Yangi va yaxşi kitob öqiş quvonçi

Mevaning ertakisi boşqaça böladi. Qahraton qişdan keyin “intizorlik torta-torta” yetişgan neʼmatni qölga olganlar “omonlik-somonlik, heç körmaylik yomonlik”, deb közga suradi. “Tilda, fikrda, işda birlik!” töplami ham “Jadid” gazetasining matbuotimizdagi “erta pişar nav” ekanini körsatib berdi.

Bir yillik ijod mahsulining qaymoği yiğilgan kitob rangli, bezakli, sifatli holda naşr etilgan. Ham qoğozning, ham sözning salmoği bor. Taniqli ijodkor Ikrom Böriboyev taʼbiri bilan aytganda, yaqin odamingizga hadya sifatida bersangiz arziydigan muhtaşam töplam. Ammo şunday kitobni qöşqöllab berib yuboradigan mard bormi? Bor ekan.

Kerak paytda kerakli joyda bölişning hikmati köp. Baxtli tasodif tufayli kamina “Jadid” gazetasi boş muharriri, Özbekiston xalq şoiri Iqbol Mirzoning xonasida şunday vaqtda paydo böldimki, hurmatli ijodkorimiz oltin yombisidek taxlab qöyilgan kitoblardan birini hadya qildi.

Kitobni poytaxti azim köça­larida, metroda, universitetda namoyişkorona olib yurdim. Körganlar havas va hayrat bilan qaradi. Özimça öyladim: buyam bir tarğibot-da.

* * *

Odatda bu kabi naşrlar taşabbuskor va homiylarga min­natdorligu maqtov ruhidagi muqaddimadan boşlanadi. Yöli şunday bölsa kerak, har holda odamlarga şukur qilmagan, Yaratganga ham şukur qilmaydi, degan hikmat bejiz emasdir. Bandaga şukur esa minnatdorlik körinişida böladi.

Uşbu kitob esa Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning gazeta tahririyatiga yöllagan tabrigi bilan oçilgan. Göyo Davlatimiz rahbari yangi gazeta va u orqali ziyolilarimizga işonç yorliğini topşirganday.

Şuningdek, “Jadid”ning taşkil etilişi Özbekiston Qahramoni Ibrohim Ğafurovdek ustoz qatorida Sulton Rayev singari xalqaro miqyosdagi arboblarning quvonçiga sabab bölgani özgaça iftixor hissini bağişladi.

Aksar öquvçilar kabi, avvalo, dizayn eʼtiborimni tortdi. Suratlar juda sifatli, sunʼiy intellekt yordamida çizilgan rasmlar ham özgaça çiroy bağişlagan. Zamon bilan hamnafas ijod. Xususan, Abdulla Aʼzam, Halima Xudoyberdiyeva, Sulton Rayevlarning suratlarida ajib bir mahobat kördim.

* * *

Matnlar ham begona emas: 2024 yilda öqiganimiz maqolalar, tadqiqotlar, şarhlar, suhbatlar, reportajlar, taqrizlar, esselar, nutqlar va boşqalar.

Modomiki, barçasi vaqtli matbuotda, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda eʼlon qilingan ekan, ularni bir muqova ostiga jamlaş ehtiyoji bormidi? Ha, bor ekan! Şiddatli asrimizda gazetaning yillik töplamini kötarib yurişni tasavvur qila olasizmi? Mabodo, biron material zarur bölsa 52 ta sonni varaqlab çiqişni-çi? Internetdan qidiriş uçun ham heç bölmaganda sarlavha yo muallifni eslab qoliş kerak. Tahririyatdan ham sörasa böladi, ammo u yerdagilarning vazifasi beminnat xizmat körsatiş byurosi xodimlarinikidan farq qiladi…

Agar yuqoridagi sabablar böl­maganda ham baribir, yangi va yaxşi kitobning çop etilişi ijobiy hodisadir. Ayniqsa, yoşlar uçun tayyor qomus, ijodkorlar uçun mahorat darsligi. Misol uçun aytaman-da.

Mutolaadan söng kitob mun­darijasidan baʼzi sahifalarni belgilab qöydim:

  1. Abdulla Aʼzam. “Navoiy yomon bölsa, sen yaxşi böl…”
  2. Abduqayum Yöldoşev. Halima ham ötib ketdi, bilmadik.
  3. Oqil Salimov. Sizga berilgan imkoniyatni asrang!
  4. Muyassar Ibrohimova. Mate­matika masalani hayotdan oladi.
  5. Nazir Muhammad Ayyad. Glo­ballaşuv jarayonida Islom: möʼtadillik va bağrikenglik.
  6. Bahodir Iskandarov. Bas qiling, ey “mehri daryo” onalar!
  7. Zarnigor Ibrohimova. “Bo­burnoma” Dante diyorida.
  8. Ikrom Böriboyev. Hamma öqiyapti. Öqing!

Qisqa röyxatning özida kimlar yöq deysiz? Akademik, yozuvçi, şoir, jurnalist, ijtimoiy tarmoq faoli… Turli yoş vakillari. Şuning özi ham kitobning rang-barangligini, maqolalar xolis tanlanganini bildiradi.

* * *

Baʼzilar nasriy va nazmiy asar­larga mehr köp körguzgan holda publitsistik kitoblarga andak nopi­sand qaraydi. Xuddi maqolalarda eslab qolişga, tagiga çizib qöyişga loyiq gaplar bölmaydiganday. Darvoqe, köp qatori kitoblardagi özimga yoqqan satrlarning tagiga çizib, boşqalarga ham ulaşaman.

“Tilda, fikrda, işda birlik!” töplamida ham ana şunday parçalarga duç keldim. Nomining özi butun hikmat!  Quyida yon daftarga köçirib qöyganlarimdan ayrimlari:

Xayriddin SULTON,

yozuvçi:

“Şu asnoda beixtiyor bir savol tuğiladi: biz nega yengil-yelpi tomoşalarni saqiç çaynab, bodroq kavşab köriladigan konsertu filmlarni xuş köramiz? Sababi oddiy — ular bizni öylaş, fikrlaş degan taşvişdan xalos qiladi.

Mumtoz sanʼat esa buning aksidir. U şunçaki hordiq çiqariş vositasi emas, avvalo, qalb söroği, vijdon qiynoğidir.

Mumtoz sanʼat asarlari odamzotni hayot haqida öylaşga undaydi, oxirat kuni savol-javob muqarrar ekanini esga soladi. Dunyoga kelib halol-pok yaşadimmi, ota-onam oldidagi qarzimni uzdimmi, farzandlarimga töğri tarbiya berdimmi, xalq, millat, Vatan oldidagi burçimni ado eta oldimmi, degan oğir-oğir savollarni örtaga taşlaydi. Xohlasak-xoh­la­masak, bizni şu haqda mulohaza va muşohada yuritişga, insonlik maqomiga qaytişga majbur qiladi…” (Ikrom Iskandar. “Özbek milliy ruhi zavol bilmagay”).

Şavkat AYUPOV,

akademik:

“Matematika masalani hayotdan oladi va uni matematik usullar bilan yeçib, amaliy ravişda hayotga qaytaradi.

…Men doim matematikani örga­nişda öqituvçining, ayniqsa, maktab öqituvçisining örni juda katta ekanligini taʼkidlayman. Çunki bu fanning amaliy ahamiyati tuşuntirib berilsa, özlaştirişi past bolalar ham qiziqib qoladi. Aksinça, murabbiy qolipga tuşib, faqat qoida va teorema yodlatib, öquvçilarning tuşunmagan savollariga javob bermay dars soatini ötkazsa, qarabsizki, ikki-uç darsdan söng bolalarda “Matematika umuman tuşunib bölmas fan ekan”, degan notöğri tasavvur hosil böladi.

…Aslida matematika kişini mantiqiy fikrlaşga örgatadi. Köp­çilik bu fanni faqat hisob-kitob maşqi deb tuşunadi.  Ammo teoremani yodlab gapirib berişning özi yetarli emas. Aksinça, har bir qoidani tuşuniş, uning isbotini biliş zarur. Şundagina formulalar esda qoladi.

…Maktabda öqituvçining roli beqiyosligi şundaki, u matematik muammoni yeçgaç, amaliyotda bu nimaga kerakligi, qayerda qöllanilişini tuşuntirib berişi zarur” (Muyassar Ibrohimova. “Matematika masalani hayotdan oladi”).

* * *

Kitobni xatm qilgaç, yana muqovaga qaytdim. Pastki öng burçakka “1” yozib qöyilgan. Demak, bu hali boşlanişi, seriya davom etajak. Harakat qilib yaxşi maqolalar yozsak, ajabmas, keyingi töplamlarga biz kabi kaminai kamtarinlar ham kirib qolsak. Şunaqa, zebo kitobda isming çiqsa ana natija-yu, qanday zör rağbat! Nasib etsin.

Haqiqatan ham kitob “Jadid”­çilarning xalq va davlat oldidagi ilk katta hisoboti böldi. “Sözumni öqub anglağaysen özumni”, deb yozadi hazrat Zahiriddin Muhammad  Bobur. Şu maʼnoda töplam bilan tanişib çiqqanlarda gazetaga baho beriş imkoni tuğiladi.

Yurtdoşlarimizni, yurtimiz ziyo­li­larini haqli ravişda “Jadid”gazetasi kutubxonasi” seriyasining boşlanişi, ilk kitobning çop eti­lişi hamda katta taqdimot bilan çin yurakdan qutlasak arziydi. Axir, “hamkasb yutuğidan quvonmoq ham baxt” (Omon Matjon). Kitob ustida mehnat qilgan barçaga taşakkur!

Otabek BAKIROV,

“Yoshlar kundaligi” jurnali muharriri.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan