Inson manzaralari

Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasida Inobat Nodirşoh (Ibrohimova)ning hikoya va lavhalar jamlangan ikki kitobining taqdimoti böldi. Kitobxonlar, adiblar, jurnalistlar, adabiyotşunos olimlar va harbiylar iştirok etgan tadbirda qiziq-qiziq savol-javoblar, fikrlar aytildi.

Gapni kutubxonadan boşlamoqçiman. Men bu maʼrifat koşonasiga tez-tez borib, gazeta-jurnallaru, kitoblarni varaqlab turaman. Sönggi yillarda undagi bir muhim özgarişdan quvonib yurganimni aytgim keladi. Xoh begim kuni, xoh dam oliş kunlari bölsin, kutubxonadagi qiroat zallarining birortasidan ötirgani joy topolmaysiz. Ertalabdanoq band! Liq töla! Deyarli hammasi yoşlar! Öquvçi, talaba-yoşlar! Şundoq parket polga ötirib olib, berilib kitob öqiyotganlari, nimalarnidir yozayotganlari qança.

Kutubxonaçilarning esa qöli-qöliga tegmaydi. Özim guvohman – ular ilgari böm-böş zallarda zerikkanidan esnab ötirişar edi. Ey, Xudoyim, deb suyunaman, yoşlarimiz kitob öqimay qöygan deb taşviş çekayotganlar kelib körsa edi, şu gözal manzarani!

Yoş avlodning maʼrifatga bu buyuk intilişini hisobga olgan Milliy kutubxonamiz rahbariyati iş tartibini tubdan özgartirdi: qiroatxonalar kunu tun işlaşga ötdi!

Bunday hozirjavoblik uçun, Yozuvçilar va Jurnalistlar uyuşmalari bilan hamkorlikda ötkazilayotgan köplab tadbiru taqdimotlar uçun, Boş kutubxonamiz jamoasiga taşakkurlar aytging keladi! Mamlakatimizdagi barça qiroat maskanlari ahliga bağri kitobxonlar bilan doim ana şunday tölib turişini tilaging keladi!

Darvoqe, taqdim etilgan kitoblar haqida.

Inobatning “Çinni”sini men naşrga tayyorlaniş jarayonida ham körgan edim. Muallifni şaxsan tanimasam-da, sözboşiga öxşagan biror narsa yozib beriş söralganida, oçiği, ajablandim: “Nega aynan men?” Töğri, hamkasb singlimizning gazeta-jurnallarda materiallarini unda-bunda öqib turaman. Şunday bölsa-da, bu iltimosini rad etiş uçun uyoq-buyoqqa şox taşlab kördim, lekin uddasidan çiqolmadim.   Sababi: sözboşi-yu, taqrizlar yoziş bobida tajribamning kamligidan. Hay, dedim özimga-özim, bir urinib körsam-köray. Balki bölajak kitob haqida mendan ham biror jöyali fikr çiqib qolar. Xullas, qölyozmani öqişga tuşdim va bir zumda suvday simirib taşladim, desam işonavering. Şingil-şingil hikoyalar ajabtovur, öqişli ekan. Muallifga sim qoqdim: “Hikoyalaringizdan yana bormi? Bölsa, jönating”.

Inson – jumboq. Yaratganning yaralmişini – bu jumboqni hali heç kim töla kaşf etmagan, eta olmaydi ham. Ijod — adabiyot va sanʼat bu xilqatni örganiş yölidagi uriniş, izlaniş demak.

“Çinni”ga jamlangan möʼjaz lavhalarda inson hayotining turfa manzaralari turli davr, turli yoş va turli kasb egalarining hayoti göyo quroq — mozaika şaklida namoyon böladi. Manzaralarki, goh farahbahş, goh maʼyus, goh öyçan. Köpinça sokin, fursati bilan jöşqin, yana bir qarasang, fojiali. Inson umri bir tekis emas.

Eʼtibor berilsa, bu manzaralarni birlaştirib, ularga tökislik bağişlab turadigan umumiylik bor – barçamizga taniş özbekona turmuş, oramizdagi, taniş odamlar. Biri özimizga öxşasa, boşqasi — qöşnimizga, aka-uka, opa-singlimiz, ota-­onamiz, farzandimiz, hamkasblarimizni eslatadi. Birlari qişloqda yaşasa, boşqalari katta kentlarda umrguzaronlik qiladi. Göyo muallif fotoapparat çaqmoğining oniy yoğdusida zamondoş­larimiz hayotining, taqdirining ibratli bir lahzasini muhrlagan, deysiz. Yoş jonini katta xavfga qöygança, jangarilar öq yoğdirib turgan daraga tuşib, insoniy burçini bajargan askar, jigari kömak sörab kelganida, imkoni böla turib, unga yordam qölini çözolmagan aka, marhum nevarasining jajji şippakçasini bağriga bosgança jon bergan johil qaynona, erini qamoqdan qutqarişni umrining mazmuniga aylantirgan jasur ayol, onasining nomusiga soya solgan ğiybatdan umrbod orlanib, azobda yaşagan öğil…

Asl kasbi jurnalist bölgan muallifning öziga xos kuzatişlari, kutilmagan xulosalari, milliy ohor, mehr bilan yöğrilgan tasvirlari hikoyalarga fayz bağişlagan. Murakkab tilsim — inson manzaralari, hayoti va qismati tat­biq qilingan lavhalar bir zumda öqiladi. Ortiqça jim-jima, böyoğ-u bayondan holi. Nazarimda, muhimi ham şu.

“Çinni”dagi hikoyalardan biri “Toğlarda tong erta otadi” deb atalganki, çetlab ötiş qiyin — Vatan uçun jonini tikkanlar haqida. Notinç dunyo yanada bezovta qalqib, uzoq-yaqindagi qirğinbarot uruşlar olovining ötli nafaslari sezilib turgan zamonda Vatanimiz va xalqimizning himoyasi uçun doim şaylikka undaş, harbiy-vatanparvarlik mavzusiga bot-bot murojaat qiliş har qaçongidan dolzarbroq ekanini qalam ahli yaxşi biladi.

Inobat singlimiz, nazarimda, uşbu mavzuda özining sözini hammamizdan köproq aytayotgan zahmatkaş ijodkor. U — yigirma yildan beri harbiylar orasida, “Vatanparvar” gazetasida işlaydi. Özining maqolalari, oçerklari, suhbatlari va hikoyalari bilan yelkasida pogonlari yarqirab turgan nav­qiron yigitlarimiz örtasida tilga tuşgan, ularga yaxşi taniş. 2009 yili harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi oçerklari uçun “Oltin qalam” Milliy mukofotiga sazovor bölgan edi.

“Toğlarda tong erta otadi” hikoyasi 2000 yili janubiy sarhadlarimizga suqilib kirgan jangari tödalarga qarşi jangovar harakatlar iştirokçilari — harbiy xizmatçilarga bağişlangan. Vatan va insoniy burç, jasorat va sadoqat haqida.

Men öşa kezlarda ÖzAda işlar edim. Jangarilar bilan bölgan töqnaşuvlarning tafsilotlaridan ozmi-köpmi xabarim bor. El örtasiga vahima oralab, odamlar tahlikaga tuşa boşlagan edi. Ğanimni töxtatib qoliş uçun bir qança navqiron yigitlar özlarini qurbon qildi. Kitob muallifi yozganiday, “ne bir ota-onalarning jigari kabob böldi”.

Heç kim yoş ölmasin! Juvonmarg ketmasin! Lekin ayançli haqiqat şulki, laşkar bexatar bölmaydi. Maşʼum darada yuz bergan fojianing mazmun-mohiyatini hikoyadagi bir jumladan anglab oliş mumkin: “Safdoşlarining halok bölganidan qayğuda edilar, jonsiz tanalarini yiğib olganlaridan sevindilar”.

Nega sevinadilar? Çunki, jangda qahramonlarça halok bölgan safdoşlarining jasadlarini yomğirdek yoğib turgan öqlar orasidan olib çiqişga hammaning ham haddi siğmaydi. Siqqanida ham maʼnisiz işdek tuyuladi. Ammo sadoqatli özbek öğlonlari bu işni ham uddalaydilar. Ana şu uddalaş – burç, jasoratga aylanadi.

Kitobdagi hikoyalarda sunʼiylik, aql örgatiş, ortiqça ohangjamo, katta iddao – xullas kişining ensasini qotiradigan unsurlarni uçratmaysiz. Unsur bölgandayam nafaqat kitobdan, umuman adabiyotdan bezdiradigan çiranişlar yöq. Bor – boriça, yöq – holiça.

Taʼbir joiz bölsa, hikoyalar va lavhalarning köpi göyo “elakka çiqqan” ayolning dugonasi bilan ostona oldidagi gurunglari. Qisqa, lönda, samimiy. Çeçan dugona ğiybatga berilib ketib, kimgadir qora böyoq çaplab, kimlarnidir oqlab taşlayotgani yöq. Avvalo, öziga, dugonasiga, egaçisiga, atrofidagilarga – kitobxonning yuziga oyna tutib, maşhur şoirning maşhur satrlarini eslatayotganday: “Mehr qolur, muhab­bat qolur!”

Oddiygina, jöngina, qalamga olinaverib, siyqasi çiqib ketgan voqea-hodisalarda ham umuminsoniy muammolarni köra biliş, badiiy umumlaşma darajasiga kötariş oson iş emas. Buning uçun adibning qalami ötkir, nigohi teran, mahorati yuksak bölişi kerakligini ustozlarimiz köp va xöb uqtirişganki, ulardan ötib, yangi gap aytiş qiyin.

Garçi talay oçerk va hikoyalari matbuotda, turli töplamlarda çop etilgan, qardoş tillarga tarjima qilingan, hatto Turkiyada “Guneş şarqisi” (“Quyoş qöşiği”) nomi bilan turk tilida naşrdan çiqqan bölsa-da, “Çinni” — muallifning birinçi kitobi. Birinçi kitob – ijodiy tajribaning öziga xos ibtidosi. Har işki boşida kamçiliklardan butkul holi bölişi qiyin. Deylik, muallif gazetaçilikning qattiq nonini yeb umrguzaronlik qilib kelayotgan bölsa, yozganlarida matbuotning, yaʼni rasmiy tilning taʼsiri sezilişi tabiiy. “Çinni”da badiiy asar tiliga ohor va şira bağişlaydigan tasvirlar, öxşatişlar va xotirada muhrlanib qoladigan jaydari jumlalar bisyor: “Şu asnoda qalbi nafratga tölib, vujudini yovvoyi bir kuç qamrab olayotganini sezardi”. “Salqin kuz havosi xotiralar olovida qovrilayotgan erkak va ayolni sovutişga behuda urinardi”. “Bola ikki kundan keyin uzildi. Ammo uning nolasi Zokirning quloqlarida qolib ketdi”. Kitobda, ayrim asarlarda bölgani kabi, özbek tilining tabiatiga unçalik mos kelmaydigan, har biri quloç-quloç jumlalarni uçratmaysiz.

Farzandlar tarbiyasi, uy-rözğor yumuşlari, tahririyatdagi tugamaydigan zahmatlaridan ortib, şunday ibratli kitobni yoza olgani uçun Inobat singlimizni çin dildan, samimiy tabriklasak arziydi. Ayni paytda, undan “Çinni”dan ham çiroyli, gözal, yanada pişiq-puxta hikoyalar kutib qolişga haqli ekanimizni qayd etişga ham burçlimiz.

Qulman OÇIL

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan