Yöldagi ayol
Qaçonki betakror şoira, ajoyib publitsist, ustoz ijodkor Zarifa opa Eraliyeva töğrisida söz ketsa, eng avvalo, Ohangaronu Angren va Toşkent yölida zaminga mehr va odamiylik ziyosini taratib, söz gavharlaridan marjonlar tizib yurgan jonnisor ayol köz öngimda gavdalanaveradi.
Toşkent viloyatidagi matbuotçilar Zarifa Eraliyevaga bir söz bilan — “Opa” deya mehr bilan murojaat qiladi. Aslida ham şunday. Sözning mohir zargari bölgan bu ayol çindan ham viloyat matbuotçilarining mehribon opasi bölib ulgurgan.
Opa gözal umr yölini bosib ötmoqda. Uning gözalligiga Zarifa Eraliyeva şeʼriyati yanada fusunkorlik bağişlab turibdi. Yuqorida aytganimdek, bu inson betakror şoira. Şoira şeʼrlaridagi inja tuyğular tarannumi şeʼrxonning şavqini oşiradi. Şeʼrdan-şeʼrga ötar ekansiz, yana va yana, takror va takror öqigingiz, Zarifa Eraliyevaning şeʼriyat gulzoridan köproq bahra olgingiz keladi.
Şoiraning şeʼrlarini davrdan ayro tasavvur etiş qiyin. Har bir şeʼrning har bir baytida şoira davrdoşlariga murojaat yöllab, xitob qiladi. Ayniqsa, “Qöşiq”, “Daraxtlar”, “Baxtdan fol kördilar”, “Kelsam…”, “Bu toğ”, “Yolğiz ayol”, “Bir söz”, “Bul saroy”, “Maşoyixlar aytmiş”, “Dunyo”, “Öqning degani”, “Ey dil”, “Gul”, “Bu keça”, “Otam aytgan edi”, “Qişloq ayoli”, “Qarz”, “Ajab”, “Şukrona” singari şeʼrlarida bu yaqqol namoyon böladi. “Çorlasa, oqquşday tizilib kelgan” degan satr bilan boşlanuvçi va sinfdoşlariga atalgan şeʼri esa şoiraning köngil torlaridan tökilgan ohanglardir. Aytiş mumkinki, keyingi yillarda özbek şeʼriyatida bunday öziga xos şeʼr yozilgan emas. Eng muhimi, şoiraning davrdoşlari barça zamonlar va makonlar uçun umumiydir. Yangi davrda dunyo yuzini körgan “Uluğ kun” faxriyasi esa hali adabiyotşunoslar tarafidan öz eʼtirofini topganiça yöq.
Zarifa opaning şeʼrlari bir muqova ostida jam bölmagan esa-da, ranj ila dunyoga kelgan va dunyo yuzini körayotgan nafis şeʼriyati oğizga tuşgan ardoqli şoira.
Men bir kuni betakror şoira Halima Ahmedovaga Zarifa opaning bir şeʼrini öqib berdim. Halima opa tasanno işorasidan söng şeʼrning muallifini söradi. Zarifa opa ekanligini aytsam, “Ohangaronlik şoirami?..”, deb eski xotiralar daftarini varaqlay ketdi.
Zarifa Eraliyevaning şeʼriyatidan taşqari juda gözal publitsistikasi ham bor. Opaning bir neça ön yillik maqola va oçerklari qolib, eng sönggi badiiy-publitsistik asarlariga diqqat qilsak. “Şarq yulduzi” jurnalining 2017 yilgi sonida “Oqayotgan daryo”, 2021 yilgi sonida esa “Quyoşingni asra, osmon!” oçerklari bosildi. Gapning indallosi, qariyb ön yildan beri öndan ziyod bosma naşrlarni muntazam kuzatib boruvçi bir ijodkor sifatida ayta olamanki, özbek matbuotida keyingi yillarda bunday xalqçil badiiy-publitsistik asarlar kam naşr etilgan.
Çunki bu oçerklarning har ikkisida ham jafokaş xalqimiz farzandlarining hayoti, turmuşi, oğir kunlari, boşidan keçirgan sinovli damlari va kulib boqqan saodati röyirost, ortiqça bezak va mubolağalarsiz bayon qilinadi. Oçerklarni öqiy turib, satrdan-satrga, xat boşidan-xat boşiga, bobdan-bobga ötar ekansiz, muallifning nozik köngli va sözga nisbatan juda ehtiyotkor ekanligiga iqror bölib borasiz.
Opa çuqur mulohaza yuritib, yetti emas, yetmiş öylab bir söz aytişi yaqqol sezilib turadi. Sözga nisbatan bu qadar ehtiyotkor munosabatda böluvçi ijodkorlar kamdan-kam böladi, albatta. Oçerklarni öqiyotib, bir jilğaga aylanasiz-u, çöqqidan dengiz sari ildamlayotgan pokiza suv kabi tozarganingizni his qilib borasiz va zavqlanasiz, şavq tuyasiz. Tabiiyki, bu jarayon yuragingizga yoruğlik bağişlaydi.
Zarifa Eraliyevaning oçerklarida yana tinçlikning rangi va ohangi bor. Uning har bir asarida, ayniqsa, yuksak saviyadagi oçerklarida tinçlikka alohida urğu va örin beriladi. “Oqayotgan daryo” oçerkida tinçlikning rangini tasvirlagandi. “Quyoşingni asra, osmon!”da esa tinçlikning ohangini kabutarlar xonişida bayon etadi. Kabutarning “ğulu-ğulu”laşidan zakiy va sinçkov muallif tinçlikning tovuşini inkişof etadi.
2020 yili Sardoba voqealari haqida “Matonatli el” nomli yöl oçerkini qoralagandim. Yöl oçerki qahramonlaridan biri Zarifa opa edi. Köpgina davralarda eʼtirofga sazovor bölgan birinçi maqolalarimning biri şu. Aytmoqçi bölganim, bu oçerkka opaning nazari, nafaqat nazari, balki qalami ham tekkan. Yaqinda qalamdoş va qadamdoş döstim Otabek Bakirov Şarqning birinçi qaldirğoçi Tamaraxonim haqidagi bir essesini yuborib qoldi. Öqidim. Nimadir yetişmayotganini özi ham sezgan ekan. Albatta, tajriba va mahorat. Lekin “Bunga Zarifa opaning nigohi yetişmayapti”, deb oçiq aytdim.
Zarifa opa jurnalistlik faoliyatini hozirgi “Ohangaron hayoti – Jizn Axangarana” gazetasida musahhihlikdan boşlagan. Keyinçalik şu dargohda muxbir, “Toşkent haqiqati” gazetasida muxbir, bölim mudiri, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi Toşkent viloyati bölimi raisi örinbosari vazifalarida mehnat qildi. Uzoq yillar Toşkent viloyati Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boşqarmasiga rahbarlik qildi, viloyatda axborot muhiti va matbuot rivoji uçun zahmat çekdi. Hozir ham el-yurt yumuşida qalamini hamroh qilib, yölda sobit kelmoqda. Mana, şu yöllar aro Zarifa opa halollik va olijanoblikni, himmat va mehribonlikni, dilkaşlik va rostgöylikni, adolat va haqiqatni şiori deb bildi.
Muxlisu şogird, şogirdu muxlisning aytaridan bir çimdim uşbu edi. Işonçim komil, yöldagi ayol töğrisida nafis anjumanlarda, maqola va oçerklarda hali köpu xöp aytilgay va yozilgay.
Otabek ISROILOV,
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi
aʼzosi.
