Armondir qalbimda lovullagan çöğ…

Bahrom AKBAROV,

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi

OTABEK MAKTUBI

Keçirgaysiz, Kumuşoyim,

Sizdan xabar ololmadim.

Marğilonga borgan çoğim

Diydoringiz körolmadim.

 

Otim  burdim  uyingizga,

Siğmay qaytdim ostonadan.

Begim deya suysangiz-da,

Farqim yöqdir begonadan.

 

Tun qöynida kezdim sarson,

Jin köçalar – dev, yalmoğiz.

Xayollarim ezgay yomon,

Malaksiymo – sizsiz yolğiz.

 

Sözlaringiz eslab dilim,

Diltorini çertar bölsa.

Zardoblarga tölar lim-lim

Tanam sarxuş etgan böza.

 

Dard toğdayin işqim sinab,

Sabr kosam töldirdi-yey.

Hijron esa kunda qiynab,

Azoblarda öldirdi-yey.

 

Osmon uzoq, zamin qattiq,

Bulut örlar boşimda.

Samolarga saçrab ketgan,

Yulduzlar sirdoşim-da.

 

Kutib olar usta Alim,

Takror borsam Marğilonga.

Saodatning qissalari

Azob berar şirin jonga.

 

Pok tuyğuga panja urgan,

Fosiqlarning fisqidan dod.

Örtamizda devor bölgan,

Iblis Homid ekan jallod.

 

Yaratgandan söraganim,

Faqatgina sabr böldi.

Ğanimlarning ğanimligi,

Özi uçun jabr böldi.

 

Keçirgaysiz, Kumuşoyim,

Maktubimni berolmadim.

Marğilonda yurgan çoğim,

Diydoringiz körolmadim.

 

Qoçoq kabi bukun, afsus,

Toşkent sari ketmoqdaman.

Yurakdagi nolalarim,

Maktub etib bitmoqdaman.

 

ARMON

Oyoğim ostida şitirlab xazon

Dunyo foniyligin unsiz eslatar,

Soğinçlar yuragim örtab nogahon

Dard yangliğ tanamni sim-sim

qaqşatar.

 

Vujudim tilkalar mahzun öylarim,

Girdobga aylanib uçar Siz tomon.

Sabrga doş bermay ingraydi dilim,

Sizni köp soğindim,sizni Onajon!

 

Onajon

Bir bora körsaydim takror,

Osmonda oy yuzi yarqirab ketar.

Qölimni uzatsam agar samoga,

Eng çiroyli yulduz – Zuhroga yetar.

 

Qaniydi, hovlimga kelsangiz kirib,

Oydin çehrangizda mavj urib nurlar.

Talpinsam yoş bola misoli şoşib,

Atrofingiz qurşab tursa-da hurlar.

 

Poyingiz ostiga boşimni qöyib,

Bosgan izlaringiz közimga surtsam.

Yiğlasam, yiğlasam dardlarim tökib,

Onajon, sizni köp soğindim desam.

 

Qadoq qöllaringiz silasa boşim,

Bağringizda yotsam quvonçga tölib.

Sevinçdan yuzlarim yuvsa köz yoşim,

Qiyqirib kulsaydim yoş bola bölib.

 

Qaniydi öylarim bölsa mustajo,

Yurakdan dardlarim yuvilib ketar.

Kaftlaringiz oçib qilsangiz duo,

Duolar nur bölib haqqa ham yetar.

 

Hovlim tegrasida töxtardi Quyoş,

Kamalak yoğdudan qolardi hayron.

Kelinlar şoşardi, közlarida yoş,

Hovlim hayratlarga çömardi şu on.

 

Uyimda göyoki hayit boşlanar,

Nabiralar çopar sizni körgan çoğ.

Katta-yu kiçigi navbat talaşar,

Körişmak ilinji, oçgansiz quçoq.

 

Boğimda bir zumda evrilar hayot,

Daraxtlar kelinçak bölib oladi.

Bodom ğunçasidan taralib bayot,

Qaldirğoç qöşiğin boşlab qoladi.

 

Siz ekkan, siz suygan oq atirgullar,

Ğunçasin oçadi, labda tabassum.

Iforin taratar sadarayhonlar,

Boyçeçak alyori tinmaydi bir zum!

 

Iforiy islardan yaşnab ketar boğ,

Bu sizning boğingiz axir, Onajon!

Nabiram nomida yaşar ismingiz

Şoningiz dillardan öçmas heç qaçon!

 

Onajon, qaniydi, bir bor körsaydim,

Izlaringiz öpib közga sursaydim…

 

* * *

Cen faqat yiğlama, xayrlaş kulib,

Oyning jamolini öğirlagan qiz.

Qalbingda yaşarman bir xayol bölib,

Izhorlar qalbingda uyğotolsa his,

 

Balki, boşing uzra soçarman yoğdu.

Axir men yulduzman lovullab turgan,

Gohida soyangman qölingdan tutib

Umid boğlarida yonma-yon yurgan.

 

Men yana qaytgan çoq yonadi hijron

Armonlar ortingdan qoladi yiğlab

Er yigit boşida bordir bu dovon,

Yiğlama hozir sen bağrimni tilib.

 

Sen faqat yiğlama, xayrlaş kulib…

 

*  *  *

Sen asta kelgan çoğ yonimga kulib,

Orzumand qalbimda gulladi bahor.

Jodu közlaringda özimni körib,

Ilohiy işq içra yaşarman xuşhol.

 

Lahzalik xayolim şunçaki röyo

Armondir qalbimda lovullagan çöğ.

Hulkarsan samoda qoşiga çorlab

Ahvolimni körib holimdan kulgan.

 

Neki bölsa mayli, taqdirimda bor,

Işqni sen yaratding, yo Qodir Alloh.

Keçirgin va etma bandang aslo xor,

Gözallikka boqmoq bölsa gar gunoh.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan