Feyk xabarlar qanday maqsadda tarqatilmoqda?

Human hands holding the words Fake and Real. Making decision concept.

Zamonaviy axborot asrida maʼlumotlar bilan töla hayot tarzi insonlar uçun maʼlum bir qulayliklarni yaratgan bölsa-da, şu bilan birgalikda yangi muammolarni ham keltirib çiqardi. Media olamida xabarlar oqimi kuçaygani sari işonçli va töğri manbalarni aniqlaş dolzarblaşmoqda. Tabiiyki, turli xabarlar oqimi kuçaygani sari işonçli va töğri manbalarni aniqlaş dolzarblaşmoqda. Şulardan biri — feyk xabarlar tarqalişi muammosidir. Bugungi kunda feyk yangiliklar nafaqat şaxslar, balki jamiyat va davlat darajasida ham jiddiy oqibatlarga olib kelişi mumkin.

Feyk xabar nima?

Feyk xabar — haqiqatga asoslanmagan, notöğri yoki çalğituvçi maʼlumotlar bölib, ular muayyan maqsadga erişiş uçun tarqatiladi. Bunday xabarlar turli şakllarda bölişi mumkin: ijtimoiy tarmoqlardagi soxta postlar, manipulyativ maqolalar, soxta rasmlar yoki videolar.

Tarqaliş sabablari

– Maqsadli manipulyatsiya:

Ayrim hollarda feyk yangiliklar biror siyosiy, iqtisodiy yoki ijtimoiy maqsadga erişiş uçun ataylab tarqatiladi. Masalan, saylovlar davrida raqobatçilarni obrösizlantiriş uçun notöğri maʼlumotlar tarqatilişi mumkin. Bu xabarlar jamiyatdagi qaraşlarni özgartiriş, odamlarning fikrini çalğitişga yoki muayyan bir guruhning manfaatlarini ilgari surişga qaratilgan böladi.

– Moliyaviy manfaat:

Axborot isteʼmolining ortişi bilan reklama orqali pul işlab topiş ança keng tarqalgan. Ayrimlar diqqatni jalb qiliş uçun hayajonli va şov-şuvli mavzularni çöqilatişadi. “Klikbeyt” yangiliklar – bunga yaqqol misol. Notöğri maʼlumot orqali veb-sahifaga kiruvçilar soni köpayadi, natijada reklama tuşumlari ortadi.

Şuningdek, hayajonli va şov-şuvli maʼlumotlar köplab auditoriya jalb qiladi, bu esa reklama orqali daromad keltiradi. Ayrim saytlar foyda oliş uçun yangiliklarni burmalaş yoki soxta maʼlumot tarqatişdan qaytişmaydi.

– Axborot taqçilligi:

Odamlar tez xabar tarqatişga harakat qilayotgan paytda maʼlumotni tekşirişga vaqt sarflamaydi. Natijada tasdiqlanmagan maʼlumotlar ommaviy ravişda tarqaladi. Öz navbatida salbiy va yolğon xabarlar odamlar örtasida norozilik, işonçsizlik yoki qörquv uyğotiş maqsadida ham sizdiriladi. Bu köproq ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalmoqda va jamoat fikrini bosim ostida qoldirişi mumkin.

– Ijtimoiy tarmoqlar taʼsiri:

Ijtimoiy tarmoqlar feyk xabarlarning ham eng tez tarqaluvçi maydoniga aylanmoqda. Ular orqali xabarlar keng auditoriyaga yetadi, çunki köpçilik ularni tekşirmasdan örtoqlaşadi.

Jamiyatga taʼsiri

Işonçning susayişi: ommaviy axborot vositalariga va rasmiy manbalarga bölgan işonç pasayadi.

Jamiyatda qörquv uyğotiş: notöğri maʼlumotlar orqali odamlar örtasida turli qörquv va şubhalar paydo böladi.

Iqtisodiy zarar: ayrim feyk yangiliklar mahsulotlarga yoki kompaniyalarga zarar yetkazib, iqtisodiy muammolarga sabab böladi.

Ijtimoiy nizolar: bunday yangiliklar jamiyatda kelişmovçiliklarga va qarama-qarşiliklarga sabab bölişi mumkin.

Qanday kuraşiş mumkin?

– Axborotni tekşiriş: avvalo, har qanday maʼlumotni qabul qilişdan oldin uning manbasini tekşiriş muhim.

– Rasmiy manbalarni öqiş: xabarning tafsilotlarini boşqa manbalar bilan soliştiriş. Axborot yoki har qanday maʼlumotni tarqatgan manbaning işonçliligini örganiş.

– Aholini xabardor qiliş: feyk xabarlarning yolğon yoki haqiqatligini ajrata oliş va ularga qarşi turiş uçun bilim va könikmalar zarur. Axborot savodxonligini oşiriş jamiyatning yolğon maʼlumotlarga qarşi immunitetini kuçaytiradi.

– Qonunçilik asosida çora köriş: ayrim davlatlarda feyk xabarlarni tarqatiş uçun javobgarlik belgilangan. Masalan: 2018 yilda Malayziyada soxta va yolğon axborotning muallifi, şuningdek, bu axborotni tarqatgan, repost qilganlarga ham qarşi jazo qöllaş haqida qonun qabul qilingan. Keniyada feyk xabarlarni tarqatiş jinoyat bilan tenglaştirilgan. Qatarda 2014 yilda qabul qilingan qonunga asosan davlat va jamiyat xavfsizligiga tahdid qiluvçi soxta axborotlarni tarqatiş holatlariga 3 yillik qamoq jazosi yoki 137 ming AQŞ dollari miqdorida jarima belgilangan. Fransiyada ham saylov va saylovoldi kampaniyasi davrida feyk axborotni tarqatişni taqiqlovçi qonun hujjati işlaydi. Germaniya Parlamenti qabul qilgan qonunga köra, 2 milliondan ortiq foydalanuvçiga ega bölgan ijtimoiy tarmoqlar kontentda paydo bölgan soxta axborotni bir sutka içida öçirib taşlaşi şart.

Xöş, bizda-çi? Yolğon (feyk) va noxolis axborotlarni tarqatganlik uçun qonunçilikda qanday jazolar belgilangan? Adliya vazirligi masʼuli Sevara Örinboyevaning maʼlum qilişiça, bu borada qonunçiligimizda bir qator javobgarliklar bor:

ijtimoiy tarmoqlar orqali işlab çiqaruvçi yoki raqobatçini obrösizlantiriş yoxud iqtisodiy zarba beriş maqsadida asoslanmagan, yolğon ovozli, foto va videoxabarlarni tarqatiş Jinoyat kodeksining 192-moddasida belgilangan javobgarlik bilan jazolanadi;

tuhmat, yaʼni bila turib boşqa şaxsni şarmanda qiladigan uydirmalarni tarqatganlik uçun Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 40-moddasida hamda Jinoyat kodeksining 139-moddasida javobgarlik belgilangan;

yana bir muhim eslatma şuki, yolğon xabar tarqatganlik uçun fuqaroviy javobgarlik ham mavjud. Xususan, Fuqarolik kodeksining 102(1)-moddasida şaxsning or-nomusi, şaʼni va qadr-qimmati hamda işçanlik obrösini haqoratlovçi maʼlumotlarni tarqatiş tufayli maʼnaviy zarar yetkazilgan bölsa, yetkazuvçining aybidan qatʼi nazar qoplanişi lozimligi körsatib ötilgan;

yolğon xabarlar tarqalişining oldini oliş va uni tarqatgan şaxslarni javobgarlikka tortiş maqsadida 2020 yil 25 dekabr kuni qabul qilingan ÖRQ – 658-son Qonuni bilan yolğon axborot tarqatganlik uçun javobgarlik belgilandi.

Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 202(2)-moddasiga köra jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvçi yolğon axborotni tarqatiş, şu jumladan, OAV, telekommunikatsiya tarmoqlari yoki Internet jahon axborot tarmoğida tarqatiş BHMning 50 (18 mln 750 ming söm) baravaridan 100 (37 mln 500 ming söm) baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.

Şuningdek, Jinoyat kodeksining tegişli moddalariga muvofiq maʼmuriy jazo qöllanilganidan keyin ham uşbu xatti-harakatlar takror sodir etilsa, BHMning 200 baravarigaça (75 mln söm) miqdorda jarima yoki 300 soatgaça majburiy jamoat işlari yoki 2 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoki 2 yilgaça ozodlikni çeklaş bilan jazolanadi.

Albatta, bunday çoralar uşbu muammoni qisman bölsa-da kamaytirişga yordam beradi.

Yuqorida taʼkidlanganidek, feyk, yolğon-yaşiq va tuhmat axborotlar tarqatiş turli maqsadlarga qaratilgan bölişi mumkin – iqtisodiy manfaatlardan tortib, siyosiy maqsadlarga qadar. Bunday xabarlarning tez tarqalişi esa insonlar tabiati va ijtimoiy tarmoqlarning xosiyati bilan boğliq. Jamiyat bunday maʼlumotlarga qarşi kuraşiş uçun maʼlumot manbalarini tanqidiy baholaş va yolğon xabarlarning oqibatlarini tuşuniş qobiliyatini rivojlantiriş lozim. Negaki, axborot bilan ongli muomala qiliş har qanday jamiyatning barqarorligi va xavfsizligi uçun muhimdir.

Islom ASILBEKOV

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan