Ta'limga e'tibor — kelajakka e'tibor

O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi oldidan

Mustaqillik tufayli ta'lim sohasida milliy qadriyatlarimiz, o'zligimizga mutanosib milliy ta'lim tizimi yaratildi. Eng avvalo, farzandlarimiz xalqimizning asl tarixini o'rganib, ilmfanda dunyoni zabt etgan bobokalonlarimizning ulkan merosiga munosib avlod bo'lishga intila boshladi.

Xalqaro fan olimpiadalarida farzandlarimiz aniq fanlar bo'yicha mustahkam poydevori bor xalq vakili sifatida o'zlarini namoyon qilib kelmoqda.

Ayniqsa, keyingi yillarda ta'lim tizimida tub islohotlar amalga oshirildi. Far­zandlarimiz ta'limtarbiya oladigan maskanlarda, eng avvalo, shartsharoitni yaxshilash yo'lida izchil ishlar amalga oshirilgani tufayli mamlakatimizda ko'plab yangi bog'chalar, maktab va oliygohlar barpo etildi. Ta'limtarbiya va ilmfan muassasalarining moddiytexnik bazasi, kadrlar salohiyati mustahkamlanmoqda. Darslik va o'quv qo'llanmalarining yangi avlodi yaratilmoqda. Eng muhimi, bu yo'nalishdagi qamrov darajasi keskin o'sdi. Bu nafaqat maktabgacha ta'lim, maktab, balki oliy ta'limda ham yaqqol sezildi.

Ayniqsa, oliy ta'lim muassasalariga qabul kvotalarining avvalgi yillarga nisbatan bir necha barobarga ko'paytirilishi, kirish imtihonlari bo'yicha test savollari va sinovlarining soddalashtirilishi, abiturientlarning test topshirish jarayoni shaffoflik, xolislik, tashqi aralashuvlarsiz, adolatli tarzda o'tkazilishi ham xalqimizning ta'lim rivojiga bo'lgan ishonchini yanada oshirdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, “Bizning asosiy maqsadimiz — yoshlarning sifatli ta'lim olish imkoniyatiga ega bo'lishiga erishish, ularning o'z qobiliyati va iste'dodini ro'yobga chiqarish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib berishdan iborat”. Ushbu fikrlar tasdig'i o'laroq, 2020 yil 23 centyabrda qabul qilingan “Ta'lim to'g'risida”gi qonunda yaqin yillardagi ta'lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar o'z aksini topdi. Qonun lo­yihasini takomillashtirish davomida 238 ta norma va qoidalar qayta ko'rib chiqildi, idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qisqartirish maqsadida 123 ta norma lo­yiha tarkibidan chiqarildi va shu bilan birgalikda 54 ta to'g'ridan-to'g'ri amal qiluvchi modda bilan almashtirildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan keng jamoatchilik fikrini o'rgangan holda 2022 yilga “Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili”, 2023 yilga “Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili”, 2024 yilga esa “Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili” deb nom berildi. Ushbu yillarda yangi islohotlar olib borish uchun ijtimoiy sohalar, jumladan, ta'lim-tarbiya va ilm-fanni rivojlantirishga barcha resurslar jalb etilishi maqsad qilindi.

“Inson qadri” tamoyilini ilgari suruvchi Yangi O'zbekistonning 2022-2026 yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasi va besh yil mobaynida amalga oshiriladigan bir qator loyihalar tayyorlandi. Ayniqsa, ta'lim sohasida amalga oshuvchi loyihalar, shubhasiz, ushbu soha rivojiga salmoqli hissa qo'shadi.

Prezidentimiz tomonidan so'nggi 7 yil ichida veterinariya xizmatining dolzarb masalalariga, shu jumladan, veterinariya sohasi uchun kadrlar tayyorlash masalalariga bag'ishlangan bir qator qaror, farmon va farmo­yishlar qabul qilindi hamda ushbu me'yoriy hujjatlarda belgilangan vazifalar amaliyotda o'z ijrosini topmoqda.

Jumladan, Prezidentimizning 2022 yil 31 martdagi “Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida”gi qarori aynan veterinariya ta'limini tubdan isloh qilish, uni ilmiy va innovatsion yondashuv asosida tashkil etish hamda sohada fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta'minlashga xuquqiy asos bo'lib xizmat qilmoqda.

Mazkur qaror va O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsep­siyasiga muvofiq belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Samarqand veterinariya meditsinasi ins­tituti Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetiga aylantirilib, mazkur oliy ta'lim muassasasi huzurida xo'jalik hisobida faoliyat yurituvchi Veterinariya klinikasi va kasalliklar diagnostikasi texnoparki tashkil etildi, universitet tarkibiga 2 ta filial, 5 ta texnikum, 1 ta akademik litsey va 4 ta ilmiy tadqiqot institutlari kiritildi hamda universitetning mamlakatimiz hududidagi mavjud barcha chorvachilik klasterlari bilan ilmiy-amaliy hamkorligi yo'lga qo'yildi.

Natijada mamlakatimizda veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash bo'yicha “ta'lim klas­teri” tashkil etilib, ushbu klaster sohaga yangicha fikrlaydigan, xalqaro va milliy talablarga javob beradigan, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash tizimi sifatida faoliyat ko'rsata boshladi.

Bugungi kunda universitet va uning filiallarida veterinariya va chorvachilik sohasida 5 ta ta'lim yo'nalishi hamda 17 ta magistratura mutaxassisliklari bo'yicha kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yilgan. Sohada uzluksiz ta'lim ta'minlanib, bo'lajak veterinarlarga texnikumdan bosh­lab to oliy ta'limdan keyingi ta'limgacha bilim olish imkoniyatlari yaratilgan. Mamlakatda sohaning kadrlar buyurtmachisi — Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo'mitasi tomonidan qabul parametrlari har yili ko'rib chiqilib, kadrlar yetishmovchiligi kuzatilgan ayrim hududlarga imtiyozlar berilmoqda, Qo'mita tomonidan o'rta maxsus ma'lumotga ega bo'lgan, sohada 5 yildan ziyod ishlagan mutaxassislarni universitet va uning filiallariga suhbat asosida o'qishga qabul qilish amalga oshirilmoqda.

Veterinariya meditsinasi ta'lim yo'nalishi bo'yicha o'qish muddati xalqaro talablar va standartlar asosida 4 yildan 5 yilga uzaytirildi. Ayni paytda, sohada amaliyotga asoslangan ta'limni joriy etish imkoniyati yaratildi. Qo'mita tashabbusi bilan soha bo'yicha bitiruvchilarning asosiy ish o'rni bo'lgan ob'yektlar bilan talabalar amaliyotini tashkil etish va kelgusida ularni ish o'rinlari bilan ta'minlash maqsadida to'g'ridan-to'g'ri uzoq muddatli shartnomalar tuzildi. Joylarda veterinariya xizmatining “mahallabay” ish tizimiga universitet talabalarining jalb etilishi yo'lga qo'yildi va bu o'z samarasini berib kelmoqda.

Professor-o'qituvchilarning ilmiy salohiyati 50,8 foizni tashkil etadi. Har yili dunyoning top 1000 talik nufuzli universitetlarining professor-o'qituvchilari o'quv jarayonlariga jalb qilinib, talabalar ilg'or xalqaro pedagogik va veterinariya ta'limi texnologiyalarini qo'llagan holda o'qitib kelinmoqda.

Universitetda 21 ta zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan o'quv laboratoriyalari, hayvonlar klinikasi, hayvonlar vivariysi va shahar tashqarisida joylashgan o'quv-tajriba xo'jaligi mavjud bo'lib, barcha amaliy va laboratoriya darslarining ushbu ob'yektlarda amalga oshirilishi, shuningdek, kafedralarda talabalar ilmiy to'garaklari faoliyatining yuqori darajada tashkil etilganligi hamda ularda talabalarning birinchi bosqichdan boshlab ilmiy faoliyatga jalb etilishi natijasida yuqori bosqich talabalarining veterinariya vrachi va tadqiqotchi sifatida to'liq shakllanishi, barcha davolash va profilaktik tadbirlarni mustaqil bajara olish, ya'ni “birinchi kun” ko'nikmasiga hamda ma'lumotlarni tahlil qilish va baholash qobiliyatlariga ega bo'lgan, sohada ilg'or xalqaro amaliyotni qo'llay oladigan, kasbdoshlari va aholi bilan xizmat yuzasidan muomala qilish madaniyatiga ega bo'lgan yosh mutaxassislarni tayyorlash yo'lga qo'yildi.

Universitet “Jizzax organik” MChJ, “Siyob-Shavkat-Orzu” klasteri, “Buxoro qorako‘l” klasteri, “Buxoro agroklasteri”, “Navoiy yangi asr” klasteri, “Zarafshon parranda Lomann” MChJ, “Bog‘bon IN-VITRO” biotexnologiya laboratoriyasi, “AgroMIR” MChJ, “Meva-Marakand” MChJ, “Qorako‘lchilik uyushma”, “Chorvanasl” agentligi, Respublika va viloyatlar “Agromashservis” MTP MChJ, Respublika va viloyatlar “Dehqon, fermer va xususiy yer egalari uyushma”lari Kengashi, tumanlarning “Mashina-traktor parklari”, “RASH-MILK” chorvachilik klasteri, “O‘zbiokombinat” qo'shma korxonasi, “UzTest” DMning Samarqand filiali, “Baxt imkon rivoj” MChJ, “Yevro ekxin” MChJ, “Guliston Nurli istiqbol” MChJ, “Inter agroklasteri” MChJ, Toshkent shahar hayvonot bog'i, “Jomboy don” AJ, “Samarqand don” AJ, “Juma elevator” AJ, “Intelekt hisob” MChJ, “Kamalak invest” klasteri va bosh­­qa davlat tashkilotlari, uyushmalari bilan hamkorligi natijasida talabalar amaliyoti soha xususiyatlaridan kelib chiqqan holda mukammal tarzda tashkil etilgan bo'lib, bitiruvchilarning ish bilan ta'minlashi 90 foizni tashkil etadi.

Universitetda o'qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil etilgan. O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Hemis” tizimida barcha bosqich bakalavriatining kunduzgi va sirtqi shakl ta'lim yo'nalishlari hamda magistratura mutaxassis­liklari talabalariga dars jarayoni tashkil etilgan, barcha fanlardan ma'lumotlar test savollari va taqdimotlar bilan birgalikda joylangan bo'lib, ulardan to'liq foydalanilmoqda.

Axborot-resurs markazida 589433 nusxa adabiyot mavjud. QR-kod asosida 600 ga yaqin o'quv adabiyotining elektron bazasi, ARMAT dasturida 10500 nomda adabiyotning elektron katalogi yaratilgan. Har bir talaba uchun alohida login va parol berilgan. Litsey, texnikumlar va filiallar a'zo qilingan. “SamDVMCHBU_ARM_EKM” telegramm bot kanali, http://resurs.SamDVMCHBU.uz veb-sayti mavjud.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 31 martda qabul qilingan “Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida”gi PQ–187-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida veterinariya, chorvachilik hamda oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yetuk, malakali kadrlar tayyorlashni takomillashtirish, veterinariya ta'limini jahon standartlari darajasida tashkil etish bo'yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Ushbu rejaga asosan universitet bir qator xorijiy nufuzli oliy ta'lim muassasalari, kompaniya va tashkilotlar bilan ta'lim, ilm-fan va boshqa sohalarda o'zaro hamkorlikda loyihalar amalga oshirib kelmoqda.

Shunday loyihalardan biri Amerika Qo'shma Shtatlarining Minnesota universiteti bilan hamkorlikda bajarilayotgan “Tvinning dasturi” loyihasi bo'lib, loyihaning asosiy maqsadi: O'zbekistonda veterinariya ta'limini Jahon Hayvonlar Salomatligi Tashkiloti (JHST) talablari asosida tashkil etish, “Veterinariya meditsinasi” ta'lim yo'nalishi bo'yicha fan dasturlarini takomillashtirish hamda professor-o'qituvchilar malakasini oshirishni ta'minlashdan iborat.

Loyiha bo'yicha xorijiy hamkorlarimiz Minnesota universiteti qoshida tashkil etilgan Hayvonlar salomatligi va oziq-ovqat xavfsizligi markazi hisoblanib, ushbu markaz JHSTning buyurtmasi asosida rivojlanayotgan davlatlarda veterinariya ta'limini xalqaro talab­lar darajasida tashkil etish hamda professor-o'qituvchilarining malakasini oshirishga yordam berib keladi.

Loyiha Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo'mitasi tashabbusi bilan 2021 yilda boshlangan bo'lib, dastlab xorijiy delegatsiya vakillari: markaz direktori o'rinbosari Mariya Sol Perez hamda ta'lim bo'yicha mutaxassis Ketrin Obraynlar universitetga tashrif buyurib, universitetda “Veterinariya meditsinasi” ta'lim yo'nalishi bo'yicha o'qitishning holati, tasdiqlangan me'yoriy hujjatlar hamda talabalar bilimini baholash bo'yicha to'liq tanishib, taklif va mulohazalarini bildirgan.

Shundan so'ng qo'mita va universitet professor-o'qituvchilaridan iborat ishchi guruh tuzilib, xorijiy hamkorlarning takliflari asosida veterinariya ta'limi bo'yicha amaldagi 4 yillik o'qish muddati jahon veterinariya ta'limi talablariga ko'ra, 5 yillik muddatga uzaytirildi. Shuningdek, AQSh veterinariya ta'limi assotsiatsiya­­si (AVMA), Yevropa veterinariya muassasalari assotsiatsiyasi (EAEVE) talablari hamda boshqa nufuzli xorijiy veterinariya universitetlari taj­ribalari asosida “Veterinariya meditsinasi” ta'lim yo'nalishining yangi, takomillashtirilgan 5 yillikka mo'ljallangan o'quv rejasi ishlab chiqildi hamda 2022 yildan boshlab ta'lim jarayoniga tatbiq etildi.

So'ngra loyihaning keyingi bosqichida rejalashtirilgan ishlar, ya'ni universitetning “Veterinariya meditsinasi” ta'lim yo'nalishi talabalariga dars beradigan professor-o'qituvchilardan 20 nafari saralanib, ushbu o'qituvchilarga Minnesota universitetining malakali mutaxassislari tomonidan “Veterinariya meditsinasi” ta'lim yo'nalishida talabalarga dars berish, fanlar bo'­yicha o'quv dasturlarini takomillashtirish bo'yicha 3 oylik onlayn darslar tashkil etildi hamda ushbu kurs yakunida ishtirokchilar Minnesota universitetining sertifikati bilan taqdirlandi.

Shuningdek, loyiha doirasida 2022 yil yanvar oyida Qo'mita va universitet vakillaridan iborat 10 kishilik delegatsiya, 2023 yilning mart oyidan iyun oyigacha 1 nafar o'qituvchi, 2023 yilning oktyabr oyida 8 kishilik delegatsiya Minnesota unversitetida xizmat safarida bo'lishdi. Xizmat safari davomida Minnesota universitetida ta'lim jarayonini tashkil etish va bosh­qarish, talabalarga yaratilgan imkoniyatlar, ta'lim va ishlab chiqarishning integratsiyasini yo'lga qo'yish hamda kafed­ra va laboratoriyalarda o'tiladigan dars jarayonlari bilan tanishdilar. Shu bilan birgalikda, universitet prorektorlari va veterinariya meditsinasi fakulteti dekani hamda bo'lim boshliqlari bilan uchrashuvlar o'tkazilib, kelgusida hamkorlikda qilinadigan ishlar rejasi va ularni amalga oshirish bo'yicha chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Tashrif davomida Minnesota universiteti va universitetimiz o'rtasida 5 yillik hamkorlikka mo'ljallangan o'zaro anglashinuv memorandumi imzolandi. Unga ko'ra hamkorlikda talabalar va professor-o'qituvchilar almashinuvini tashkil etish, qo'shma dasturlarni amalga oshirish va ilmiy sohada loyihalar amalga oshirishga kelishib olindi.

Bugungi kunda loyiha doirasida hamkorlikda bitiruvchilarning mutaxassislikka oid bilim, malaka va ko'nikmalarini baholash bo'yicha dastur ishlab chiqilib, ushbu dastur bo'yicha universitet professor-o'qituvchilarining onlayn so'rovnomada ishtirok etishi ta'minlandi.

Oliy ta'lim bitiruvchisi bo'lish nafaqat bitiruvchilar, balki ota-onalar, ustozlar uchun ham g'oyat quvonchli va hayajonli voqeadir. Chunki ilmning mashaqqatli pillapoyasining ikkinchi pog'onasini zabt etgan yoshlar timsolida sa'y-harakatlarning yana bir amaliy natijasini, xalqimiz va Vatanimizning kelajagini ko'ramiz. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida ham ko'p yillik ta'lim-tarbiya jarayonidagi faoliyat tufayli ustozlar tomonidan berilgan baho orqali yoshlar bakalavrlik va magistrlik darajasiga erishdi.

Aytish joizki, mamlakatimizda yoshlarning oliy ta'lim bilan qamrab olinishini yanada kengaytirish va shu asosda bitiruvchilar bandligini ta'minlash bo'yicha qator tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Yaratilayotgan imkoniyatlar egalarining erkin bilim olish­lari, Yangi O'zbekiston taraqqiyoti uchun davlat va jamiyatning turli sohalariga munosib hissa qo'shishlari uchun safarbar etilayotgani bejiz emas. Buning zamirida farovon hayot, ozod va obod Vatan, sog'lom kelajak, baxtli turmush kabi ezgu maqsadlar mujassam.

Shu o'rinda Prezidentimiz rahbarligida joriy yilning 4 mart kuni bo'lib o'tgan oliy o'quv yurti talabalari bandligini ta'minlash bo'yicha ustuvor vazifalarga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishida oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan ishlash va qo'shimcha daromad topishga ehtiyoji bor talabalarning bandligini ta'minlash muhim vazifalardan etib belgilanganini aytib o'tish joiz.

Mazkur vazifani bajarish borasida universitetimizda ham bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 2022-2023 o'quv yilida universitetni 1067 ming nafar talaba tamomladi. Ularning 911 nafarining bandligi ta'minlandi. Bandligi ta'minlangan talabalarning 825 nafari o'z mutaxassisliklari bo'yicha ishga qabul qilingan bo'lsa, 2023-2024 o'quv yilida universitetdagi 19 ta ta'lim yo'nalishining kunduzgi shaklida jami 1309 nafar talaba bakalavr, 4 ta mutaxassislik bo'yicha 5 nafar magistr o'qishni tamomladi. 4 nafar talaba a'lo baholarga o'qib, imtiyozli diplomlarga ega bo'ldi.

E'tiborlisi, universitetda talabalarning malakaviy amaliyotlarini barqaror faoliyat ko'rsatayotgan yirik korxona, tashkilot, klasterlarda, 2022 yildan boshlab xorij davlatlarining ilg'or kompaniyalarida o'tashni tashkil etish yo'lga qo'yilgan bo'lib, bitiruvchi talabalar o'zlari istagan kasb va hayot yo'lini tanlashida bu muhim omil bo'lmoqda. Qayd etish joizki, universitet tomonidan 60 dan ortiq yirik kompaniya, klaster va boshqa korxonalar bilan hamkorlik o'rnatilib, yil yakuniga qadar 1500 nafar talabaning bandligini ta'minlash rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, universitetimizda “O'zbekistonda veterinariya, biotexnologiya va chorvachilik sohasini rivojlantirish uchun kadrlarni intensiv tayyorlash ilmiy biznes inkubatori” mega-loyihasiga start berilgan edi. Ushbu loyiha ilmiy kadrlar yetishtirishning samarali tizimini yo'lga qo'yish, ilmiy izlanishlarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish, talabalar amaliyotini tashkil etish hamda to'liq o'z-o'zini moliyalashtirish mexanizmini yaratish maqsadida barcha imkoniyatlarni o'zida mujassamlashtirgan.

Loyiha ishtirokchilari bugungi kunda 46 nafar ilmiy jamoadan tashkil topgan bo'lib, jumladan, 40 yoshgacha bo'lgan ijrochilar 33 nafar, 45 yoshgacha bo'lgan ijrochilar 8 nafar, 60 yoshgacha bo'lgan 5 nafar mustaqil izlanuvchilar, magistr va talabalar 14 boshdan ortiq hayvon turlari ustida o'z ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.

Albatta, mamlakat kelajagi, barcha sohalar va lo­yihalar muvaffaqiyati bilimli, keng dunyoqarashli, zamonaviy fikrli, o'z kasbining ustalari bo'lgan insonlarga bog'liq. Shu bois yurtimizda aynan ta'lim yo'nalish­larini, inson kapitalini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bugun Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida olib borilayotgan ta'lim-tarbiya jarayoni ham talabalarimizning ertangi kun uchun mustahkam poydevor yaratishlariga zamin bo'layotir.

Xudaynazar YuNUSOV,

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,

chorvachilik va biotexnologiyalar

 universiteti rektori,

professor.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

seventeen + twelve =