şeʼriga öxşatib, aruz vaznida şeʼr yozgani edi. Ayblovnomada aytilişiça, aybning birinçisi Çölponga öxşatib yozgan bölsa, keyingisi Şuhratning aruzda yozgani edi. Aruz vazni rus şeʼriyatida yöqligi bois boşqa xalqlar nazdidagi bu mumtoz sanʼat göyo eskilik sarqiti hisoblanar, bu vaznda yozgan şoirlar göyo eski davrlarni qömsagan bölib çiqar ekan.
Tergovçilar guruhining bir yildan ortiq urinişlaridan natija çiqmagani bir sari, sudda ham heç qanday mantiqiy dalillar hisobga olinmay, sudlanuvçilar 25 yilga qamoq jazosi oladilar.
Qissada, şuningdek, Toşkentdagi va Qozoğistondagi turmalardagi oğir vaziyat, xörliklar, kamsitişlar batafsil yoritiladi. Ziyolilarning mahkum qotillar, poraxörlar, qaroqçilar bilan bir kameradagi “hayoti” beriladi. Oydinlarning öşa zamon qamoqlarida yöq bölib ketayotgani, mamlakatning xarob bölayotgani, aldovga asoslangan tuzum barpo bölgani töğrisida gap boradi.
Asarda boşqa millat mahkumlari bilan Şuhratning bölib ötgan suhbatlariga örin beriladiki, bu lavhalar ham öquvçining diqqatini öziga tortadi. Masalan, grek yigiti Prokakişning “Gretsiyaga — Vatanimga ketaman”, degani uçun vatan xoini sifatidagi qamoqqa tuşgani taʼsirli hikoya qilinadi.
Der ismli nemis yigitining qismati ham açinarli. U göyoki özi işlayotgan Çirçiqdagi maxsus zavodni portlatmoqçi bölgan emiş…
Xöjalik-moliyaviy işi bilan qamalgan Leşçanskiy Abram Isroiloviç kitobda badavlat mahbus deb taʼriflanadi. U Kirov nomidagi Isteʼmol mollar kombinatining rahbari bölib işlagan kezlarda alif moyi işlab çiqarişdagi beş million kamomadi uçun 150 ming rubl pora töplaş va berişdagi maşaqqati bayon qilinadi.
Turkiston legionida xizmat qilganlar ham adib bilan bir turmada bölgan ekanlar…
“Ozod qalb” asarida diqqatimni tortgan yana bir narsa bor, unda ustozning 60-yillarning oxirida Turkmaniston safarida lagerda orttirgan dösti Jurmenek baxşi bilan qarşilaşiş epizodi keltiriladi.
— Biz sovet bilan kelişib oldik: u menga tegmaydi, men unga tegmayman! Tegsa özidan körsin! Qörquv ham, hadiksiraş ham yöq: “nari borsa, bir ölim-da!”…
Mard inson edi u. U unvonlar, mukofotlar, maqtovlar uçun yaltoqlanmadi, döst tanlaşda ham haqiqiy insoniy fazilatlarni qadrladi. Vijdoni buyurgan işni qilgani uçun hamişa erkin va boşi baland yurdi.
Qalbim, jismim, ruhim özbek,
Fikri-zikrim, tuğim özbek.
Bağrim oçiq, tilim şirin,
Körsa meni kim özidek.
Hukumat uning mehnatlarini öz vaqtida qadrlamagani, mukofotlar, unvonlar bilan siylamaganiga, balki, Şuhrat katta yiğinlarda sovet xalqi, xalqimiz deyiş örniga “millatimiz” sözini köp işlatgani ham sabab bölgandir…
Ammo yurtimiz Istiqlolga erişgandan keyin adibning mehnatiga katta hurmat, eʼzoz körsatildi. 1993 yili yozuvçining 75 yilligi nişonlandi. Özbekiston mustaqillikka erişganiga endigina ikki yilça bölgan, hali katta davlat mukofotlari taʼsis qilinmagan paytlar. Öşanda adibga Özbekiston Prezidentining “Faxriy yorliği” berildi. Oradan ikki oy ötib, 1993 yili ular olamdan ötdi. Vafotlaridan söng 10 yil ötib, 2003 yili “Buyuk xizmatlari uçun” ordeni bilan taqdirlandi…
* * *
…Ötgan asrning elliginçi yillarida boşlangan, saksoninçi yillarida ham tinmagan, keti uzilmagan tuhmat zarbalari Şuhrat domlaning jang maydonida orttirgan yaralari asoratlariga qöşilib, adib soğliğini zimdan yemirdi. Ammo yozuvçi heç qaçon noumid bölmadi, yaxşilik tantanasiga umidvorlik yirik asarlaridan tortib, şeʼrlarigaça boş maqsad qilib olindi.
Keçqurun şafaqni öğirlab keça
Ertalab ufqqa qaytadan soçdi.
Keçqurun ökinçdan xörsingan ğunça
Ertalab şod-xandon labini oçdi.
Insofdan köçat ek, kökarsa agar,
Mevasi haqiqat, rostgöylik bölar.
Dunyoda ğam-ğussa, adovat tugar,
Har umid kosasi şodlikka tölar.
Özbekiston Qahramoni, maşhur adabiyotşunos olim Ibrohim Ğafurov: “Şuhrat asarlarida hayotga bu qadar yaqinlik, bu qadar hayotiylikning siri nimada edi?
Bu sirning kalitini men adibning özida, uning yorqin, azamat, devkor feʼl-atvorida, hayotga, odamlarga, öz yozuvçilik va insonlik qismatiga bölgan yondaşuvlarida, qoyaday mustahkam maʼrifatli prinsiplarida heç yöldan oğmas, böyalmas, özgarmas oliyjanob adolatida köraman.
Şularning yaqinligida u Behbudiy, Fitrat, Qodiriy, Avloniy, Munavvarqori, Çölpon, Ubaydullaxöja, Usmon Nosirlarga kelbati tortadi”, deydi.
“Yaxşilikni oçiq çehrali kişilardan kutinglar”, deyiladi muborak hadisi şarifda. Zamondoşlari, şogirdlari, farzandlari Özbekiston xalq yozuvçisi Şuhratning hamişa oçiq çehra, bağrikeng, saxovatli inson bölganini alohida eʼtirof etişadi.
Yon, çiroğim, tongga qadar yon,
Yoruğingdan yorişsin jahon!
Yon, çiroğim, qalbim kutar, yon,
Yon, çiroğim, orom olsin jon!
Sen yonib tur, men qilay ijod,
Qarzim köpdir eldan, yurtimdan.
Umrim ötgaç, qarab ortimdan
Demasinlar: “Kördi böş hayot”.
Yon, çiroğim, tongga qadar yon!
Eng uluğ, yoruğ tonglardan umidvor qalbning xotira, ibrat çiroqlari hamon çaraqlab turibdi.
Uşbu yodnomamizni esa Şuhrat domlaning ibratga çorlovçi quyidagi sözlari bilan yakunlaşni lozim topdik: “Ona yurtga bölgan muhabbat, milliy iftixor kişidagi nozik va muqaddas, aziz va sönmas hisdir. Bularning örnini na molu dunyo, na şonu şaraf, obrö — yöq, heç narsa töldirolmaydi. Şu oliyjanob hislar bilan yaşagan odam nohaqlikka, har qanday oğir va musibatli kunlarga bardoş beradi, ulardan ğolib çiqadi va murodu maqsadiga yetadi, hayotda mamnun yaşab, qabrida ham oyoğini uzatib yotadi…”
Abror ĞULOMOV,
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi
aʼzosi.
