Nodira Raşidovaning “Usmonnoma”si

Uşbu kitobni hayajon bilan öqib çiqdim va asar haqida öz fikr-mulohazalarimni bayon qilişni istadim. Roman muallifi Usmon Nosirning jiyani Nodira Raşidova bolalar şoiri, dramaturg va olim Ötkir Raşid oilasida tuğilgan. Onasi Rohatxon Usmon Nosirning tuğişgan singlisi edi.

Usmon Nosir — 1912 yil 13 noyabrda Namanganda tavallud topadi.  Uning otasi Mamatxöja Namanganga ilmi bilan donği ketgan domla edi. Onasi — Mulla Adham Oxundning qizi Xonima bibini erkalaşib “Xolambibi otinça” deb ataşardi. Ular Lutfiy, Navoiy, Maşrab, Bedil, Bobur, Fuzuliy kabi hazratlarning ğazallarini öqib tong ottirardilar. Körinib turibdiki, Usmon Nosir ilmlilar oilasida dunyoga kelgan.

“Bahaybat oppoq ot”

Bola qirq kun onasini emmadi. Xolambibi köz yoşini heç kimga körsatmay, zor-zor yiğlardi (sababi, birinçi farzandi nobud bölgan edi).

Şu zaylda qirq kun ötib, çaqaloqning çillasi çiqdi. Qirq birinçi kuni ovozini boriça biğillab yiğlay boşlaydi va onasini ema boşlaydi. Bola ilk bor onasini töyib emdi. Onasining közidan tökilayotgan yoşlar bolaning köylakçasiga tökilar edi. “Otinça, köz yoş qilib bolani emizmang”, degan tanbeh eşitdi. Gödak töygaç, uxlab qoldi. Xolambibi uni körpaçaga örab oldi va bağriga bosdi. Diqqat bilan eʼtibor bering: “Ona umrbod şunday ötirişga tayyor edi”. Öğlining yuziga termilib, köz yoşlarini töxtatolmasdi. Bu alamu sevinç, armonu şukronalikning köz yoşlari edi.

Usmonxon oddiy bolalar kabi ösdi. Kunlarning birida bola yöqolib qoladi. Mamatxöja xotini va yana uç-tört kişi bilan birga Namanganga kiraverişdagi osma köprik tagiga borişdi. Ne köz bilan körsinlarki, Usmonxon tuproqqa belanib tamşanib ötirar, yonida esa bahaybat oppoq ot bolani qöriqlab turardi. Mamatxöjaning duosi bilan ot ğoyib böladi. Xolambibi bolani bağriga bosgança dağ-dağ titrar, bu sirning tagiga yetolmay vasvasaga tuşgan edi. Mamatxöja oğir dardga çalinadi va köp ötmay vafot etadi. Oradan bir muddat vaqt ötgaç, Xolambibi Usmonxonni olib ota uyiga köçib ötdi.

“Nosirjon hoji oilasi”

Nikoh vaqtida Usmonxonni tizzasida olib ötirişga ruxsat söraydi.

Nosirjon avval Anorxon ismli ayolga uylanadi. 1902 yilgi Andijon zilzilasida homilador Anorxon vafot etadi. Nosirjon qattiq tuşkunlikka tuşadi. Şundan söng Nosirjon muqaddas safarga ketadi. Salkam 14 yil deganda Misr, Eron, Iroq, Şom, Hindiston, Turkiya, Afğoniston kabi davlatlarni kezib, öz yurtiga qaytadi. Oradan bir oz vaqt ötib, unga yana uylanişni taklif qilişadi va Xolambibi otinça, yaʼni Usmonxonning onasini tavsiya qilişadi. Nikoh vaqtida Usmonxonni tizzasida olib ötirişga ruxsat söraydi. Allohning qudrati ila ular yana mehribon va ziyolilar xonadoni aʼzosiga aylanişdi. Usmonxonni Nosir hoji öz familiyasiga oldi.

Asarda şoirning yoşligidagi faoliyati, qarindoş-uruğlar, singillar bilan munosabatlari va ularga uning mehribonliklari haqida juda katta eʼtibor berilgan. Ayniqsa, asarning birinçi qismida 1900 yillarda özbek millatining qanday yaşaganligi, (bolşovoylar taʼriflagandek) “birov birov”ga qul emasligi, aksinça, juda maʼnaviyatli va madaniyatli xalq bölganligi, xalq kambağalmi, boymi, bir tan-bir jon bölib yaşaşi, miskinlar uçun boylar xonadonida har kuni katta qozonlarda taom pişirilişi (hatto boylar ham şu taomdan yeganliklari) boşqa bir asarlarda öqimagan bölsam kerak, menga boşqaçaroq tuyuldi. Şahar-qişloqlardagi ayvonlar, çorpoyalar, çiroyli va şinam uylar taʼrifi, töğrisi, meni lol qoldirdi. Öşa davrda yaşagan aholi (bolşovoylar taʼriflaganidek) omi, savodsiz bölmasdan, balki juda katta diniy va dunyoviy bilimga ega ekanliklari asarda körinib turibdi. Ular Lutfiy, Navoiy, Fuzuliy va allomalarning asarlarini yoddan bilişgan va keyingi avlodga yetib borişida köprik vazifasini bajarganliklari körinib turibdi.

1930 yildan boşlab Özbekistonning inon-ixtiyori, yaʼni jilovi tölaligiça xavfsizlik organlari qöliga topşirilib, mavjud hukumat çekistlarning qöğirçoğiga taşkilotiga aylanib ulgurgan edi.

“Aybing — talanting, isteʼdoding. Aybing — Usmon Nosirliging”

“Naçora, tuşkunlikdan çiqişga intilib topgan bu bilimimiz bizga juda qimmatga tuşdi. Saharmardonlarda otilgan yuzlab mahbuslar, begunoh insonlar sudrab kelib tiqilgan zax qamoqxonalar, millionlab farzandlarining murdasi sasib yotgan Yevropa tuproği; bularning bari — munosib ölişga örganiş uçun tölangan mudhiş tovondir”. (A.Kamyuning “Olmon döstimga maktublar” asaridan).

Eʼtibor qiling, “Usmonnoma”ning eng açinarli qismi şu joydan boşlanadi. Asarni mutolaa qilib borgan sari kitobxon qalbi larzaga tuşa boşlaydi. Öz-özidan asabiylaşa boşlaydi. “Işqimning eng oliy tuhfasi — şeʼrim” deb yozgan şunday buyuk şoir Stalin qatağoni qurboni böldi.

Töğrisi, asarning qamoq qismini öqişni ança paysalga solib yurdim. Sababini özimça baʼzi bir bahonalarga yöydim. Aslida esa asarning davomini öqiş uçun özimda jurʼat topa olmasdim. Buning boisi “Usmonnoma” asarini öqigan kitobxonlar bilan suhbatim davomida şunga amin böldimki, şoirning qamoqxonadagi davrlari kitobda juda ham taʼsirli qilib yozilganini eşitdim. Hatto umrining oxirida uning barmoqlari ham qolmaganligi (bör bilan beton devorga öyib yozaverganligidan bölsa kerak), taomni faqatgina hidlay olganligi, yeyiş uçun quvvati qolmaganligi meni qattiq iztirobga soldi. Baʼzi bir kitobxonlarning fikriça, ular kitobni faqat köz yoş bilan öqişganligini aytişdi. Şunday bölsa-da, asarning ikkinçi qismini öqişga kirişdim. Nega? Nega? Nega? Nega? Nima uçun? Albatta, bu poyoni yöq savollarga javob topiş uçun asarni öqib çiqiş kerak. Asarning ikkinçi qismi haqida gapirmoqçi emasman. Şoir tortgan azoblar, iztiroblar, qiynoqlar haqida gapirişim oğir. Çunki mening xotiramda asarning birinçi qismida tasvirlangan ŞOIRning quvnoqligi, serğayratligi, sözamolligi, hozirjavobligi qanday tasvirlangan bölsa, şunday qolişini istardim.

“Usmonnoma” – mening eng sevimli kitoblarimdan biriga aylandi.

Uluğbek TÖYÇIYEV,

Çortoq tuman axborot-kutubxona

markazi xizmat rahbari.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan