Ijod yaratiladi, tahrir örgatiladi

Ustozmisan, ustoz-da!

Ijod bu — isteʼdod. U insonga Alloh tomonidan berilgan eng katta inʼomdir. Bunday qobiliyat faqatgina Yaratganning suygan bandalariga nasib etadi. Biroq heç kim onasining qornidan tamomila Alişer Navoiy, Puşkin, Uilyam Şekspir, Abdulla Qahhor kabi yetuk isteʼdod bilan tuğilmaydi, örganib dunyoga kelmaydi. Yaʼni, buning uçun vaqt kerak. Içimizdagi qobiliyatni, talantni östirişimiz kerak. Ruhiyatimizdagi otaşin ijod uçqunlarini gulxanga aylantirişimiz uçun tinimsiz harakat, mehnat kerak.

Hattoki Özbekiston Qahramoni, Özbekiston xalq yozuvçisi Said Ahmad ham özining “Tortiq” nomli kitobi haqida “Yöqotganlarim va topganlarim” asarida “Abdulla Qahhor kitobdagi bironta hikoyani köngil uçun ham durust demagan. Hammasini brakka çiqargan”, deb eslaydi. Ammo öşanda ğirt gödak “yozuvçi” ekanligini keyinçalik anglab yetadi. Ayniqsa, yoş bolalarça bezligi, jirillaşlariga qaramay Abdulla Qahhor: “Siz ğalati odam ekansiz-ku… Yozganlaringizni menga olib keling. Öqib, qölimdan kelgança tuşuntirib beraman”, deydi. Yoş isteʼdodning köksidan itarmaydi. Adabiyotda yoki jurnalistikada unga örin yöqligini taʼkidlamaydi. Çunki ijodkor qalbi qildan-da nozik ekanligini juda yaxşi biladi. Şuning uçun tahrir sanʼatini yozuvçiga örgatadi, materialidagi xato va kamçiliklarni hijjalab tuşuntiradi. Bugungi jurnalistikamizda ham bu kabi ustozlar yöq emas. Masalan, menga tahrirni örgatgan ustozlar deya Hamza Abdullayev, Öktam Istatov, Muhabbat Hamidova, Zahro Hasanova, Röziqul Oçilovlarni aytişim mumkin. Ular maqolamni ortiqça sözlardan xalos etib, muqobil jumlalar bilan bezaşardi. Ijod namunamni beminnat tekşirib, xotirjam kayfiyatda qilayotgan işlaridan zavqlanişardi. Men esa nimarsam öqişli holatga kelayotganidan xursand bölardim, şunday ustozlarim borligidan ğururlanardim.

Hozir vaziyat boşqaça(mi)?

Tadqiqotlarga köra, Norvegiya, Şveysariya, Finlandiya kabi davlatlar dunyoda söz erkinligi indeksi böyiça yetakçi örinni egallaydi. Ammo Özbekiston bu borada qizil röyxatda turib, sohamizga “Juda xavfli vaziyatdagi jurnalistika” taʼrifi beriladi. Xöş, bunga sabab nima?  Baʼzan bunga sohadagi ustozlarning özi aybdor bölmayaptimi? Esimda, oliy taʼlim dargohidagi öqişimning ilk kunlarida kursdoşim “Facebook” ijtimoiy tarmoğida hali yangi oçilgan universitetning aşqol-daşqollarini talabalar tozalayotgani, qizlar supurgi, yigitlar lom va belkurak kötarib yurganini post qilib joylaştirgandi. Ertasi kuni esa öqituvçi hamma talabalar oldida kursdoşimni izza qilib, köngilga botadigan gaplarni aytgandi. Hattoki öşa post ijtimoiy tarmoqqa qöyilişi bilan öçirilgan bölsa-da… Şundan söng kursdoşim bir-ikki oy qöliga qalam olmadi, ijod qilmadi, töğriroği, yozolmadi. Ustoz haqida Imom Muslim rivoyatlarida: “Albatta, Alloh taolo meni odamlarni qiyinçilikka soladigan, ularning adaşişini xohlovçi qilib emas, balki muallim va oson qiluvçi qilib yubordi”, deyiladi. Şunday ekan, yoş avlod muallimlar oldida omonatdir. Ularning taʼlim-tarbiyasi uçun ustozlar masʼuldir. Ammo sodda şogirddan örgatgani evaziga jirkanç ölpon talab qiliş, uni muttahamga çiqariş yaxşi emas. Yana bir anonim voqea: Jurnalistika sohasiga endi kirib kelayotgan gözal qiz boş muharrir huzuriga material olib keldi. Yozganlaridan kelajakda sohasining ustasi çiqişi maʼlum edi. Boş muharrir tahrirni, ijodni qöldan kelgança örgatdi. Lekin bir kuni öşa qizning oppoq yuzlaridan tösatdan bösa oldi. Şu-şu, xonadan yiğlab çiqib ketgança öşa qiz na tahririyat eşigini qoqdi, na maqola bitdi…

Tahqirlaşni emas, tahrirlaşni örgating!

Maqtaniş emas, bolalar jurnalistikasida qalam tebratişga ança qölim kelişib qolgan. Şukrki, “Gulxan” jurnalining har sonida kaminaning ham ijod namunalari eʼlon qilinib turiladi. Bir paytlar bu dargohda tolibi ilm ersam, hozirda şogirdlarim bor. Hattoki ayrimlari işga kirgunça “akajon” deb yurib, mansab tekkanidan söng buyruqbozlik qilsa-da, çalasavodlar materialining holi qizil ruçka tiğidan abgor bölganini körib jirillasalar-da, ularning ijod namunasini körişdan, tahrirlab böyaşdan çarçamayman. Çarçasam, işimni yaxşi körmayman. Bunga esa haqqim yöq. Materialdagi xato va kamçiliklarni topiş, muallif bilan nuqsonlari ustida işlaş yaxşi, biroq uni mensimaslik, sökiş, baqiriş, jamoa oldida yerga uriş bilan heç narsaga erişib bölmaydi. Aksinça, yoş ijodkorga yönaliş körsatiş, maslahat beriş zarur. Badiiy adabiyotlarni mutolaa qilişi, tahliliy-tanqidiy mavzudagi maqolalardan köproq öqişini tavsiya etiş lozim. Bari qalam ahli ular bosib ötişi kerak bölgan yöldan yurgan, albatta. Ularni tahqirlab, ijoddan sovitiş emas, tahrirlaşni örgatib, qiziqtiriş darkor. Zero, söz mulkining sultoni Alişer Navoiy aytganidek:

Hunarni asrabon netgumdir oxir,

Olib tufroqqamu ketgumdur oxir?!

Azim AXTAMOV,

jurnalist.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan