Biz kimlarga haykal qöyamiz?

yoxud jömard kişilar haqida

Adabiyot, matbuot — hayot közgusi. Ammo qanday közgu? Hamma narsaning xunugini çiqarib körsatadigan oynami yo töğri, röyirost namoyon qiladigan? Hayotni rasvo qilib aks ettiradigan qiyşiq közguni toşga urib çilpora qilamiz, çaroğon, ravşan körsatadigan oynani esa ardoqlab, uy töriga qöyamiz…

Ön yilça oldin Hotamjon aka degan qadrdonimiz olamdan ötdi. Yoşi yetmişdan oşgan, izzat-obröli odam edi. Köp yillar zavodda rahbar lavozimida işladi. Pensiyaga çiqib ham biron kun tinmadi, çunki qöli gul hunarmand edi, işlasa dam olib, işlamasa çarçab qoladiganlar xilidan edi. Hamşahar sifatida gap-gaştaklarda uçraşib turardik. Bunday olganda, bu yoşda vafot etganlar ortidan: “Oşini oşab, yoşini yaşadi, endi narigi dunyosi obod bölsin”, deb duoi fotiha qilsak, kifoyaday.

Ammo Hotamjon aka…

Men ellik-oltmiş yoşlarida ham juda serzavq, qaq-qah urib kuladigan, davralarning guli böladigan bu odamning bir sirini bilar edim. U boşidan ötgan bu voqeani birovlarga aytib yurmas, men ham bir tasodif bilan eşitib qolgandim.

Tafsiloti şuki, Hotamjon aka köp yillar avval, yigit çoğida birinçi rözğoridan ajraşadi. Taqdir-da. Biron yillardan söng sobiq xotini erga tegadi, özi ham boşqa ayolga uylanadi. Hayot şu zayilda yangi izga tuşadi. Ammo yana biron yil ötgaç, sobiq xotini eri bilan birga avariyada ölganini eşitib qoladi. Açinadi, axir birga yaşagan, tuz totişgan. Öylab-öylab, yangi rafiqasiga oğiz oçadi: “Xotin, şundoq-şundoq böpti, falokat-da, endi ikkov birga borib, fotiha öqib, hamdardlik bildirib kelsak…”

Borib qaraşsa, sobiq xotinining qaynota-qaynonasi qari odamlar ekan, özlari abgor bölib ötirişgan ekan, öğli-yu kelinining avariyada ölgani yetmagandek, ulardan yodgor bölib qolgan uç oylik çaqaloqqa qarab, parvariş qilgudek odam ham yöq ekan. Er-xotin köngil sörab qaytişibdi.

Oradan bir-ikki kun ötgaç, akamiz yana kelinoyiga maslahat solibdi: “Ayasi, kördingizmi boyagi gödakning ahvolini? Juda uvol-ku. Şu bolani obkelib, bir-ikki yoşigaça boqib bermasak, ölib qoladi. Savob ham bölar?”

Kelinoyimiz öylab, bu gapni ham maʼqul topibdi. Öşa uyga tağin borişibdi, özlarini boşqatdan tanitib, bolani xolis boqib ulğaytirib beriş niyatida ekanliklarini izhor qilişibdi. Çolu kampir osmondan tuşganday, bu er-xotinga “jon xudo” deya çaqaloqni berib yuborişibdi…

Hozir bu gaplarga qirq yildan oşdi. Öşa bola hozir qirçillama qirq yoşida. Gödak paytida kim tong saharda dökonga borib, navbatlarda turib, sut olib kelib özini boqqani, kim tunlari uxlamay parvarişlab çiqqani, tetapoya qildirgani-yu, tili çiqqanida aytgan ilk sözlarini eşitganini, yörtmaçoq bölgan çoğida yana bobosiyu buvisiga qaytarib berganini, ehtimol, bilar, ehtimol, bilmas. Unga bu voqeani qarindoş-uruğlari aytib berişganmi-yöqmi, bu yoği ham bizga nomaʼlum.

Ammo Hotamjon akaning — ajraşib, yetti yot begona bölib ketgan xotinining boşqa birovga tegib tuqqan farzandini, yaxşilikda undan kam bölmagan xotinining esa — erining avvalgi xotini birovdan körgan bolani bağirlariga olib, bir neça yil boqib östirganini eslasam, işoning, har gal ularning bunçalar kengbağirligiga hayron qolaman. Axir er uçun, ajraşib ketgan xotinning nodöstligi, xotin uçun esa, erning avvalgi xotini ğayir kimsa bölişi bor gap-ku! Şu birgina voqeaning özi bu er-xotinning neçoğliq odamiyligini körsatiş uçun yetarlimikin deyman?

Yaxşilardan biri — Hotamjon aka ham ötib ketdi…

Fidoyilik — savobning kattasi

Ona tönğiç qizini kuyovga çiqardi-yu, yotib qoldi. Töy yugur-yugurlarida sançib-sançib özini sezdirib turgan yurak oğriği kun sayin zöraydi. Oradan bir oy ham ötmay, yetti bolasini yetim qilib taşlab ketdi.

Uzatilgan qizi yolçitib kelinlik davrini sura olmadi, onasi — qirq yoşga ham kirib ulgurmagan mehribonining qazo qilganiga bir kuysa, hali beşikda yotadigan kenja ukasining ahvolini eslab, battar örtanardi.

Dadasi dalada işlayotgan traktorlarga solyarka taşiydigan maşinani haydar edi. Xotini ölgaç, diltang bölib, öziga qaramay qöydi. Kir-çirini yuvadigan odam yöq, egnidagi oq neylon köylagi moy bosib, qop-qorayib ketgan, boşida yağir döppi, soqoliga haftada bir ustara tegmaydi. Bolalarning törttasi maktabda öqiydi, qolgan ikkisi mayda. Keçqurun çarçab işdan qaytsa, sovuqda junjikib oç ötirişgan böladi — ularga ovqat pişirib beradigan odam qani? Ayniqsa, beşikdagisiga juda jabr böldi…

Xayriyat, el-yurt, qavm-qarindoş bor ekan, olti oy ham ötmasdan, Hojarxon degan bir juvonni topib, boşlarini qöşib qöyişdi — avvalgi eridan bola körmay ajraşgan ekan. Uydagi ahvolni körib, Hojarxon açinganidan öpkasi tölib, köngli yumşab ketdi, yotsirab turgan bolalarni bağriga bosdi. Oila boşliği ertasi kuni tongda boşida yaraqlagan yangi döppi, egnida ohorli köylak, maşinani gurillatib işiga jönadi.

Bunday olganda, hamma narsa izga tuşgandek. Ammo sirtdan şunaqa körinarkan. Bolalarning yangi onaga könikişi qiyin böldi. Hojarxon ularni oq yuvib oq taraydi, soçlarini örib maktabga kuzatadi, ammo peşin mahal hammasi xuddi kelişib olganday, biri qölidan tortib, boşqasi ortidan itarib, köçaga sudraşadi, baqirib yiğlaşadi: “Ket uyingga, bizga özimizning ayamiz kerak, sen yöqol!”

Hojarxon sarosimaga tuşib qolmaydi, birining boşini, birining közini silab deganday, asta yupatadi: “Böpti, bolalar, men ketaman, ammo hali dadanglar işdan qaytganida meni maşinasida oborib qöyadi, xöpmi, ungaça ovqatinglarni yeb olinglar, qorninglar ham oçib ketgandir?”

Albatta, maktabdan qaytgan bolalarning qorni oç, issiq ovqatni yeb, biroz uxlab, yo öynab deganday, bir mahal qarasalarki, dadalari işdan kelib qolibdi. U kişining oldida boyagi töpolonni takrorlaşga botinmaydilar. Ammo ertasiga yana boyagi ahvol takrorlanadi.

