Bir tunki, yoritmoq mahi tobon bila olmas
Jaʼfar Muhammad TERMIZIY
Muallif haqida:
Zullisonayn şoir, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, Tojikiston Yozuvçilar ittifoqi aʼzosi, Eron Adabiy tanqidi ilmiy Akademiyasi (Tehron Pedagogika universiteti) aʼzosi, faylasuf va şarqşunos-tasavvufşunos olim, tarjimon va publitsist Jaʼfar Muhammad Termiziy (Jaʼfar Xolmöminov) falsafa fanlari doktori (DSc), Toşkent davlat Şarqşunoslik universiteti professori sifatida talaba-magistrlarga tasavvuf ilmidan saboq berib kelmoqda.
Jaʼfar Muhammad Termiziy islom falsafasi, tasavvuf tarixi, irfon falsafasi, tasavvuf adabiyoti, dinşunoslik, fors-tojik va özbek adabiyoti, manbaşunoslik, maʼnaviyatşunoslik, adabiy aloqalar va tarjimaşunoslikka oid 20 dan ortiq monografiya va risolalar, 300 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar, fors-tojik va özbek tillarida 10 dan ortiq şeʼriy kitoblar muallifi, 20 ga yaqin şeʼriy va ilmiy kitoblar tarjimoni.
BILA OLMAS
Bir dardki, ki darmonini Luqmon bila olmas,
Bir ğussaki, yuz Kulbai ehzon1 bila olmas.
Bir hajrki, yuz vasl bölolmas unga mahram,
Bir tunki, yoritmoq mahi tobon bila olmas.
Bir şahrki, devu dadining2 sonini hatto
Osonlik ila şoh Sulaymon bila olmas.
Bir makrki, makkorai davron unga hayron,
Bir fitnaki, uslubini şayton bila olmas.
Tan jon ila, jon tan ila harçand tirikdir,
Tan öz içida ne çekadir jon, bila olmas.
Bir fayzki, u bizda-yu bebahra biz undan,
Bir Nurki, mohiyatin inson bila olmas.
Bir lutfki, ki qadriga yetolmas bani Odam,
Bir Aqlki, poyonini Kayhon bila olmas.
Bir Işqki, biz unga-yu u bizga qaramdir,
Kim kimga asir, aqli parişon bila olmas…
NEGA QIZĞONDING?
Lutfingni sitamgorim, mendan nega qizğonding,
Mehringni jafokorim, mendan nega qizğonding?
Bir qarz salomingni, bir hadya kalomingni,
Tötiyi şakarborim, mendan nega qizğonding?
Husning, ruxi mohingni, bir qatra nigohingni,
Ey közlari xummorim, mendan nega qizğonding?
Ketdi-ku sabolarga, ham bodi fanolarga,
Zulfingni dilozorim, mendan nega qizğonding?
Bir qatra tarahhumni, bir bayt tabassumni,
Ey hiylasi bisyorim, mendan nega qizğonding?
Bir jilvali nozingni, bir jumlali rozingni,
Ganjinayi asrorim, mendan nega qizğonding?
SENSIZLIKDA YAŞAYOTGAN ŞEʼR
Nigohlaring naqadar tiniq,
Xayollaring naqadar moviy.
Nafas olar naqadar nafis,
Qalbingda bir tuyğu samoviy.
Oçiladi nafaslaringdan,
Muhabbatga muştoq ğunçalar.
Nahot, nahot inson degani,
Gözal bölar, latif şunçalar?
Sen men uçun yaralgan eding,
Seni mendan qizğandi qismat.
Latifalar aytib avradi
Yuragimni afandi qismat.
Sening ipak xayollaringni
Yuragimga tözardi ğazal.
Ikki qoşing – baytingdan nusxa
Olib devon tuzardi ğazal.
Bilasanmi, men seni hatto
Qizğonganman şeʼru ğazaldan.
Yuragimdan seni raşk etib,
Kelar edim özi azaldan.
Endi Yurak bilan hasratin,
Aytar umrin oşayotgan şeʼr.
Endi tortar hijron azobin
Sensizlikda yaşayotgan şeʼr.
MENŞUNOSLIK
Men
Senşunosman,
kasbim – şu,
korim – şu!
Lekin Sen
Menşunoslik fakultetida
öqişni heç qaçon
istamagansan
bölmağur soha deb…
Ne qilay,
Borim – şu!
VAQT ZAXMI
Nihoyat, kelding –
Yuzlaringda
Vaqt zaxmi,
Közlaringda
Vaqt vahmi,
Sözlaringda
Vaqt taʼmi.
Men esa
Vaqt xumida
ezilib-ezilib
Şarobga aylanib ketgan uzumman…
VAQT ANATOMIYASI
Vaqt –
çopiş böyiça
çempion bölgan
bir quyon bilan
poygaga tuşgan
zil-zambil donişmand toşbaqa.
Vaqt –
tunning şap-şaffof
oynalarini
çil-çil-çil sindirgan
qöşiqçi qurbaqa.
Vaqt –
saroy lazzatin tark etgan
bölajak Budda.
Vaqt –
eridan erta ajralgan
ayolga berilgan uç oylik idda.
Vaqt –
Kumuş yuzida
çimirilgan qoş.
Vaqt –
Zaynab közidan oqqan yoş.
Vaqt –
Bir yoş gödakka aylangan
yuz yoşli qariya.
Vaqt –
qonga böyalgan,
közlari öyilgan
beçora Suriya.
Vaqt –
Qarz desalar,
Azroilni körgandek qaltiraydigan,
qorni töq-u közi oç,
xasis boyning yuzlarida gullagan ajin.
Vaqt –
Sehrli çiroqning içida
kambağal bir Alouddinni
kutayotgan jin.
Vaqt –
Arafot toğida
jiqqa terga botib,
komfort hotelning
muzxonasi yo muzqaymoğini,
Va yoki
kimgadir foyizga
bergan dollarlari
tuğayotgan foydani
lip etib xayoldan ötkazgan zoyir.
Vaqt –
Mahbubasining
kamon qoşi,
ohu közini
eslagan çoğida
uloğini boy bergan çavandoz botir.
Vaqt –
Rustami dostonning nomard tiğidan
jon berayotgan
javonmarg Suhrobga keçikib yetgan
befoyda malham.
Vaqt –
safro ortidan töplangan balğam.
Vaqt –
Toza va narmu muloyim çarmning
Pölatdan-da qattiq joniga
Sançiqli,
Ilmoqli
Niş urayotgan
Beşafqat bigiz.
Vaqt –
biyaning yarim oç toyçoği
rizqidan qiyib
meşvoying yeb töymas
qorniga tökilayotgan
subhidam qimiz…
Vaqt…
VAQT
Vaqt bir hakam
U heç kimsaga
Tuhmat qilmaydi.
Vaqt bir solik
U töxtalişni
Odat qilmaydi.
Vaqt bir orif
U heç kimsani
Ğiybat qilmaydi.
Vaqt bir böri
U heç kimsaga
Şafqat qilmaydi…
DUNYO NIMA?
Dunyo nima?
Yuz tuya gunoh…
Dunyo nima?
Bir çumçuq savob…
Dunyo nima?
Bir kulba rohat…
Dunyo nima?
Bir saroy azob…
Dunyo nima?
Bir çimdim taskin…
Dunyo nima?
Bir toğ iztirob…
Dunyo nima?
Bir daryo umid…
Dunyo nima?
Bir sahro sarob…
Dunyo nima?
Bir xirmon savol…
Dunyo nima?
Bir tariq javob…
1Kulbai ehzon – Yaʼqub (a) Yusuf (a) firoqida ğam-anduhga botib, uzlatga çekingan joyi – ğam kulbasi.
2Dad – maxluq; ins-jin; yovuz mavjudot.

