Uzum sotayotgan ayol yoki biz qaysi şoirni taniymiz?

Hayotda gohida şunday voqealar yuz beradiki, uni eslasang ham kulging keladi, ham jahling qistaydi. Bunga sabab yoş bolaga öxşagan harakating kulgingni qistadi, nodonliging esa jahlingni çiqaradi.

Gapni köp çözmay hayot yölimda ibrat bölib kelgan voqeani hikoya qilib bersam. Öşa payt­­da (yanglişmasam bu taxminan 2010 yillarda bölib ötgandi) “Öqituvçi” naşriyotida işlar edim. Mavlon degan kasbdoşim bilan işdan söng “Çorsu” bozoriga tuşib bolalarga uzum, olma va şunga öxşaş mevalardan olib ketardik. Tabiiyki, bizga qança arzon bölsa, şunça yaxşi. Goho men, goho Mavlon sotuvçi bilan “bor barakasi”ga savdolaşar, sotuvçi baʼzan bizning savdoyimizdan bezor bölganidan mahsulotni arzonga berib yuborardi. Biz bundan juda quvonar, olgan narsamiz özimizga yoqardi. Arzon, sifatli narsa kimga ham yoqmaydi, deysiz. Şiorimiz oddiy edi: “Narsa olsang, puling özing bilan ketsin”.

Ana şunday bozor kunlarimiz birida ğaroyib voqea sodir böldi. Yanglişmasam avgust oylari edi. Işdan keyin Mavlon bilan yana bozorga tuşdik. Maqsadimiz uzum oliş, uzum bölganda ham kişmiş oliş. Bozorni obdon aylandik. Aksiga olib narxlar ança qimmat edi. Endi nima qilsak ekan, deb turuvdik “Çorsu” bozorining gumbazi zinasining yonginasida yoşi 60 larga yaqinlaşib qolgan ayolga közimiz tuşdi. Tilla topgandek sevinib ketdik. Çunki u ayolning toğorasida 10 kiloga yaqin kişmiş yaltillab turardi. Ikkalamiz onaxon oldiga yaqinlaşib uzum narxini söradik.

– Hammasini olasizlarmi? – dedi u.

– Ha, narxi töğri kelsa, olamiz, – dedik.

Onaxon narxni aytdi. Uzum şirin va juda mazali edi. Indamay olaversak bölardi. Ammo quvligimiz, şumligimiz tutdi.

– Qayerdan olib keldingiz? – deb söradik.

– Parkentdan, – dedi ayol beparvogina.

– Parkentdan deysizmi? – dedi Mavlon şoşa-pişa quvonib.

– Ha, nimaydi?

– U yerda bizning şoir akamiz yaşaydi,– dedi biroz maqtanib.

– Mahmud Toir! Balkim eşitgandirsiz?

Ayol bizga qiziqsinib qaradi.

– U bizning akamiz böladi. Katta şoir. Uzumingizning narxini yana tuşirsangiz bölardi. Akamning “zemlyagi” ekansiz, – dedi Mavlon kulimsirab.

Bu gapdan ayolning nurli çehrasiga tabassum yugurdi, lekin boşini çayqadi.

– Yöq, bölmaydi. Özi şundoq ham juda arzon ayt­dim.

– Voy-bö, ozgina tuşsangiz nima qilardi? Rostdan ham Parkentdanmisiz?

Mavlonning savoliga ayol indamadi. Endi men “hujum”ga ötdim.

– Mahmud Toirni tanimas ekansiz. Bölmasa uzum­ni tekinga berib yuborardingiz. Mahmud Toir mard, tanti, saxiy şoir. Har safar kelganida bizni mehmon qiladi.

Ayol endi ajablanib qaradi.

– Sizlar Mahmud Toirni taniysizlarmi?

– Ha, aytdik-ku! U bizni akamiz deb.

– Hmm… Akangiz şoirmi?.. Savol ğalati va qitmironadek edi.

– Ha, ha… şoir… Şoir bölganda ham katta şoir. U kişini butun respublika taniydi-ku, nahotki siz tanimaysiz?

– Şundaymi? – dedi ayol öng qölini peşonasiga qöyib. Bizga yaxşilab qarab oldi, söngra kulimsirab: – Qayerda turadi u şoir akangiz?, – dedi.

– Qayerda bölardi, Parkentta-da. Haligi Şampan qişloği bor-ku, öşandan ötiladi…

– Şundaymi? Katta şoir akangiz öşatta turadimi? Rostdan ham siz ularning ukasimisizlar?

– Bölmasam-çi! – Ikkalamiz ğurur bilan javob qaytardik.

– Unday bölsa, qani şoir akangizning biron şeʼrini yoddan aytib beringlar-çi…

Bu gapdan keyin men tok urgandek qotib qoldim. Mavlon bir oqardi, bir qizardi.

Mahmud Toirning qöşiq bölib ketgan maşhur şeʼrlaridan bir-ikki satr öqidik. Öxşamadi. Öxşatolmadik.

– Biz haligi… – Ikkalamiz nima deyayotganimizni bilmay duduqlanardik.

Onaxon ahvolimizga qarab nima uçundir qotib-qotib kuldi. Söng birdan jiddiy tortdi va kutilmaganda özi şeʼr öqiy boşladi:

 

Farzandingman, parvonamsan,

Sen bittasan, sen onamsan.

Azizsan va yagonamsan

Özing orim, özing şonim—

Jonajon Özbekistonim!

 

Bahorimning ifori sen,

Ikki közim xumori sen.

Tinçligimning tumori sen

Tomirimda oqqan qonim—

Jonajon Özbekistonim!..

 

Xudo qöllab hur bölgan san

Baxting balqib, nur bölgan sen

Temur tutgan tuğ bölgan sen

Ellar aro boqiy şonim—

Jonajon Özbekistonim!..

 

Qöşiğimga qör bölgan el,

Qöşiğimga jör bölgan el.

Hurlar içra hur bölgan el,

Tilda bolim, dil dostonim—

Jonajon Özbekistonim!

 

U Özbekiston xalq şoiri Mahmud Toirning aşʼorini şunday tölqinlanib jarangdor öqirdiki, hatto yonimizdan ötayotgan odamlar ham töxtab ting­laşardi. Şoirning taşbehlari odamlarni öziga butunlay mahliyo etib qöygandi. Men Mavlon bilan bu uzum sotuvçi oddiy ayolning şeʼr öqiş sanʼatiga, uning ohangiga mahliyo bölib qoldik. Nazarimda ayol butun borliği bilan “Özbekiston” şeʼri içiga kirib ketgandi va özining bozorda ekanini ham unutgandi, göyo.

Şeʼr tugadi. Biz esa nima deyişni bilmay qaqqaygança turar edik. Mavlon birdan qarsak çalib yubordi. Yonimizdagilar qöşildi.

Men ayolning şeʼr öqişidan zavqlansam-da, içimni allaqanday bir his tirnay boşlagandi. Mana, maqtançoqlik oqibati derdim, özimdan özim uyalib.

– Ukalarim, – dedi ayol bizga qarab. Men öqituvçiman. Siz aytgan Mahmud Toirni juda yaxşi taniyman. U sizlarning akangiz bölsa, meni jondoş, qondoş ukam. Lekin el tanigan şoirdan tört qator şeʼrni yoddan bilmaslik, uni ayta olmaslik uyat! Mahmud Toirning ukalariga esa şu uzumni sovğa qilaman. Çunki bu hovlimizning uzumi. Sotib olmaganman. Faqat Mahmud Toirni taniymiz, deya maqtanmasdan ijodini ham öqib turinglar. Xöpmi?!

Ayolning öqituvçilarga xos tarsakisi edi bu! U toğoradagi bor uzumni teng ikkiga böldi-da, yöq deyişimizga qaramay qölimizga tutqazdi…

Uzumning pulini bermoqçi bölsak ham, aslo könmasdi. Sovğa dedim-ku, sizlarga–dedi çört kesib.

* * *

Oradan ança yillar ötdi. Şu yillar orasida Mavlon bilan yana bozorga köp tuşdik. Ammo bizga taʼlim va çiroyli daşnom bergan öşa çehrasidan nur yoğilib turgan öqituvçi ayolni boşqa uçratmadik. Balkim, biz körmagandirmiz… Biroq u qadr­don oğamiz Mahmud Toirning ohangdor, zavqli, yuraklarni titratuvçi va qalblarga orom beruvçi sehrli şeʼrlari kabi butun umr yodimizda qoldi…

Bahrom AKBAROV,

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan