Uç ötinçim
Alloh dard beraman desa, özini öta soğlom sanab yurgan vallomatiga ham beradi. Yetmişdan oşib, kuzning örtasiga kelganda, kutilmaganda, aslida, salom bermay kiriladigan “makon”ga bir keça-kunduzda ellik martalab salom beradigan bölib qoldim, desangiz.
Öşa kunlari yuqori idoralar nazoratida bölgan “Maʼrifat ulaşib” loyihasi böyiça tört kun törtta oliy taʼlim muassasasiga boriş, ertalabdan keçgaça uçraşuvlar ötkaziş kerak. Borişning ham iloji yöq, bormaslikning ham. Yana bir kunlik ikki juftlik darsimni fakultetda birga işlaydigan yostiqdoşimdan iltimos qildim. Boşqa kafedraning aʼzosi bölgani uçun u ham oğrinib, oçiği, noilojlikdan zörğa rozi böldi.
Uç kun uç universitetga bordim. Bölganim böldi, öziyam.
Uçinçi kuni suyuq narsalar kamroq isteʼmol qilişni öylab, nonuştaga tuxum qaynattirdim. Tuxumni arçiyotib, uning semizroq tarafidagi çoy qoşiqdaygina keladigan böşliq nimagadir qattiq diqqatimni tortdi. Içimda öylay boşladim: “Özi-ku, tovuq qurğurda aql-paql yöqdek. Göng titgani-titgan. Şuning uçun xalqda esi pastroq kişilarga nisbatan “tovuq miya” degan tavqi laʼnat ham işlatiladi. Bundan taşqari, tovuqning tuxumi yetiladigan yerida bunday toza kislorod qaydan paydo böldi ekan? Axir tovuq uni jöjaga jon kirganidan keyin bir neça kun toza havodan nafas olişi uçun maxsus qoldiradi-da.
Xöş, tovuq şu buyukdan-buyuk oqilonalik bilan rejalaştirilgan işni öz-öziça qila oladimi?!
Endi ham Xudoning yaratuvçiligiga qoyil qolmay köring-çi!..”
Şularni öylay-öylay, uçta tuxumni arçib, paqqos tuşirişga ham ulguribman, deng.
Keyin köngil birdan iltijoga ötdi-ku: “E Yaratgan Egam! Şunçalar Qodir kuçsan! Kaminani yoşlar huzuriga maʼruzalar qiliş, öz ijodi namunalaridan öqib beriş uçun yuborayotganingga mingdan-ming roziman. Lekin davra ayni qizigan mahal rektorga telefonimni körsatib, göyo öta muhim joydan qönğiroq bölayotganday qilib, aslida… öşa joyga yugurtirganing nimasi? Tadbirlardagi şeriklarim bölmiş Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalistlar Abdurazzoq Obröy bilan Salim Aşurdan-ku heç narsani yaşirişning iloji bölmay ham qoldi. Şunday kunda kaminani dardga mubtalo qilmasang, kasal yuborgan ekansan, bu maʼnaviy tadbirni boşqa kunga qoldirsang bölmaydimi? Axir Senga bu nima degan gap? Qölingdan keladi-ku! Yana darsimni birov ötişi ham yoqmayapti…” — deb ötindim içimda.
Xoh işoning, xoh işonmang, Vazirlar Mahkamasining körsatmasiga köra, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining topşiriğiga binoan bolalarimning onasiga fakultet dekanining xotin-qizlar masalalari böyiça maslahatçisi sifatida yuqoridan talabalar örtasida inşolar tanlovi ötkaziş topşirilibdi-ku. U darsimga mening örnimga emas, amalda özining vazifasini bajariş uçun kirdi. Bu iş xamirdan qil suğurgandek silliqqina keçgani, bir iltijomni inobatga olgani uçun Alloh taologa minglarça şukrlar qildim.
Keçga borib, ahvolim yomon oğirlaşdi. Törtinçi kuni möljallangan oliy taʼlim maskaniga borolmasligimga közim ham yetdi. Şu mahal rejadagi Yangi asr universitetining masʼul xodimi qönğiroq qilib, ertangi tadbirimiz boşqa kunga qoldirilganini aytib turibdi-da.
E Qodir Egam!!! Bir ojiz bandangga şunçalar mehribonmisan?! Axir ikkinçi ötinçim ham inobatga olinibdi-da.
Ertasi kuni Şohruxbek öğlimiz kaminani poliklinikaga eltdi. Nonuşta qilmay borilgan, albatta. Tahlillar topşirib, şifokorga köringunça peşinga yaqinlaşib ham qoldi. Yana döxtir baquvvat-baquvvat ovqatlar isteʼmol qilişni buyurdi.
Toşkent — köp katta şahar. Gapimga kirsangiz, töğri kelgan yemakxonadan qorinni töyğazib ketavermang. Köp puşaymonlar yeysiz. Lağmonga boradigan böldik. Lağmonning eng zöri qayerda tayyorlanadi? Bilmasangiz va yana reklama deb hisoblamasangiz, sirni oşkor qila qolay: butun Toşkent böyiça lağmonning eng zörini şahar katta halqa yölining “Lokomotiv” madaniyat va istirohat boği röparasidan Qibrayga boradigan köçaning boşroğidagi “Eskijöva” uyğur milliy taomlari” kafesidan isteʼmol qiling. U yerda Şahobiddin aka boşçiligidagi ustadan-usta lağmonçilar işlaydi.
Ota-öğil iştaha bilan lağmon yeyapmiz-u, köngil qurğur uydagilarga kaşal böldi-ku.
— Olib ketişga uçta alohida-alohida lağmon buyurasiz, — dedim öğilga.
Bir kelinimizning ota-onalari qöşni mahallada turişadi. Baxtiyor qudamning eng yaxşi körgan taomlari — lağmon. U kişiga ham köngil qurğur kaşal bölsa, deng:
— Bu yerga bir Baxtiyor qudani ham olib kelişim kerak ekan-da, — dedim öğilga.
Uyga ham yetdik. Olib kelingan lağmonlar isitila boşladi. Şu payt Baxtiyor qudam kasal köriş uçun kirib kelib qolsalar…
Alloh taolo könglimdan ötgan uçinçi iltijomni ham bajo ayladi!
“Sörang, beraman!” — degan yeri bor-da.
Bu tasodifmi yoki qonuniyat?
Bilgan undoq deydi, bilmagan bundoq…
Bu yoği endi har kimning iymoniga boğliq.
Sultonmurod OLIM,
Özbekiston Jurnalistlar
uyuşmasi aʼzosi.
