Uçinçi Renessansga jadidlar ğoyalari bilan
Milliy mafkuramizning şakllanişi va kamol topişida tariximizdagi jadidçilik harakati muhim ahamiyatga ega. Jadidçilik xalqimiz ijtimoiy-maʼnaviy hayotidagi muhim siyosiy harakat hisoblanadi. Uşbu harakat mustamlaka Turkiston ölkasining ozodligi va yangi taraqqiyotiga bölgan ehtiyoji asosida XIX asr oxiri va XX asr boşlarida yuzaga kelgan edi. Jadidçilik harakatining asosini yurt mustaqilligi, xalq ozodligi, taʼlim-tarbiya va madaniyatni yangi taraqqiyot bosqiçiga olib çiqiş taşkil etar edi. Jadid sözi arabça söz bölib, “yangi, yangilik tarafdori” maʼnolarini anglatadi. Qrim-tatar ziyolisi Ismoil Gaspiralibey asos solgan bu harakat dastavval maorifda, söngra matbuot va teatr, adabiyot va sanʼatda keng faoliyat körsatdi.
Bu harakat faoliyatini örgangan mutaxassislar uni haqli ravişda Milliy uyğoniş davri deb ataydilar.
Turkiston jadidçilari — Mahmudxöja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Aşurali Zohiriy, Abdurauf Fitrat, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abduqodir Şakuriy, Hoji Muin kabi fidoyilar saʼy-harakati bilan Toşkent, Samarqand, Buxoro, Qöqon şaharlarida “usuli jadid” maktablari oçildi va ular tomonidan bu maktablar uçun darsliklar yaratildi. Şu bilan birga jadid ziyolilari tomonidan adabiyot orqali xalqni maʼrifatli qiliş yölida badiiy asarlar yozildi. Ular öz asarlarida millat taqdiri, yurt mustaqilligi va ozodligi haqida qayğurdilar. Badiiy adabiyotning ana şunday qudratli kuçi tufayli jadidlar öz asarlarida mustamlakaçilikning siyosiy mohiyatini oçib berdilar, vatanparvarlik va erkparvarlik ğoyalarini olğa surdilar. Ana şu maqsad va ğoyalari, millat kelajagi yölida ölimga tik borişdi. Aytiş mumkinki, jadidlar yaratgan badiiy asarlarda olğa surilgan va uluğlangan ğoyalar milliy istiqlol ğoyasining sarçaşmalari hisoblanadi. Çunki ular öz asarlarida kuylagan va olğa surgan ğoyalar mamlakatimizning bugungi maʼnaviy-iqtisodiy taraqqiyot tamoyillariga mos bölib, hozirgi avlod orzu-intilişlariga hamohangdir.
Maʼlumki, badiiy adabiyotning taraqqiyot xususiyatlari öz davri tamoyillari bilan boğliq. Bunda adabiyot davrni harakatlantirib turuvçi ğoyalarga xizmat qilişi talab etiladi. Jadid yozuvçilarining asarlarida aynan ana şunday ğoyalar tarğib qilinganini aytişimiz mumkin. Jumladan, Mahmudxöja Behbudiyning “Padarkuş”, Fitratning “Munozara”, “Hind sayyohi qissasi”, Abdulla Qodiriyning “Baxtsiz kuyov”, “Millatimga”, “Ahvolimiz”, Hamzaning “Yangi saodat” kabi asarlarida maʼrifatparvarlik, madaniy-maʼnaviy, iqtisodiy, axloqiy-maişiy masalalar talqini orqali tarğib qilingani fikrimiz dalilidir.
Milliy romançiligimizga, lirik va nasriy janrlar yangilanişiga aynan jadidçilik davrida asos solingani ham bejiz emas. Jadid bobolarimiz har jabhada faollik körsatib, bor eʼtiborni xalqni maʼrifatli qilişga qaratganlar. Ana şunday asarlar orasida Abdulla Qodiriyning “Ötkan kunlar”, “Mehrobdan çayon”, Çölponning “Keça va kunduz” romanlari özbek millati maʼnaviy kamolotida katta örin tutişi fikrimiz tasdiğidir. Şuning uçun ham yoş avlod tarbiyasida jadid adabiyoti namoyandalari asarlaridan unumli foydalaniş davr talabidir.
Xöş, bugungi jamiyatimiz hayotida jadidçilikning örni qanday? Bugungi yoşlarimiz jadidçilikning millatimiz hayoti va jamiyat tarixidagi xizmatlarini anglaşadimi? Nega endi jadidçilik harakatidan bugungaça bir asrlik vaqt ötgan bölsa-da, uning olğa surgan ğoyalarini hayotga tatbiq etişga eʼtibor berilmoqda? Bu borada davlatimiz rahbarining 2023 yil 11-12 dekabr kunlari poytaxtimizda ötkazilgan “Jadidlar: milliy özlik, istiqlol va davlatçilik ğoyalari” mavzusidagi xalqaro konferensiya iştirokçilariga yöllagan tabrigining nihoyatda dasturulamal ahamiyatga ega ekanligi körinadi. Uşbu tabrikda Yurtboşimizning “Buyuk maʼrifatparvar bobolarimiz tomonidan olğa surilgan ğoyaviy-siyosiy, ijtimoiy-maʼrifiy va huquqiy-axloqiy qaraşlar, turli millat va elatlar örtasida bağrikenglik va hamjihatlik tamoyillarini qaror toptiriş bilan birga, milliy manfaatlarni himoya qilişga qaratilgan intilişlar hozirgi murakkab va tahlikali zamonda barçamiz, avvalo, yoşlarimiz uçun çinakam ibrat namunasidir”, degan fikrlari barça ziyolilarni tahlikali zamonda jadid bobolarimizga xos faollik va taşabbuskorlikka undovçi, yoşlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşga çorlovçi xususiyatlari bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Bugun biz Uçinçi Renessansga intilayotgan davrda Prezidentimiz öz qaraşlari bilan jadidçilik ğoyalarining umrboqiyligi haqida ular közlagan ezgu niyatlar bilan bugungi Yangi Özbekiston kelajagi uçun intilişlarimiz, orzu-istaklarimiz örtasida uzviylik mavjudligiga eʼtiborini qaratmoqda. Bugungi maʼrifiy-maʼnaviy hayotimizda faoliyat yuritayotgan millatimiz ziyolilari, adabiyot va sanʼatning yetuk vakillari Prezidentimizning fikrlaridan ruh va rağbat olib, jadidçilikning mazmun va mohiyatini, xususan, ular olğa surgan ğoyalarning Yangi Özbekistonni bunyod etiş strategiyasi bilan boğliqligini yurtdoşlarimizning ongu şuuriga singdirişga astoydil kirişganligi ham quvonarli holdir.
Xullas, jadidlar olğa surgan millatni maʼrifatli qiliş orqali obod Vatan quriş ğoyasi bugungi avlod zimmasidagi muhim masalalardan hisoblanadi. Qaçonki jadid bobolarimiz qalbida yongan yurt işqi yuraklarimizga köçib ötsa, biz bu olovni alangalatib, kelgusi nasllar könglini yorita olsak, şundagina ötmiş ajdodlarimizga munosib avlod sanalamiz.
Nodira QORABOYEVA,
Ahmad Farğoniy
nomidagi Farğona viloyat
Axborot-kutubxona markazi
mutaxassisi.
