Jarimasiz jamiyat quriş mumkinmi?
Tan olaman, men eski davr odamiman. Balki dunyoqaraşimda ham şu jihat öz taʼsiriga ega bölsa, ajabmas. Yöl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari öz işlarida faol bölganlari esimda. U vaqtda “temir közlar” yöq edi. Odamiy közlari bor insonlar – “GAI”-“DAN” xodimlari edilar. Ularga adolatli gapni tuşuntiriş mumkin edi. Deylik, bir maşina yuk tuşiryapti. Uning yonidan ötib ketiş mumkin emas. Çiziqni, albatta, bosasan. Yuk tuşirib bölgunça kutişing yoki orqaga bir neça metr yurib, keyin çapga ötib ketişing mumkin, buni “DAN” xodimiga körsatib yoki oğzaki tuşuntiriş mumkin edi. Hozir bunday imkoniyat yöq. Çiziqni bosdingmi, tamom, jarimaga giriftor bölasan. Vaziyatni tuşuntirişga imkoniyat yöq. Qiziq, kameralar nega faqat sen yöl qöygan “xatoni” köradi, xolos. Atrofidagi maşinalar harakati kamera tasviriga nega tuşirilmaydi. Bunday “aqlli” közlarni kim ixtiro qilgan ekan, bilmadimu, ular haqiqiy “usta” ekanda-a?
Davlatning kuçi yetadi, ammo bu işga yana qöşimça nima uçun “xususiy tadbirkor”larni jalb qilgan? Tuşunib yetmayman. Har qanday tadbirkor öz mablağini oşirişga harakat qiladi. Kamera örnatuvçi “xususiy tadbirkor” ham köproq mablağ topiş tomonida turadi. Men raqamlarga ega emasman, ammo bilamanki, eski paytlardagi “DAN” xodimlari yöl harakatidagi kamçiliklarni yöqotişda tarbiya vositasidan köproq foydalanişgan. Hamma narsaga jarima solaverişmagan. Ular davrida odamiylik bilan bir qatorda jamiyatining qonun-qoidalari hukmron edi. Hozir esa… kameraga tuşdingmi, iş tugadi. Aybdorsan. Borib jarimangni tölayver. Şu bilan yöl harakati qoidalarining buzilişi kamaydi desalar, işonmang, bu bölmagan gap. Aksinça, qoida buzuvçilar yildan-yilga oşib bormoqda. Jarimalar har bir haydovçiga yopişib olgan. Yöqsa, heç bölmasa bitta haydovçini körsatingçi, u bir yil davomida bir marta ham jarimaga tortilmagan bölsin. Ha, qoida buzuvçilar köpayib bormoqda. Bu ahvol tugaydigan kun keladimi? Axir, faqat jazo doim ham odamni töğri yölga solmaydi. Tarbiya kerak. Afsuski, tarbiya deb jarimani körsatişmoqda. Bu – notöğri. Balki men nohaqdirman. Aybdor deb hisoblamang, tuzalişim mumkin, birgina söz bilan. Faqat mehrli söz bilan. Şu bois, öz fikrimda qolaman: jazo heç qaçon odamni tarbiya qilmagan, qilmaydi ham! Bu tadbirlar vaqtinçalik foyda berişi mumkin. Masalan, ota-ona öz farzandiga: “bolam, sigareta çekmagin, bu ziyon,” deydi. Farzand “xöp” deydi-yu, köçaga çiqişi bilan yana çöntagidan sigaretani olib tutatadi. Unga jarima yöq. Ehtimol, şunday bolalarning ota-onasiga ham jarima soliş kerakdir?
Niyatim — jamiyatimiz jarimalar mamlakatiga emas, tarbiya birinçi öringa çiqqan jamiyatga aylansin. Öylab köraylik, endi uyqudan uyğongan bolakayga “yuzingni yuv”, desangiz avvaliga könmaydi. Keyin hammaning yuzini yuvayotganini körgaç, u ham yuz-qölini yuvadigan böladi. Bu tarbiya natijasidir. Kelinglar, şu yölga — tarbiya qiliş yöliga ötaylik. Yöl harakati xavfsizligini taʼminlaşga masʼul xodimlar mahallalarga borib suhbatlar uyuştirişsin. Yaxşi gap, adolatli tarbiyaviy taʼsir har qanday jarimadan köproq samara berişiga işonaman.
Şaxsan özim şu jarimalar tufayli Mirobod tuman sudiga ikki marta bordim. Sudʼya meni keçirdi. U adolatli hukm çiqardi. Endi uning köziga körinişga uyalaman. Yana qoidani buzsam, jarimani tölaganim yaxşiroq. Bilaman, baribir öşa çiziqni bosaman, özim istamasam ham. Buning sabablarini örganadigan taşkilot bormi? Bilmayman, balki bordir. Ular adolatli fikr aytsa, yomon bölmasdi. “Darça”da navbat turib jarima pulini tölayotganlar kamayarmidi, deb öylayman…
Çeklovlar köpaygandan köpaymoqda. Uning örniga masʼul xodimlar yöllarni qarab çiqişsa, kamçiliklar ozayarmidi? Öyilgan yöl çetlari, öydim-çuqurlarga kim qaraydi? Yöllardagi bunday nosozliklar xususiy kameralar qöyilgan joylarda köproq uçraydi. Qayerga bormang, maşinani qöyiş joylari yöq. Muammo. Qaysi köçaga qaramang, “töxtab turiş mumkin emas!” degan taqiqlovçi belgilar! Tavba, ataylab qilinganga öxşaydi.
Meningça, jarimaga tortiş borasida xususiylik bölmasligi kerak. Çunki jarimadan tuşadigan mablağlar davlatga töliq ötkazilsa, byudjet kamomadi kamayadi-ku? Tarbiya masalasida Özbekiston Yozuvçilar, Jurnalistlar, Teatr arboblari, Tasviriy oyina kabi ijodiy uyuşmalarning taʼsirini kuçaytiriş maqsadga muvofiq, deb öylayman.
Tölqin MUHIDDIN,
nafaqadagi jurnalist.
