“Umidani çaqiring!” Bu nima degani?

Dunyo böylab har kuni minglab zöravonliklar sodir etiladi. Ayniqsa, qiz-ayollarga qarşi zöravonliklar kişi nafratini keltiradi.

Zöravonlik haqida belgi beriş bizning jamiyat uçun begonami? Jabrdiydalar yordam söraş tugul, qörqib çorasiz qolganidan atrofdagilarni xabardor qila oladimi?

Köp hollarda ular sözlar bilan yordam sörolmaydi. Aks holda, zöravon yanada vajohat bilan harakatlanişi, qarşisidagi odamga köproq zarar yetkazib qöyişi mumkin.

2020 yilning aprelida kanadalik faol ayollar fondi tomonidan yordam söraş signali taqdim etildi. Uşbu signal körsatişga qulay, xavfsiz va oson deb tan olinib, xalqaro miqyosda qöllanila boşlandi. Xalqaro yordam signali qöl bilan körsatiladi. Buning uçun jabrlanuvçi avval boş barmoğini, keyin qolgan 4 barmoğini kaftiga bukiş kerak. Uşbu harakatlar qöl kaftini taşqi tarafga ögirgan holda, atrofdagilarning eʼtiborini tortgunga qadar, şu bilan birga zöravonga sezdirmasdan amalga oşirilişi lozim.

Yordam signalidan foydalanişda quyidagi muhim jihatlarga eʼtibor qaratiş lozim:

Agar siz uydan çiqolmaydigan vaziyatda bölsangiz, signalni video-kameralar orqali ikkinçi tomonga yetkazişingiz mumkin;

Oçiqçasiga yordam söraş yoki baqiriş köp hollarda zöravonni battar quyuşqondan çiqarişi mumkin. Yaxşisi, atrofdagilarning eʼtiborini ularni turtib jalb qilib, keyin qöllar bilan orqadan xavf haqida xabar bergan maʼqul;

Uşbu işoraga közingiz tuşsa, öşa zahoti IIVning qisqa raqamlariga qönğiroq qiling. Agar özingiz zöravonlik qurboni bölsangiz, uşbu harakatlarni agressordan yaşirinça, atrofdagilarga tuşuntiring.

BMTning Özbekistondagi Taraqqiyot dasturi va “Sukut saqlama” zöravonlikka qarşi kuraşiş loyihasining mualliflari iştirokida Toşkentda “Umidani çaqiring” ijtimoiy loyihasi yölga qöyilgan. Hamkorlik qiluvçi taşkilot filiallariga loyihaning logotipi qoldirilgan. Öşa hududdagi taʼqibga uçragan ayol-qizlar logotip tuşirilgan joylarda “Umidani çaqiring” kalit sözini aytib, vaqtinçalik himoyaga ega bölişi mumkin.

“Umidani çaqiring” loyihasining asosiy maqsadlaridan biri, köça taʼqiblari, tazyiqlari va şilqimliklarini qabul qilmaslik madaniyatini şakllantirişdir. Keyingi örinlarda esa, fuqarolarning ijtimoiy masʼuliyatini oşiriş, qizlar va ayollar uçun xavfsizlikni taʼminlaşdir.

Bu loyihaning ommalaşişi uçun köplab taşkilotlar köngilli sifatida qöllab-quvvatlaşmoqda. Masalan, “KORZINKA” supermarketlar tarmoği asosçisi va rahbari Zafar Hoşimov, “TESTO by Zamira&Co” kompaniyasi hammuassisi Zamira Rahmanova, “Caravan Group” restoranlar tarmoği asosçisi Timur Musin, “Cyber Arena”ning rivojlaniş böyiça direktori Viktor Li, “TEAM” universiteti, “Ground Zero” markazi vakilasi — Şahnoza Usmonova şular jumlasidandir.

Toşkent şahrining özida uşbu loyiha asosida 300 dan oşiq xavfsiz joylar yaratilgan. “Umidani çaqiring” loyihasining maxsus yorliği mavjud bölib, xavfni sezgan biror kişi uşbu yorliq yopiştirilgan taşkilotga kirişi va signal söz orqali yordam söraşi mumkin. Uşbu xavfsiz joyda jabrlanuvçilar maʼlum vaqt davomida özlariga kelib olişlari va özini batamom xavfsiz his qilganda u yerdan ketişlari mumkin. Voyaga yetmagan şaxslar esa yolğiz u yerdan çiqib ketişi tavsiya etilmaydi. Uşbu holatda taşkilot işçilari tomonidan ularning ota-onalari yoki militsiya xodimlariga murojaat qilinadi.

Aholining bu işora bilan qançalik taniş ekanini biliş uçun tarmoqlarda sörovnoma ötkazilganda, bu belgi haqida köpçilik maʼlumotga ega emasligi ayon böldi. Biladiganlar esa ijtimoiy tarmoqlarda qisqa videolar körib eslab qolgan. Çeklangan doirada ötkazilgan sörovnoma asl vaziyatni baholaş uçun, albatta, yetarli emas. Qolaversa, unda, asosan, ijtimoiy tarmoqlarning faol foydalanuvçilari öz fikrini bildirgan. Ammo bizda internetdan foydalanmaydigan aholi qança?! Ular bu belgi böyiça qanday maʼlumotga ega bölsin?! Muammolar, ularning ortidan paydo böladigan savollar ham yetarliça…

Uşbu işora yaratilgan-u, lekin bu haqida aholida tuşunça bölmasa, jabrlanuvçi işora qilgan taqdirda ham, eʼtibordan çetda qolişi mumkin. Avvalo, bu işorani qöllaş tartibi haqida barçada yetarliça könikma bölişi zarur. Nafaqat poytaxtda, balki mamlakatimizning boşqa viloyatlarida ham xavfsiz, vaqtinçalik boşpanalar yaratilişi, bu loyiha işlaşi butun mamlakatni qamrab olişi zarur. Oilada yordam signali işorasini örgatib, uning qanday vaziyatlarda qöllanişi böyiça maʼlumot beriş kerak.

Zöravonlikka uçragan odam qanday yöl tutişi kerakligi va xavfsiz yordam söraş usullari böyiça barça taʼlim muassasalarida, ijtimoiy roliklarda, ommaviy axborot vositalari va köçalardagi taşqi reklamalarda taşviqot qilinişi kelgusida xavf-xatarlarning oldini olişga xizmat qiladi.

Dildora DÖSMATOVA,

ÖzJOKU talabasi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan