Esse — köngil izhori
Esse — badiiy publitsistikaning ğoyat muhim, taʼsirçan janri. Şu maʼnoda u adabiyot va jurnalistikaning örtasida, har ikki tomonning belidan mahkam tutgan holda qaddini ğoz tutib turadi, birini ikkinçisiga boğlaydi, fikrni çarxlab, yozilajak yangi asarlarga xamirturuşlik qiladi. Maşhur romanlar, qissalar yozib, jahonga tanilgan adiblar kutilmaganda publitsistik asarlar yozişgani va, aksinça, ijod suyagi jurnalistikada qotgan hamkasblarimiz vaqti kelib, qissa va romanlarga qöl urişganining sababi şunda. Soha mutaxassislari sönggi yuz yillikda inson maʼnaviy-ruhiy olamini tadqiq etiş bilan boğliq yangi “uyğoniş” faslining yuzaga kelişida esse öziga xos katalizator rolini öynaganini eʼtirof etadilar.
Darhaqiqat, XXI asr bösağasiga kelib, mediaborliq “esseçilik dardiga çalindi”, bu janr olam va odamni, jamiyat va şaxsni anglaşga yordam berdi. Şu bois u öz öquvçilarini topa oldi. Esse muxlislari şakllandi. Şu davr va uning yaqin atrofida yaratilgan bir qator maşhur esselarda, masalan, Onore de Balzakning XIX asr fransuz yozuvçilariga maktubi, Jon Golsuorsining “Adabiyot va hayot”, Lev Tolstoyning “Jim turolmayman”, “Iqrornoma”, Yuxan Borgenning “Yozuvçi bölmoq nima degani?”, Gogolning “Al Maʼmun”, Yan Parandovskiyning “Söz kimyosi”, Fitratning “Şarq siyosati”, Ismoilbek Gasprinskiyning “Ovrupo madaniyatiga betarafona bir nazar” asarlarida taraqqiyotning beqiyos şiddati bois, odamlarning ong-şuurida yuz berayotgan özgarişlar, voqea-hodisalar mohiyatini töğri anglaş, qiyosiy tahlil elagidan ötkaziş, yutuq-kamçiliklarni adolatli baholaş, tarix haqiqatini töla yuzaga çiqariş bilan boğliq muammolar ğoyat taʼsirçan, ayni çoğda çuqur falsafiy idrok, badiiy tafakkur bilan talqin etilganini köramiz. Bu asarlar ayni şu fazilati bilan kitob öquvçilarning professional qismini öziga oğdirib oldi. “Isteʼmolçi”ning borligi bu janrga bölgan talabni keskin oşirdi.
Publitsistik asarda, xususan, esseda muallif badiiy talqin va ifoda usullaridan unumli foydalanadi: ijodkorning obrazli muşohadasi, hissiy, emotsional tuyğulari, ijtimoiy-estetik qaraşlari, konkret voqelikka nisbatan ijobiy yoki tanqidiy munosabati bu janrda erkin ifodalanadi. Muallif goh biror voqea-hodisa sababçisi bilan, goh jamiyatning maʼlum qatlami bilan, kezi kelganda esa özi bilan ham bahslaşadi. Bunday holatda publitsistik asar öquvçini fikrlaşga, ijtimoiy faollikka daʼvat etadi, muallifning şaxsiy nuqtai nazari, içki “men”i yanada jurʼatlaşadi.
Özbek adabiyotida şunday öqişli, baquvvat esselar bormi? Bor, albatta. Şukur Xolmirzayevni “esseçilik kasali”ga birinçilardan bölib çalingan mualliflardan desak, mubolağa bölmaydi. Keyinroq Abdusaid Köçimov bu sohada ham özini körsata boşladi. Uning bir guruh adiblarning Amu qirğoqlariga sayohati haqidagi, Barot Boyqobilov, Azim Suyun, Rustam Obidga bağişlangan esselari badiiy sarguzaşt asarday öqiladi. Safardoşlar tilidan keltirilgan maqolu matal, öxşatişu sifatlaş, orttirişu börttirişlar şu qadar köpki, xalqning jonli, jozibali tili özining bor nafosati, maftunkorligini töla oçib beradi.
Şuningdek, Iqbol Qöşşayeva, Şukur Qurbon, Şodmon Otabek, Umid Bekmuhammad va boşqa faol mualliflar qalamiga mansub turkum esselarda qahramonlarning xarakteri, turmuş tarzi, öy-fikrlari, amal qiladigan maʼnaviy-axloqiy prinsiplari ularning ayrim “xos” jihatlarigaça qalamga olinadi. Fikrimizça, esse bizni juda uzoq davom etgan, qon-qonimizga singib ketgan biryoqlama tahlil qolipidan, köngil tubiga yetib bormaslik, köngilni anglamaslik, yarim yölga yetib-yetmayoq yuzaki, örinsiz xulosa çiqariş illatidan qutqarmoqda. Hayot köçalari kitoblarda yozilganidek hamişa ravon va yoruğ emasligini, uning nogahoniy zarba va burilişlari har qanday odamni kutilmagan duşvorliklarga giriftor etişi mumkinligini uqtirmoqda.
Esse erkin kompozitsiyali asar, mazmunan ijtimoiy, badiiy, falsafiy, tarixiy, biografik, ilmiy-ommabop yoki sof belletristik xarakterda bölişi mumkin. Ifoda uslubi obrazliligi, jonli tilga yaqinligi, erkin (subʼyektiv) muşohadalari, his-hayajon tuyğusi, iqror yoki raddiyalari bilan ajralib turadi. Sevara Alijonovaning “Mahkum sayohati” esselar töplami kitob holida çop etilganidagina uşbu janr ixlosmandlari unga jiddiy eʼtibor berişdi. Çunki yoş muallifning könglida kundan kunga murakkablaşib borayotgan dunyoviy voqea-hodisalar mohiyatini, insonning favqulodda çigal olamini, özaro munosabatlar, unutilayotgan va urfga kirayotgan yangi qadriyatlar zamirida nimalar borligini anglaşga intiliş borligi uçun ham şunday böldi. Sevara esseçilikda deyarli şakllangan uslub va yöldan osongina yurişni, qalamini koyitmaslikni emas, tuyğulari, hayrat va iztiroblari, goho bugunça jönroq eşitilayotgan ovozini ifodalaşda öz yöli va uslubini topişga harakat qilayotganini öquvçi sezadi, albatta. Fikrimça, uning “Sukunat şovqini”, “Begemot va men”, “Mahkum sayohati” esselarining muhim yutuği şu. Ammo yöl topiş, boşqalarnikiga öxşamaydigan ovozga ega böliş oson emas. Bundan ham oğiri — esseda muallif köp örinlarda (tuğyon va hissiyot vujudini butunlay egallab olganida, idrok közlari nimadandir kattalaşib qotib qolganida ham) özini özi çeklamasligi, özi bilan özi kuraşib, bu jangda ğolib bölişi zarur. “Sukunat allaqaçon orzularga evrilgan röyo. Şovqin içidagina sukunatga ehtiyoj sezamiz, — deydi muallif öziga xos ovozda. — Şovqin mutlaq erkin, uni tutib qutiga joylab böladimi?! U hamişa yölda, uning yöli va manzilini heç kim aniqlagan emas. Butkul yöq qilişning iloji qayerda? Şovqinni qabul qilmaslik uçun eşiklarni, quloqlarni yopsak ham heç narsa özgarmaydi. U bizni allaqaçon öziga mahkum etgan, şu bois undan qutulişni emas, unga qöl berişni, anglaşni istaymiz. Şovqin meni harakatga undaydi: goh taşvişlardan foriğ etadi, goh xastalikka kömib yuboradi, goh şoştiradi, goh taqqa töxtatadi… ne qilsa ham tuşunarsiz tarzda menga taʼsir ötkazmay qöymaydi. Borliqni va borliğimni qurşab olgan şovqindan qoçolmas ekanman, u bilan kelişaman. Ammo… şovqin meni boşqarişiga yöl qöymayman…” Yoki “Esse haqida esse”sida “Könglimga taskin istasam, Navoiyga yukinaman. Neça yillardan buyon özgarmas aqida, “U meni tuşunadi, men unda özimni topaman”, degan eʼtiqod bu. Mutolaaga çoğlanişim bilanoq, Yerga öxşamas, butkul boşqa dunyoda, közni qamaştiruvçi kumuşrang kenglik, oppoq bulut ustida ötirgandek bölaman. Mutolaa qanot, pokiza ruh, sakinat beradi…”, deydi.
Sevara Alijonova esseda sözlar, tuyğular vositasida kitobxon bilan ğoyibona körişuv, jonli suhbat, bugungi kun uçun ğoyat muhim bölgan muloqot zaruratini köradi: “Esse — isyon, muallifning mukammallikka daʼvosi, nomukammal dunyoga zardasi, esse yana — yakun, tugal xulosa. Essenavisning yutuği ham şunda, jurnalist yoki yozuvçidek xulosani öquvçiga qoldirmaydi. Mavzuga öz xulosasi bilan nuqta qöyadi. Yoki aksinça xulosasi mahsuli ölaroq esse yaraladi”, deydi va Alber Kamyuga yuzlanadi: “Ijod — vahdadul vujudga intiliş, şu bilan birga mavjud olamdan qoçiş, uni inkor qiliş hamdir. Biroq u olamda özligini topolmagani, bu olam özligiga mos kelmagani uçungina inkor qiladi… Bugun insoniyatning isyoni maşinalarda mujassamlaşadi, sanʼat va sanʼat tarafida turgan narsalarning hammasini u işga xalal beruvçi tösiq-ğov, hatto qullik alomati deb biladi”.
Sevara butun umrini jadidlarning ayançli taqdirini örganişga bağişlagan Şerali Toşmatovning “Erk quşi” romani haqida fikr yuritar ekan, özi taʼkidlaganidek, mergan qiz Mayna Hasanovaning 16 yoşida Buxoro amirining badjahl amaldori Said Valixon haramini bezaşga majbur bölişi, johil erning tepkisi sabab homilasidan ajraşi, xörligu azoblarga doş berolmay erini otib öldirişi, qullikdan qutulib, oddiy askarlikdan otliq askarlar bataloni komandiri darajasigaça kötarilişi, oxir-oqibat bosmaçilar tomonidan ikki qöli, kökragi, tili kesib olinib, vahşiylarça öldirilişi öquvçini larzaga keltiradi. Ijod umrini tahrir sanʼatiga bağişlagan Mahmud Saʼdiy haqida söz yuritar ekan, uning “Mualliflarning aybini yaşirguvçi, xatolarini tuzatuvçi, xom-xatala qölyozmalarni odambaşara qilib kitob holiga keltiruvçi “mardikor”lar ham kerak-da! Men hayotim mazmunini tahrir sanʼatidan topdim”, degan sözlarini yodga oladi. Xurşid Döstmuhammad bilan qilgan suhbatidan quyidagi parçani öquvçilariga ilinadi: “Armonlarimdan biri — musiqiy asboblardan heç qursa birini çalişni örganmaganim, — deydi sevimli adibimiz. — Musiqa didni tarbiyalaydi, orom beradi, junbişga keltiradi. Musiqani tuşunmagan odam köp narsalardan bebahra qolib ketadi. Har bir asarning hali yaralmasidan öz ohangi, musiqasi böladi. “Yolğiz” deb nomlangan asarim “Çöli iroq” sadolari ostida yaratilgan”.
Çarxpalagim çarxpalak,
Aylanasan muloyim.
Töxtatolmay men halak,
Yurgizganmi Xudoyim.
Sevara bu qöşiqda Xurşid Döstmuhammad ijodining serenadasini köradi: “Adib hayot manzarasini ham, mohiyatiyu hikmatini ham çarxpalakda deb biladi. Çarxpalakni yaxşi köradi. Uning falsafasiça, hayot tinimsiz harakatdan iborat. Bu harakatning boşi ham, oxiri ham yöq. Çarxpalak donolik, donişmandlik, köhnalik va abadiyat ramzi”, deydi.
Ijodda hadsiz, maşaqqatli yölga çiqqan muallifga omad tilaymiz, unga işonamiz, umid qilamiz, çunki u özi tanlagan yölni mohiyatan çuqur idrok etadi, bu yölda yolğiz emasligini tuşunadi. Mana, uning fikrlari: “Esse — tinimsiz öylaş, tafakkur qiliş, uni şaxsiy kuzatuv, tajriba va keçinmalar çiğiriğidan ötkazib, oqqa tuşiriş. Esse — falsafa, insoniyatning azaliy savollariga javob izlaş, anglanmagan, anglab bölmas borliqni anglaşga intiliş, insoniy qadriyatlar, fazilat va illatlarga munosabat, xayrixohlik yoki inkor falsafasi. Esse — ozodlik. Quyilib kelayotgan fikrlarning özaniga siğmay toşişi. Ongga nazar, köngilga qaytiş. Qörquvni yengiş. Özingda keçayotgan holatni özgalarda takrorlaş, daʼvat. Mario Vargas Losa aytganidek, “Adabiyot gözallik va baxtga yöğrilgan orzularni uyğotib qolmay, har qanday şaklu şamoyildagi zulm-istibdod tuğdiradigan xatardan ogoh etadi”.
Ahmadjon MELIBOYEV