Şunday qilib, bolalar yangi onaga asta örganişdi. Oradan oylar, bir-birini quvalab yillar ötdi. Hojarxon — bu oilaga kirib kelgan çoğida yoşgina, ikki yuzi bamisoli anor, böylari tovusday suluv şu ayol — bu farzandlarni menga xudo berdi, deya şukur qilib, ularni östirib-ulğaytirdi, ona bölib, keyingi ikki qizni turmuşga uzatdi, ona bölib, öğillarni uylantirib, tört kelinli boyvuççaga aylandi.

Bu orada vaqti-soati yetib, ota qazo qilib ketdi. Yigitlarning törtovi ham, kim körsa havas qiladigan, boodob, toparmon-tutarmon bölib ulğayişdi. Bir paytlar gödakligiga borib, uni köçaga sudrab çiqarişga çoğlangan bu bolalarning har biri endi uning qöllaridan tortguday bölib, onam biznikida tursin, deya özaro talaşişadi. Uçinçi öğli ötgan yili Hojarxon opani hajga olib borib keldi.

Men bu gaplarni qayoqdan bilaman? Gap şundaki, yuqorida eslatilgan katta qiz bizning bir qarindoşimizga kelin bölib tuşgan. Yaqinda bir maʼrakada onamga: “Quda xola, içimdagi gapimni aytsam, birovlar ayb qiladi, deb qörqaman, — deb dil yorib qolibdi. — Ammo siz töğri tuşunasiz. Şunçalikki… goho, asli rahmatlik ayam yaxşimidi, yo hozirgi onammi, deb öylab ham qolaman…”.

Albatta, bu dunyoga heç kim ustun bölolmaydi, ammo şunday odamlar ham bölar ekanki, ular astagina, namoyiş qilmasdan, dunyo binosiga jömardlik, bağrikenglik, mehr-oqibat… xullas, odamiylik ustunlarini qöyib ketişarkan.

Jigarlar

Qöqon yoqlarda bir yaxşi anʼana bor: kimdir öğil uylantirsa, yaqin qadrdonlardan bölgan bir oila ularni homiylikka oladi, er — vakil ota, xotin — vakil ona qilib tayinlanadi. Ular bu yangi rözğorning issiq-sovuğidan xabardor bölişadi, oyoqqa turib olişiga baholi qudrat kömaklaşadi. Albatta, buning öziga yaraşa ovoragarçiligu qiyinçiliklari ham bor. Ammo bunday şarafga unça-munça xonadon noil böla olmaydi ham.

Qişni şaharda ötkazamiz deb astoydil kelgan qudamga tunov kuni telefon qilsam, “Yaypandamiz”, deb qoldi. Ovozi negadir diltang. Ajablanib sörasam, ular vakil ota-vakil ona bölgan bir kelin öttiz bir yoşida qöqqisdan vafot etgan ekan, şuning uçun er-xotin jönab ketişibdi.

Vaqti qazo qaçon yetadi, bandasi buni bilmaydi. Ammo öttizdan endi oşganida uç norasidasini taşlab, olamdan ötgan bu kelinga biz ham açindik, albatta. Hayron bölib, suriştirsam, köpdan beri uning jigari oğrir, talay joylarga boş urib, şifo topa olişmagan ekan. Nihoyat, ikki oy burun hindistonlik şifokorlar bilan aloqa boğlaşsa, ular: “Kimdir bu ayolga öz jigarining bir qismini ajratib berişga rozi bölsa, marhamat, kelişsin, biz şunday operatsiya ötkazişga hozirmiz, ammo ikkala odamning jigari bir xil bölişi kerak (qon guruhi, hujayra tuzilişi)”, deyişibdi. Tekşirtirişsa, yigirma olti yaşar singlisining jigari baayni egizakday ekan. Singlisi esa: “Jigarimning qança qismi kerak bölsa, opamdan aylansin, men ham borib, operatsiya stoliga yotişga roziman”, deb aytibdi. Şunga tayyorgarlik körib, yölga çiqişlariga uç kun qolganida boyagi kelin bitta yostiqni taxmonga kötarib joylamoqçi böladimi? Şugina ham oğirlik qilib, öşa yerning özida qon qusib, omonatini topşiribdi-qöyibdi…

Boya aytdik, qazo muqarrar. Bugun ölmagan odam boşqa vaqtda çin dunyoga yöl olişi bor gap. Boyagi kelin ham, agar yana yuz yil yaşasa-da, bu foniy dun­yoni tark etişi tayin edi. Albatta, undan qolgan norasidalar ham xudo bergan kunini körib ketadi, çunki zamonamiz, şukurki, tökinçilik.

Ammo meni şu vafot etgan ayolning singlisidagi jömardlik, jonfidolik hayratga soldi. Bir parça yerni talaşib yo bir kiyimlik matohni deb aka-uka, opa-singillar yuzkörmas bölib ketişayotgan hozirgi davrda bu qiz, kerak bölsa, opasiga jonini ham berişga tayyor ekan! Axir jigarining yarmi kesib olinadigan operatsiyadan qay ahvolda çiqişini özi ham bilmas edi-ku!

Men ana öşa qizni körmaganman, otini ham bilmayman. Ammo ötirib, uning haqqiga duolar qildim, umri uzun bölişini astoydil söradim. Umidvorman şu tilaklarimning ijobat bölişidan…

Alqissa…

Men tilga olgan bu oilalarning hammasini yaxşi bilaman. Xöş, ularning boşidan ötgan bir qatra-bir qatra voqea tafsilotini sizga ham ilinganimning boisi nimada?

Gap şundaki, sönggi yillarda oldi-qoçdi gazetalarda, jurnal va kitoblarda kişilarning buzuqligi, aldoqçiligi, bir-biriga qahr-ğazabi, toşyurakligi kabi yaramasliklar tasviri “badiiy asar” degan gulqoğozga örab taqdim etiladigan bölib qoldi. Öqisangiz, bu ötar dunyosi közingizga yanayam tor körinib ketadi, odamlarning bari rasvo, dunyo tuban odamlarga tölib ketibdi, degan xulosaga kelasiz. Alaloqibat, özingiz ham boşqalarga şubha bilan nazar soluvçi badbin kimsaga aylanib qolasiz. Bunaqa “asar”lar yaxşilarning dunyoqaraşini buzib, yomonlarni köpaytirib yotibdi.

Ularda oilaviy maşmaşalar elga doston qilinadi, biron tantiq kelinning qanday qilib qaynonayu qaynotaga gap qaytarib mot qilib qöygani-yu, kuyov bolani qay tarzda tahqirlaganini, hatto unga şapaloq urganini körsatiş orqali boşqalarga ham şunday muomala örgatiladi, buning ustiga, juda köp asarlarda haligindaqa “ğalati” gaplar ham bor. Boşqa bir xil naşrlarni öqişga tuşsangiz, kallakesarlar, mafiyalar hamma yoqqa in qurib olişgan ekan, degan badbin öylarga borib qolasiz, bu ğaddor dunyosidan etak qoqib çiqib ketgingiz kelib qoladi…

Odamlar suhbatida bölsangiz, yuqorida namuna qilib keltirilgan kabi ne bir xuşxulqliklarga guvoh bölasiz, ibratomuz voqealarni eşitib, ajib saboqlar olasiz. Dilingizdan, men özimni yaxşi odamman deb yurgan ekanman, degan fikr ötadi, nekbinroq bölib qolasiz, ertadan köp olijanob işlarni amalga oşirişga çoğlanasiz.

Şunday ekan, adabiyot özimizga xos hayotni va hayoni, özbekona turmuş tarzini yoritgani — yomonlikni emas, yaxşilikni elga yoygani durust emasmi?

Adabiyot, matbuot — hayot közgusi. Ammo qanday közgu? Hamma narsaning xunugini çiqarib körsatadigan oynami yo töğri, röyirost namoyon qiladigan? Hayotni rasvo qilib aks ettiradigan qiyşiq közguni toşga urib çilpora qilamiz, çaroğon, ravşan körsatadigan oynani esa ardoqlab, uy töriga qöyamiz…

Zuhriddin ISOMIDDINOV

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan