Ikki qardoş va jondoş el

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoğanning taklifiga binoan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 6-7 iyun kunlari Turkiyaga rasmiy taşrifi doirasida xalqlarimiz va davlatlarimiz haqidagi: “Bir millat, ikki davlat” degan yangi ifoda qayta-qayta yangradi. Buning zamirida ikki qondoş, qardoş, dindoş xalq ong-tafakkurida ajib bir yaqinlik, mehr-muhabbat va özgaça his-tuyğu paydo qildi.

Yo fikr, yo şukur

Dunyoning önta davlatida bölganman. Bir muddat Taşqi işlar vazirligida masʼul vazifada işlagan, ikkinçi darajali ikkinçi kotib diplomatik martabasiga ega bir özbek ziyolisi uçun bu juda köp ham, unça kam ham emas, albatta.

Ehtimol, ön beş-yigirma yillardan keyin Özbekistonimiz ahli uçun uzoq yo yaqin çet elga borib kelişning u qadar eʼtibori qolmas. Lekin, hozirça ziyolilarimizning xorijga safarga borib kelişining alohida örni va ahamiyati bor deb öylayman. Axir zör bir maqolimizda: “Birni körib, şukur qil, birni körib, fikr qil!” — deyiladi. Har bir davlatga safar amalda nimanidir körib, fikr qilişga, nimanidir körib, şukur qilişga undaydi.

Şukur qiliş uçun ham, fikr qiliş uçun ham safarga çiqmoq kerak.

Ham jisman, ham fikran.

Jumabozor

Samarqand viloyatining Narpay tumanida Payşanba qişloği bor. Pastdarğom tumanida esa “Jumabozor” degan joy uçraydi. Nega bularning oti şunaqa? Çunki qadimdan bozorlar köçib yurgan. Haftaning yetti kunida yetti joyda bozor bölgan. Payşanba kuni bozor böladigan qişloq avval “Payşanbabozor”, keyin-keyin qisqartirilgan holda “Payşanba” deyilib ketgan.

Poytaxt Anqara şahrining Keçiöran ilçasi(tumani)ga qaraşli biz qöngan Bağlum mavzesidagi “Kavkaz” mahallasida usti yopiq ayvonlardan iborat oçiq bozor bor ekan. Har juma kuni bu yerda meva-sabzavot savdosi taşkil etilarkan. Juma kuni bozor, asosan, peşin namozidan keyin qizir ekan. Darvoqe, yaqin joyda masjid ham mavjud. Peşingaça borib, bu yerdagi peştaxtalarga uyilgan mahsulotlarni körgan odamni vahima bosadi: “Şunça mahsulotni kim olar ekan?” — deb öylaysiz-da boşida. Peşingaça, oçiği, sotuvçilarga rahmim keldi. Çunki sotilmasa, şunça mahsulotni yana yiğiştirib, qaytarib olib ketiş kerak. Ertagaça uning tarmevaligi qolmaydi-da. Ammo bozor namozşomga qarab şunday qizir ekanki! Odamlar işdan qaytgaç, xaltalarini kötarib, töppa-töğri bozorga qarab yugurar ekan-da. Buzilmaydigan köp mahsulotlarning bir haftaligini jamlab olişar ekan.

Namozşom çoği qiziqçilik uçun yana bozorga bordim. Işonmaysiz, toğ-toğ uyilgan mahsulotlarning tagi körinib qolibdi. Baʼzi peştaxtalar böşab ham bölgan. Oçiği, endi sotuvçilarga havasim ham keldi. Har qança çarçagan bölmasin, ularning keçki bozor mahali mahsulotlar arzonlaşganini eʼlon qilayotgandagi zavq-şavqini körsangiz. Çöntak pulga tölgan-da.

Hammaga teng bayram

Darvoqe, ötgan asr boş­larida tilimizda aholining katta qismini anglatadigan “yöqsil” sözi ham faol qöllangan. Bu söz hozirgi turk tilida ham faol. Bu yilgi Qurbon hayiti arafasida “Kavkaz” mahallasida bir plakat kördim. Unda: “Kurbanlarınız Yoksulların Bayramı olsun!” — deb yozib qöyilgan. Şundoq ham tuşunarli bölsa-da, tarjimasini keltiray: “Qurbonlaringiz kambağallarning bayrami bölsin!” Bu — qurbonliklarni muhtojlarga tarqating­lar, degan daʼvat, aslida. Bu gapda “Qurbon hayiti — mömin-musulmonlar bayrami. Bu ayyomda musulmonlar qurbonlik söyib tarqatib, eng noçor oilalarga ham bayramona şodlik ulaşadilar” degan maʼno ham bor. Çunki bu qutluğ ayyom Turkiyada ham, şubhasiz, hammaga teng bayram hisoblanadi. Haqiqatan ham, Qurbon hayiti insonlarni özaro hurmat, mehr-muruvvat, saxovat va hamjihatlikka çorlovçi uluğ ayyomdir.

Tekin avtobus

Turkiya 2022 yili Qurbon hayitini töqqiz kun dam oliş kuni sifatida nişonladi. Anqaradan köplar yo tuğilib ösgan viloyatiga, yo dengizli hududlarga dam olişga ketdi. Poytaxtda şuning dastlabki tört kunida avtobuslar hamma uçun bepul böldi. Avtobus kirasi öşa paytda bizdagi 4 ming sömga töğri kelişini hisobga olsak, bu davlatning aholiga katta himmati hisoblanadi. Şuni ham inobatga oliş kerakki, 6 millionli bu ulkan şaharda bir yerga boriş uçun köpinça, bir neça avtobusga çiqişga töğri keladi.

Tildagi farqlarimiz

Ötgan ön tört asr mobaynida tilimizga arabçadan nihoyatda köp söz kirib keldi. Olimlarning aniqlaşiça, Navoiy asarlarida işlatilgan jami 26 mingdan ortiq kalimaning 26 foizi aynan arabça. Hozirgi zamon özbek tilida ham arabiy sözlar taxminan şunça foizni taşkil etsa kerak. Bu jihatdan biz qirqqa yaqin turkiy til orasida birinçi örinda turamiz. Çunki turklar Mustafo Kamol Otaturk öz hukmronligi zamoni(1923-1937)da arabiy va forsiy sözlarni tildan siqib çiqariş siyosatini yuritgan. Butunlay siqib çiqara olişmagan, albatta. Ammo keskin kamaytirişgan. Tilimizni bugungi turk lisonidan uzoqlaştirgan sabablardan biri ham şu. Usmonlilar davridagi turk tili bizga ança yaqin edi.

Şeʼrsevar haydovçi

Anqarada şeʼrsevar haydovçilar ham topiladi. Bir haydovçi maşinasi bortiga ikkita hikmat bitib qöyibdi. Ikkalasiga ham qoyil qolmay ilojingiz yöq.

Birinçisi vaznan raso bölmasa ham, mazmunan kuçli, qofiyasi ohorli va jozibador:

Fazla bakma, nazar edersın, güzalim,

Gel, beraber gezalim.

Mazmuni:

Köp qarama, közing tegadi, gözalim,

(Undan köra), kel, birga kezaylik!

Ikkinçisi juda kuçli ifodalangan, u tarjimasiz ham har qanday musulmon turkiy millat vakiliga tuşunarli, çunki unda qöllangan tört söz ham, asli, arabçadan kirib kelgan:

Zalime merhamet — mazluma zulüm.

Tarjimasi:

Zolimga marhamat — mazlumga zulm.

Ölmas hikmat! Şunday emasmi?

Tilning alkaş-çalkaş nuqtalari

Til — muttasil ravişda rivojlanib borişga mahkum. Çunki hayotda tinimsiz yangilanişlar yuz beraveradi-da. Kirib kelgan har bir voqea-hodisa, tuşunça va harakatga nom beriş kerak.

