Çöllar kiyganda atlas
Munira RAMAZONOVA
Muallif haqida:
Munira RAMAZONOVA —1985 yili Kogon şahrida tuğilgan.
2003 yili Buxoro şahri Alişer Navoiy nomidagi 4-maktabni tugatgandan keyin K.Behzod nomidagi Milliy Rassomlik va dizayn institutining sanʼatşunoslik fakulteti bakalavr va magistratura bosqiçida tahsil olgan.
“Dorilomon kunlar şukuhi”, “Mening jonim Marjonim” nomli badiiy-publitsistik va şeʼriy kitoblari naşr etilgan.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.
QIŞLOĞIM
Bepoyon quçoği gözal qişloğim,
Qozoq daştlariga tutaş sahrosi.
Suyançim, tayançim, ardoqli boğim,
Dunyoda bormikan sendan aʼlosi?
Yoşligim köksingda olib, bexatar,
Daryo-yu azimga çorlagan nursan.
Ummonga aylangin, deysan har safar,
Serşovqin Toşkentdan qoşingga kelsam.
Har tong Buxoroga bergaysan salom,
Hazrat Naqşbandga tutaş yöllaring.
Seni qöllab turar Mir Kulol bobom,
Seni yorlaqaydi Yetti Pirlarim.
Ona köksidagi gödak kabi şod,
Yayrayman, bağringga boş qöygan çoğim.
Yaşnayver, yayrayver, bölaver obod,
Mehr sarçaşmasi — ona qişloğim.
YETTI PIRIM QÖLLASA
Maqsad sari şoşgayman,
Daryo kabi şoşgayman.
Çöqqilardan oşgayman,
Yetti pirim qöllasa.
Ğirotim uçmoqqa şay,
Yölga gullar töşalgay,
Orzularim uşalgay,
Yetti pirim qöllasa.
Yaqin kelolmas ğanim,
But bölgay dasturxonim,
Nurga tölar har onim,
Yetti pirim qöllasa.
Çöllar kiyganda atlas,
Yulduzlar qilgay havas,
Osmonlar ham bölgay past —
Yetti pirim qöllasa.
Ilmda ham, işda ham,
Bahorda ham, qişda ham,
Yaratgaymiz tuşda ham —
Yetti pirim qöllasa.
Doğ tuşirmay şaʼnimga,
Nur berib har onimga.
Bel bölgum Vatanimga.
Yetti pirim qöllasa.
Minoralar çertar tor,
Tödaköl aytar alyor,
Ölkamdan yaşnar bahor —
Yetti pirim qöllasa.
Boğlardan ketmas köklam,
Köçalar obod, körkam.
Muzaffar yana ölkam,
Yetti pirim qöllasa.
Körmoqda butun dunyo
Özbekiston asrini.
Qurmoqdamiz uçinçi
Renessansning qasrini.
BUXORO MINORALARI
Körgan ne-ne yomğirlarni,
Körgan ne-ne qorlarni,
Çöğ purkagan havolarda,
Qatra suvga zorlarni.
Yelkalari çöqqilardek
Tegib turar osmonga.
O, ularning matonati
Tengdir buyuk dostonga.
Vatansevar qöriqçidek
Keça-kunduz bedordir.
Ular uluğ bobolarim
Dahosidan yodgordir.
Qança boqmay, tikilmayin,
Sira töymas közlarim.
Qaddin kerib turar göyo
Bobolarim özlari.
Panoh bölmiş qança-qança,
Amirlarga, xonlarga.
Bu zaminni bezab ketgan
Ne-ne uluğ jonlarga.
Buxoroning körki ular,
Yer yuziga sayqaldir.
Ular aziz bobolarim
Şavkatiga haykaldir.
Bir-biridan salobatli,
Bir-biridan muhtaşam.
Yeru kökda bunday mumtoz
Obidalar kamdan-kam.
Şul boisdan hali-hanuz
Maftun etar jahonni.
Jahon ahli tugatolmas,
Öqib bunday dostonni.
Guvoh bölgan ular qança
Qirğinlarga, ğovlarga,
Kökragini qalqon qilgan
Qonxör, yovuz yovlarga.
Ular qança yovuzlarning
Rejalarin puç qilgan.
Muqannayu sarbadorlar
Bilagiga kuç bergan.
Ibn Sino, Rudakiylar
Minoralarga boqqanlar.
Buxoriylar dunyoga ilm
Maşʼalini yoqqanlar.
Ehhe, qança bosqinçilar
Bilmadi öz haddini.
Hatto qattol Frunze ham
Bukolmadi qaddini.
Buxoroga bormay qaçon
Şoşilaman salomga.
Şoşilaman, köhna Ark-u
Minorayu Kalonga.
Qadim kentning faxri ular,
Yurtim iftixorlari.
Buxoroning minorasi —
Buxoro bayroqlari!
IFTIXOR
Al-Buxoriy ajdodim,
Muqaddasdir tuproğim.
Fitrat — mangu faryodim,
Dilda “Çöli Iroğim”.
Xalq ijodi — termalar,
Laparlardan zavq oldim.
Sözga çeçan xalqimning
Ijodidan lol qoldim.
Alpomiş, Göröğlini
Yod aytgan bobolarim.
Quloğimda jaranglar,
Dömbira, navolarim.
“Devonu luğotit turk”
Koşğariydan merosdir.
Har bitta söz, ibora
Turkiy tilimga xosdir.
Ajdodlardan qolgandir
Bilga Hoqon dostoni.
Şundan mangu sölmagay
Adabiyot böstoni.
Navoiyning gulşani
Ijodga bermoqda zeb.
Bobur, Maşrab, Muqimiy
Nido çekdi elim deb.
Şeʼrlarida dunyoning
Tamadduni bölgan jam.
Bobolarim ortidan
Dadil borgaymiz biz ham.
Nurga tölsin kelajak,
Ilmli bölsin har kim.
Öz öçmas merosingdan,
Omon böl, ona xalqim.