Köp qavatli yaşaş uylari bizda şöro davrida paydo böldi. Ungaça “uy” yoki “hovli” deganmiz. Ifodali qilib “vatan” ham deb ataymiz. Farğona vodiysida “eşik” ham deyişadi. Xöş, köp qavatli uyni nima deyişimiz lozim? Uning içidagi özimizning alohida, oilaviy turar-joyimiz, yaʼni kvartiramizni-çi?

Adabiy tilda aholi yaşaşi uçun qurilgan bunday baland binoni “köp qavatli uy” deymiz, içidagi alohida oila yaşaşi uçun möljallangan qismini esa “xonadon” deyapmiz. Ammo, afsuski, ikkalasi ham unçalar örniga tuşgan ifoda emas. Isboti — xalq özaro sözlaşganda bu atamalarni qöllamayapti-da. Oqibatda adabiy til ommadan ajrab qolyapti. Işonmasangiz, Toşkent şahridagi eʼlonlarni kuzating. “2 xonali dom sotiladi”, deb yoziladi. Bu köp qavatli uyning tarkibidagi 2 xonali yaşaş joyi sotilişini bildiradi. Holbuki, rus tilida: “Prodayotsya 2-x komnatnыy dom”, deyilgan bölsa, bu 2 xonadan iborat hovli sotilişini anglatadi. Çunki ularda “dom” degani — “hovli” degani-da. Agar köp qavatli uyning tarkibidagi 2 xonali yaşaş joyi sotilişini bildiriş kerak bölsa: “Prodayotsya 2-x komnatnaya kvartira”, degan eʼlon beriladi. Demak, rus tilida bu bir-biridan farq qiladigan tuşunçalar “dom” va “kvartira” sözlari orqali farqlantiriladi. Maʼqul — aniq-tiniq, tuşunarli.

Buxoroda omma köp qavatli uydagi bir oilaga möljallangan alohida yaşaş qismi, yaʼni kvartirani “mikrorayon” deydi. Avval u “mikrorayondagi uy” bölgan, keyin-keyin qisqarib, “mikrorayon” bölib ketgan-da. Bir buxorolik Toşkentdan hovli sotib olmoqçi bölib, eʼlon böyiça boribdi. “Almaştirsak-çi, şu hovlingizga 2 ta mikrorayon beraman”, debdi. “Mening hovlim podşoning saroyi emas-ku sizga, 2 ta mikrorayon bersangiz”, debdi tuşunmay hovli egasi.

Bu uzundan-uzun mulohazalardan közlangan maqsad şuki, tilimizda ana şu ikki tuşunçani aniq-tiniq bildiradigan ifoda topilişi va uning el tarafidan ommatan qabul qilinişiga erişiş zarur. Şu maʼnoda turklar bu masalada yaxşi yeçim topişgan ekan: hovlini “mustaqıl ev”, köp qavatli uyni “apartmana”, köp qavatli uydagi bir oila yaşaşiga möljallangan qism(“kvartira”)ni “apartmanadakı ev” deyişar ekan.

Aytgança, uy-joy oldi-sotdisidagi bizdan farq qiladigan yana ikki jihatni ham qistirib ötsam, ortiqçalik qilmas. Birinçisi — köp qavatli uylardagi xonadonlar sotilişi haqidagi eʼlonlarda “1+1”, “1+2”, “1+3” va hokazo yozuvlar ham bölar ekan. Bu “1 mehmonxona (zal) va 1 yotoqxona”, “1 mehmonxona (zal) va 2 yotoqxona”, “1 mehmonxona (zal) va 3 yotoqxona” maʼnosini anglatar ekan. Ikkinçisi narxlar avval turk lirasida va keyin yevroda (dollarda emas!) körsatilar ekan.

Tizza qaydaligini bilasizmi?

Anqara — toğu qirlar ustiga qurilgan şahar. Bu jihatdan Eron poytaxti bölmiş Tehronga öxşab ketadi. Biroq bu yer yana ham toğliroq joy.

Tekis joyda yaşaydigan odam tizzalarini kam eslaydi. Anqarada oyoqlaringiz emas, tizzalaringiz yurayotgandek his qilasiz özingizni. Tibbiy statistikadan-ku xabardor emas­man, lekin, nazarimda, bu şahar ahlining tizzalariga tuz töplanmasa ham kerak. Çunki balandlikka örlayotganda ham, pastlikka enayotganda ham tizzaga kuç tuşadi.

Darvoqe, toğlarda yaşaydigan özbeklarimiz tepaga çiqişni “örlamoq”, pastga tuşişni “enmoq” feʼli bilan ifodalaşadi. Oçiği, kamina tuğilib ösgan, faqat tekislikdan iborat Buxoro viloyatida bu sözlarni heç kim işlatmaydi ham, aksariyat aholi tuşunmaydi ham. Anqarada avtobusdan tuşişni “inmak” feʼli bilan ifodalaşar ekan. Toşkentda, Farğona vodiysi viloyatlarida: “Avtobusga çiqdim”, deyiladi. Şu adabiy meʼyorga aylangan ham. Buxoroda: “Avtobusga mindim”, deyiladi. Toşkent yo Farğona vodiysi viloyatlarida “minmoq” sözi “ulovni boşqarmoq” maʼnosini ifodalaydi. Masalan: “U avtobus minadi”, deyilsa, “U avtobus haydaydi”, maʼnosi tuşuniladi. Biroq Anqarada: “Otobusa bın!” — deyişar ekan. Xuddi Buxoroda yurgandek his qildim özimni. Çunki Buxoroda ham: “Avtobusga çiq!” örniga: “Avtobusga min!” deyiladi-da.

Toğli şahar ekanining yana bir belgisi şuki, bu yerda “köça”ni “sokağ”, yaʼni “söqoq” kalimasi ifodalar ekan. Bu bizdagi “söqmoq”ning keyinçalik qisqargan şaklidan boş­­qa narsa emas. Aytmoqçi, Toşkent viloyatining Parkent tumanidagi bir toğli qişloq aynan “Söqoq” deyiladi. U ham asli “Söqmoq” bölgan. Mana sizga tappa-tayyor etimologiya! Toğli yerda avval söqmoq bölgan, keyin uning atrofiga uylar solinib, bizning tasavvurdagi köçaga aylangan.

Şuni ham qistirib ötayki, bizdagi “qiş­loq” sözi örniga turklar “koy” (“köy”) kalimasini işlatişadi. Bizdagi “köça” sözi ham, aslida, “köy+ça” tarzida yasalgan. Aytgança, “issiq”ni bular “sıjjak” deyişar ekan. Toşkent viloyatining Böstonliq tumanidagi “Cijjak” qişloği nomi ham, ehtimol, şu sözdan olingandir?

“Arabmisiz?..”

Anqara köçalarida turli irq va millat vakillarini körasiz. Ammo bir til hukmron. Zangilar ham turkça gaplaşadi. Qoyil-e! Suriyadan kelgan arablarning aksariyati ham allaqaçon bu tilni örganib olgan. Busiz iloj yöq-da.

Anqara köçasida suriyalik bir 11-12 yaşar bolakay kaminadan:

— Arabmisiniz? — deb söradi.

Buğdoyrangdan ham töqroq bölgan bir buxorolik beş-olti kun Antaliyada dengiz böyida quyoşda toblanganidan keyin arabning özginasi böladi-qoladi-da. Töğrimi? Antaliyaning Alanyasida bir özim tengi arab amaki ham boşqaça mehr bilan salom bergan edi. “Alik” oldim. Ançagaça oğzimga qarab turdi. “Arabça gapirarmikan?” deb kutdi-da.

— Arab aralaşroqman-u, afsus, arabçani bilmayman-da, — dedim.

Lekin bugungi özbek adabiy tilidagi har törtta sözning biri arabça. Har birimiz bu lisonni bir qadar bilamiz, deb hisoblayvering.

Ijtimoiy tarmoqlar rivojlangan bir zamonda Turkiya poytaxti haqida boşqa maʼlumotlarni keltirib, vaqtingizni olib ötirmayman.

Sultonmurod OLIM,

Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan